scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ILK O'RTA ASRLARDA TOSHKENT TOG'-KON SANOATIGA IXTISOSLASHGAN SHAHARLAR TARIXI

Botirova Nilifar

Full text

251 ILK O‘RTA ASRLARDA TOSHKENT TOG‘-KON SANOATIGA IXTISOSLASHGAN SHAHARLAR TARIXI Botirova Nilifar ATMU 2-kurs magistranti. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445127 Annotatsiya: Ushbu maqola ilk o‘rta asrlarda Toshkent vohasida tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan shaharlarning tarixiy rivojlanishini o‘rganadi. Maqolada konchilikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, tog‘-kon sanoatining iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ta'siri, konchilik mahsulotlarining savdo aloqalari, konchilik bilan bog‘liq hunarmandchilikning taraqqiyoti, shuningdek, tog‘-kon shaharlarining siyosiy va madaniy hayoti tahlil etiladi. Maqolada arxeologik topilmalar, yozma manbalar va etnografik ma'lumotlarga asoslangan holda, ilk o‘rta asrlarda Toshkent vohasida tog‘-kon sanoatiga ixtisoslashgan shaharlar tarixiga oid yangi ma'lumotlar keltiriladi. Kalit so'zlar: Toshkent vohasi, Ilk o‘rta asrlar, Tog‘-kon sanoati, Konchilik, Shaharlar tarixi, Iqtisodiyot, Savdo aloqalari, Hunarmandchilik, Arxeologiya, Manbalar . Yozma manbalardagi yuqoridagi ma’lumotlarni geologik va arxeologik materiallar ham tasdiqlaydi. Mintaqadagi metallurgiya ishlab chiqarishiga ixtisoslashgan hududlardan birinchi navbatda Shelji (Qirg‘iziston), Farg‘ona, Choch va Iloqni keltirish mumkin. Aynan metallurgiya ishlab chiqarishi bilan bog‘liq ravishda yirik konlar yaqinida ixtisoslashgan shahar va manzilgohlar qad rostlaydi. Ulardan ayrimlari vaqt o‘tishi bilan yirik metallurgiya markazlariga aylanadi. Shuningdek, asl metallarni qazib olish esa ular bilan savdo qiluvchi yangi tijorat yo‘llarining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Birgina Iloqning o‘zida qadimgi davrlarda 3 mln. m3 ruda konlari qayta ishlangan, minglab mayda va yirik konlar faoliyat olib borgan. Choch-Iloq tog‘larida oltin va kumushdan tashqari, qo‘rg‘oshin, qalay, temir, po‘lat ma’danlari qazib olingan. Ayniqsa, Chotqol, Quramava Qoramozor tizmalari rangli metallarga boy edi. Sistematik tarzda olib borilgan izlanishlar bir qancha kumush konlari, shuningdek, kumush-qo‘rg‘oshin aralash konlarning mavjudligi aniqlangan. Qadimda kumush va qo‘rg‘oshin ma’danini qazib olishning umumiy xajmi eng kam hisob-kitoblaga ko‘ra, 1,25 mln. m3 dan ziyodni tashkil etgan. Konlar 300 metrgacha chuqurliklarda bo‘lib, murakkab shaxtalar tizimi ko‘rinishida bo‘lgan. Oltin ma’dani chiqariladigan hududlarda ham 180 metr chuqurlikkacha bo‘lgan konlar bo‘lgan, ularning umumiy hajmi 600 ming m3dan ortiq bo‘lgan. Shuningdek, mis va temir qazib olish ishlari ham keng xajmlarda olib borilgan. 