ARAB DAVLATLARINING KADRLARINI TAYYORLASH ISHIDA SOVET DAVLATINING KO'MAGI
Full text
210 ARAB DAVLATLARINING KADRLARINI TAYYORLASH ISHIDA SOVET DAVLATINING KO‘MAGI Xomidova Kamola Xalqaro Innovatsion Universitet Tarix fani o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445082 Annotatsiya. Ushbu maqolada XX asrning 2-yarmidan sо‘ng Sovet davlati Osiyo va Afrika qit’asidagi arab davlatlari bilan turli sohalarda hamkorlik aloqalarini olib borganligi, shu jumladan, arab mamlakatlari bilan olib borilgan aloqalar, muzokaralar, ikki o‘rtada imzolangan shartnomalar, ikkiyoqlama hamkorlik munosabatlari, Iroq va Yaman davlatlaridan kelgan talaba va mutaxassislarning 50-60-yillardagi faoliyati haqida fikr yuritilgan. Bu aloqalardan kо‘zlangan asosiy maqsad kommunistik mafkurani keng miqyosda yoyishdan iborat ekanligi, bunda asosiy e’tibor moddiy yordam kо‘rsatish, shu orqali siyosiy hukmron doiralarni о‘z tarafiga og‘dirishga harakat qilinganligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: xalqaro hamkorlik, ta’lim, talabalar, o‘quv xonalari, BAR, paxtachilik, Yaman, politexnika, maorif vazirligi, delegatsiyalar almashinuvi. О‘zbekiston ta’lim va ilm-fan sohasida xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlikni olib borgan hamda uni rivojlantirgan. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan xalqaro aloqalari olib borilgan. Jumladan, xorijiy davlatlardan kelgan minglab talabalar О‘zbekistonning universitetlari va boshqa oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishgan. XX asrning 60-yillarida 114 ta mamlakatdan talabalar kelgan, jami 23 ming nafar talaba tahsil olishgan. 1958-yil 7-13 oktabr kunlari Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilarining konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Toshkent ruhi” atamasi asosida О‘zbekistonning madaniyat sohasidagi roli yanada oshdi. Shunisi diqqatga sazovorki, 50 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ushbu yozuvchilar konferensiyasiga jami 200 nafardan ortiq adabiyot namoyondalari tashrif buyurgan, Osiyo mintaqasidagi mamlakatlardan esa 19 ta davlatdan vakillar qatnashgan. Mazkur konferensiyaning Qohirada bo‘lib o‘tgan kengashida Osiyo xalqlari yozuvchilarining navbatdagi uchrashuvini Toshkentda o‘tkazish to‘g‘risida sovet yozuvchilari delegatsiyasi tomonidan taklif berildi hamda bundan buyon Afrika xalqlari vakillarini ham chaqirish lozim deb topildi. Osiyo yozuvchilarining konferensiyasi qarorini amalga oshirish niyatida 1958-yil iyun oyida Moskva shahrida Osiyo va Afrikaning ayrim mamlakatlari yozuvchilari vakillarining tayyorgarlik kengashi bo‘lib o‘tdi. Kengashda ishtirok etgan Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Respublikasi, sovet Ittifoqi va Yaponiya yozuvchilari Osiyo va Afrika yozuvchilarining navbatdagi
211 konferensiyasini Toshkentda 1958-yil oktabr oyining boshida o‘tkazishga qaror qildilar va buning uchun lozim bo‘lgan bir qancha choralarni ko‘rdilar 1 [1]. 1961-yil oktabrida Toshkent davlat universiteti qoshida chet ellik fuqarolar uchun maxsus tayyorlov fakulteti ochiladi. Iroqlik 50 nafar yigit-qiz bu fakultetning birinchi talabalari bo‘lishgan. Fakultetning asosiy vazifasi - chet ellik talabalarni Sobiq Ittifoqning har qanday oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorlashdan iborat bo‘lgan. Fakultet 350 nafar chet el talabasiga mo‘ljallangan. Unga maxsus bino ajratilib, bu binoga o‘quv xonalari, laboratoriyalar, turli kabinetlar joylashtirilgan. Fakultetda dars berishga tajribali mutaxassislar, yuksak malakali pedagoglar jalb etilgan. Shuningdek, Toshkent qishloq xo‘jalik institutida BAR va boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar ta’lim olishgan. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlari institutida afg‘onistonlik talabalar talim olishgan. ToshMIda 1961-yilda Yamandan kelgan o‘n nafar yigit-qiz davolash fakultetiga qabul qilindi. Farg‘ona qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash bilim yurtida ganalik 43 nafar yigit va qiz ta’lim olishgan. Ular traktorchi kasbini eggalashgan. Chet ellik talabalar, shuningdek Toshkent politexnika, to‘qimachilik, xalq xo‘jaligi, transport institutlarida hamda respublikaning boshqa oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olishgan. Chet elliklar О‘zbekistonga faqat o‘qish uchungina emas, balki xo‘jalikni tashkil etish va madaniy qurilishning ilg‘or usullarini o‘rganish uchun ham tashrif buyirishdi. Bu juda diqqatga sazovor dalil bo‘lib, respublikaning xalqaro obro‘si oshganligini aks ettiradi. Masalan, Iroq va boshqa mamlakatlarning paxtachilik mutaxassislari Sobiq Ittifoqda paxtachilik ishining qanday qo‘yilganligini zo‘r qiziqish bilan kuzatib borgan. Ular О‘zbekiston paxtakorlarining boy tajribasini o‘rganishga intilishgan. Shu maqsadda respublikaga har yili paxtachilikdagi ilg‘or tajribani o‘rganish uchun ko‘pgina delegatsiyalar kelib turadi. Chunonchi, BAR, Iroq mutaxassislari 1961-yilda besh oy o‘zbek paxtakorlarining tajribasini o‘rgandi. Ular olimlarning ma’ruzalarini tingladi, ilg‘or kolxoz va sovxozlardagi agrotexnika bilan tanishadi, g‘o‘zani parvarish qilishda ishlatiladigan sovet mashinalarini o‘rgandilar, ko‘pgina ilmiy tekshirish institutlarini borib ko‘radi [2]. Xorijiy davlatlardan respublikaga sanoat korxonalari-ning ishi bilan tanishish uchun, xalq maorifi masalalari bilan fanni, madaniyatni rivojlantirish masalalarini o‘rganish uchun har yili ko‘pgina delegatsiyalar kelib turadi. 1 Иззат Султонов “Дўстлик, тинчлик ва маданий ҳамкорлик конференцияси” Фан ва турмуш, 1958-йил, 9-сон
212 Sovet davlatining xorijiy mamlakatlari bilan ilmiy sohadagi xalqaro aloqalarida О‘zbekiston xorijiy mamlakatlari bilan kadrlar tayyorlash sohasida ham faol hamkorlik qilgan. Xorijiy mamlakatlardan kelgan yuzlab kishilar О‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarida va boshqa o‘quv yurtlarida ta’lim oladilar. О‘zbekistonda xalq maorifi va fanning ravnaq topishi uning chet mamlakatlar bilan ilmiy aloqalari keng rivojlantirib borishi uchun katta imkoniyat yaratib beradi. Natijada respublikada xalqaro ilmiy konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar o‘tkaziladi Chunonchi, 1961-yilda Toshkentda suv xo‘jaligi va irrigatsiya, qorako‘lchilik va sanitariya ishlari bo‘yicha xalqaro seminarlar tashkil qilinadi. 1973yilda YUNESKO ishlari bo‘yicha sobiq Ittifoq komissiyasi va Sovet xotin-qizlar komiteti 14 ta Afrika mamlakati va 6 ta sobiq Ittifoq respublikalari vakillarining qatnashuvida Afrika ayollarining xalqaro seminari o‘tkaziladi [3]. 1982-yilda Toshkentda Osiyo va Afrika xalqlarini birdamligi tashkiloti prezidiumining XV kengashining chaqirilishi muhim voqea hisoblanadi. Kengashda 60 ta mamlakat vakillar ishtirok qildi [4]. О‘zbekiston va boshqa respublikalarda savodsizlikni tugatish bo‘yicha boy tajriba orttirildi, yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitishda katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi. Bu tajribani o‘rganish maqsadida Toshkentda BMTning xalqaro favqulodda bolalar fondi dasturi doirasida seminar tashkil qilindi. Bunda maktabgacha yoshdagi bolalarning sog‘lig‘i va tarbiyasin muxofaza qilish masalalari ko‘rib chiqildi. 1969-yilda BMT tomonidan xalqaro seminar chaqirildi. Bunda rivojlanayotgan mamlakatlardagi jamoatchilik sektorlarida ilmiy va injener-texnik kadrlarni tanlash, tayyorlash va ulardan foydalaiish dasturi muhokama qilinadi. Shu yili Samarqandda Temuriylar davridagi san’atga bag‘ishlangan YUNESKO ning simpoziumi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatda ayollarga erkaklar bilan birga teng huquq berilishi, ishchilarning turmush va mehnat sharoitiga katta e’tibor qilinishi xorij mamlakatlarning diqqatini jalb etdi. 1982-yil Toshkentda shu masala bo‘yicha kasaba uyushmalarini xalqaro majlisi uyushtiriladi [5]. О‘zbekiston vakillari chet mamlakatlardagi simpozium-larda, konferensiya va seminarlarda qatnashib, fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. 60-yilning o‘rtalarida 15 ta respublika olimlari 40 ta chet mamlakatlarda o‘tkazilgan 50 ta xalqaro kengashda ishtirok etishdi. Jumladan, 1964 – 1966 yillarda taniqli olimlardan 50 nafar kishi AQSH, Angliya, Hindiston va Fransiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro kengash qatnashchisi bo‘ldi.
