TA'LIM-TARBIYA TIZIMIDA YOSH AVLODNI VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH
Full text
170 TA’LIM-TARBIYA TIZIMIDA YOSH AVLODNI VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASH Usmonova Muhlisa, Qarshi xalqaro innovatsion universiteti magistranti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445043 Annotatsiya. Bugungi globallashuv davrida yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash dolzarb masalaga aylandi. Ta'lim-tarbiyada vatanga sadoqat, milliy g‘urur va fuqarolik mas'uliyati yoshlarning ma'naviy-axloqiy dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Har bir jamiyatning ertangi kelajagi bevosita bugungi yoshlarning qanday tarbiyalanishiga bog‘liqdir. Shu boisdan, yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash pedagogika fanining eng asosiy vazifalaridan biridir. Kalit so‘zlar: ta’lim, tarbiya, vatanparvarlik, yosh avlod, madaniy-ma’rifiy faoliyat, ma’naviy-axloqiy dunyoqarash, milliy g‘urur. Yosh avlodning ta’lim va tarbiyasi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish faqat hukumatimizning yoki maktablarning emas, birinchi navbatda har bir ota-onaning muqaddas burchlaridan hisoblanadi. Har bir inson o‘z farzandi yaxshi, barkamol inson bo‘lib yetishishini orzu qiladi. Katta bo‘lgach, jamiyatda o‘ziga munosibo‘rin egallab, Vataniga sodiq, elu xalqining xizmatiga tayyor, vijdonli va diyonatli bo‘lishini orzu qiladi. Hozirgi kunda dunyo hamjamiyatining oldida turgan global muammolardan biri yoshlar tarbiyasidir. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgarapti. Bu o‘zgarishlarni eng avvalo yoshlar his qilmoqdalar. Yoshlarni har tomonlama sog‘lom, ma’naviy jihatdan yetuk qilib tarbiyalashhar qanday davrda ham muhim hisoblangan. Chunki jamiyatning, davlatning ertangi kuni, yoshlarning bugungi kunda olgan bilimlariga, tarbiyasiga, ma’naviyatiga bog‘liq. Mamalakatimizda yoshlarning ta’limtarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har qanday mamalakatning kelajagi so‘zsiz yosh avlodning tarbiyasi va taraqqiyoti bilan bog‘liqdir. Inson ma’naviy kamoloti haqida so‘z borganda, ta’lim-tarbiya masalasiga alohida to‘xtalish lozim bo‘ladi, chunki ta’lim-tarbiyaning uyg‘unligi komil shaxsni shakllantiradi. Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi. Bu sharqona hayot falsafasi. Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya masalasiga yuksak e’tiborning samarasi maktab, mahalla va oila hamkorligini yo‘lga qo‘yilishi, barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish,shu kabi ezgu maqsadlar yo‘lida erishilgan yutuqlarda namoyon bo‘ladi. Yosh avlod ta’lim-tarbiyasi haqida gapirganda, o‘zbek jadidcholik adabiyotining yorqinnamoyondalaridan biri Abdulatif Fitratning ushbu fikrlarini eslash joiz: Xalqning aniq maqad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib, izzat-
171 hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka yuz tutishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi, ularning o‘z otaonalaridan bolalalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq. Vatanparvarlik insonning eng ulug‘, eng olijanob va engmuhim fazilati, odamiylikning tom ma’nodagi ifodasidir. Shu bois, “milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” dasturiy g‘oya asosida yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‘ta sharafli vazifadir. Yurtboshimiz haqli ravishda ta’kidlaganlaridek:”Bilimli avlod buyuk kelajakning, tadbirkor xalq farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir”. Yosh avlodni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda quydidagilarning o‘rni muhimdir: - Vatanni sevishning ma'naviy ildizlari Vatanni sevish insonning tug‘ma hissi bo‘lib, u oilada, maktabda va ijtimoiy muhitda shakllanadi. Ajdodlarimizdan qolgan meros - buyuk allomalar asarlari, milliy urf-odatlar va qadriyatlar yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashda beqiyos ahamiyatga ega. - Ta’lim tizimining o‘rni Maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘quvchilarga nafaqat bilim berish, balki ularning qalbiga vatanparvarlik g‘oyalarini singdirish muhimdir. Tarix, adabiyot, "Vatan tuyg‘usi" kabi fanlar yoshlarning milliy o‘zligini anglashida katta ta'sir ko‘rsatadi. Pedagoglar esa o‘z faoliyatlarida namunali shaxs sifatida vatanparvarlik fazilatlarini yoshlar ongiga yetkazishlari zarur. - Tarbiyada oila va jamiyatning hamkorligi Farzand tarbiyasi, avvalo, oiladan boshlanadi. Ota-onalarning Vatan taqdiriga befarq bo‘lmaganligi, ularning jamiyatdagi faol ishtiroki farzandlarga ibrat bo‘ladi. Shu bilan birga, mahalla, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning ham tarbiyadagi ta’siri katta. - Amaliy faoliyat va tashabbuslar Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda turli tadbirlar – mustaqillik bayramlari, tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sport va madaniy loyihalarda ishtirok etish, ko‘ngillilik faoliyatlari samarali natija beradi. Bunday amaliy jarayonlar yoshlarning qalbida Vatan uchun mas'uliyat hissini yanada kuchaytiradi
172 Vatanni sevish - bu faqatgina shior emas, balki har bir fuqaroning amaliy faoliyatida, ijtimoiy mas'uliyatida namoyon bo‘lishi lozim bo‘lgan yuksak fazilatdir. Yoshlarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ta'lim tizimi, oila va jamiyatning umumiy vazifasi hisoblanadi. Ana shunda kelajak avlod mustahkam e'tiqodli, vatanparvar va mas’uliyatli shaxs bo‘lib voyaga yetadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yoshlarda ona Vatanga faxr va iftixor tuyg‘ularini kamol toptirish, ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtimiz ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shishga undash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash, sog‘lom turmush madaniyatini targ‘ib etish, mustaqil turmush arafasida turgan yoshlarda oila uchun mas’uliyat hissini shakllantirish, keksa avlod vakillariga hurmat-ehtirom munosabatida bo‘lish va xalqimizning boy ma’naviy qadriyatlar ruhida farzand tarbiyalash tuyg‘ularini takomillashtirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning o‘z aqlzakovatini namoyon etishda ota-onaning, ustozlarning, mahallaning, bir so‘z bilan aytganda barchamizning ishtirokimiz muhimdir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” gi 2017 yil 7-fevral, PF-4947-son farmoni. 2. Sh.Mirziyoyev “Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik” Toshkent. “O‘zbekiston” 2019 480-b 3. Tajibayev.M Axmedov.J “Sinergetik yondashuv yoshlarning yangi dunyoqarashini shakllantirsihning asosiy jihatlaridan biri sifatida” Scientific progress 2022, 3(3), 527-532.