252 Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology) Toshkent vohasi metallurgiya xom-ashyosiga boy hudud bo‘lib, qadimgi davrlardan boshlab asl metallar va rangli qimmatbaho toshlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi. Xususan, vohada oltin – Ko‘chbuloq, kumush – lashkarak, feruza toshi esa Ungurlukkon konlaridan qazib olingan[1: S. 18-45]. Konchilik ishlari temir asbob-uskunalar orqali amalga oshirilgan bo‘lib, maxsus uzoq vaqtga yetuvchi yoritqichlar qorong‘i shaxtalarni yoritibgina qolmay, konchilarning portlovchi yoki zararli gazlardan zaharlanishining oldini olgan. Albatta, qazib olingan ruda xom-ashyosini qayta ishlash zarur edi. Ba’zida bunday qayta ishlash pechlari shundoqqina konlarning yaqinida joylashgan bo‘lsa, ko‘pincha ular hunarmandchilik markazlari bo‘lgan shaharlarga keltirilgan. Bu yerda esa xom-ashyo tayyor mahsulot ko‘rinishini olgan. Shu sababli ham ilk o‘rta asrlarga kelib Iloqda shaharlarning soni ko‘payadi. Mavzuga oid adabiyoylarning tahlili (Literature review). Ilk o‘rta asrlarda Iloq vodiysining bosh shahri, markazi Tunket bo‘lgan. Ushbu shahar nomi ilk marotaba VI – VII asrlarga taalluqli tangalarda Tunukanda shaklida uchraydi[9: S. 46-47.]. Mahmud Koshg‘ariy Tunket shahri haqida shunday yozadi: «Samarkand - Semizkand, Toshkand - Shosh, O‘zkand, Tunkand nomlarining hammasi turkchadir»[10: B. 164.]. Mazkur maqolada 630 yilda Xitoydan Hindistonga sayyohat qilgan budda rohibi Syuan Szanning ma’lumot berishicha, Iloqda o‘z harbiy guruhlariga ega bo‘lgan zodagonlarning vakillari ko‘p bo‘lgan, ular o‘zaro urushlar olib borishgan. Biroq, Turk xoqoniga bo‘ysunadi[2: S. 49.]. Yozma manbalarda Choch va Iloqning yagonaligi hamda ular o‘rtasida chegaraning yo‘qligi alohida qayd etilgan. Shuning uchun fanda ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ular yagona davlat uyushmasi sifatida qaraladi[3: S. 28-29.]. E. Umarovning fikricha, Tunkat asli To‘nkat bo‘lib, qadimgi turkcha to‘n «to‘ng‘ich, birinchi» va kat (kant) «shahar» so‘zlarining qo‘shilishidan tashkil topgan hamda lug‘aviy jihatdan «birinchi, bosh shahar» ma’nosini bildiradi[11: S. 114.]. Haqiqatan ham, Tunkat shahri Iloqning birinchi darajali shahri bo‘lgan va bu yerda IX – X asrlargacha pul zarb qilingan[12: B. 113]. Tunket shahrining qaerda joylashganligi masalasi uzoq vaqtgacha noma’lum bo‘lib kelgan edi. Yozma manbalarda shaharning Iloq (Ohangaron) daryosi bo‘yida joylashgani hada uni Choch poytaxti bilan uzunligi 8 farsax bo‘lgan maxsus savdo yo‘li birlashtirib turganligi qayd etilgan. Ammo Choch va Iloq orasidagi bu yo‘l 253 bo‘ylab ko‘plab noma’lum shaharlarning mavjudligi tadqiqotchilarni Tunketning lokalizatsiyasi bo‘yicha qiyinchiliklarni yuzaga keltirgan[13: S. 110-112]. Geolog S.F. Mashkovsev o‘z kundaligida quyidagi muhim ma’lumotni qayd etgan: “Men aholidan Saukbuloqning tepasida, Angren daryosining chap qirg‘og‘ida ulkan shahar xarobasi borligini eshitdim. U Iloqning poytaxti Tunket bo‘lib chiqsa ham ajab emas”. Shundan bir qancha yil o‘tib, arxeolog M.E. Masson haqiqatan ham aynan shu yerdan qadimiy shahar xarobasini topishga muvaffaq bo‘ladi. Tepalikka aylangan mazkur shahar xarobasi esa Imloq deb atalar edi. 1959 yildan Yu.F. Buryakov bu shahar xarobasida arxeologik qazishma ishlarini olib boradi. Hozirgi Ohangaron vodiysi va daryosi ilk o‘rta asrlarda Iloq deb yuritilgan. Iloq so‘zining lug‘aviy ma’nosi haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Jumladan, Ilaq/Iloq – turkcha yayloq (yaylov)ni anglatib[4:c14], hozirgi turkchada ilik, tatarchada imek «tinch oqar, tiniq suv» ma’nosida ishlatiladi[5: B. 112.]