XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA O'RTA OSIYODA EKOLOGIK MUAMMOLAR
Full text
265 XIX ASR OXIRI XX ASR BOSHLARIDA O‘RTA OSIYODA EKOLOGIK MUAMMOLAR Feruza Tursunova Islomovna Axborot texnologiyalari va menejmenti universiteti 2-kurs talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445136 Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr oxiri-XX asr boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlar,ekologik o‘zgarishlar, iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ekologiyaning ta’siri haqida so‘z boradi. O‘rta Osiyo ekologiyasiga rus podsholari tomonidan qiziqish bildirilishi va rus tadqiqotchilari tomonidan o‘rganilishi haqida ma’lumot beriladi. Maqola tarixiy-ekologik asosida yozilgan bo‘lib, hozirgi kundagi dolzarb ekologik muammolarning tarixiy ildizini o‘rganishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: Turkiston, ekologiya, ekologik muammolar, zil-zilalar, o‘rmonlar, tabiiy boyliklar, tog‘lar, flora va fauna, mahalliy aholi, Orol dengizi, siyosat, tarixiy-ekologik tahlil. Kirish: O‘rta Osiyo hududiga qadimdan rus podsholari qiziqish bildirib kelishgan.Podsholarning qiziqishi natijasida O‘rta Osiyoda elchilik munosabatlari o‘rnatib borildi..Rossiyadan kelgan elchilar O‘rta Osiyoning tabiatiga,yer osti va yer usti boyliklarini ko‘p ekanligini, o‘rmonlarida hayvonlarning ko‘pligi va daryolarida oltin qum bo‘lib oqishi haqida, mahalliy aholining ko‘pchilik qismi savodsiz ekanligi haqida,xonlarning xalqning ahvoli bilan qiziqmasligi va soliq turlarining ko‘pligi haqida ma’lumot berib borishgan. Masalan: Pyotr I (XVIII asr) –Xivaga yurishlari bilan qiziqish boshlangan. Bu qiziqishga elchilar katta hissa qo‘shganlar. Florio Benevini Buxoroda 3,5 yil yashadi.(1721 yil 6 noyabrdan-1725 yil 8 aprelgacha ) va qimmatli ma’lumotlar to‘plab Rossiyaga jo‘natdi.”[Amudaryoning bosh qismida oltin yo‘q.Lekin Ko‘kcha daryosi kelib qo‘shilgan qumloq yerlarida oltin bor. Mahalliy aholi katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.Badaxshondan tashqari, oltin, kumush, achchiqtosh, qo‘rg‘oshin,oliy navli temir konlari Samarqand va Buxoroda ham bor]”. Aleksandr II,Nikolay I,Aleksandr III lar Turkistonni bosib olishga harakat qilgan va oxir-oqibat XIX asrda O‘rta Osiyoni mustamlakaga aylantirishgan. Mustamlakaga aylantirilgan o‘lkada xalqning milliy ongini o‘stirishga harakat qilinmas edi. Tarixiy bilimlarni o‘rgatish,qadimgi zamon yodgorliklari, o‘lka tabiati haqidagi bilimlar berilmas edi. Mabodo xalq ommasiga tarixiy bilimlar, o‘lka tabiati haqida o‘rgatilsa Chor Rossiyasining mustamlakachilik siyosatiga putur yetishi mumkin deb qo‘rqishar edi.XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo Chor Rossiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng o‘lkaga ko‘plab rus olimlari kelib tadqiqot ishlarini olib
266 borganlar.Bu esa o‘lkani mustamlaka ma’muriyat tomonidan boshqaruvini osonlashtirgan.Shu sababli O‘rta Osiyoni yangi-yangi hududlarini tadqiq etish uchun rus olimlariga imkoniyatlar berildi. Chor Rossiyasi davrida Turkistonda ekologik vaziyat va uni muhofaza qilish muammolariga tegishli bo‘lgan manbalar izlanib tahlil qilinganida,tarixiy va ekologik tadqiqotlarning o‘zaro bog‘liqligi yaqqol namoyon bo‘ladi.Mashhur rus zoology,zoogeografi va sayyohi N.A.Seversov (1827-1886) Turkistonning ko‘p joylarini fizik-geografik jihatdan o‘rganishda, Pomir tog‘ tizmalarini o‘rganish jarayonida zoologiya,botanika va poleontologiyaga oid juda muhim kolleksiyalar to‘pladi. Mashhur rus geografi P.P.Semyonov –Tyanshanskiy (1827-1914) “Tyanshan “ tog‘ tizmalarini o‘rganilishiga asos soldi. U 1856-1857 yillarda Tyan-Shanga bir nechta ekspeditsiya uyushtirib, bu togʻ tizmasining geografiyasi, geologiyasi, botanikasi va zoologiyasiga oid katta hajmdagi maʼlumotlarni toʻpladi. Uning tadqiqotlari natijasida Tyan-Shan togʻlarining koʻplab choʻqqilari, muzliklari va vodiylari xaritaga tushirildi. Shu