TA'LIMDA PEDAGOGLARNING STRATEGIK YONDASHUVI
Full text
58 TA’LIMDA PEDAGOGLARNING STRATEGIK YONDASHUVI Ochilov Akmal Eshtemirovich Xalqaro innovatsion universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444949 Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limning ustuvor maqsadi - bolaning shaxsiy sifatlarini rivojlantirish va uning xulq-atvorini korreksiyalash, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishida pedagoglarning o‘quv faoliyatini tashkil etishi, pedagoglarga qo‘yilgan zamonaviy talablarning janubiy koriyaning ta’lim oldiga qo‘ygan talablari bilan taqqoslash, pedagoglarning kasbiy va shaxsiy sifatlarining ahamiyati yoritib berilgan. Shu bilan birga, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining samarali faoliyati, uning kasbiy tayyorgarlik sifatlari, mustaqil rivojlanish imkoniyatlari borasida tegishli fikrlar bildirilgan. Tayanch tushunchalar: kasbiy tayyorgarlik, pedagogik talablar, jamoaviy munosabatlar, xulq-atvor, metodik tayyorgarlik, o‘quv-biluv faoliyati Kirish (Introduction): O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030yilgacha rivoјlantirish konsepsiyasida “individual ta’lim trayektoriyalariga asoslangan, bo‘lajak kadrlarda kreativ fikrlash, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv reјalar ishlab chiqish orqali talabalar qiziqishlari hamda kadrlar buyurtmachilari ehtiyoјlariga muvofiq ta’lim dasturlarini shakllantirish” 1 asosiy vazifalar sifatida belgilangan. Bu borada boshlang‘ich sinf о‘qituvchilarining tafakkur yuritish kompetensiyalarini shakllantirish, ta’lim mazmunini aniqlashtirish orqali јoriy holatini tahlil qilish, didaktik imkoniyatlarini o‘rganish, o‘qitish sifatiga ta’sir etuvchi omillarni loyihalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir pedagog “bolani hayotga tayyorlashi” kerak: mazkur jarayonda ta’lim berish, tarbiyalash, ma’naviy va jismoniy rivojlanishga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bolani shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar eshigini ochib berishi zarur. Bilamizki, shaxsiy rivojlanish - bu yangi ijtimoiy muhitga kirish va u bilan integratsiyalashuv jarayoni. Bola uchun bunday muhit - bu yangi jamoaviy munosabatlarning shakllanishiga, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishining paydo bo‘lishiga olib keladigan, tengdoshlari bilan muloqot qilish istagida ifodalangan qo‘shma faoliyat bilan shug‘ullanish jarayoni. Pedagogika konsepsiyasiga muvofiq, pedagogik qo‘llab-quvvatlash bola bilan birgalikda to‘siqlarni yengib, uning qiziqishlari va imkoniyatlarini belgilaydi. Pedagogik qo‘llab-quvvatlash deganda, ichki erkinlik, ijodkorlik, demokratiya va kattalar-bolalar 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y. https://lex.uz/docs/-4545884
59 munosabatlarining insonparvarligiga asoslangan ta’lim madaniyati tushuniladi. Ba’zi mualliflar bu jarayonni ijtimoiylashuv bilan cheklab, uni yo‘naltirilgan harakatlar sifatida, odamlar ongli ravishda kerakli fazilatlarni va xususiyatlarni singdirishga harakat qiladilar deb belgilaydilar. Boshqalar esa shaxs tarbiyasini “subyektivlikka ko‘tarilish” sifatida ko‘rishadi [2]. Ba’zida biz odamlarning jamiyatga tashqi moslashuvi haqida gapiramiz, ko‘pincha – shaxsning zaruriy imkoniyatlarini amalga oshirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi gumanistik munosabatlar turini taklif qilishdir. Ba’zi pedagoglar uchun bola bilan ishlash ko‘plab o‘quv vazifalarini hal qilish jarayoni bo‘lsa, boshqalari uchun shaxsni rivojlantirishdir. Ushbu holatlarni inobatga olgan holda, biz shaxsni jamoaviy tarbiyalashni madaniy-tarixiy jarayonning bir qismi sifatida umuminsoniy qadriyatlar va madaniyat ideallariga ko‘tarilishini ta’minlanishini ko‘rib chiqamiz. Bunday holda, madaniyatshunoslik orqali yondashuv talab etiladi. Mazkur yondoshuv