. Ko‘pchilik tadqiqotchilar ushbu toponimni dastlab gidronim bo‘lgan, deb hisoblashadi. Chunonchi, Urol daryosining chap irmog‘i Ilek yoki Ilek suvi, Tojikistonda Dushanbe shahrining shimoli-sharqidagi soy Obi Iloq (hozirda Elak) deb yuritiladi. Shuningdek, Jung‘oriya tekisligidagi Ili daryosi Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘atit turk» asarida va o‘rta asr manbalarida Ila yoki Ila suvi tariqasida qayd etiladi[6: B. 253.]. Bu ma’lumotlar esa Ilak, Ilek, Ila nomlarining o‘zagi bitta ekanligini hamda qadimgi turkchada daryo va irmoqlarga nisbatan qo‘llanilganini ko‘rsatadi. XIII asrda bu yerga kelgan mo‘g‘ullar metallurgiya ishlab chiqarishi bilan bog‘liq ko‘plab kon va manzilgoh qoldiqlarini ko‘rgach, uni “Daryoi ohangaron” — “temirchilar daryosi” yoki “ruda ishlari ustalari” deb nomlashgan[7: S. 69.]. O‘rta asr arab-fors tillaridagi yozma manbalarda Iloq Movarounnahrdagi eng yirik tog‘-konchilik o‘lkasi ekanligi ta’kidlanadi. Iloq tog‘larining foydali qazilmalarga boyligi haqida arab geografi Istahriy shunday yozadi: “Shosh va Iloqdagi tog‘lar boshidan oxirigacha kumush va oltin konlariga ega”[8: S. 30.]. Aynan shu davrda Iloq “kuchli dehqon” hukronligi ostida kuchayadi. Iloqda ko‘plab yangi shaharlar shakllanadi. Ohangaron daryosisining yuqori havzalarida turkiy nomdagi bir qancha shaharlar, jumladan, Abrlig‘, Namudlig‘ kabi metallurgiya markazlari paydo bo‘ladi. Mazkur shaharlar va Tunket orasida yana bir shaharga – Ko‘hisim, ya’ni Kumushtog‘ qad ko‘taradi va undan “Chochning kumush konlariga” yo‘l ketgan edi. M.E. Massonning tadqiqotlari asosida Tunketdan sharqda yana bir Iloq shahri joylashgan bo‘lib, u yozma manbalarda Namudlig‘ deb atalgan. Shahar nomi turkiy 254 asosga ega bo‘lganligi sababli, Namudlig‘ning paydo bo‘lishini tadqiqotchilar chorvador turklrning o‘troqlashuvi bilan bog‘lashadi. Mazkur shaharning xarobasi Yu.F. Buryakov tomonidan Angren shahrining shimoliy chekkasidagi nomsiz tepa yodgorligi bilan tenglashtigan. Chotqol-Qoramozor tizmalari asosan asl metallarni qazib olishga ixtisoslashgan tumanlar bo‘lgan. Qolgan rudalarni qazib olish esa nisbatan kamroq bo‘lib, butun voha bo‘ylab bir tekis yoyilgan temir qazib olish ular orasida nisbatan ko‘proq edi. Vohaning iqtisodiyotid, tinch va harbiy maqsadlarda eng qatiq metallardan biri temir va undan olinuvchi po‘lat hamda cho‘yan katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Yu.F. Buryakov o‘z tadqiqotlari natijasida shundy xulosaga kelgan: Chotqol tizmasida Chiyon va Syurenat magnetitlari ochilgan bo‘lib, ma’dan eritish pechlari topilgan. Ochiq usulda qazib olingan temir qoldiqlari Pskem va Chotqol tog‘larida ham qayd etilgan. Janubiy Chotqol tizmasidagi temir qazib olish punktlari, birinchi navbatda, Shovozsoydagi metallurgiya punktidan ham katta miqdorda temir qazib olingan. Ikki tomonidan Ohangaronning irmoqlari bo‘lgan soylar bilan o‘ralgan shahar mudofaa devorlari bilan mustahkamlangan. Mudofaa devorining ichida esa mustahkam ark/sitadel bo‘lib, uning atrofida aholi yashovchi shahar hududi katta maydonni tashkil etib, tog‘ etagiga qadar cho‘zilgan edi. Tunketning sitadel va shahriston bilan birgalikdagi umumiy maydoni 17,5 gektardan iborat. Shaharning o‘ziga xosligi shundaki, gipertrofik xajmda bo‘lgan sitadel shahar umumiy maydonining deyarli 30%ni egallagan. Aniqrog‘i, sitadel alohida mustaqil hududiy birlik bo‘lib, shahriston bilan uni faqat birgina umumiy sharqiy devor bog‘lab turgan[14: S. 128.2]. Yozma manbalarga ko‘ra, sitadelda hukmdor saroyi, masjid va zarbxona joylashgan. Sitadelda hashamatli inshoot qoldig‘i topilgan bo‘lib, 10x10 xajmdagi to‘rtburchak platforma (tagkursi) to‘rt metr balandlikda saqlanib qolgan. Inshoot mil. 1 mingyillik o‘rtalarida foydalanilgan yirik g‘ishtdan barpo etilgan. G‘ishtda yirtqich hayvonning tasviri tushirilgan tanga tasviri bo‘lgan. Sitadelning markazida joylashgan mazkur platformadan ulkan o‘choq qoldig‘i topilgan. Bu esa tadqiqotchilarga binoning olovga sig‘inuvichlarning ibodatxonasi bo‘lganligi haqida taxmin qilish imkonini bergan. Biroq inshoot bir yarim yoki ikki asr o‘tgach, buzilgan bo‘lib, uning o‘rnidan yangi shaklli pishgan g‘ishtdan qurilgan va o‘yma yog‘ochlar bilan bezatilgan bino qad rostlagan. Buni somoniylar davriga mansub hukmdor saroyi deb topishgan. 255 Shahar atrofini uncha baland bo‘lmagan mudofaa devori tog‘ etagidan ajratib turgan. Shahar va uning atrofida esa bozor va hunarmand temirchilarning ustaxonalari mavjud bo‘lgan. Qolaversa, manbalarda daryoga qaragan Tunket devorlarining mahobatli ekanligi ham alohida ta’kidlanadi[15: M., 1974]. Arxeologik qazishmalar devorlar va minora (burj)lar qurishda ustalar tabiiy tepaliklardan va tuproqli paxsa bo‘laklaridan foydalanishganini ko‘rsatadi. Tunketning hunarmandchilik mavzelarida metallurgiya qoldiqlari topilgan. Ana shunday qoldiqlarning ikkita baland uyumi shahar atrofining sharqiy qismidan topilgan. Ularning yaqinida esa metallurg hunarmandlarning yashash va ishlab chiqarish turar-joylari joylashgan. Uylardan metallga ishlov berish bilan bog‘liq asbob-uskunalar topilgan. Jumladan, silindr shaklidagi temirchilik pechlarida xomashyo eritilgan, juda katta tarelkasimon idishlarda metallga oxirgi ishlov berilib, tozalangan. Tahlil va natijalar (Analysis and results). Ma’danlar har xil bo‘lib, oltin, kumush, yarim metall, mis kabilarning qoldiqlarini uchratish mumkin. Bundan ularning har-xil konlardan bu shaharga keltirilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Metallurgiya markazi bo‘lgan bu shaharda temirchilar, zargarlar va boshqa hunarmandlar yashashgan. Shahar xarobasidan zargarlarning ish qurollari, kichkina pechlar, olovga chidamli idishlar, quyma qoliplar topilgan. Ba’zi qoliplar birdaniga ikkita yoki to‘rttagacha zargarlik buyumlarini tayyorlashga mo‘ljallanganligi diqqatga sazovordir. Xususan, alohida maxsus metallurglar guruhlari va tor mutaxassislikka ega metallurglar paydo bo‘la boshlaydi. Endi metallurglar kon yaqiniga borib o‘zlarining pechlarini qurib u yerda ishlashmas edi. Aksincha, tayyor qazib olingan ma’dan ixtisoslashgan shahar markazlaridagi usta hunarmandlarga keltirib berilgan. Shunday markazlardan biri Tunket bo‘lib, shaharning I mingyillik o‘rtalariga oid eng qadimgi