213 О‘zbekiston chet mamlakatlar bilan oliy va o‘rta maxsus hamda hunar-texnika o‘quv yurtlari bo‘yicha ham hamkorlik qilgan. Bu sohadagi yutuqlar ko‘p mamlakatlarning diqqatini o‘ziga jalb qilgan. Chunonchi, respublikada yuzlab chet mamlakat yoshlari Toshkent davlat universiteti, politexnika, tibbiyot, xalq xo‘jaligi va boshqa institutlarda bilim olgan. 1977-yilda ToshDUning 14 ta fakultetida Yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining 350 dan ortiq talabalari tahsil olgan. Shuningdek, universitetda chet ellik aspirantlar ham o‘z bilimlarini boyitgan. Masalan, 1978-yilda Oksford universitetining (Angliya) aspiranti Nensi Lyubin universitetda “O‘rta Osiyoda mehnat resurslarini taqsimlash va foydalanish” mavzusi bo‘yicha ilmiy ish olib bordi. 1982-yilda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent politexnika institutini 28 nafar chet ellik talabalar tugatadi. Ular muhandislik kasbini egallash bilan birga, rus tili bo‘yicha mutaxassislik kasbini egalladi. Shu yili Toshkent qishloq xo‘jaligi institutida chet ellik talabalardan 100 nafar kishi oliy ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu institutda 1946 yildan buyon Yaman Xalq Demokratik Respublikasi, Suriya, Nigeriya va boshqa mamlakatlarning yoshlari bilim olgan. 1982-yilga kelib, chet ellik yoshlardan 81 nafar kishi nomzodlik va bir kishi doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. О‘zbekistonga keluvchi chet el yoshlarining soni tobora oshib borgan. 1984 yilga kelib respublikaning 11 ta oliy, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va 4 ta bilim yurtida chet ellik yoshlarning soni 3 yarim ming nafarga yetdi. Ular 74 ta mamlakat vakillaridan tashkil topgan. О‘zbekistonda oliy ta’limning rivojlanishi va chet ellik malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi boy tajriba butun jahonga tarqaladi. Shuning uchun Xalqaro universitetlar uyushmasi “Universitetlar va ularning regional taraqqiyotidagi roli” mavzuidagi VIII seminarni Toshkentda o‘tkazishni lozim topdi. Bu seminar 1984yilda do‘stlik va taraqqiyot ramzi sifatida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bunda 25 ta mamlakat, shu jumladan Sudan, Iroq vakillari qatnashadi. Oliy ta’lim sohasidagi yutuqlarimizni o‘rganish maqsadida 1983 yilda Afg‘oniston poytaxti Kobulda “O’zSSRda oliy ta’lim” mavzuida ko‘rgazma ochiladi. Afg‘oniston Demokratik Respublikasi Maorif vazirligi A.S.Qayumni ko‘rgazma qatnashchilariga mamlakatda oliy ta’limni tashkil qilishda Sovet hukumatining hissasi katta ekanligini, ko‘rgazma har ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning kuchayishiga katta yordam berishini alohida uqtirib o‘tadi. Xullas, tadqiqot uchun tanlangan davrdagi madaniy aloqalar madaniyat va san’at xodimlari delegatsiyalari almashinuvi, badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, о‘quv
214 qо‘llanmalari, rasm va bolalar rasmlari kо‘rgazmalari, fotokо‘rgazmalar va fotografik materiallar, grammofon yozuvlari, filmlar va boshqalar. SSSR sotsialistik internatsionalizm prinsipi va ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tizimning о‘xshashligi asosida, Dо‘stlik, ittifoqchilik shartnomasida mustahkamlangan prinsiplar asosida arab davlatlari bilan madaniyat, fan va ta’lim sohasida almashinuvlarni amalga oshirdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Иззат Султонов “Дўстлик, тинчлик ва маданий ҳамкорлик конференцияси” Фан ва турмуш, 1958-йил, 9-сон 2. To‘xtaxo‘jayeva I. O‘zbekiston jamoatchiligining chet ellar bilan aloqalari. – Toshkent: O‘zbekiston, 1978. – B.17 3. Абуталипов Ч.А. Ўзбекистоннинг халқаро алоқалари.-Тошкент: ЎзДавНашр, 1964. – Б.137. 4. Зияев Ҳ. Ўзбекистоннинг хорижий мамлакатлар билан иқтисодий ва маданий алоқалар. – Тошкент: Ўздавнашр, 1986. – Б. 28. 5. Абуталипов Ч.А. Ўзбекистоннинг халқаро алоқалари.-Тошкент: ЎзДавНашр, 1964. – Б.50.