BO'LAJAK PEDAGOGLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA O'QITUVCHINING KASBIY MAHORATI VA INNOVATSION YONDASHUVI
Full text
177 BO‘LAJAK PEDAGOGLARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA O‘QITUVCHINING KASBIY MAHORATI VA INNOVATSION YONDASHUVI Shonazarov Jamol Umirzoqovich, Xalqaro innovatsion universiteti “Psixologiya va jismoniy madaniyat” kafedrasi dotsenti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445052 Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogik faoliyat, o‘qituvchi shaxsi, uning pedagogikpsixologik tayyorgarligi, kasbiy bilimdonligi va pedagogik mahoratiga oid shaxsiy fazilatlari bayon etilgan.Shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qituvchining boshqarish mahorati, innovatsion faoliyati, ijodiy izlanuvchanligi, pedagogik qobiliyati hamda ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashuviga oid xususiyatlari keltirib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik jarayon, pedagogik faoliyat, o‘qituvchi shaxsi, kasbiy bilimdonlik, o‘quvchi, pedagogik mahorat, pedagogik texnika, pedagogik ijodkorlik, axloqiy fazilatlar, ijodiy yondashish. Mamlakatimizda yosh avlodning jismoniy, intellektual va axloqiy jihatdan kamol topishiga, ularni milliy tarixiy merosimizga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ustuvor yo‘nalishlarda keng qamrovli tizimli ishlar amalga oshirish, ayniqsa xulq, odob-axloqni ta’minlashga xizmat qiladigan kasbiy malaka, ijtimoiypedagogik bilimlarning ma’naviy-axloqiy jihatlariga ilmiy izlanishlarni keng qamrovli amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Yangi islohotlar amalga oshirilib rivojlanayotgan bir davrda mustaqil mamlakatimizning bugungi va ertangi kunini ta’minlaydigan barkamol shaxsni tarbiyalash, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, o‘ziga, jamiyatga, davlatga, tabiatga va mehnatga to‘g‘ri munosabatini bildira oladigan, mustaqil faoliyat yurita oladigan, ijodkor, tadbirkor shaxs qilib shakllantirish ko‘p jihatdan uni kim va qanday o‘qitishiga bog‘liq. Shubhasiz, bilimli, mahoratli va ayniqsa ijodkor o‘qituvchigina davlat qo‘yayotgan ijtimoiy buyurtmani bajara oladi. Pedagogik faoliyat ilm va san’atning uyg‘unligi asosida olib borilganligi uchun ham u ijodiy faoliyat sanaladi. Pedagogik ijodkorlik turli darajalar bilan tavsiflanadi: - tayyor tavsiyalardan foydalanish, ylarni o‘z sharoitiga moslashtirish, u asosan “odat bo‘yicha”, “qoida bo‘yicha”,” metodika bo‘yicha”, “qo‘llanma bo‘yicha” ishlash; - rejalashtirishdan boshlab o‘qituvchiga ma’lum bo‘lgan ta’lim mazmuni, vosita, usullari, shakllarini mohirlik bilan tanlash va mos uyg‘unlikda namoyon bo‘lganida faoliyatini optimallashtirish;
178 - evristik, ya’ni o‘qituvchining o‘quvchi bilan bo‘lgan jonli muloqoti imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish darajasi; - eng yuqori daraja - to‘liq mustaqillik, unda shaxsiy prinsip o‘rnatilgan, bu prinsip o‘qituvchining ijodiy individualligiga, o‘quvchilarning o‘zlariga xos xususiyatlariga, guruhning rivojlanganlik darajasiga mos keladi. O‘qituvchi doimo ijodiy faoliyatini o‘quvchilari bilan xamkorlikda yaratadi. Bu esa o‘qituvchining o‘z ustida tinimsiz ishlashi, izlanuvchanligi va kasbiy tayyorgarligini talab etadi 1 . Pedagogik faoliyat o‘quv jarayonidagi o‘quvchilarga ta’siri bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi va ularni hayot va mehnatga tayyorlaydi. O‘zining bilim va tajribasini yosh avlodga etkazish jarayonida o‘qituvchi o‘zining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etadi. Buning uchun u har bir darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi, o‘z loyihasini puxta ishlab chiqishi va uni amalga oshirish metodikasini yaratishi kerak. Zamonaviy izlanuvchan ijodkor o‘qituvchi har bir dars muallifi sifatida uning kasbiy mahoratining asosiy vositasi bo‘lib, mashg‘ulot mazmunini oson va tez o‘zlashtirishga imkon beradi. Shuningdek, ijodkor o‘qituvchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy konsepsiyasini o‘zi mustaqil yaratadi, bolalarning individual xususiyatlarini hisobga oladi, ularga individual yondoshishni ta’minlaydi va bunda u eng yaxshi natijaga erishadi. "Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchining o‘quvchilarida ijodiy qobiliyat rivojlangan bo‘ladi" degan fikr mavjud. Ijodiy ishlaydigan o‘qituvchi o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan o‘quvchilardagi ijodiy faollikning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ijodkor o‘qituvchining fazilatlari quyidagilardan iborat: ijodiy shaxsni shakllantirishga e’tiborni jalb qilish (pedagogik faoliyatning mazmuni, usullari, shakllari va vositalarini ijtimoiy tanlash); pedagogik taktika; empatiya qobiliyati; badiiylik; rivojlangan hazil tuyg‘usi; kutilmagan, qiziqarli, paradoksal savollar berish qobiliyati;o‘quvchilarni ham shunga o‘rgatish, muammoli vaziyatlarni yaratish; o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga olib keluvchi jarayonlarni yarata olish; o‘quvchilardagi boy tasavvurini rag‘batlantirish; o‘qituvchining ijodiy qobiliyatlari va imkoniyatlarini o‘quvchilar bilishi, qadrlashi, o‘rganishi kabilar 2 . Pedagogik faoliyat - doimiy ijod jarayoni hisoblanadi. Ammo boshqa sohalardagi (fan, texnologiya, san’at) ijodkorlikdan farqli o‘laroq, o‘qituvchining ijodi ijtimoiy ahamiyatga ega yangi, o‘ziga xoslikni yaratishni maqsad qilmaydi, chunki uning mahsuloti rivojlangan shaxs hisoblanadi. Pedagogik faoliyatning o‘ziga 1 Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. –Toshkent, 2008 yil. 15-bet. 2 Mahkamov U. va boshqalar. «Pedagogik mahorat». -Toshkent. 2003 yil. -47 bet.
