scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA OILANING O`RNI

Botirova Sevarabonu Bahodir qizi

Abstract

Ushbu maqolada bolalar psixologiyasiga oilaviy muhitning ta’siri chuqur tahlil qilinadi. L.S. Vigotskiy, D.B. Elkonin, A. Adler kabi mashhur psixolog olimlarning nazariyalari asosida bolaning shaxsiyati, ijtimoiy va ruhiy rivojlanishida tarbiya, ijtimoiy muhit, o‘zaro munosabatlar, va oila qadriyatlarining beqiyos roli yoritiladi.

Full text

509 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 BOLALAR PSIXOLOGIYASIDA OILANING O`RNI Botirova Sevarabonu Bahodir qizi Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Psixologiya” yo`nalishining 3-bosqich talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17444234 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar psixologiyasiga oilaviy muhitning ta’siri chuqur tahlil qilinadi. L.S. Vigotskiy, D.B. Elkonin, A. Adler kabi mashhur psixolog olimlarning nazariyalari asosida bolaning shaxsiyati, ijtimoiy va ruhiy rivojlanishida tarbiya, ijtimoiy muhit, o‘zaro munosabatlar, va oila qadriyatlarining beqiyos roli yoritiladi. Kalit so‘zlar: bola psixologiyasi, oila, tarbiya, Vigotskiy, Elkonin, Adler, ijtimoiy muhit, shaxsiy rivojlanish, tarbiya uslublari, bola ruhiyati, ota-ona mas’uliyati. РОЛЬ СЕМЬИ В ДЕТСКОЙ ПСИХОЛОГИИ Аннотация. В данной статье всесторонне анализируется влияние семейной среды на психологию детей. На основе теорий таких известных психологов, как Л.С. Выготский, Д.Б. Эльконин и А. Адлер, раскрывается важнейшая роль воспитания, социальной среды, межличностных отношений и семейных ценностей в личностном, социальном и эмоциональном развитии ребёнка. Ключевые слова: психология ребёнка, семья, воспитание, Выготский, Эльконин, Адлер, социальная среда, личностное развитие, стили воспитания, психика ребёнка, ответственность родителей. THE ROLE OF FAMILY IN CHILD PSYCHOLOGY Abstract. This article provides a comprehensive analysis of the impact of the family environment on child psychology. Drawing on the theories of prominent psychologists such as L.S. Vygotsky, D.B. Elkonin, and A. Adler, it explores the vital role of upbringing, social environment, interpersonal relationships, and family values in the personal, social, and emotional development of the child. Keywords: child psychology, family, upbringing, Vygotsky, Elkonin, Adler, social environment, personal development, parenting styles, child’s psyche, parental responsibility. Kirish Oila — har bir shaxsning hayotidagi muhim bir ko‘zgudir. Ushbu ko‘zgu orqali inson o‘zining asl qiyofasini, qadriyatlarini, axloqiy mezonlarini va hayotga bo‘lgan munosabatini aks ettirib boradi. Bu ko‘zguni bizga eng yaqqol qilib ko‘rsatib bera oladigan inson - bu farzandlarimizdir. Har bir bola dunyoga kelar ekan, u hayoti davomida ko‘rgan, eshitgan, his qilgan barcha holat va tajribalarini o‘z ongiga singdiradi. Ular orasidagi, afsuski, ko‘proq salbiy kechinmalar, og‘riqli holatlar, qayg‘uli vaziyatlar kuchliroq iz qoldiradi. Chunki salbiy tajribalar ruhiyatga chuqurroq ta’sir etadi va ko‘proq esda qoladi.Va nihoyat, vaqt keladi: bola qachonlardir oilada yoki unga yaqin atrofda ko‘rgan salbiy xulq-atvorni o‘z xatti-harakatida qayta namoyon qila boshlaydi. Shunda ota-ona, yoki boshqa yaqinlari hayratga tushadi: “Qayerdan o‘rgandi bu odatni? Axir bunday ishni hech kim qilmagan edi-ku?!”