BAYRAMLARNING ESTETIK MOHIYATI
Full text
130 BAYRAMLARNING ESTETIK MOHIYATI G‘. Soatov Xalqaro innovatsion universitet dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445013 Annotatsiya. Ushbu maqolada bayramlar tarkibidagi tomoshaviylikka yordam beruvchi, estetik zavq uyg’otuvchi barcha elementlar kishilarning go‘zallik haqidagi yaxlit tasavvurlarini mukammalashtirib, estetik tafakkurining bir moramda yuksalib borishiga yordam berishi haqida fikr yuritilgan. Bayramlar insoniyatning eng qadim davri – ibtidoiy davrdan hozirgi kunimizgacha kishilarga estetik zavq bag’ishlab, estetik mushohada qilishga yordam berib kelmoqda. Ularning didi va ideallarini shakllantirib kelgan eng ta’sirchan vosita sifatida namoyon bo‘lib kelmoqda. Kalit so‘zlar: bayramlar, estetik zavq, moslanuvchanlik, ruhiy-emotsional hayot, marosimlar, ijtimoiylashuv jarayoni, milliy qadriyatlar. Bayramlar tarkibidan joy olgan san’at asarlari kishilarda ruhiy-emotsional hissiyotni uyg’otadi, ularni shodlantirib, estetik zavqlanishlariga turtki beradi hamda ana shu zavq va shavqni boshqalarga yuqtiradi, shunindek ular bilan baham ko‘rish yo‘llarini ochadi. Yoshlarda madaniy muhitga moslanuvchanlik nafaqat oila muhitida, shuningdek, milliy qadriyatlarning tarkibiy qismini tashkil etuvchi marosimlar va bayramlar orqali ham amalga oshirib kelingan. Ijtimoiylashuv jarayoni o‘ta murakkab jarayon hisoblanadi. Ana shu murakkab jarayon bolaning dastlab, o‘z ona tilini o‘rganish, milliy marosimlari va bayramlarini kuzatishi, so‘ngra, ularda qatnashishlari orqali o‘zlashtirilib kelingan. Bayramlarning ta’sir kuchi uning tarkibiy qismlarida ishtirok etayotgan san’at turlari va badiiylshatirilgan hujjatli materiallarning qay darajada o‘zaro dialektik aloqadorlik va uyg‘unlikda mavjud bo‘lishida yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Shuningdek, bayram tomoshalarida foydalaniladigan san’at turlarining sintezlashib, yagona g‘oyani ochib berishi estetik idrok etishda muhim rol o‘ynaydi. Bayramlarning ahamiyati shundaki, bayramlar insoniyatning nafaqat o‘z o‘tmishi, balki kelajakka bo‘lgan ishonchi hamda intilishlari, tasavvurlari, muayyan davrda qo‘lga kiritgan yutuqlarini ham o‘zida ifodalab beradi. Bayramlar orqali inson va tabiat, inson va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ifodalovchi qadriyatlar tizimi yaratiladi va mustahkamlab boriladi. Shu boisdan ham bayramlar sivilizatsiyalarning eng muhim xususiyatlarini bir-biridan farqlovchi vosita bo‘lib ham xizmat qilgan. Bayramlar hamma vaqt dunyoni teran idrok etishning bir vositasi bo‘lib kelgan. Ijtimoiy mehnat jarayonini tashkil etish va mukammallashtirishdagi “mashqlar”,
131 “mehnat o‘yinlari”, mehnat qilish jarayonida qisqa muddatli dam olish yoki nafasni rostlash hech qachon o‘z holicha bayram bo‘la olmaydi. Ularning bayram bo‘lishi uchun jamiyat va insoniy munosabatlarning ma’lum bir jihatlari, masalan, ma’naviymafkuraviy sohasidan nimadir qo‘shilishi shart. Ular moddiy dunyo va insonning turmush kechmishlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlardan emas, balki inson hayoti uchun o‘ta muhim bo‘lgan buyuk maqsadlari dunyosidan, ya’ni, inson uchun ideal deb qabul qilingan hayotbaxsh g‘oyalardan, kishilarni yashashga, yaratishga rag‘bat beradigan, bunyodkorlikka chorlaydigan va ilhomlantira oladigan ezgu g‘oyalardan quvvat olishi zarur. 