qismidan metall qoldiqlari topilgan. Bu davrda ustaxonalar Tunket shahristonining ichkarisida joylashgan edi. Shaharning kengayib borishi bilan IX – X asrlarga kelib, metallurglarning pechlari shahar tashqarisiga, uning sharqiy va janubiy chekkalariga ko‘chadi. IX – X asrlarda mis va yarim metall konlarining kengayishi bilan metallurgiya bilan bog‘liq hunarmandchilik yanada taraqqiy etadi. Qizig‘i shundaki, markaz shaharning vujudga kelishi va unda hayotning to‘xtashi konlardagi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. XI asrdan o‘zaro ichki kurashlar va markazlashgan hokimiyatning barham topishi bilan konchilik ishlari ham inqirozga uchraydi. 256 Metallurgiya sohasining tushkunlikka uchrashi bilan Tunketda ham inqiroz yuz beradi va XI asrning oxirlariga kelib shahar butunlay huvillab qoladi. Iloqda birgina Tunket metallurgiya markazi bo‘lmagan. Yozma manbalarda Tunket bilan har doim birga boshqa bir metallurgiya markazi Tukket shahri ham tilga olinadi. Ilk bor arxeolog M.E. Masson bu shahar xarobasining Tukket ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Bu shahar Qoramozor konlariga olib boruvchi yo‘llarning kesishgan joyida bo‘lib, eski Kulota qishlog‘i chekkasida, Olmaliq shahrining shimoli-g‘arbida joylashgan. Birinchi qaraganda bu qo‘rg‘on iloqdagi boshqa oddiy shaharlar kabi ko‘rinsada, biroq shaharning arki va shahristoni qadimgi metallurgiya qoldiqlari uyumidan iborat ulkan tepaliklar bilan qoplanganligi bilan ajralib turadi. Qoramozor konchilari tomonidan yetkazib berilgan juda katta miqdordagi ma’dan xom-ashyosini o‘zlashtirish uchun Iloqning qadimgi metallurglari yuqori texnologik ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari zarur edi. Shaharning eng qadimiy qatlami mil. I asrlarga oid bo‘lib, metallurg va temirchilarning intensiv faoliyatlari esa VII – VIII asrlarga tegishlidir. Tukket shahrida metallurgiya ishlab chiqarishining eng taraqqiy etgan davri X – XI asrlarga to‘g‘ri keladi. Aynan shu davrda metallni qayta ishlovchi hunarmandlarning ustaxonlari shahar devoridan tashqariga ko‘chadi va u yerdagi ulkan hududlarni egallaydi. Bu yerdan har xil turdagi metall qoldiqlari topilgan bo‘lib, ular orasida mis, qo‘rg‘oshin, kumush ma’danlarini uchratish mumkin. Bu esa shaharga atrofdagi turli ma’dan konlaridan xom-ashyoning keltirilganini tasdiqlaydi. Nishboshsoyning bo‘yida daryoning o‘ng qirg‘og‘ida mahalliy aholi tomonidan Qo‘rg‘ontepa deb ataluvchi mustahkam qo‘rg‘onning xarobalari joylashgan. Bu joy tog‘li karvon yo‘li bo‘ylab muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qo‘rg‘on hisoblanib, Iloq poytaxti Tunket shahridan kumush konlariga va undan esa Farg‘ona vodiysiga olib boruvchi yo‘l shu yerdan o‘tgan. Shahar xarobasining shimoliy qismida Ohangaron va soy orasidagi ulkan burun oralig‘ida sitadel joylashgan. Sitadel atrofdagi maydondan 50 metr balandlikda bo‘lgan. U 4 metrdan 10 metrgacha bo‘lgan madaniy qatlamga ega bo‘lgan. To‘rtburchak shakldagi shahriston toqqa yaqin joyda qad rostlagan bo‘lib, sitadeldan u chuqur bo‘yin orqali ajralib turadi. Uning atrofida uch tomondan, ko‘proq shimoli-sharq tomondan uncha kata bo‘lmagan rabodning