YANGI O'ZBEKISTON G'OYASIDA UZLUKSIZ MA'NAVIY TARBIYANING ME'YORIY HUQUQIY ASOSLARI
Full text
141 YANGI O‘ZBEKISTON G‘OYASIDA UZLUKSIZ MA’NAVIY TARBIYANING ME‘YORIY HUQUQIY ASOSLARI Tojiyeva Iroda Sadatovna, Xalqaro innovatsion universiteti dotsenti, Doniyorova Husnora, Xalqaro innovatsion universiteti Tarix II-kurs talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445019 Annotatsiya: Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston g`oyasida uzluksiz ma’naviy tarbiyaning me‘yoriy huquqiy asoslari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi Kalit so‘zlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, farmon, qaror, farmoyish, xalq ta’limi tizimi, ustuvor yo‘nalishlar, ta’lim jarayoni, xalqaro hamkorlik. Tan olib aytish kerak, bugungi jadal globallashuv, innovatsion taraqqiyot sharoitida dunyo hamjamiyati sahnida raqobatbardosh mamlakatga aylanayotgan, yangilanayotgan O'zbekiston davlati va jamiyati oldiga qator milliy va umuminsoniy vazifalarni yuklamoqda. Bu ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar singari, ta’lim-tarbiya borasiga ham bevosita tegishlidir. Jumladan, Prezidentimizning 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. [1] Mazkur ezgu g‘oyalarni amalga oshirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4307-son [2] va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1059-son qarorlari [3] hamda 2020-yil 6-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi VM-422-sonli [4] qarorlari, davlat va hukumat tomonidan qabul qilingan boshqa bir qator meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida umumta’lim maktablarida Tarbiya fanini yanada kengaytirishga oid vazifalar belgilab berilgan bo`lib mamlakatimiz hukumati tomonidan ulkan sa’y-harakatlarlar olib borilmoqda. Ushbulardan biri, shubhasiz, muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbuskorligida davr talabiga javob beradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi ta’minlangan, xalqaro tajriba va interfaol uslublardan unumli foydalanilgan Tarbiya fanining yaratilishi hamda undagi go‘zal insoniy fazilatlar, chuqur foydali bilimlarni yosh avlodga o'qitish va uqtirishdir. Bundan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad yangi davrning mard va jasur, adolatli va sadoqatli, mehrli va oqibatli, hayoli va oriyatli, vatanparvar, ezgu maslagida
142 qati’yatli, mustahkam e’tiqodga ega bo'lgan barkamol avlodni voyaga yetkazish sanaladi. Bunda Tarbiya o‘qituvchilaridan yosh avlod ong-u shuurida: • mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning yashirin salohiyatini yuzaga chiqarish; • muvaffaqiyatli ijtimoiy hayotga tayyorlash; • faol fuqarolik pozitsiyalarini mustahkamlash; • burch va mas’uliyat, huquqiy ong va huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, mustahkam ezgu e’tiqod, ma’rifatparvarlik, bag'rikenglik singari go‘zal fazilatlarni shakllantirish talab etiladi. Shu bilan birga, o'quvchilar o'rtasida kuzatilayotgan ayrim salbiy holatlarning asl sabablarini aniqlash va oldini olishdagi ishlar samaradorligini oshirish ham nazarda tutiladi. Mamlakatimiz umumta’lim maktablarida odob-axloq borasida yagona Tarbiya fanining joriy etilishi barkamol avlod, vatanparvar fuqaroni shakllantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Aksincha, bunday tizimga ega bo'lmagan jamiyatda zo'ravonlik, axloqsizlik, razolat ildiz otadi. Va, oxir-oqibat, bu jamiyat tarbiyasizlik, tubanlik botqog'iga botadi. Tarbiya fanini samarali o'qitishning turli innovatsion metodlari o‘quvchilarni mustaqil faoliyati, erkin va tanqidiy fikrlashi, o‘z fikrini ravon ifoda etishiga zamin yaratishi juda muhim. Tarbiya o‘qituvchilarining fanga oid bu tamoyillarini chuqur o‘zlashtirishi taqozo etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida, tarbiyaviy tadbirlarda va mustaqil ta‘lim izlanishlarida ana shu tamoyillarni o‘zlashtirish, faoliyatda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lish hamda kasbiy faoliyatda ularga amal qilish kompetentsiyasini egallash dolzarb masalalardan biridir. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.01.2022 yildagi PF-60sonhttps://lex.uz/docs/5841063 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-son Qarori. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-1059-son qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son, 19.06.2020 y., 09/20/391/0777-son. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VM-422-son qarori.