1 Bayramlar kishilarning nafaqat madaniy-maishiy hayotini, shuningdek, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning kishilar turmushiga ko‘rsatayotgan ta’sirini, kishilar va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini o‘zida aks ettiradi, mujassamlatiradi. Kishilar bayramni yolg‘iz, ya’ni boshqalarning ishtirokisiz nishonlay olmaydilar. Shu sababdan ham bayramlarda ijtimoiylik xususiylikdan ustun turadi. Chunki bayram ishtirokchilari umum tomonidan qabul qilingan me’yorlarga amal qilishga majbur bo‘ladilar, umum ruhiyati bilan yashaydilar, harakat qiladilar. Bayramlarning asosiy vazifalaridan biri - insonning shaxs maqomiga ko‘tarilishiga yordam berishdan iboratdir. Chunki bayram inson uchun ma’naviy erkinlikni imtihondan o‘tkazishning mezoni hamdir. Ma’lumki, kishi bayram kunlari kundalik hayotdagidan ko‘ra, o‘zini erkin sezadi. Chunki, u kundalik hayotda bajarishi mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlarini bayram kuni bajarishi mumkin deb o‘ylaydi. Aynan, bayramlar kishilarning ikki holatda, ya’ni ham oddiy kunlardagi, ham umumning quvonchli bayram kunlaridagi “insoniylik”maqomini imtihon qilish kuni hamdir. Bayramlarning yana bir xususiyati ularning muayyan vakt, maxsus sana bilan bog‘likligidir. Kishilarda bayram kayfiyati avvaldan belgilangan vaqt, sana, kun yaqinlashgan paytdan boshlanadi. “Bu vaqtda kishi har bir hodisadan yangilik va go‘zallik qidirib qoladi. Odamlar tabiatida ro‘y bergan ana shu holat tabiat bilan bog‘liq bo‘lgan har bir hodisani poetik ma’noga ega bo‘lgan tadbir, marosimga aylantirib yuboradi.” 2 Bayram ijtimoiy-madaniy hodisa sifatidagi vazifalaridan biri - inson hayotini estetik jihatdan tartibga solish va o‘zgartirish-dan iborat. 1 Бахтин М.М. Литературно-критические статьи. М., 1986, с.299. 2 У. Қорабоев Ўзбек халқи байрамлари. Т.: Шарқ. 2002.76 .
132 Shu bilan birga, bayramlarning quyidagi ikki tomonlama xususiyatga egaligini, ya’ni uning estetik mazmuni va madaniy-insoniy faoliyatga ko‘rsatadigan ta’sirini yo hisobga olmaydilar, yoki uni e’tibordan chetda qoldiradilar. Ma’lumki, yangilanish g‘oyasi singari, o‘tmishga qaytish g‘oyasi ham bayramning belgilovchi xususiyatlaridan biridir. Juda ko‘p hollarda bayramning ana shu xususiyati e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Ko‘pgina bayramlarda asosiy e’tibor bugungi kun, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, insonning bugungi o‘zgarishlarga munosabat masalasisiga e’tibor beriladi-yu lekin, bugungi kunga yetib kelish lahzalarini yoritib berish e’tibordan chetda qoladi. Axir har qanday bayram nafaqat jamiyat, balki tabiat va jamiyatning o‘zaro mutanosib-ligi maslasiga qaratiladi. Zero, bayramlar madaniyatining vujudga kelishi, rivojlanishi, madaniy an’analarga bo‘lgan munosabati kabi bir qator masalalarni ham o‘zida mujassamlashtirib keladi. Bayramlar o‘tmish ajdodlar hayoti turmushi va tajribalari natijasida vujudga kelgan hayotiy kechmishlarining umumiy yig‘indi-sini o‘zida ifoda etuvchi ma’naviy madaniyatning bir ko‘rinishidir. Bayramlar – bu o‘tmishning muhim lahzalarini eslash, o‘sha davr ritmi bilan birlashish istagi va unga ta’sir o‘tkazish orqali ularni o‘z davriga moslashtirish va ularga yangicha mazmun baxsh etishga bo‘lgan intilishlar natijasidir. Bayramlar insoniyat tomonidan yaratilgan bebaho boylikdir, bu bebaho boylikni boshqa biror bir ma’naviy-ijtimoiy hodisa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Uning bebaholigi shundaki, unda insoniyatning azaliy orzu-armonlari, dunyoqarashi, o‘tmish ajdodlarini unutishga yo‘l qo‘ymaydigan milliy ma’naviy qadriyatlar, ularning turmush tarziga oid turfa xil ham moddiy, ham ma’naviy madaniyatga oid elementlar, ulardan meros qolgan odob-axloq qoidalari, turli xil an’analar, urfodatlar, marosimlar, rasm-rusum elementlari mujassamlashib kelishidadir. Bayram ijtimoiy-badiiy hodisa sifatida insonning bayramni nishonlashi davridagi hayotini estetik nuqtai nazaridan tartibga soladi, o‘zgartiradi, unga to‘loqonlilik, ko‘nikma hosil qilish hamda uyg‘unlik elementlarini kiritadi, u butun tabiat hodisalari va jamiyat hayotiga oid bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. 