shaxsning o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘lgan subyektga ta’lim berishini ta’minlaydigan yetakchi tendensiyaga aylanishi kerak. Chunki, har bir bola faoliyat jarayonida moddiy va ijtimoiy muhitning o‘zaro aloqasi jarayonida kamolga erishib boradi. Faoliyatsiz bolaning shakllanishi, uning rivojlanishini ham tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jarayonda bolaning ijtimoiy aloqalar-jamiyat, guruh va jamoga faol kirishib ketishi uning keyingi hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyatda bolaning shakllanib borish sur’ati, bolaga xos bo‘lgan ayrim xususiyatlarning namoyon bo‘lishiga imkon beradi. Mashg‘ulot, o‘yin, muloqot jarayonida, yurishturishida uning madaniyati yaqqol sezila boshlaydi. “Pedagogika” bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, tanini pok tutmoq, yaxshi xulqlarni o‘rgatmoq, yomon xulqlardan asrab o‘stirmoq”ekan, bola xulqidagi salbiy o‘zgarishlarni aniqlash va korreksiyalash muhim vazifasidir. [4]. Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (literature review): Ma’lumki, o‘quvchi uchun yetakchi faoliyat – o‘qish faoliyati hisoblanadi. O‘quvchi maktabga kelishi bilanoq uning ta’siri ba’zan ota-onasinikidan ko‘ra ko‘proq bo‘lgan o‘qituvchi bilan yuzlashadi. Bu bolalarni bir-biri bilan tanishtirishga, umumiy ish, hamkorlik va o‘zaro tushunish muhitini yaratishga yordam beradi. O‘quvchi uchun o‘qituvchi eng muhim shaxsdir. Uning xulq-atvor uslubi, qoida tariqasida, bolalar tomonidan ongsiz ravishda o‘zlashtiriladi va sinf o‘quvchilarining o‘ziga xos madaniyatiga aylanadi. O‘quvchi shaxsini rivojlantirishda o‘qituvchining roliga oid zamonaviy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilgari qabul qilingan shakldan farqli o‘laroq, o‘qituvchining
60 o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqasi axborot darajasida sodir bo‘ladi. Pedagog o‘quvchi bilan birgalikdagi faoliyat orqali u bilan munosabat o‘rnatsagina o‘qituvchining so‘zi ta’sir kuchiga ega bo‘ladi. Muloqot jarayonida o‘quvchilar nafaqat material mazmunini, balki o‘qituvchining ularga bo‘lgan munosabatini ham o‘rganadilar. Bu ayniqsa, ahamiyatlidir, chunki o‘qituvchi o‘quvchilar tomonidan shaxs sifatida hurmat qilinsa va unga ishonsa, psixologik va pedagogik ta’sir yanada muvaffaqiyatli bo‘ladi. Pedagog bolalarning reaksiyasidan qanday tushunishini biladi, u ta’sir qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar uning shaxsiyatini qanday idrok etishi va baholashini biladi, bu holda nafaqat o‘quvchining xatti-harakati, balki o‘qituvchining shaxsiyati ham o‘zgaradi. O‘qituvchilar uchun o‘quvchilarga ko‘proq mustaqillikni ta’minlash muhimdir, shunda uning munosabati va normalari tengdoshlari bilan ham, kattalar bilan ham munosabatlarda bir xil bo‘ladi. O‘quvchining shaxsiyati va kognitiv imkoniyatlarini rivojlantirishda o‘qituvchi faoliyati samaradorligining mezonlari quyidagilar bo‘lishi mumkin: -o‘quv jarayonida o‘quvchilarning qizg‘in faoliyatini tashkil etish; -kelgusi faoliyat uchun motivni shakllantirish; -texnik bilim manbalaridan foydalanish; -o‘quvchilarga axborotni qayta ishlashning turli usullarini o‘rgatish; -shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv; -o‘quvchining kuchli tomonlariga tayanish; -o‘quvchining mustaqilligi va tashabbusiga tayanish [4]. Zamonaviy ta’lim jarayoni pelagog shaxsi oldiga bir qator vazifalarni qo‘yadi. Pedagog yuqori kasbiy mahorat, psixologik-pedagogik kompetensiyadan tashqari, stereotiplar va pedagogik dogmalardan ozod bo‘lishi, ijodiy qobiliyat, keng bilimdonlik, o‘ziga xos bilimga ega bo‘lishi kerak. Psixologik-pedagogik tayyorgarligining yuqori darajasi, bolalarga nisbatan yuksak madaniyat va insonparvarlik munosabati, bolani qanday bo‘lsa, shunday tushunish va qabul qilish, pedagogik jarayonni amalga oshirishda uning