179 xos jihati ham shundaki, uning mazmunini qaytarilmas, yagona, o‘ziga xos bo‘lgan insonni yaratish tashkil etadi. Pedagogik faoliyatdagi ijodiylik shundan iboratki, muammoni yechishga nostandart yondashuv, yangi metodlar, shakl, usul va vositalarni ishlab chiqish, ularni bir-biriga samarali bog‘lash va yangi sharoitlarda qo‘llash, ularni takomillashtirishdan iboratdir. O‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatiga, o‘z bilim tajribasi, mahorati asosida ijodiy yondashishga harakat qiladi albatta, lekin bu ijodiy yondashuv har doim ham qo‘yilgan talab darajasida bo‘lmasligi, yo u juda yaxshi samara bermasligi, yoki o‘qituvchi o‘zini to‘liq namoyon eta olmasligi mumkin. Bunga esa o‘qituvchining quyidagi xususiyatlari sabab bo‘lishi mumkin: - ma’lum bir ishni bajarish qo‘lidan kelmasligiga o‘zini ishontirib qo‘yish; - ustimdan kulishadi deb o‘ylash; - tinchi buzilishidan xavotirlanish; - atrofdagilarga moslashish; - boshqalardan biron tomoni bilan ajralib turishni istamaslik; - o‘zini boshqalar bilan meyoridan ortiqcha baholash, o‘zgalarni o‘zidan yuqoriroq qo‘yish; - o‘ziga nisbatan ishonchsizlikning mavjudligi. Bu xususiyatlarni bartaraf etish esa o‘qituvchining doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va mustaqil ta’lim ola bilishi bilan bog‘liqdir 3 . O‘quvchilarni mustaqil ta’lim olishga tayyorlash ham o‘qituvchidan ijodkorlikni talab etadi. Buning uchun o‘qitishning turli texnologiyalaridai foydalanish mumkin. Demak, an’anaviy o‘qitish usulida o‘qituvchi, asosan, uchta vazifani bajaradi: muammoni belgilaydi, vazifalarni aniqlaydi, muammoni yechadi. O‘quvchi esa, asosan, bitta vazifani bajaradi: masalani yechish yo‘llariii eslab qoladi va uni yechishni mashq qiladi. O‘qitishning ijodiy usullarida esa o‘qituvchi o‘quvchilarning bilish jarayonlarini boshqaradi, uni ijodiy tashkil etadi va nazorat qiladi. O‘quvchi mustaqil holda muammoni tushunadi, uni yechish yo‘llarini qidiradi va o‘zi mustaqil muammoni yechadi. Yuqorida bildirilgan fikrlarga asoslangan holda ba’zi xulosalarga to‘xtalamiz. O‘qituvchi pedagogik faoliyatining ijodkorlik bilan tashkil etilishi o‘quvchi shaxsida ham ijodkorlik, mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqotchanlik, o‘ziga nisbatan 3 Omonov H.T., Xo‘jayev N.X. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», -Toshkent, 2007 yil.- 135 bet.
180 ishonch, maqsadga intiluvchanlik va boshqa davrimiz talab etayotgan xususiyatlarning rivojlanishi uchun asos bo‘ladi 4 . O‘quv jarayoni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda o‘quvchilar o‘qiyotganlarini, o‘qituvchi esa ularni o‘qish va o‘rganishlari uchun yordam berayotganini anglasinlar. O‘qituvchi, asosan, o‘quvchilar o‘quv faoliyatining tashkilotchisi va rahbari, o‘quvchining sinf jamoasi bilan munosabatining nazoratchisi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi o‘quvchining sinfda o‘zini juda qulay his qilishi, shuningdek, o‘quv faoliyati unga emotsional jihatdan qoniqish beruvchi, bu faoliyat undan yetarli layoqat va kuch, ijodkorlik talab etishini his qiluvchi sharoit yaratishi zarur. Demak, umumiy o’rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o’quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’la olishga erishishi, o’quvchining eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo’lishi, muammoli vaziyatlarda to’g’ri yo’l ko’rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya jarayonida ko‘zlangan maqsadga aniq erisha oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ishmuxamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar”. – Toshkent, 2008 yil. 15-bet. 2. Mahkamov U. va boshqalar. «Pedagogik mahorat». -Toshkent. 2003 yil. -47 bet. 3. Omonov H.T., Xo‘jayev N.X. «Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat», -Toshkent, 2007 yil.- 135 bet. 4. Шоназаров Ж.У. Подготовка к педагогической деятельности и особенности профессиональных навыков преподавателя. Вестник науки № 3 (36). Том 2. Тольятти-2021 г, 54-59 ст. 4 Шоназаров Ж.У. Подготовка к педагогической деятельности и особенности профессиональных навыков преподавателя. Вестник науки № 3 (36). Том 2. Тольятти-2021 г, 54-59 ст.