scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUTAFAKKIRLARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA OID QARASHLARI

A.Mirzakobilov

Full text

152 MUTAFAKKIRLARNING TARBIYAVIY FAOLIYATGA OID QARASHLARI A.Mirzakobilov Xalqaro innovatsion universiteti o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445027 Annotatsiya. Maqolaning mazmun mohiyati shundan iboratki Movarounahrda ma’naviyma’rifiy sohada asosiy masala inson muammosi boʻlgan. Shuning uchun ham ilm tarbiya masalalariga katta e’tibor berilgan. Insoniylik, insonni ulugʻlash gʻoyasi ta’lim-tarbiyaga oid yaratilgan asarlarning asosiy oʻzagi sanalgan. Pedagogika fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ularni tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Kalit soʻzlar: pedagogika, pedagogik faoliyat, ta'lim, tarbiya, pedagogik qarashlar, jamoaviy ta'lim, pedagogik qobilyat, kompetentlik. Mutafakkirlarining deyarli barchasi oʻz asarlarida ta'lim-tarbiya haqida koʻp soʻz yuritishgan. Tarbiya haqida soʻz ketganda, Abdulla Avloniyning tarbiya xususiy ish emas, milliy ijtimoiy ishdir deganlar, Alhosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot-yo mamot, yo-najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidur'', - deb ta'kidlaydilar. [1;13] Rasuli Akram nabiyyi Muhtaram sallolohu alayhi vasallam afandimiz:” Insonlarning karami dindadur, muruvvat aqlindadur, hasabi ahloqindadur'',- demishlar. Avloniy shunday deydi: Tarbiyani tugʻilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, ahloqimizni kuchlantirmoq, zehnimizni rivojlantirmoq lozimdir. Tarbiya zurriyot dunyoga kelgandan boshlanib, umrining oxiriga qadar davom etadi. U bir qancha bosqichdanuy, bogʻcha, maktab va jamoatchilik tarbiyasidan iborat boʻladi. Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina ahloq bilan chegaralab qoʻymaydi. U birinchi navbatda bolaning sogʻligi haqida gʻamxoʻrlik qilish lozimligini uqtiradi. Tarbiya-yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yoʻnaltirilgan faoliyat boʻlib, shaxsni aqliy, jismoniy ahloqiy, ma'naviy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan boʻlib, insonning jamiyatda yashashini ta'minlash uchun zarur boʻlgan xususiyatlarini tarkib toptirishning jarayonlaridir. Ta'lim-maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida oʻtkaziladigan, oʻquvchilarni bilim, koʻnikma va malakalar bilan qurollantiradigan, ularning bilish qobilyatini oʻstiradigan, dunyoqarashini shakllantiradigan jarayondir. Pedagogika grekcha paida-bola, gagos-yetaklovchi degan ma’noni anglatadi. Pedagogika-tarbiya, ta’lim hamda ma’lumot berishning nazariy va amaliy jihatlarini oʻrganuvchi fanlar majmuasi. Pedagog tarbiya jarayonining qonuniyatlari, tarkibi va uni tashkil etish mexanizmlarini tadqiq etadi, tarbiyaviy va oʻquv ishlarining mazmuni, tamoyillari, ularni tashkil etish shakl, usul 153 hamda yoʻsinlarini belgilab beradi. Shaxsni tarbiyalash, oʻqitish va shakllantirish pedagogning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Shaxsni tarbiyalash pedagogikada asosiy tushuncha sanalib, oila, hamiyatning barkamol shaxsni shakllantirishga yoʻnaltirilgan birgalikdagi faoliyatini anglatadi. Tarbiya yordamida inson shaxsining ma'naviy jihatlarini qaror toptirish koʻzda tutiladi. Dunyoqarash, ezgulik, goʻzallik, yaxshilik, adolatga doir qarash va koʻnikmalarning shaxs sifatiga aylantirilishi tarbiya yordamidagina amalga oshiriladi. Oʻqitish natijasida shaxs zaruriy bilimlar bilan ta'minlanib kelgusida turli darajadagi maxsus ma'lumotni olish imkoniga ega boʻladi. Abu Nasr Farobiyning pedagogik qarashlarini ta'lim-tarbiya haqidagi ta'limotini oʻrganishda inson xislatlari toʻgʻrisidagi falsafiy fanlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy oʻzining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma'naviy olamini oʻrganishga ahamiyat beradi. Uning ta'limotida, inson barcha boshqa jismlarda boʻlmagan qobilyat va kuchga, ruhiy quvvatga aql va soʻzlash qobilyatiga egaligi bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turishi va uning ustidan hokim boʻlish imkoniyatini berganligi namayon