scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MA'NAVIY YANGILANISH — YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSIY OMILI

Ismoilova Gulhayo Kamol qizi

Full text

66 MA’NAVIY YANGILANISH — YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING ASOSIY OMILI Ismoilova Gulhayo Kamol qizi Turon universiteti, Pedagogika va psixologiya kaferdasi v.b. dotsenti, Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444952 Anotatsiya. Mazkur tezisda Yangi O‘zbekiston sharoitida yangi ma’naviy makonni shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil etilgan. Unda ma’naviyat va ma’rifat sohasida olib borilayotgan davlat siyosati, jamiyatda sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaratish yo‘lidagi islohotlarning ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, “jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyilini amalga oshirishning strategik yo‘nalishlari yoritilgan. Xorijiy tajriba misolida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning samarali usullari tahlil qilingan hamda yangi ma’naviy makonni barpo etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar. Yangi O‘zbekiston, ma’naviyat, ma’rifat, yangi ma’naviy makon, inson kamoloti, ijtimoiy muhit, mafkuraviy xavfsizlik, islohotlar, ma’naviy tarbiya, yoshlar. Kirish. Bugungi globallashuv davrida O‘zbekiston jamiyatida ma’naviy hayotni yangilash, insonni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib bormoqda. “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining ma’naviy poydevorini yaratish — bu nafaqat madaniy, balki ijtimoiy va mafkuraviy zaruratdir. Shu bois, “yangi ma’naviy makon”ni shakllantirish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri sifatida kun tartibida turibdi. Yangi ma’naviy makon tushunchasi va uning mohiyati. Prezident ta’rifiga ko‘ra, yangi ma’naviy makon — bu orzu qilinayotgan Yangi O‘zbekistonning ma’naviy qiyofasi, inson erkin fikrlaydigan, yaratuvchan va ma’rifatli jamiyatdir. Ushbu makon quyidagi asosiy belgilar bilan xarakterlanadi: -shaxs erkinligi va ma’naviy xavfsizligi ta’minlangan muhit; -insonparvarlik va o‘zaro hurmatga asoslangan ijtimoiy aloqalar; -ma’naviy ishlab chiqarish tizimi va ijodiy muhitning rivoji; -ilmiy, badiiy va ma’rifiy mahsulotlarning ko‘pligi; -shaxsni ma’rifat bilan boyituvchi ta’lim tizimining mavjudligi. Yangi ma’naviy makon – bu inson o‘zini erkin, xavfsiz va foydali his etadigan, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan ijtimoiy-ma’naviy muhitdir. Ma’naviy islohotlarning ijobiy va salbiy tomonlari. So‘nggi yillarda mamlakatimizda olib borilgan islohotlar natijasida: 67 -insonning ma’naviy dunyosi zamonaviy tus olmoqda; -milliy qadriyatlarga hurmat va mehr-oqibat yuksalmoqda; -yoshlar ongida erkin fikrlash va ijodkorlik kuchaymoqda. Biroq, ayrim salbiy holatlar — befarqlik, iste’molchilik kayfiyati, ma’naviy turg‘unlik kabi illatlar hamon mavjud. Shu sababli jamiyatda sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish uchun yangi yondashuv va tizimli choralar zarur. Yangi ma’naviy makonni shakllantirishdagi ustuvor yo‘nalishlar. Prezidentning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”da ma’naviy sohani rivojlantirishga qaratilgan qator vazifalar belgilangan. Ularning eng muhimlari quyidagilardir: 1. Ma’naviyat va ma’rifat siyosatini tizimli tashkil etish. Ma’naviyat sohasidagi davlat siyosatini keng jamoatchilikka yetkazish, har bir fuqaro qalbida milliy g‘urur va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish lozim. Buning uchun: -maxsus davlat dasturlari ishlab chiqish; -ma’naviy-ma’rifiy tashkilotchilar salohiyatini oshirish; -zamonaviy axborot texnologiyalari asosida targ‘ibot ishlari olib borish zarur. 2. Oila, mahalla va ta’lim muassasalarida ma’naviy muhitni mustahkamlash Jamiyatning eng kichik bo‘g‘ini bo‘lgan oila va mahallada sog‘lom muhit bo‘lmasa, butun mamlakatda ma’naviy barqarorlikka erishish mushkul. Shu maqsadda: -“mahalla–tuman–viloyat–respublika” tizimi asosida ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini tuzish; -sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish va ularning natijalariga tayanib qarorlar ishlab chiqish zarur. 