yosh va individual xususiyatlarini bilish va hisobga olish, o‘qitish, har bir bolaning kuchli tomonlariga tayanish. Hozirgi vaqtda pedagogik ta’lim oldiga yangi vazifalar qo‘yilib, eng avvalo, o‘qituvchi-gumanist kadrlar tayyorlash vazifasi qo‘yilmoqda. O‘qituvchining zamonaviy modeli unga kasbiy mahorat, malaka, ijodkorlik, ma’naviy-axloqiy va insoniy fazilatlarni singdirishni ko‘zda tutadi. Zamonaviy o‘qituvchi pedagogik faoliyatning o‘ziga xos uslubiga ega bo‘lishi, o‘quvchilar bilan munosabatlarning gumanistik uslubini o‘rnatishi, qadriyatlar va xulq-atvor normalarini birgalikda
61 izlashni tashkil qilishi kerak. Zamonaviy ta’lim mazmunan ham, o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalarning ham o‘zgaruvchanligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Xatto, dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri Janubiy Koreyada jamiyat a’zolarining bilim darajasi mamlakat xavfsizligi, raqobatbardoshligi va madaniy o‘ziga xosligini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Shu nuqtai nazardan, Janubiy Koreyada zamonaviy ta’lim mazmunini rivojlantirishning eng muhim tendensiyalari quyidagilardan iborat: -inson va uning atrofidagi dunyo o‘rtasidagi prinsipial jihatdan yangi munosabatlarni tavsiflovchi dunyoning globallashuvi doirasida axborotlashtirish; -ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, bu ta’limni individual xususiyatlarga va shaxsning rivojlanish darajasiga yo‘naltirishni nazarda tutadi; -jadal rivojlanayotgan zamonaviy dunyoda talabalarning umumiy tayyorgarligini kuchaytirish maqsadida turli o‘quv fanlarini birlashtirish. Janubiy Koreyada ta’lim mazmunini tanlashda yangi tendensiyalarni hisobga olish zarurati bilan bog‘liq holda o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilishda integrativlik tamoyillari o‘z ifodasini topmoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, bu tamoyillar o‘quvchining mustaqilligini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ta’lim subyekti sifatida qaraladi, o‘quv jarayonini mustaqil ravishda taqlid qiladi. Ushbu nazariyaning maqsadi o‘qituvchining individual yondashuvi orqali o‘quvchilarning faolligini faollashtirish[3]. Shunday ekan, pedagog kasbiy bilimlarga ega bo‘lishi va bilimlarini rivojlantirib borishi lozim. Tadqiqot metodologiyasi (research methodology): Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalardan foydalanishda pedagog kadrlar bir qator bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq (1-rasm). 1-rasm: Rivojlantiruvchi bilimlar majmui
62 Bolalarga ta’sir o‘tkazishda tashkiliy – pedagogik bilimlarning ahamiyati katta bo‘lib, ular: Metodik-tadqiqiy bilimlar - umumiy ta’lim ko‘nikmalarini ta’lim maqsadlari va mazmuniga element sifatida kiritish; - boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining fanlardan egallagan bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirishga o‘qituvchilarning tayyorligini ta’minlash; - fanlararo tadqiqotlar tizimini ishlab chiqish; - dars va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning imkoniyatlaridan foydalanish; - baholash uchun mezon bazasini yaratish. Boshlang‘ich sinflarda mazkur bilimlardan foydalanish quyidacha amalga oshiriladi. 1) Tashkiliy -pedagogik bilimlar. ta’lim jarayoniga o‘rganish obyekti sifatida kiritish quyidagi tashkiliy metodlar yordamida amalga oshirilishi mumkin. - boshlang‘ich sinf darslarida o‘quvchilarni bilim, ko‘nikmalarini (xususan, ta’lim mantig‘ini) shakllantirish dasturlarini ishlab chiqish. hamda eng maqbul o‘quv materialini tanlash; - belgilangan o‘quv maqsadiga mos keladigan uslubiy majmualarni tahlil qilish va tanlash; - ta’lim jarayonida yutuq va kamchilaklarni aniqlash uchun diagnostik materiallarini ishlab chiqish. 