boʻladi. Forobiy bu dunyoqarashida narsa-hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma'rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e'tibor beradi. U oʻzining ,,Baxt saodatga erishuv haqida”, ,,Fanlarning tasnifi”, ,, Falsafani oʻrganishdan oldin nimani bilish kerakligi toʻgʻrisida”, ,,Ilmlar va san'atlar fazilati” kabi koʻplab risolalarida insonning ma'naviy rivojlanishi ilm-ma'rifatga bogʻliqligini ta'kidladi. Mazkur fikrlarning tasdigʻini Abu Rayhon Beruniyning oʻqtuvchi faoliyatiga bergan izohidan ham koʻrishimiz mumkin boʻladi. Beruniy yoshlarni oʻqitish uchun oʻqituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun oʻqituvchi xushmuomala, rostgoʻy, oʻz fanini va oʻqitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza yurish va turishida namuna boʻlishini talab etadi. Agar-deydi, Beruniy, -tarbiyachining oʻzi oʻrnak boʻlmasa, aytgan gapiga oʻzi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir. Abdulla Avloniy oʻqituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta'rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya'ni axloqli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatligi ta'limtarbiya jarayoni uchun asosiy negiz boʻlsa, ijodiy izlanish oʻqish va oʻqitishning yangi shakl, uslub hamda sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy oʻqituvchi faoliyatiga nisbatan akmeologik yondashuvni oʻz davri qiyofasiga olgʻa suradi. Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta'lim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor beriladi. Olim ta'lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, oʻqituvchi, oʻquvchilarning oʻzaro muloqotini tashkil etish, olib borishda eskicha qolibdan chiqib yangi islohotlar qilish 154 kerakligi, buning uchun esa, mudarrislarning ya'ni eski maktab oʻqituvchilarining nodonligiga chek qoʻyib, ularni oʻqitish usullarini oʻquvchilariga qarab tubdan oʻzgartirish zaruratini bayon qiladi. Abdurauf Fitrat bola tarbiyasi faqat oiladagina olib borilmasdan, bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shugʻullanishi kerakligini, chunki davlatning kelajagi mana shu yoshlar qoʻlida boʻlishini ta'kidlab oʻtadi: ,,Bolalarni barkamol qilib yetkazish uchun uning tarbiyasiga faqat oilasigina javobgar boʻlmasdan, butun qavm a’zolari javobgardirlar, chunki yoshlar har tomonlama barkamol inson boʻlib tarbiyalansa, qavmning kelgusi taraqqiyotida katta ahamiyatga ega boʻladi. Tarbiya oʻz navbatida oiladan boshlanar ekan biz oʻz farzandlarimizni baxtisaodatini, kamolini, iqbolini, Buyuk inson boʻlib yetishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma'naviy qoʻrgʻoni boʻlmish oʻz oilamizning mustahkamligini koʻrishni Istar ekanmiz, demak oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sogʻlom va barkamol etib, tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlariga e'tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-bobolarimizdan qolgan boy ma'naviy merosning yosh yosh avlodni har tomonlama yuksalishi tizimidagi oʻrni va roli oʻziga xos xususiyatga va koʻrinishga ega. Darhaqiqat avlodlar tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni oʻrganishda ta'lim tizimi imkoniyatlariga alohida e'tibor qaratish lozim. Sharq mutafakkirlarining asarlarini oʻrganish, tahlil qilish, ularning ijodi ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega. [6;43] Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdulla Avloniy ,,Turkiy Guliston yoxud axloq”. ,,Turon Zamin” nashriyoti Toshkent 2023yil. 2. Komiljon Hashimov; Sanobar Nishonova “Pedagogika tarixi” 2-qism. Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasi nashriyoti Toshkent 2005-yil. 3. Shukrullo Mardonov; Umida Zokirova ,,Pedagogika nazariyasi va tarixi”. Toshkent, “Ishonchli hamkor” 2021-yil. 4. R.Mavlonova; N.Vohidova; N.Rahmonqulova. ,,Pedagogika nazariyasi va tarixi”. Toshkent 2010-yil. 5. M.Shoxdjyaev. Burxoniddin Margʻinoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari. Avtoreferat 2006-yil. 6. B.Xalilov. Sharq mutafakkirlarining merosini oʻrganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta'lim jurnali 2017-yil.