3. “Jaholatga qarshi — ma’rifat” tamoyilini keng tatbiq etish. Ma’naviy tarbiya jarayonida ijodiy, interaktiv va innovatsion yondashuvlarni joriy etish lozim. Oddiy yig‘ilish yoki an’anaviy uslubdagi targ‘ibot ishlarining ta’siri past. Shuning uchun: -yoshlar bilan muloqotning yangi, interaktiv shakllarini ishlab chiqish; -ilmiy asoslangan ma’naviy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash; -grant asosida ma’naviy-mafkuraviy loyihalar tashkil etish muhimdir. Yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish. Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali turli zararli g‘oyalar yoshlar ongiga kirib bormoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy immunitetga ega, mustaqil fikrli va vatanparvar etib tarbiyalash zarur. 68 Buning uchun: -har yili aniq chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish; -ijtimoiy tarmoqlarda ijobiy g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi sifatli kontent yaratish; -yoshlarni fikrlash, tanqidiy tahlil va mustaqil qaror qabul qilishga o‘rgatish lozim. Mafkuraviy xavfsizlik – bu nafaqat davlat, balki har bir fuqaroning ma’naviy himoyasidir. Xorijiy tajriba va o‘rganish zarurati. Jahonning ilg‘or mamlakatlarida ma’naviy-ma’rifiy siyosat davlat strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi. Masalan: - AQShda “Amerika qadriyatlari” konsepsiyasi asosida milliy g‘oya targ‘ib qilinadi; -Xitoyda ma’naviy ishlar Kommunistik partiyaning targ‘ibot tizimi orqali amalga oshiriladi; -Germaniyada esa ijtimoiy tadqiqot institutlari targ‘ibot markazlariga aylantirilgan. O‘zbekiston uchun bu tajribalarni o‘rganish va milliy sharoitga moslashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda xalqaro tajriba bankini tashkil etish taklif etiladi. Dolzarb muammolar. Bugungi kunda quyidagi muammolar mavjud: -ma’naviy-ma’rifiy ishlar ayrim joylarda tizimlilikdan yiroq; -sotsiologik tadqiqotlar muntazam o‘tkazilmaydi; -targ‘ibot usullari eskicha, zamon talablari darajasida emas; -xorijiy tajribalardan foydalanish mexanizmi yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagan. Bu muammolarni bartaraf etish uchun ilmiy yondashuv, tashkiliy yangilik va ijtimoiy hamkorlik zarur. Tavsiyalar. 1. Yagona ma’naviy siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va uni barcha sohalarga integratsiya qilish; 2. Ijtimoiy-ma’naviy muhitni muntazam o‘rganuvchi sotsiologik monitoring markazini tashkil etish; 3. Media va raqamli platformalarda ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni ko‘paytirish; 4. Targ‘ibotchilar malakasini oshirish va yoshlar bilan ishlashda “yumshoq kuch” (soft power) yondashuvini qo‘llash; 69 5. Ma’naviyat va mafkura sohasida ilmiy grant dasturlarini yo‘lga qo‘yish; 6. Xalqaro tajriba bankini yaratish va ilg‘or yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish. Xulosa. Yangi ma’naviy makon — bu Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining ma’naviy poydevoridir. Uning barpo etilishi: -jamiyatda sog‘lom fikr va erkin tafakkurni mustahkamlaydi; -yoshlarni jaholat, ekstremizm va begona g‘oyalardan himoya qiladi; -milliy qadriyatlar va umuminsoniy g‘oyalarni uyg‘unlashtirgan ma’rifatli jamiyatni shakllantiradi. Bu jarayon uzoq muddatli strategik maqsad bo‘lib, unga davlat, oila, ta’lim, madaniyat va fuqarolik jamiyati institutlari birgalikda hissa qo‘shmog‘i zarur. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон, 2021.- Б.276. 2. Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Т.:Ўзбекистон, 2021.- Б.281. 3. Чориев А., Чориев С. Миллий истиқлол мафкураси ва баркамол инсон шахсини шакллантириш. – Т.:Чўлпон, 2005. –Б. 43 4. Мирзиёев Ш.М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари. Ж.4. – Т.:Ўзбекистон, 2020. – Б.157. 5. Ўзбекистонда интернетдан фойдаланувчилар сони 31 миллиондан ошди.// dаrуо.uz, 2022, 15 декабрь 6. Маматқулов А.А. Ўқувчи ёшлар ўртасида интернет ва ижтимоий тармоқлардан фойдаланиш маданиятини шакллантириш. // Замонавий таълим, 2020, №6.- 60-б.