2) metodik bilimlar: - boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha nomenklaturani aniqlashtirish va har bir dars uchun ustuvor bo‘lgan tushunchalarni aniqlay olish; - bilim, ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun murakkab vazifalar tizimidan foydalanish; - o‘quvchilarning mustaqil kognitiv faolligini faollashtiruvchi usullardan foydalanish; - o‘quvchilarini harakatga yo‘naltirish asosini shakllantirish maqsadida didaktik materiallarni ishlab chiqish; - o‘quvchilarning subyektivligini rivojlantirish maqsadida individual tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish; - maktab o‘quvchilarini tarbiyaviy ishlarning guruh shakllariga kiritish. Buning uchun pedagoglar boshlang‘ich sinf predmetlarining metodik muammosini aniq shakllantirish va hal qilish (savollarga javob: mazkur predmet
63 o‘quvchilarda qanday bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi? Buning uchun qaysi o‘quv materiali eng qulay? Qanday uslubiy vositalardan foydalanish kerak? ); - boshlang‘ich maktab fanlari yuzasidan topshiriqlarni tanlash. Har bir topshiriq uchun savollar tizimini ishlab chiqish, vaziyatni yaratish, o‘quvchilarning faol harakat uslublaridan xabardor bo‘lish[3]. Pedagogning metodik tayyorgarligi ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, metodik fanlardan tashkil etiladigan integrativ mashg‘ulotlarda ko‘zga tashlanadi. Pedagogning metodik bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni o‘quv-metodik topshiriqlarni bajarish asnosida tashkil etiladi. O‘quv-metodik topshiriqlar har bir fan bo‘yicha alohida mavzularga aloqador tarzda tuziladi va talabalarning kelajakdagi pedagogik faoliyatida yuzaga kelashi mumkin bo‘lgan metodik muammolarni bartaraf etishga, metodik vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltiriladi. Kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish jarayonida soha doirasidagi metodik fanlardan (ona tili o‘qitish metodikasi, matematika o‘qitish metodikasi, tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, texnologiyani o‘qitish metodikasi) tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda fan nazariyasi (ona tili, matematika, tabiatshunoslik, texnologiya)ga oid nazariy bilimlarga tayaniladi. O‘z navbatida, nazariy bilimlar ham shzaro aloqadorlikda tashkil etilib, mustahkamlanib boradi. Shu bilan birga yaxlit pedagogik jarayonni tashkil etishga doir umumiy metodika hamda xususiy metodika muammolari uzviylik asosida tadqiq etiladi. Metodik-refleksiv tayyorgarlik jarayoni metodik fanlardan amaliy mashg‘ulotlar davomida o‘zlashtirilgan kasbiy ko‘nikmalar pedagogik amaliyot davomida real pedagogik muhitda qo‘llab ko‘riladi. Ushbu jarayonda nazariya va amaliyotning birligi tamoyili asosida o‘zlashtirilgan bilimlar amalda sinovdan o‘tkaziladi, amaliy ko‘nikmalar takomillashtiriladi, hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelishi mumkin holatlar o‘rganiladi, muammoli vaziyatlardan chiqish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, refleksiv faoliyat davomida bo‘lajak o‘qituvchilar o‘zlaridagi metodik imkoniyatlarni aniqlaydilar va kamchiliklarini belgilab oladilar. YA’ni, o‘z faoliyatlarini tahlil qilish asosida kelajakda egallashlari lozim bo‘lgan metodik bilim va ko‘nikmalar doirasi aniqlashtiriladi. Kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonida har bir bosqichga xos bo‘lgan turli murakkablik darajalaridagi integrativ o‘quv-metodik topshiriqlar tizimidan foydalaniladi. kasbiy tayyorgarlikning har bir bosqichida tayyorgarlik shakli va maqsadiga mos ravishda o‘quv-metodik topshiriqlar ishlab chiqiladi. Pedagogik faoliyat davomida metodik bilim va ko‘nikmalar tizimini amaliyot