. Ammo aslida bu xulq-atvor - bolaning kichikligida ong ostiga singib qolgan ko‘rgan, eshitgan, his qilgan holatlarning aksidir. Oiladagi muhit, munosabatlar, qadriyatlar - bularning barchasi bolaning shaxsiyatini shakllantiruvchi asosiy omillardandir. Har bir oila o`ziga xos ijtimoiy muhitga ega va ana shu ijtimoiy muhit bola psixologiyasiga katta ta`sir ko`rsatadi. 510 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Ijtimoiy muhitlar oilalarning millati dini, irqiga ko`ra turli xil bo`lishi mumkin. Ammo, bu degani bir millatda tug`ilgan bolalar psixologiyasi ham bir xil bo`ladi degani emas. Aksincha shunday oilalar borki, ular o`z millatlariga zid tarbiya, xulq atvorlarini o`zida mujassam ettirgan bo`ladi. Oila farzand uchun faqat tarbiya maskani emas, balki u orqali dunyoni anglash, o‘zini tutish, hissiyotni ifodalash, shaxsiyat sifatida shakllanish uchun muhim maskandir. Bola psixologiyasini rivojlanish jarayoni oilaga bevosita bog`liq ekanligini ko`plab olimlar, psixologlar, psixoterapevtlar tomonidan e`tirof etilgan. Ushbu mavzuda ko`plab xorijiy mualliflar o`zlarining nazariyalari va asarlarida bu mavzuga yuzlanganliklarini ko`rishimiz mumkin. ulardan biri mashhur rus psixologi L.S. Vigotskiy o`zining “Fikrlash va Nutq” (“Мышление и речь”) asarida bolaning shaxsiy va aqliy rivojida ijtimoiy muhit, xususan, oila muhitining beqiyos ro`lini ta`kidlaydi. Ya`ni, Vigotskiy ota-onalar bola bilan yoki o`zaro suhbatlari davomida savollar berishi va ularga javob olish, shaxsiy fikrlarini tushuntirish kabi faoliyatlarini ko`radi. Bu jarayonlarni ko`rish orqali bola nafaqat tilni o‘rganadi, balki o‘z fikrlash tizimini ham rivojlantirishga erishadi. Aynan shu masalada olim bolaning rivojlanishi “yaqin rivojlanish zonasi” ya`ni ushbu jarayon beixtiyor kattalarning yordamida amalga oshishini asoslab bergan. Vigotskiy o’z asarida yana bir holatga ham to’xtaldi, ya`ni fikrlash tizimi ham oilaga qarab rivojlanishini ta’kidladi. Aslida ham bu to’g’ri fikr insonning fikrlashi uning kelajakdagi barcha faoliyat turlariga bevosita katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, psixologiyada ro’llar tushunchasi bor ana shu ro’llar oilada almashinib qolgan bo’lsa, ota va ona ro’llari mutlaqo almashgan va farzandlar shu muhitda katta bo’lishdi. Bunday oilada katta bo’lgan farzandlarning oilaga bo’lgan shaxsiy fikrlari qanday bo’lishi mumkin ? O’g’il farzand otasidan na’muna olgan holda ma’suliyatsiz, hech qanday majburiyati yo’q va albattaki o’z oilasiga befarqlik fikrlari shakllangan bo’ladi . Qiz farzandda esa aksincha boshqa oilaga borganda o’z fikrini, o’z tanlovlarini o’tqazishga va ustunlikka erishishga harakat qiladi. Chunki farzandlar uchun bunday fikrlash norma, sababi, ular shunday muhitda rivojlanishdi. Har qanday insonning fikrlashi uning kelajagiga katta ta’sir qilar ekan, farzandlarimizning fikrlashi, ongi rivojlanishiga qattiqroq e’tibor berishimiz lozim. Buning uchun bolani tug’ilmasidanoq tarbiyalash lozim. Ona qornida bola 4 oyligidayoq eshita boshlaydi, ona aynan shu davrdan boshlab, o’zidagi salbiy hissiy kechinmalar, turli noto’g’ri fikrlarni chiqarib tashlashi kerak va bundan keyingi jarayonlar ham muhim hisoblanadi. Bundan tashqari yana bir psixolog