tepaliklari ajralib turadi. Shahristonning shimoliy qismida uncha kata bo‘lmagan shurf tushirilib, eng pastki materikka qadar 1,5 metr chuqurlikda qazilgan. Unda ikkita me’moriy qurilish 257 qatlami aniqlangan. Birinchisi, 0,7 m chuqurlikdagi tuproqdan qurilgan devorlar uyumiga to‘la bo‘lib, ular orasidan sirlangan idishlar, ko‘k va och yashil rangda sirlangan bezakli kosa hamda yuqori qismi sirlanmagan, tashqarisi esa qizil rang bilan qoplangan ko‘za topilgan. Ohangaronning chap qirg‘og‘ida Ko‘hisimning qarshisida, Oqchasoyning bo‘yida yana bir qadimgi shahar xarobasi topib o‘rganilgan. 1962 yilda Yu.F. Buryakov Obliq qishlog‘ining sharqiy chekkasidan maydoni 80 ga yaqin yodgorlikni topib o‘rganadi va uni Abrlig‘ shahar xarobasi ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ladi. Yodgorlikni o‘rganish natijasida uning shahar sifatida shakllani shi VIII asrning oxirlari va IX asrning boshlariga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilish imkonini bergan. Shaharning gullab-yashnagan davri esa IX asrning oxirlari va X asrlarga tegishli bo‘lib, bu davrda Choch iqtisodiyoti dasht va tog‘li hududlardagi chorvador xalqlar bilan intensiv savdo-iqtisodiy aloqalarning jadallashuvi bilan izohlanadi. Arxeologik qazishmalar jarayonida topilgan ashyoviy materiallarga qaraganda, shaharning vujudga kelishida o‘troqlashgan turkiy aholining roli katta bo‘lgan. Buni xatto, zodagon amaldorlarning uylaridan topilgan hashamatli sirlangan sopol va shisha buyumlar qatorida albatta, ko‘chmanchi turmush tarziga xos bo‘lgan sopol idishlar tag qismi aylana shakldagi qozonlar, qizil angobli idish va krujkalar bo‘lgan. Ular xo‘jalikda deyarli ishlatilmay, faqat urug‘dan qolgan yodgorlik sifatida saqlab kelingan. Arxeologik qazishmalar shuni ko‘rsatadiki, shahar sitadeli mustahkam stilobat ustiga qurilgan bo‘lib, atrofi handaq bilan o‘ralgan. Shaharning shimoldan janubga tomon soylar orasidagi aholi yashaydigan qismi 300 metrni tashkil etadi. Sharqiy chegarasi esa Ohangaron daryosi bo‘lib, daryoning o‘ng qirg‘og‘i doimiy ravishda shaharni yuvib turgan. Shaharning g‘arbiy chegarasini aniqlash mushkul. Asosiy ishlab chiqarish hunarmandchiligi shaharning janubiy qismiga hamda sitadel va uning yaqinidagi hududlarga to‘g‘ri keladi. Bu yerda metall eritish pechlari, kulolchilik pechlari, bo‘yoq saqlanadigan o‘ra kabilar topilgan. Tog‘-kon ishlarini tadqiq etish borasida Toshkent vohasida maxsus ishlar olib borilgan bo‘lib, biroq tadqiqotlar tumanlar bo‘yicha bir xil emas. Eng ko‘p o‘rganilgan hudud bu – Chirchiq havzasi bo‘lib, bu yerdan dastlab kumush qazib olingan. Shunga qaramay, vohaning asosiy ruda qazib chiqarish tumani Ohangaron vodiysi hisoblangan, chunki u yer qadimgi konlarning 90%ini o‘zida jamlagan edi. Iloqdagi qadimgi konlarni baholar ekanlar, o‘rta asr mualliflari birinchi o‘rinda u 258 yerdan kumush va oltin qazib olinishini ta’kidlab o‘tishgan. Oltin konlari bu yerdagi umumiy maydonning 600 ming m3 ni egallashi, aniqrog‘i, tog‘-kon ishlarining 25%dan ko‘prog‘iga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, oltin konining 2/3 qismi Ohangaronning yuqori havzalaridan olingan bo‘lib, tabiiyki, uning