MAQOM SAN'ATINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O'RNI
Full text
332 MAQOM SAN’ATINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI O‘RNI Shonazarov Zafar Umirzoqovich, Xalqaro innovatsion universiteti “Pedagogika” kafedrasi o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445225 Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy musiqa merosimiz, uning tarixiy rivojlanishi va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati bayon etilgan. Shuningdek, yurtimizda maqom san’atiga qiziquvchi yoshlar uchun umumiy va maxsus bilimlar berishi hamda ularning maqom haqidagi tasavvurlarini boyitishiga oid masalalar keltirilgan. Kalit so’zlar: milliy meros, musiqa, maqom, Shashmaqom, milliy san’at, musiqiy savodxonlik, yoshlar tarbiyasi, estetik did, madaniy qadriyat. Milliy maqom san'ati, o’zbek xalqining boy musiqa merosining ajralmas qismi bo'lib, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Ushbu san'at shakli nafaqat estetik didni shakllantirishda, balki ma'naviy va ma'rifiy tarbiyada ham alohida o'rin tutadi. Ma'naviy tarbiya va o'zlikni anglash: Maqom san'ati orqali yoshlar o'z xalqining tarixiy va madaniy merosi bilan tanishib, milliy o'zlikni anglashadi. Bu esa ularning ma'naviy dunyoqarashini kengaytiradi va o'zligini hurmat qilish tuyg'usini rivojlantiradi. Maqom sehrli va an'anaviy san'at. Qalbga sokinlik, orom, ruhiyatga poklik, mo’tadillik bag'ishlaydi. Uning mo'jizakorligi bu qadimiy merosimizni o'zbek tilini mutlaqo tushunmaydigan xorijliklar ham sehrlanib, sel bo'lib tinglashida yaqqol namoyon bo'ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan milliy merosimizni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, uni yoshlarga bezavol yetkazish borasidagi ezgu sa'y-harakatlar milliy maqom san'ati rivojiga ko'rsatilayotgan g'oyat ulkan e'tibor va g'amxo'rlikda yorqin ifodasini topmoqda. Ular tomonidan 2017 yil 17 noyabrdagi «O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorining qabul qilingani san'atimiz rivojida yangi istiqbollarni ochmoqda. Mazkur hujjat o'zbek maqom san'atini chuqur o'rganib,o'ziga xos ijro maktablari va an'analarini yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning «oltin fondi»ni yaratish va boyitish, xalqaro nufuzini oshirish va keng targ'ib qilishda g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2018-yil 28-noyabrda imzolangan «O'zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori respublikamizda olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy islohotlar taraqqiyotining yorqin namunasidir. Ma'lumki, yaqinda Prezidentimiz tashabbuslari bilan O'zbekiston ijodkorlarini qo'llab-quvvatlash «Ilhom» jamoat fondi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi,
333 O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O'zbekiston davlat filarmoniyasi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali tashkil etildi. 2018-yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san'ati festivalini o'tkazish belgiladi. Mamlakatimizda milliy merosimizni o'rganish, yoshlar ongiga singdirishga avlodlarimiz ma'naviyaxloqiy tarbiyasining uzviy qismi sifatida yondashilmoqda. Jahonda ro'y berayotgan global o'zgarishlar, xalqlar va madaniyatlar o'rtasidagi muqarrar integratsiya jarayonlari ba'zi hollarda foyda keltirsa, ba'zan bu murakkab jarayonning ziyoni ham ko'zga tashlanmoqda. Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi. Asrlar davomida ulug' shoir va olimlar, mohir bastakorlar, hofiz va sozandalarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi, ijodiy tafakkuri bilan sayqal topib kelayotgan ushbu noyob san'at nafaqat yurtimiz va Sharq mamlakatlarida, butun dunyo miqyosida katta shuhrat va e'tibor qozongan. Maqom san'atining gultoji bo'lgan «Shashmaqom» YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e'tirof etilgani hamda uning Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgani buning yaqqol tasdig'idir. O'tgan davr mobaynida mamlakatimizda Maqom san'atini o'rganish va rivojlantirish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, o'zbek «Shashmaqom»ni nota matnlarining nashr etilishi va ularga muvofiq ravishda maqom kuy-qo'shiqlarining magnit lentalarga yozib olinishi ulkan ilmiy-madaniy ahamiyatga ega voqea bo'ldi. Kezi kelganda, maqom sanatida o'ziga xos o'rin egallagan. O'zbekiston xalq artistlari Maqom malikasi Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Orif Alimaxsumov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Xadya Yusupova, Buxoro musiqa bilim yurtining o'qituvchisi, birinchi respublika maqomchilar tanlovining g'olibi gijjakchi O'lmasxon Rasulov, Xorazm filarmoniyasining solisti, qo'shnaychi Yo'ldoshvoy Tojiyev, O'zbekiston radiosining solisti, Respublikado xizmat ko'rsatgan artist Abduhoshim Ismoilov, changchi sozandalar Turg'un Otaboyev, Abdurahmon Xoltojiyev kabi ajoyib shogirdlar ijodida ustozniig ruhi, sanati hamon yashayotganini ham alohida takidlash joizdir. Sharq taronalari» o'n ikkinchi xalqaro musiqa festivali arafasida Samarqand shahrida O'zbekiston xalq hofizi, mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi ochildi. Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1852-1936 yillarda Samarqandda yashab, ijod qilgan taniqli bastakor, o'zbek maqom sanati rivojiga beqiyos hissa
334 qo'shgan betakror ovoz sohibidir. Maqomlarning nozik melodiya va ritmlari yoshlarning estetik didini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Bu ularning san'atga bo'lgan qiziqishini oshiradi va badiiy tafakkurini boyitadi. Maqom san'ati orqali yoshlar ijtimoiy va madaniy qadriyatlarni o'zlashtiradi, bu esa ularning jamiyatdagi o'rnini va mas'uliyatini anglashlariga yordam beradi. Maqom san'ati yoshlarni san'atga qiziqtiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga turtki bo'ladi va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishga undaydi Yoshlar orasida maqom san'atini o'rgatish va targ'ib qilish orqali milliy merosimizni kelajak avlodlarga yetkazish va uni rivojlantirish ta'minlanadi. Maqom san'ati bo'yicha bilim va tushunchalar, tarixiy va milliy an'analarni puxta egallagan yosh kadrlarni tayyorlash hamda ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni, madaniyat va san'at sohasida ilm-fan bo'yicha erishilgan ilg'or yutuqlarni tatbiq etish institut jamoasi oldiga qo'ygan eng oliy maqsadlardandir. Bu borada yaqinda Madaniyat vazirligi va O'zbek milliy musiqa san'ati instituti tashabbusi bilan “Farzandlarimizni maqomot ila kamolotga eltaylik” shiori ostida o'tkazilgan I respublika ilmiyamaliy vebinari ham ayni mana shu maqsadga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.Shuningdek, davlatimiz tomonidan maqom san'atini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yoshlar orasida ushbu san'at shakliga bo'lgan qiziqishni oshirishga xizmat qilmoqda. Masalan, O'zbek milliy maqom san'ati markazi tashkil etilib, yosh ijrochilarni qo'llab-quvvatlash va ularning mahoratini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Umuman olganda, milliy maqom san'ati yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib, ularning ma'naviy, estetik va ijtimoiy rivojlanishiga katta hissa qo'shadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “O’zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora - tadbirlari “to’grisidagi qarori Toshkent 17.11.2017 yil 2. Yunus Rajabiy. “Maqom asoslari” G.G’ulom nomli badiiy adabiyot va san’at nashryoti. Toshkent 1992-yil. 3. Ramazonova U.X. Oʻn ikki maqom tizimi va uning oʻziga xos xususiyatlari. Pedagogik MAHORAT Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Maxsus son 6 (3), 169-170