scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BARKAMOL SHAXS KAMOLOTIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING O'ZIGA XOS O'RNI

Nazarov Bekpo'lat Ergashevich

Full text

103 BARKAMOL SHAXS KAMOLOTIDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNING O‘ZIGA XOS O‘RNI Nazarov Bekpo‘lat Ergashevich Xalqaro innovatsion universiteti “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi o‘qituvchisi Email: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17444992 Annotatsiya: Maqolada sog‘lom avlodni tarbiyalash, uni voyaga yetkazishda jismoniy tarbiyaning o‘rni, oilaviy tarbiyada sog‘lom muhit, sog‘lom turmush tarzining o‘ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, bolani yoshlikdan jismoniy chiniqtirish, yoshlar orasida sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib etish, ularning jismoniy, tibbiy va ruhiy salomatligini ta’minlashga erishish yo‘llari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: sog‘lom avlod, tarbiya tizimi, jismoniy chiniqtirish, jismoniy tarbiya, sport, shug‘ullanish, oila tarbiyasi, sog‘lom muhit, inson salomatligi, jismoniy madaniyat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviysiyosiy o‘zgarishlarning tub maqsadi sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasiga qaratilgandir. Zamonaviy sharoitda yoshlar tarbiyasi, barkamol avlodni tarbiyalash mustaqil Respublikamizning kelajagini kafolatlovchi omil sifatida baholanib, bu borada amalga oshiriluvchi keng ko‘lamli ijtimoiy faoliyat muvaffaqiyatni ta’minlashga yo‘naltirilgan dasturlar qabul qilindi, ularning mazmuni yangi, ilg‘or ilmiy-nazariy qarashlar bilan boyitildi. Mazkur dasturlarda sog‘lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyat rivoji uchun strategik ahamiyatga egaligiga urg‘u berilar ekan, yoshlarning kuch-g‘ayrati, salohiyati va imkoniyatlarini mustaqil respublikaning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirish, uning jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o‘rin egallashini ta’minlashga yo‘naltirish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatiladi. Bolani yoshlikdan jismoniy chiniqtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi, oiladagi sog‘lom muhit yoshlar salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi 1 . Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishni keng targ‘ib etish, tibbiy nuqtai nazardan sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish orqali yoshlarning jismoniy, tibbiy va ruhiy salomatligini ta’minlashga erishish, ularda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanish, shuningdek, 1 "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi. -T.: O‘zbekistan, 2010. - 80 b. 104 salomatliklariga nisbatan e’tiborni kuchaytirish yoshlarda milliy ong, milliy mafkura, o‘ziga xos milliy g‘urur, milliy tafakkur va iftixorni tarbiyalash borasida Respublikamizda juda ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda respublikamizda boshqa jabhalarda bo‘lganidek, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat ham bor. Bolalik va o‘smirlik davrida har tomonlama rivojlanishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati juda kattadir. Jismoniy tarbiya darsida bolalarda irodaviy sifatlar mustahkamlanadi, jamoatchilik, mehnatsevarlik, intizomlilik, ahloqiylik sifatlari o‘stiriladi. Inson bolasi tug‘ilishi bilan har hil harakatlarni bajarish ehtiyojlari paydo bo‘ladi 2 . Ibn Sino aytganidek, inson harakatlanganda uning to‘qimalaridagi har hil zaharli moddalar organizmdan ter bilan tashqariga chiqib ketadi. Jismoniy tarbiya har bir o‘quvchining shaxsiy ishi bo‘lmasdan, balki jamiyat talabi ekanligini barcha jismoniy madaniyat o‘qituvchisi va murabbiylar ongli ravishda his etmog‘i zarurdir. Bizning sog‘lomligimiz faqat o‘zimiz uchungina emas, balki boshqa kishilar, qolaversa, Vatan uchun ham eng muhimdir. Jismoniy madaniyat mashqlari bilan shug‘ullanish har bir o‘quvchining kundalik hayotida doimiy va shaxsiy maqsadlaridan biri bo‘lish bilan birga, o‘zining kamolot sari rivojlanib borishi, vatanni sevishi va himoya qilishi o‘quvchi uchun sharafli ishlardan biriga aylanishi zarur. O‘z-o‘zini tarbiyalash ikki shaklda amalga oshiriladi: 1) jamoatchilik va 2) individual shakllarda. Jamoatchilik shaklida o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi tarbiyalashi, jismoniy madaniyat darsida, o‘quvchining o‘z qiziqishlari bo‘yicha turli xil mashqlarni, jamoat ishlarini birgalikda bajarish jarayonida amalga oshirildi. Dars jarayonida birorta ham qoloq o‘quvchi bo‘lmasligi kerak. Xuddi shuningdek, jamoatchilik majburiyatlarini olish va bajarish ishlari o‘zini-o‘zi tarbiyalash imkonini beradi. Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zlarining hulq-atvorini to‘g‘ri baholashga o‘rgatilsa, jamoatchilik fikrining barqarorligi paydo bo‘ladi. Natijada sinf jamoasi uyushgan, mustahkam kuchga aylanadi. Individual shaklda har bir o‘quvchi o‘ziga aniq majburiyat oladi. Bu majburiyatni bajarishda, har bir o‘quvchining individual xususiyatlari ham hisobga olinishi zarur [3]. O‘zini-o‘zi tarbiyalashni tashkil etishda quyidagi qoidalarga amal qilishga to‘g‘ri keladi: 1) o‘zini-o‘zi tarbiyalash rejasi aniq va mazmundor bo‘lishi lozim; 2 Sog‘lom avlod – bizning kelajagimiz /To‘plam. Tahrir hay’ati: M.Do‘st, O.Musurmonova, T.Risqiyev. – T.: Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 2000. 105 2) yangi majburiyatlar, eskisi bajarilgandan keyin qabul qilinadi; 3) o‘quvchilarning o‘z ustida mustaqil ishlashi jamoatchilik tomonidan baholab borilishi lozim; 4) o‘zini-o‘zi tarbiyalashda, qanday tarbiya vositalaridan foydalanishni ko‘rsatib berish. Maktabda o‘qituvchilar jamoasining mustahkamligi ularning tashkilotchilik va pedogogik mahorati, bilim va qobiliyatlariga bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, jismoniy madaniyat o‘qituvchisining talabchanligi, o‘quvchilar jamoasi bilan to‘g‘ri va o‘zaro hurmat munosabatlarini o‘rnatish hamda o‘quvchilarda jamoasini to‘g‘ri boshqarishda quyidagilarga alohida e’tibor berish lozim: bir-biriga bo‘lgan talabchanlikni to‘g‘ri baholash, o‘zini ishontirish, sport musoboqalarida to‘g‘ri raqobatlashish, bir-biriga yordamlashish, jismoniy zaif o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunish va ular kayfiyatini ko‘tarish. O‘quvchilar jismoniy madaniyat darsida, sport anjomlarini tayyorlashda, sport zallarini tozalashda, sport mashqlarini bajarishda, xavfli vaziyatlarda yordamga muhtoj bo‘ladilar. Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi o‘quvchilardagi kamchiliklarni bilishi, jismoniy mashqlarning bajarilishini to‘g‘ri baholashi lozim. Masalan, VI sinf o‘quvchisi Sh.Abdiyev juda faol, chaqqon, sinfni yaxshi tashkil qila oladi, lekin o‘qishi pastroq. Sevimli fanlari: biologiya va jismoniy madaniyat fanlari. Biroq biologiyadan olgan baholari notekis, uyga berilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarmaydi. O‘quv materiallaridan boshqa materiallarni qiziqib o‘qiydi, oxirgi yillarda jismoniy madaniyat fanidan faqat «a’lo» baholarga o‘qiydi. Hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolaning sog‘lom bo‘lib voyaga yetishi, iqtidori va qobiliyatini namoyon eta olishi orqali jamiatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun unga beriladigan tarbiya o‘ta muhim omil hisoblanadi 3 . Demak bolalarimizni dunyo bilan tanishtirishimiz uchun ularni sport bilan oshno qilishimiz lozim. Shunday qilib, shaxsda “... bebaho boylik bo‘lgan o‘z sog‘lig‘ini saqlashga to‘g‘ri va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish, sog‘lom turmush tarzini olib borish, o‘z hayot faoliyatini oqilona tashkil qilish, zararli odatlardan voz kechish, sog‘lom bo‘lishga, jismoniy va ruhiy jihatdan uyg‘un kamol topishga yo‘naltirilgan hayotiy falsafani shakllantirish” o‘quvchilarda 3 Tursunov M.T. Sog‘lom turmush tarzi. – T.: Fan, 1990. – 45 b. 106 sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, yoshlar tafakkuriga, ularning ongiga, ma’naviyatiga sog‘lom turmush tarzini olib kirishimiz, ularga salbiy ta’sir etuvchi har qanday yovuz g‘oyalarga ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi-talabalarni ularga qarshi qurollantirishimiz, mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz shart. O‘quvchitalabalarni yurtga sadoqat, milliy-ma’naviy tariximizga, qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash har birimizning kasbiy burchimiz va oliy maqsadimizdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. "Barkamol avlod yili" Davlat dasturi. -T.: O‘zbekistan, 2010. - 80 b. 2. Sog‘lom avlod – bizning kelajagimiz /To‘plam. Tahrir hay’ati: M.Do‘st, O.Musurmonova, T.Risqiyev. – T.: Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti. 2000. 3. Tursunov M.T. Sog‘lom turmush tarzi. – T.: Fan, 1990. – 45 b.