3 Shu bilan birga, bayramlarning quyidagi ikki tomonlama xususiyatga egaligini, ya’ni uning estetik mazmuni va madaniy-insoniy faoliyatga ko‘rsatadigan ta’sirini yo hisobga olmaydilar, yoki uni e’tibordan chetda qoldiradilar. Yangilanish g‘oyasi singari, o‘tmishga qaytish g‘oyasi ham bayramning belgilovchi xususiyatlaridan biri 3 Мазаев А. Праздник как социально-худодественное явление. М.: Наука. 1978. С.30
133 hisoblanadi. Juda ko‘p hollarda bayramning ana shu xususiyati e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Ko‘pgina bayramlarda asosiy e’tibor bugungi kun, unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, insonning mazkur o‘zgarishlarga munosabat masalasisiga e’tibor beriladi-yu lekin, bugungi kunga yetib kelish lahzalarini yoritib berish e’tibordan chetda qoladi. Axir har qanday bayram nafaqat jamiyat, balki tabiat va insoniy munosabatlarning o‘zaro mutanosibligi masalasiga ham qaratiladi. Zero, bayramlar madaniyatining vujudga kelishi, rivojlanishi, madaniy an’analarga bo‘lgan munosabati kabi bir qator masalalarni ham o‘zida mujassamlashtirib keladi. Bayramlar o‘z o‘zidan vujudga kelmaydi. Unda uni tashkil etadigan kishilarning sermashshaqqat mehnatlari, ya’ni bayramning badiiylik xususiyatlarini yuzaga chiqarish, ta’sirchan vositaga aylantirish, shuningdek, bayram ochib beradigan g‘oyaning badiiy-ifodaviy vositalar bilan uyg‘unlashuvini, bayram qatnashchilarining ruhiyatiga, ya’ni bayramona atmosferaning yaratilishi, barcha tashkiliy masalalarni o‘rni-o‘rnida hal qilish, hamda boshqa o‘ta murakkab masalalarni amalga oshirish katta mashaqqatli mehnatni talab qiladi. Chunki, “Bayram – bu voqelik bilan san’atni uyg‘unlashtiruvchi, u yoki bu real hayotiy voqeani badiiy bezab ko‘rsatuvchi o‘ziga xos antiqa hodisadir”. 4 Ma’lumki, bayramona munosabat va ruhiyat, zamonaviy voqelikni boshqacha idrok etishimizga, tarixiy voqelikni zamonaviy ta’sirchan vositalar yordamida yoritib berishga, olamni o‘zgacha tasavvur etishga imkon beradi. Bayramlarning tabiati shundan iboratki, u hech qachon dastlabki o‘zining vujudga kelgan davrini ifoda etish bilan chegaralanmaydi. Jamiyat va tabiatda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar vaqtlar o‘tishi bilan bayramning asosiy mavzusiga aylanib qoladi. Chunki bayramlar xalqning o‘zini qurshab turgan tashqi tabiat va o‘zi yashayotgan jamiyatga bo‘lgan munosabatlarinigina emas, balki, ularning ishonch va e’tiqodga aylanib borgan ham dunyoviy, ham diniy dunyoqarashini ifoda etgan. Shuningdek, bayramlar davrlar o‘tishi bilan zamon ruhinigina emas, balki kishilarning ham siyosiy, ham ijtimoiy, ham axloqiy, ham estetik, ham diniy dunyoqarashini davr ruhi bilan mutanosiblashtirgan holda mujassamlashtirib keladi. Shuning uchun ham bayramlar davr ruhining marometri hisoblanadi. Bayramning inson va jamiyat hayotini aks ettiruvchi ko‘p qirrali ijtimoiymadaniy hodisa sifatidagi ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin, albatta. Chunki, bejizga bayramlarni shaxsning shakllanishiga hissa qo‘shadigan eng muhim ijtimoiymadaniy qadriyat sifatida talqin qilinmaydi. 4 Генкин Д.М. Массовьше праздники. М., Просвещение, 1975, с.44.