D.B.Elkonin ham ushbu masala borasida L.S. Vigotskiy va Aleksandr Luriya kabi olimlarning g‘oyalarini davom ettirgan va ularni amaliy psixologiyada rivojlantirgan. Elkoninning “Bolaning rivojlanish psixologiyasi” (“Психология развития ребенка”) quyidagi asarida bola shaxsiyati, va undagi ehtiyojlari va motivatsiyasi oiladagi munosabatlarga bevosita bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Bundan tashqari bolalarning rivojlanishi ularning faoliyat turlari(o`yin, o`qish,mehnat) ham muhim ahamiyat kasb etadi deb ta`kidlagan. Masalan o`yin faoliyati maktabgacha yoshdagi bolalarda muhimdir ya`ni bola turli ro`lli o`yinlarda turli ijtimoiy ro`llarni o`zlashtirishi va shu bilan birga tasavvur va tafakkur kabi kognitiv jarayonlarini rivojlantiradi. Elkonin ta’kidlagan ijtimoiy ro’llarni ham shakillanishida oilaning ro’li muhim. Ota va ona o’z farzandiga ijtimoiy ro’lardagi ijobiy salbiy ro’llar va ularning oqibatlarini o’rgatishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Tasavvur qiling, bola ijtimoiy munosabatlarga kirdi ammo ro’llar haiqdagi tasavvuri mavjud emas u o’zini qaysi vaziyatda qanday tutishi insonga qanday munosabat ko’rsatishi haqida fikri yo’q. Mana shu oddiy bo’lib tuyulgan ijtimoiy ro’llar tushunchasi ham hayotimizda muhim ahamiyatga ega. Bu haqidagi tushunchalarni bolalarga Elkonin aytganidek ro’lli o’yinlar orqali yetqazib berishimiz mumkin, 511 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 salbiy ro’lllarning oqibati haqida, ijobiy ro’llarning esa inson tarbiyasidagi ahamiyati to’g’risida bolalarda to’liq tushuncha shakillantirish muhimdir. Shu orqali bola ijtimoiy muhitga ongli tarzda kirib boradi va o’z xatti-harakatlarini jamiyat talablariga mos ravishda boshqarishni anglaydi. Bolalar psixologiyasiga oila muhitidagi har bir narsa ta`sir qilishi juda ham onson bo`lib, shunchaki qisqa muddat ichida birgina salbiy yoki ijobiy ko`rgan, eshitgan, hatti – xarakatlari, hatto yuz ifodalari ham bola o`zida uchun dunyolarcha o`y hayollar, balki xulq atvorni shakllantirishi orqali ongida chuqur iz qoldirishi mumkin . Shu sababli, bolalar bilan muloqotda bo‘lgan har bir inson, ayniqsa ota-onalar va tarbiyachilar, har bir so‘z va harakatiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim. Bolaning psixologik rivojlanishida uning tug`ilish tartibi ham muhim ahamiyatga ega. Bu holatda A. Adler nazariyasiga yuzlansak u shunday nazariyani taqdim etadiki, bunda farzandlar tug`ilishiga ko`ra “to`ng`ich farzand”,o`rtancha farzand”, “kenja farzand” va “yagona farzand” lar turiga ajratgan. Bunda har bir turdagi farzandning psixologiyasi turli xil bo`ladi. Masalan, to`ng`ich farzandlar - ma`suliyat, intizom, yetakchilik kabi xususiyatlar bo`ladi. Oilada to`ng`ich farzandlarda ko`proq ma`suliyat bo`ladi negaki, u eng katta farzand undan kichik uka singillariga ma`suliyat bilan qarashi ularni himoya qilishi, o`rnak bo`lishini ota-onasi, yaqinlari tomonidan aytiladi. O`rtancha farzandlar - raqobatchilikka moyillik boshqa xususiyatlariga qaraganda ustun bo`ladi. Kenja farzand - ijodkor, moslashuvchan, o`z talablarini ortig`i bilan talab qiluvchi bo`lib katta bo`lishi mumkin, va nihoyat yagona farzand - bu turdagi farzandlar mustaqil e`tiborga o`rgangan, kattalar bilan muloqotga moyil bo`lishadi. Lekin bu kabi