VATANPARVARLIK – YOSHLAR INFANTILLIGINI BARTARAF ETISH IMKONIYATI SIFATIDA
Full text
74 VATANPARVARLIK – YOSHLAR INFANTILLIGINI BARTARAF ETISH IMKONIYATI SIFATIDA Jabborov Elbek Eshpo‘latovich, Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444960 Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish orqali ular infantilligini bartaraf etish mumkinligi haqida so‘z borgan. Kalit so‘zlar: Vatan, vatanparvarlik, yoshlar infantilligi, mehnatsevarlik, mardlik, jasurlik, qat’iyatlilik. Vatan – bu insonning tug‘ilib o‘sgan, ongi, qadriyatlari, iymon-e’tiqodi shakllangan, ajdodlari yashab o‘tgan muqaddas maskandir. Vatan so‘zi arabchada ona yurt ma’nosini anglatadi. Vatanparvarlik esa insonning voyaga yetkazgan mamalakatiga sodiqlik, uni sevish, tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish, uning ravnaqi uchun o‘zini safarbar etishga qaratilgan umuminsoniy tuyg‘u va e’tiqodga aylangan g‘oyadir. Vatanparvarlik Vatan ravnaqi va gullab-yashnashiga hissa qo‘shishdir. Yoshlar infantilligi – bu yoshlarda bolalarga xos his-tuyg`ularning saqlanib qolishi va o`zining xatti-harakatlarini ularga moslashtirishdir. Bunday insonlarning fikrlash qobiliyati va dunyoqarashi ham bolarniki kabi faqat o`zini o`ylash, shaxsiy qaror qabul qila olmaslik, mas`uliyatni zimmasiga olishdan qo`rqish, boqamandalik, muammolarni birovning yordamisiz hal qila olmaslik xosdir. Infantilzm yosh tanlamaydi. Bolatabiat kishi mas’uliyatni boshqalarga yuklashga moyil bo‘ladi — u deyarli har doim boshqalarni ayblaydi. Bunday odam nafaqat o‘zi uchun, balki boshqalar uchun ham javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. Bundan tashqari, u juda xudbin. Bu boshqalar fikrini, his-tuyg‘ularini va nuqtayi nazarini tushuna olmaslik natijasidir [1]. Yoshlarda infantilizmning saqlanib qolishining turli sabablari bor, albatta. Bunday sabablardan biri oilaviy tarbiya va ta’lim sohasidagi kamchiliklardir. Yoshlar infantilligini bartaraf etish imkoniyatlari mavjud. Uni bartaraf etish imkoniyatlaridan biri – bu yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish. Vatanparvarlik deganda, biz ko‘pincha vatan sarhadlariga bostirib kirgan qurolli kuchlarga qarshi mardonavor kurashgan shaxslarning haraktini tushunamiz. To‘g‘ri, bu ham aslida haqiqiy vatanparvarlik, lekin vatanparvarlik deganda, biz faqat harbiy-vatanparvarlikni tushunmasligimiz lozim. A.Erkayev aytganlaridek:
75 “Vatanparvarlikning asosiy hal qiluvchi sharti – mehnatsevarlikdir. U Vatan himoyasiga tayyor turishni, zarur hollarda o‘z jonini ayamaslikni, fidoyilikni anglatibgina qolmay, avvalo, tanlagan kasbi doirasida Vatan ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilishni bildiradi. Kerak bo‘lganda, huzur-halovatdan voz kechib, o‘zining ichki dangasaligini yoki tashqi qiyinchiliklarni yenga olish, o‘z bilimi va mahoratini muntazam oshirib, o‘z ishini, burchini yanada yaxshiroq ado etish vatanparvarlikning asosiy mazmuni va mezonlaridir. Chunki, har kuni tashqi dushman kuchlar Vatanga ma’naviy tahdid qilsa-da, harbiy tahdid qilmaydi, ammo har kuni xalqni boqish, yosh avlodni tarbiyalash, odamlar ehtiyojlarini qondirish zarur. Ulug‘vor maqsadga jasoratli tirishqoq mehnat, kuchli insoniy va milliy iroda, haqiqiy vatanparvarlik yordamida yetish mumkin”[2;101]. Vatanparvarlik tuyg‘usini yoshlarimizning vaqtini har xil bekorchi