134 O‘z navbatida, bayramlarning vujudga kelishiga har bir davrning ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy hayoti ham o‘z ta’sirnini ko‘rsatmasdan qolmagan. Chunki, har bir davrning iqtisodiy va siyosiy, ma’naviy-madaniy jarayonlari bayramlarning tashkil etilishi va nishonlanishida o‘z ifodasini topgan. Boshqa tomondan esa, qaysi davr bo‘lishidan qat’iy nazar kishilarning maishiymadaniy hayotida ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan diniy qarashlar va ularning tarikbiy qismlarini tashkil etuvchi marosimiy harakatlar ham bayramlarning shakl va mazmunini begilab bergan. Mantiqan olib qaraganda, yuqorida ilgari surilgan fikrlar quyidagi xulosalarni ilgari surishimizga sabab bo‘ladi. Bayramlar, birinchidan, davlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni, ikkinchidan, millatning o‘z milliy qadriyatlarini nafaqat saqlab qolishi va takomillashtirishdagi o‘rni hamda rolini, uchinchidan, aholining mazkur o‘zgarishlarni tashkil etishdagi ishtirokining qay darajada ekanligini aniqlashning, to‘rtinchidan, qaysi davr va qaysi holatda nishonlanmasin, bayramlar xalqning ma’naviy dunyosi va ruhiy holatlarini, atrof-muhitga, ijtimoiy jarayonlarga (jamiyatga) bo‘lgan munosabatlarini aniqlashning; beshinchidan, davlat, jamiyat va xalq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning qay holatdaligi, ya’ni xalq va jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi yoki tarqoqligini aniqlab olishning; oltinchidan, tarqoq holga kelib qolgan xalqni birlashtirish, jamiyat oldida turgan maqsad-muddaolarni xalqqa tushuntirish, ularni amalga oshirishga safarbar etish, ya’ni ularni o‘zaro uyg‘unlashtirish orqali tarqoq holga kelib qolgan xalqni harakatga keltirishning eng samarali vositasi va mezonlaridan biri hisoblanadi. Bayramlar insoniyat tomonidan shakllantirilgan an’analarning eng mukammali va yuksak darajaga ko‘tarilgan elementidir. Chunki, bayramlar insoniyatning qisqa muddatga bo‘lsa-da, minglab yillar davomida orzusiga aylanib qolgan armonlarining ro‘yobga chiqadigan kunidir. Shuningdek, bayramlar jamiyat hayotini barqarorlashtirishning ham zaruriy vositalaridan biri sifatida, kishilarning jamiyatga, jamiyatning esa kishilarga munosabatlaridagi ayrim ziddiyatli jarayonlarni yumshatuvchi eng samarali vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bayram tadbirlari orqali ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan ayrim salbiy holatlar badiiy vositalar orqali ochib berilsa, ayrimlari tanqidiy epizodlar orqali, masalan, millatning o‘z milliy qiyofasini saqlab qolishdagi jur’atsizligi oqibatida milliy qadriyatlarning qadrsizlanish jarayoni sodir bo‘layotganligiga beparvo munosabatda bo‘lishlari tasvirlab beriladi.
135 Navro‘z betakror go‘zalligi, insonparvarlik ruhi va teran falsai globallashuv dabrida ham butun bashariyatni hayratga solayotgani uning azaliy mohiyati va hayotbaxsh kuchidan dalolat beradi. 5 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бахтин М.М. Литературно-критические статьи. М., 1986, с.299. 2. У. Қорабоев Ўзбек халқи байрамлари. Т.: Шарқ. 2002.76 . 3. Мазаев А. Праздник как социально-худодественное явление. М.: Наука. 1978. С.30 4. Prezident SH.M. Mirziyoevning xalqimizni “Navroz” bayrami bilan tabriklagan nutqidan.2025 yil.21-mart. 5. Генкин Д.М. Массовьше праздники. М., Просвещение, 1975, с.44. 5 “Bizning kuchimiz – birlik va ahillikda”. 5 Prezident SH.M. Mirziyoevning xalqimizni “Navroz” bayrami bilan tabriklagan nutqidan.2025 yil.21-mart.