tadqiqotlari uchun unga "Tyan-Shanskiy" faxriy unvoni berildi. Sovet Ittifoqi davrida Tyan-Shan togʻlari kompleks ilmiy tadqiqotlar markaziga aylandi. Koʻplab geologik, geodezik, gidrologik, glyatsiologik, biologik va seysmologik ekspeditsiyalar uyushtirildi. Bu davrda Tyan-Shan muzliklari, daryolari, iqlimi, yer osti boyliklari, oʻsimlik va hayvonot dunyosi chuqur oʻrganildi. Togʻ-kon sanoati, gidroenergetika va qishloq xoʻjaligi rivojlanishi uchun togʻ tizmasining tabiiy resurslari inventarizatsiya qilindi. O‘zbekistonlik tarixchi olim R.N.Tursunov o‘z ilmiy tadqiqotlarida ekologiya tarixi haqida,XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkiston ekologiyasi haqida,ovchilik,hayvonot olami,suv resurslari,qum barxanlari haqida bir qancha qimmatli ma’lumotlar berib o‘tganlar. Tadqiqot metodologiyasi: Ushbu tadqiqot metodologiyasi tarixiy-ekologik yondashuvga asoslangan bo‘lib, Chor Rossiyasi davrida Turkistonda ekologik vaziyat va uni muhofaza qilish muammolarini o‘rganishga qaratilgan.Tadqiqot jarayonida tarixiy manbalar,arxiv hujjatlari, ilmiy maqolalar va monografiyalardan foydalanildi.Bir qancha olimlarning tadqiqotlari tahlil qilib chiqilganida shuni ko‘rishimiz mumkinki,Turkiston tabiatining naqadar go‘zal va betakror ekanligi, o‘zga yurt podsholarini yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada ortishiga sabab bo‘ldi.Ekologiya tarixi bitta tarmoq emasligini o‘z tadqiqotlarimizda ko‘rishimiz mumkin.Masalan: yer osti va yer usti boyliklarimizdan noto‘g‘ri foydalanish,fauna va
267 florani insonlar tarafidan buzilishi va uning salbiy oqibatlarini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Tabiat qonunlaridan yana biri “Evolyutsiyaning orqaga qaytmasligi”dir. “Tabiatga qilingan tajovuz kelajakka qilingan tajovuzdir”. Suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanish bugungi kundagi Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining qurishi XX asrning inson tarafidan tabiatga yetkazilgan eng katta ekologik inqiroz deb ataldi. Tahlil va natijalar: Chor Rossiyasi davrida Turkistonda yuzaga kelgan ekologik muammolarni tahlil qilish natijasida suv resurslaridan noto‘g‘ri foydalanishning zararli oqibatlari,o‘simlik va hayvonot olamining ketma-ketligining buzilishi, hayvonlarning ma’lum bir turlarini yo‘q qilish natijasida yong‘oqzorlarning kamayib ketishiga sabab bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Mahalliy aholining o‘lkani ilmiy tadqiqot ishlariga aralashtirilmaslik va atrof-muhit muhofazasi uchun kerakli bo‘lgan qonunlar ishlab chiqilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Xulosa: Ekologik muammolarni hal qilish uchun davlat va mahalliy aholi o‘rtasida ma’lum bir mutanosiblik bo‘lishi zarur edi. Tarixiy tajribalarni o‘rganish orqali ekologik siyosatni yanda takomillashtirish, ekologik siyosatni yanada samarali tashkil qilish uchun strategiyalar ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilih va iqlim o‘zgarish vazirligi .Rasmiy sayti:eco.gov.uz 2. ”Tarixiy o‘lkashunoslik”- A.Nabiyev-O‘qituvchi-1996 yil B-17 3. ”O‘zbekistonda arxeologiya”,”Qizil O‘zbekiston”, “Правда востока”,”O‘zbekistoni sur “ nashriyoti Ya.G‘.G‘ulomov-Toshkent 1956 yil B-7-8 4. Wikipedia sahifasi.prlib.ru.Rossiya Turkestan Territory Presidential library SemyonovTyanshanskiy,V.Petrovich Berg Lev Semyonovich.Masalskiy Vladislav Ivanovich 5. ”O‘zbekiston tarixi manbalari” B.Ahmedov-Toshkent-O‘qituvchi-2001,B-330 6. R.N.Tursunov “XIX asrning ikkinchi yarmida-XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida ekologik vaziyat va atrof-muhit muhofazasi masalalari”.2023 yil-Firdavs Shoh” nashriyoti.B-16 7. “QarDU xabarlari” –ilmiy nazariy,uslubiy jurnal –Qarshi 2022. B-159 8. F.I.Tursunova.”Ilm-fan xabarnomasi”-2025 yil ISSN:3030-3931,Impact factor: 7,241Volume 7, issue 2, May 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge B-2 9. X.T.Tursunov,T.U.Rahimova ”Ekologiya” o‘quv qo‘llanmaToshkent 2006.B 8-12