iqtisodiy taraqqiyotiga va doimiy urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir ko‘rsatgan. Vohadagi butun ruda qazib olish ishlarining 2/3 qismi esa kumush va qo‘rg‘oshin rudalarini olishga qaratilgan edi. Vohada, ayniqsa, feruza konlari nom qozongan bo‘lib, umumiy ishlab chiqarish hajmi 10%dan ko‘pni tashkil etardi. Feruza konlari Qoramozor tog‘laridagi Oqturpoq, To‘g‘on, Gulduran, Qolmaqir, Qiziltosh, Feruzakon kabi konlardan qazib olingan. Ular orasida eng yirigi Qurama tog‘larining shimoliy qismidagi Ungurlikkondir. Uning umumiy qayta ishlangan maydoni 16 ming m2, xajmi esa 300 ming m3ni tashkil etadi. Bu kabi ulkan xajmdagi ulkan konlarda yuqori sifatli feruza toshlari qazib olingan. “Tan-shu”da to‘q ko‘k rangdagi “sese” toshi haqida gap boradi. Bu tosh Xitoyga Xo‘tan orqali eksport qilinsada, asosiy yetkazib beruvchi hudud Choch sanalardi. Yu.F. Buryakov xitoy manbalaridagi “sese” toshini Chochda qazib olingan feruza toshi bo‘lgan, deb hisoblaydi. Buni vohaning janubi-sharqiy chekkasida ochilgan Ungurlikkondan topilgan yorqin ko‘k va havorang-yashil rangdagi feruza toshlari ham tasdiqlaydi. Beruniy ham bu tosh xususida shunday yozgan edi: “Men 200 dirham og‘irligidagi Iloq feruzasini ko‘rdim, uni o‘sha paytda 50 dinor deb baholadim, biroq hozir esa uning bahosi 200 dinor, chunki Iloq koni quridi va tashlab ketilgan”. Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations). Xullas, tog‘-kon hunarmandchiligining shiddat bilan rivojlanishi metallga ishlov berish bilan bog‘liq mahsulotlarning ko‘payishiga olib kelgan. Temir, mis, qimmatbaho metallardan tayyorlangan buyumlar qatoriga mehnat va harbiy qurollar, xo‘jalik buyumlari, taqinchoqlar kirardi. Vohaning iqtisodiy tarixini o‘rganishda xom-ashyo manbai bo‘lgan ruda konlari va foydali qazilmalar, umuman, metallurgiya ishlab chiqarishini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Буряков Ю.Ф. Горное дело и металлургия ... С. 18-45. 2. Буряков Ю.Ф., Қасымов М.Р., Роставцев О.М. Археологические памятники Ташкентского оазиса. Т., 1992. С. 49. 3. Буряков Ю.Ф. Средневековый Чач в системе торгово-экономических связей Мавераннахра // Ташкент: вчера и сегодня. Т., 2007. С. 28-29. 259 4. Буряков Ю. К истории раннесредневекового Чача, с. 14. 5. Бобоёров Ғ.Б. Илк ўрта асрларда Чоч воҳасида ... Б. 112. 6. Махмуд Кошгарий. Девону лугатит-турк. 3-жилд, Б. 253. 7. Буряков Ю.Ф. По древним караванным путям Ташкентского оазиса. Т.: Фан, 1978. С. 69. 8. Буряков Ю.Ф. Средневековый Чач в системе торгово-экономических связей … С. 30. 9. Ртвеладзе Э. В. Монеты Тунуканда (Тунката) и других владений // Нумизматика Центральной Азии. Вып. VI. Т., 2002. С. 46-47. 10. Маҳмуд Кошғарий. Девону лугатит-турк. Т. 3. Б. 164. 11. Умаров Э. Этюды по древнетюркской ономастике // Ўрта Осиё археологияси, тарихи ва маданияти. Халқаро илмий конференция маърузалари тезислари. Т., 2002. С. 114. 12. Бобоёров Ғ.Б. Илк ўрта асрларда Чоч воҳасида ... Б. 113. 13. Буряков Ю.Ф. Историческая топография ... С. 110-112. 14. Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития …С. 128.2 15. Буряков Ю.Ф. Горное дело и металлургия средневекового Илака. М., 1974.