FAN VA TEXNIKA TARAQQIYOTINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Abstract
Ushbu maqolada fan va texnika taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari, ularning dolzarbligi, rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida so`z boradi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 957 FAN VA TEXNIKA TARAQQIYOTINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Ibragimov Abdurahim Rashidovich JDPU Texnologik ta'lim fakulteti o`qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17443982 Annotatsiya. Ushbu maqolada fan va texnika taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari, ularning dolzarbligi, rivojlanish tarixi va bosqichlari haqida so`z boradi. Kalit so`zlar: fan, texnika, taraqqiyot, ilm-fan, yuksalish, innovatsiya Bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan davrda fan va texnikaning yutuqlari mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladi. Shu boisdan ta’lim-tarbiya tizimida olib borilayotgan islohotlar va bu sohada yaratilayotgan keng imkoniyatlardan ayonki, ta’lim tizimini ishlab chiqarish bilan bog`liqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Zamonlar rivojlanishi bilan texnika asri ham rivojlanib bormoqda. Bunga atrof-muhitda bo`layotgan voqealarni misol keltirsak mubolag`a bo`lmaydi. Fan-texnika taraqqiyoti - fan bilan texnikaning oʻzaro bog'ʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv 16—18-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan. Fan-texnika taraqqiyoti [FTT]– bu fan va texnikaning oldinga siljishi, tabiatdagi tashqi kuchlarni o`rganish va o`zlashtirish asosida ishlab chiqaruvchi kuchlarining barcha elementlarini evolyutsion rivojlanishi: moddiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning ob'ektiv, doimiy faoliyat yurituvchi muntazamligi bo'lib, uning natijasi texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning izchil takomillashtirilishi va ularning samaradorligini oshirishdir. Insoniyat iqtisodining asosiy qonunlaridan biri ijtimoiy ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich rivojlanishi, uning doimiy takomillashib borishidir. Ular ilm-fan va texnika taraqqiyotiga asoslanadi. XVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning 18-asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 958 konstruktiv ishlanmalar va h.k. Fan-texnika taraqqiyotit. ning 3bosqichi fantexnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir. Xulosa qilib shuni aytamizki zamon o`zgargan sari fan va texnika tarqqiylashib boraveradi. Har bir davrning o`ziga xos talablari va takliflari mavjuddir. Aynan shundan kelib chiqib yangi-yangi izlanish, tajriba va kashfiyotlar shakllanib, yaralib boradi. Bularning barchasi, albatta insoniyat bilan bevosita bog`liqdir. Inson yashash davomida har doim nimagadir ehtiyoj sezadi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib izlanadi va uni yaratadi. Aynan shu o`rganish va yaratishlar natijasida esa fan-texnika rivojlanib boraveradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 4-jild. -T.:"O'zME" Davlat ilmiy nashriyoti, 2002 y. 169-bet. 2. Gimush R.I. Innovatsion menejment. - T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. - 10 b. 3. To'xliev N. Globallashuv jarayonida milliy iqtisodiyotlarning innovatsion rivojlanishi muammolari. Ilmiy-texnik va innovatsion taraqqiyot: global, mintaqaviy va milliy iqtisodiy tendensiyalar. T.: 2015, 26-bet 4. Dilshodov A. Use of Computer Modeling in the Development of Research Skills in Physics. ACTA NUUz. National University of Uzbekistan.1.5.1, 2021. 77-81. https://scienceweb.uz/publication/4445. 5. Dilshodov A. Concept of Development of Research Opportunities in Teaching Data Physics of Schools. Scientific Bulletin of Namangan State University. Namangan State University, 9, 2021. 410-415. https://scienceweb.uz/publication/4446.