xususiyatlarni shakllantirish balki bunday xususiyatlarni umuman yo`q bo`lishi ham aynan oilaviy muhitga bog`liq. A. Adler bolalarni tarbiya qilishda turli nazariyalarni ham ishlab chiqqan avtoritar, himayalovchi, demokratik uslublarni yaratdi. Bunda avoritar uslub - ota onalar bolasiga haddan tashqari talablar qo`ygan holda ularni tarbiyalaydi; Himoyalovchi uslub – ota onalar haddan tashqari o`z farzandini turli narsalardan himoya qiladi va barcha ehtiyojlarini qondiradi; Demokratik uslub - ota onalar farzandiga hurmat bilan yondashib uning fikrlarini eshitishadi agarda bola muammolarga duch kelsa ota onasi bu vaziyatni mustaqil o`zi hal qilishiga y`ol qo`yib berishadi. Aynan shu demokratik uslub har qanday farzandning kelajagidagi faoliayatiga, o`zini shaxsiy “men”nini shakllantirishida va yana minglab shaxsiy qadriyatlarini shakllantirib o`zini fikriga ega bo`lib katta bo`lshiga yordam beradi. Hulosa Kirish qismida ta’kidlanganidek, bugungi kunda ko‘plab oilalarda farzandlar ongida salbiy hissiyotlar, noto‘g‘ri xulq-atvor va ruhiy beqarorliklar shakllanayotganining sababi, asosan, oilaviy muhitdagi nomutanosiblik, ota-onalar o‘rtasidagi nizolar va noto‘g‘ri tarbiya uslublariga borib taqaladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bolalar psixologiyasining shakllanishi tasodifiy jarayon emas, balki oiladagi har bir so‘z, harakat va munosabat natijasidir. Vigotskiy, Elkonin va Adler nazariyalari asosida ham shuni ko‘ramizki, bolaning fikrlash jarayoni, hissiy muvozanati, ijtimoiy ro‘li va o‘ziga bo‘lgan ishonchi to‘liq darajada oila muhitida shakllanadi. Shuning uchun har bir ota-ona, bola bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish, uning his-tuyg‘ularini tushunish va hurmat asosida tarbiya berishga harakat qilishi zarur.Oila muhitidagi salbiy holatlar, befarqlik yoki haddan tashqari nazorat farzand ruhiyatida chuqur iz qoldiradi. 512 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10 Aksincha, mehrga, ishonchga, o‘zaro hurmatga asoslangan demokratik tarbiya uslubi bolaning kelajakdagi ijtimoiy moslashuvi, o‘z fikrini ifodalash qobiliyati va shaxs sifatida shakllanishiga sharoit yaratadi.Shu bois, bola ruhiyati bilan bog‘liq har qanday muammoning ildizi avvalo oiladan izlanishi lozim. Har bir oila farzand tarbiyasini boshlashdan avval o‘zini tahlil qilishi, o‘z xulq-atvori, qadriyati va ruhiy holati bilan namuna bo‘lishga intilishi zarur. Zero, sog‘lom psixologik muhitdagi farzandlar sog‘lom jamiyatni shakillantirishadi. Adabiyotlar 1. Выготский Л.С. Мышление и речь. — Москва: Педагогика, (1982) 2. Эльконин Д.Б. Психология развития ребенка. (1995) 3. Adler A. The Individual Psychology of Alfred Adler. (1956) 4. Piaget J. The Psychology of the Child. — New York: Basic Books, (1972.) 5. Bronfenbrenner U. The Ecology of Human Development. , (1979) 6. Erikson E.H. Childhood and Society. (1950.) 7. Venger I.V. Psixologiya razvitiya rebenka. 1984) 8. Ziyodov O. Bolalar psixologiyasi. -O‘zbekiston Milliy Universiteti Nashriyoti, (2018) 9. F. I. Xaydarov, N.I. Xalilova - Umumiy psixologiya (2010) 10. Z. Nishanova, G. AlimovaBolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi (2006) 11. Mavluda Fayziyeva, Azim Jabborov – Oilaviy munosabatlar psixologiyasi (2007) 12. Vasila karimova – Oila psixologiyasi (2007)