64 mazmuniga singdirish maqsadida quyidagi amaliy topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi: • pedagogik jarayon va hodisalarni kuzatish hamda aniqlangan muammolarni o‘rganish va tadqiq etishga yo‘naltirilgan topshiriqlar; • tizimli yondashuv asosida o‘quvchilar faoliyatini loyihalashtirish; • boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tajribalarini o‘rganish va to‘plangan ma’lumotlardan ijodiy foydalanish; • kasbiy faoliyat samarasini oshirishga doir mualliflik dasturi asosida loyiha ishlab chiqish. O‘qituvchilar metodik tayyorgarligining navbatdagi bosqichi metodik-tadqiqiy tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi. Bunda pedagoglarning har bir fan nazariyasi, uni o‘qitish metodikasidan o‘zlashtirilgan bilimlarning amaldagi sinovi – pedagogik amaliyot davomida egallangan ko‘nikmalar hamda real vaziyatlarda mavjud bo‘lgan muammolar doirasini aniqlash asosida o‘ziga xos tadqiqotlar o‘tkaziladi. Ushbu tadqiqotlar tegishli ixtisoslik o‘quv rejasida belgilangan kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish davomida amalga oshiriladi. Pedagogning kasbiy rivojlanishida psixologik bilimlarning o‘rni ham ahamiyatli. Bunda: - ta’lim faoliyati va emotsional-qiymat jihatlarini birlashtirish; - o‘quvchilarda ta’lim olishga ijobiy munosabatni tarbiyalash; - kognitiv qiziqish va fan asoslarini o‘rganishga stimul berish; - qulay psixologik iqlimni shakllantirish, muvaffaqiyatga erishish uchun vaziyat yaratish. Mazkur bilimlar quyidagi holatlarda asos bo‘lib xizmat qiladi: - dars jarayonida faol qatnashgan o‘quvchilarni rag‘batlantirish tizimini rejalashtirish; - o‘quvchilarning shaxsiy fazilatlari va ularning yangi materialni idrok etishga tayyorlik darajasiga va darsda ishtirok etishiga e’tibor qaratish (har bir bola uchun javob berish qobiliyatiga muvofiq keng yoki tor savollarni tanlash); - o‘quvchilarni ijodiy faoliyatiga sharoitini yaratish. O‘qitishning mavjud metodologiyasida maktab o‘quvchilari ko‘pincha erkinlik cheklab qo‘yiladi. ularga tashqi tomondan faoliyat maqsadi yuklanadi, ularning harakatlari o‘qituvchi tomonidan qat’iy tartibga solinadi, o‘qituvchi maqsadni belgilash vazifasini to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Bu o‘quvchilarning tashabbuskorligini cheklaydi.
65 Tahlil va natijalar (Analysis and results): Shunday ekan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi kasbiy bilimlarini bola dunyoqarashini shakllantirish asosida turli fanlarni o‘qitishga, tarbiyaviy muammolarni hal qilishga yagona yondashuvni ta’minlashga qaratishi; o‘quvchining ilmiy bilimlar orqali dunyoning ko‘p tomonlama aloqalarini tushunishi uning tafakkurining asosidir. O‘quvchi shaxsiyatining yaxlit dunyoqarashini shakllantirish vazifasi bilan turli fanlardagi ijtimoiy ong shakllarining izolyatsiya qilingan aksi o‘rtasidagi ziddiyat boshlang‘ich sinflarda ta’limning yaxlit tabiatini harakatlantiruvchi kuchidir. Zero, pedagogika shaxs rivojlanishning ijodiy ufqlarini ochib beruvchi eng qiziqarli fanlardan biridir. Inson butun umri davomida to‘plagan bilimlari avloddan-avlodga o‘tib kelganligi tufayligina o‘z taraqqiyotining zamonaviy darajasiga erishdi. Bu bilimlarni o‘tkazishda “yadro” aynan o‘qituvchidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y. https://lex.uz/docs/-4545884 2. Дахин А.Н. Педагогическое моделирование. Монография. Новосибирск: Издательство НИПК и ПРО, 2005. – 230 с. 3. Чапаев Н. К. Интегративно-целостный подход к профессиональному образованию / Н. К. Чапаев // Развитие профессиональнотехнического образования на Урале: теория и практика: сборник материалов региональной научно-практической конференции, Екатеринбург, 3–4 окт., 2005 г. / под ред. М. Л. Вайнштейна. Екатеринбург: Изд-во Ин-та развития образования, 2007. С. 112–117. 4. Jumayev M.E. O‘quvchilarning ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik-matematik tayyorgarlik. Monografiya.T.: “Fan”, 2009. - 240 b. 5. Nurullayeva Sh.U. Zamonaviy o‘qituvchi mahorati va ijodkorligi muammolari // Xalq ta’limi. №3. 2021 y. 6-9-b.