BOLALAR QALBIDA MUSIQAGA BO'LGAN MUHABBAT HISSINI OSHIRISHDA MUSIQIY- TA'LIMIY VA DIDAKTIK O'YINLARNING AHAMIYATI
Full text
327 BOLALAR QALBIDA MUSIQAGA BO‘LGAN MUHABBAT HISSINI OSHIRISHDA MUSIQIYTA’LIMIY VA DIDAKTIK O‘YINLARNING AHAMIYATI Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Sarayeva Xurshida Akmalovna Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta’lim MsT-23-01K guruh talabasi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445213 Annotatsiya: Maqolada bolalar qalbida musiqaga bo‘lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiy - ta’limiy va didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahaniyati borasida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: didaktik o‘yinlar, subyekt mazmun, shakl, musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi. Boshlang‘ich sinf musiqa madaniyati darslarida musiqiyta’limiy va didaktik o‘yinlarni qo‘llash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o‘quvchida musiqiy faoliyatga nisbatan ishtiyoq va havas uyg‘otadi. Musiqa madaniyati darslarida zamonaviy texnologiyaga asoslangan interfaol usullardan foydalanish darsning qiziqarliligi hamda ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarni ta’lim jarayonining faol subyektiga 1 aylantiradi va shu bilan birgalikda o‘qituvchining kasbiy malakalarini rivojlantirib boradi. Musiqa madaniyati fani o‘zining tuzilishi, o‘ziga xos xususiyatlari va o‘qitilishi bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Musiqa madaniyati darslari: musiqa tinglash, jamoa bo‘lib kuylash, musiqa savodi faoliyat turlari bo‘yicha olib boriladi. Musiqa tinglash faoliyatida o‘quvchilar o‘zbek xalq musiqasi, o‘zbek bastakorlari va jahon kompozitorlarining musiqiy asarlaridan namunalar tinglaydilar. Jamoa bo‘lib kuylash faoliyatida o‘quvchilarning vokal-jamoa malakalari rivojlantiriladi. Sinfda jamoa bo‘lib kuylash jarayonida o‘quvchi o‘z ovoz - ijrosini boshqaradi, o‘rtoqlari ijrolarini tinglaydi va ular bilan birga jo‘r bo‘lib kuylashga intiladi. 1 Subyekt (lotincha: subjectus — ostida, pastda, asosida turuvchi) — mantiqning hukm chiqarilayotgan predmetni bildiruvchi termini. Subyekt — faol faoliyat koʻrsatuvchi, biluvchi, ong va irodaga ega boʻlgan individ yoki ijtimoiy guruh.
328 Musiqa savodi barcha faoliyat turlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat turi (tinglash, jamoa bo‘lib kuylash h.k.) qo‘llanilmasin, unda o‘rganilayotgan asarning xususiyatlari (janri, tuzilishi, ijrochiligi va h.k.) haqidagi yangi bilimlar beriladi. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda darsning raqs va ritmik harakatlar bajarish faoliyati turi o‘quvchilarni ritmni shakllantirish orqali musiqaviy qobilyatlarni o‘stirishga katta imkoniyatlar yaratadi. Shuning uchun zamonaviy texnologiyalarga asoslangan talim jarayoni o‘quvchilarning qiziqish motivini rivojlantirish uchun ritmik qobilyatlarini o‘stirishga qaratilgandir. Musiqani tushunish - bu his etish, tahlil etish, bilish demakdir. O‘quvchilar birinchi sinfdanoq musiqada mazmun borligini uning shakli 2 , shuningdek musiqa kishilarning hayotini aks ettirishi haqidagi bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim. O‘quvchilarda musiqaga bo‘lgan muxabbat hissini, musiqiy didini tarbiyalashda o‘qituvchining mahorati muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining musiqiy didini oshirishda va musiqaga bo‘lgan muxabbat hissini tarbiyalashda darsning barcha faoliyatlari qatori musiqa tinglash faoliyatining o‘rni ham alohidadir. Musiqa tinglash 4 bosqichda olib boriladi: 1. Asarni tushunish uchun bolalar diqqatini jamlash va musiqiy asar haqida o‘qituvchining kirish so‘zi. 2. O‘qituvchi ijrosida yoki audio yozuvida musiqiy asarni tinglash. 3. Asarni suhbat yo‘li bilan musiqiy badiiy jihatdan oddiy tahlil etish va mazmunini yoritish. 4. Asarni to‘liq qayta tinglash, so‘ngra asar haqida bolalarning umumiy ta’surotlari yuzasidan yakuniy suhbat o‘tkazish. Darsning musiqa tinglash qismida o‘qituvchi o‘quvchilar bilan mavzu yuzasidan “Muloqot” treninggini qo‘llab kuy haqidagi o‘z ta’surotlarini so‘zlab berishga undaydi. Maqsad tanlangan mavzu, muammo asosida o‘quvchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo‘lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil holda umumiy bir fikrga kelishlariga va to‘g‘ri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin holda so‘zlashish, bahslashish sharoitlarini yaratishdan iboratdir. Bolalar qalbida musiqaga bo‘lgan muxabbat hissini oshirishda musiqiyta’limiy va didaktik o‘yinlarning o‘rni va ahaniyati ham beqiyosdir. O‘qituvchi bolalarga turli 2 Mazmun – bu ifoda etish yoki tasvirlash, shakl – bu kompozitorni asar mazmunini ifoda etishiga bog‘liq.
329 xil musiqa asboblarini ko‘rsatib, chalib berish orqali, cholg‘u asboblarining ovozi, tuzilishi va turlari bilan tanishtirib boradi. “Ovozidan top”, “Nimada chalyapman”, “Qo‘ng‘iroq qanday jaranglayapti” kabi o‘yinlar orqali o‘qituvchi bolalarga ovoz va cholg‘u asboblarining tovush xususiyatlarini farqlashga o‘rgatadi. “Tapur-tupur qayrag‘och”, “Tomga tosh otdim”, “O‘ynab ber”, “Mushtum va kaftchalar”, “Yomg‘ir” kabi milliy o‘yinlar orqali bolalarni musiqa ritmiga mos harakat, o‘yinli qo‘shiqlarni ijro etish, qarsaklar va ritmik harakatlarni to‘g‘ri bajarishga o‘rgatib boriladi. Demak, bolalar hayotida o‘yin faoliyatining tutgan o‘rni beqiyosdir. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinf musiqa madanyati darsi jarayonida turli interfaol usullarni, musiqiy-ta’limiy va didaktik o‘yinlarni qo‘llash orqali biz dastlab o‘quvchilarning faol ishtirokini taminlashga erishamiz. Bu orqali o‘quvchilar o‘z bilimini boyitish va mustahkamlash, sitqidildan mehnat qilish o‘z iqtidorini nomoyon qilish, imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bularning barchasi o‘quvchilarning musiqaga bo‘lgan muxabbat hissini oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimova D. “ Musiqiy pedagogik mahorat asoslari ”T.,“Iqtisod-moliya” 2008y. . 2. Karimova Dildora, Namozova Dilorom. Musiqa o‘qitishda innovatsionpedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2014. - 128 b. 3. Sharipova G.M, Asamova D.F, Xodjayeva Z.L. “Musiqa o‘qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari” Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun о‘quv qo‘llanma.- T.,2014 y. 107 bet.