narsalarga sarf qilmasdan ilm o‘rganishi va ilm-fan sohasida yutuqlarni qo‘lga kiritishi, sportchilarimizning tinimsiz o‘z ustida ishlab, olimpiada o‘yinlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, yurtimiz bayrog‘ini balandlarga ko‘tarishi, har bir kasb egasining o‘z kasbni sevib, oldida turgan vazifalarni vijdonan bajarishida ko‘rishimiz mumkin. Vatanparvarlik infantil yoshlarda mardlik, jasurlik, qat’iyatlilik, Vatan himoyasiga hamisha tayyor turish kabi xislarlarni shakllantiradi. Vatanparvarlik hissi kuchli insonlar mamlakatining rivoji va ertangi kuni haqida doimo o‘ylaydi. Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga befarq qarab turmaydi. Doimo ogohlikda yashaydi, boshqalarning mushkulini oson qilishga, ularga yordam berishga tayyor turadi. Qat’iyatsizlik, qo‘rqoqlik, loqaydlik, boqamandalik, irodasizlik vatanparvarlikka zid tushunchalardir. Vatanparvarlik nihoyatda serqirra bo‘lib, tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot jarayonida doimo takomillashib, rivojlanib boradi. Vatan manfaati, qadrqimmati, taqdirini, istiqbolini qancha ko‘p anglashilsa, kishilarda vatanparvarlik tuyg‘usi shuncha baland bo‘ladi. Har bir shaxsdagi vatanparvarlik tuyg‘usi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘liq. Haqiqiy vatanparvarlik millat, xalq, Vatan manfaati bilan yashash, uning istiqboli, manfaati yo‘lida mehnat qilish hamda kurashishdir[3]. Infantil kishi mard va fidoiy ham bo‘lolmaydi, qiyinchiliklarni yengolmaydi, chunki irodasi kuchsiz va mehnatsevar emas. Vatanparvar yosh yigit-qizlar o‘zlarida yuqorida qayd etilgan ijobiy xislatlarni shakllantiradi, ruhini-irodasini chiniqtiradi, ma’naviy va jismoniy jihatdan yetuklikka intiladi.
76 Shunday qilib, vatanparvar kishida insonparvarlik, mehnatsevarlik, iroda, mardlik, fidoyilik, iymon-e’tiqod kabi ma’naviy qadriyatlar yetarli darajada shakllangan bo‘ladi[4]. Vatanparvar inson o‘z millati, xalqi taqdiri haqida doimo o‘ylaydi. Faqat Vataniga foyda keltiradigan ishlar bilan shug‘illanadi. Ajdodlariga munosib bo‘lishga intiladi. Oldiga aniq maqsadlarni qo‘yadi va bunga erishish uchun tinmay mehnat qiladi. Qiyinchiliklarni yengib o‘tishdan qo‘rqmaydi. Ona Vatanini dunyodagi eng taraqqiy etgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlangan davlat bo‘lishiga ishonadi va buning uchun harakat qiladi. Vatanparvarlik tarbiyasi bir necha yo‘nalishlarda olib boriladi: Birinchidan, dunyoqarash, imon-e’tiqod tarbiyasi. Inson vatani shonli tarixini bilishi, g‘alabalaridan faxrlanishi, o‘tmish xatolari va mag‘lubiyatlaridan to‘g‘ri saboq chiqarishi lozim. Vatanga munosabat imon-e’tiqodga aylanmog‘i kerak. Bejiz “Vatanni sevmoq – imondandir” deyilmaydi. Ikkinchidan, vatanparvarlik tushunchasining barcha tarkibiy unsurlari, belgilari, qirralari, yo‘nalishlari bo‘yicha alohida, differensid tarbiyaviy ish olib borilishi lozim. Adabiyotlar: 1. Yelena Miloslavskaya tomonidan Experimental Psychic portali uchun yozilgan maqola. 16.02.2022. 2. Erkayev A. Yangi O‘zbekiston: milliy g‘oya haqida o‘ylar. – T.: “Ma’naviyat”. 2023. 3. Brown, B. B. (2010). Adolescents' relationships with peers. In R. M. Lerner & L. Steinberg (Eds.), Handbook of adolescent psychology (pp. 74-103). Wiley. 4. Giedd, J. N. (2014). The teen brain: Insights from neuroimaging. Current Directions in Psychological Science, 23(1), 16-21.