KUTUBXONALAR - HAYOT DAVOMIDA TA'LIM OLISH KONSEPSIYASI
Full text
342 KUTUBXONALAR - HAYOT DAVOMIDA TA’LIM OLISH KONSEPSIYASI Nilufar Xamidova Salimovna Xalqaro innovatsion universiteti O’zbek filologiyasi va jurnalistika kafedrasi o’qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445231 Annotatsiya. “Kutubxonalar va hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi” mavzusi zamonaviy jamiyatda ta’limning uzluksizligi, insonning doimiy ravishda o‘zini rivojlantirishi zarur bo‘lgan davrda alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hayot davomida ta’lim olish (lifelong learning) — bu insonning maktab, kollej yoki universitetdagi ta’lim bilan cheklanmasdan, butun umri davomida o‘rganishga intilishidir. Kalit so‘zlar: Hayot davomida ta’lim (lifelong learning), Uzluksiz ta’lim, Kutubxonaaxborot xizmatlari, Axborot savodxonligi, O‘zini o‘zi rivojlantirish, Elektron kutubxona, Raqamli resurslar. Zamonaviy davrda bilim olish, malaka oshirish va o‘zini rivojlantirish jarayoni biror yosh yoki bosqich bilan cheklanmaydi. XXI asrda "hayot davomida ta’lim olish" (lifelong learning) g‘oyasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu jarayonda kutubxonalar muhim o‘rin egallaydi. Chunki ular bilim manbai, axborot markazi va intellektual taraqqiyot maydoni sifatida xizmat qiladi. Hayot davomida ta’lim olish – zamonaviy zarurat. Global raqobat, texnologik yuksalish va kasblar tez o‘zgarib borayotgan bugungi kunda inson faqat maktab yoki oliy o‘quv yurtida olgan bilimlari bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Yangi bilimlar, ko‘nikmalar va kompetensiyalarni doimiy egallab borish – muvaffaqiyat kalitidir. Shu nuqtai nazardan qaralganda, ta’lim olish hayot davomida davom etishi kerak bo‘lgan jarayonga aylanmoqda.Hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasi – bu insonning butun hayoti davomida doimiy ravishda yangi bilim va ko‘nikmalarni o‘rganib borishi, o‘zini rivojlantirishi, shaxsiy va kasbiy jihatdan o‘sishga intilishi deganidir.Bu konsepsiyaga ko‘ra, ta’lim faqat maktab yoki universitet bilan cheklanib qolmaydi. Inson hayoti davomida har qanday yoshda, har qanday sharoitda o‘rganishni davom ettirishi mumkin va kerak. Misol uchun: yangi til o‘rganish, kasbiy malakasini oshirish, internet orqali mustaqil ta’lim olish, seminar, kutubxona yoki onlayn kurslar orqali bilim olish. UNESCO hayot davomida ta’limni inson huquqi deb tan olgan va uni har bir davlatning ta’lim siyosatida muhim yo‘nalish sifatida ko‘rsatgan. O‘quvchi yoshlar har qanday kitobni o‘qiganda unga ongli, eng muhimi, estetik munosabat bildira oladigan, undan ta’sirlanadigan, zavqlanadigan darajaga yetishi uchun birinchi navbatda, kitob o‘qilishi, zavq bilan o‘qilishi, kitobxon undan tegishli
343 huzur va ruhiy qanoat tuyishi kerak. Buni ixcham tarzda “estetik to‘yinish” deb ifodalash mumkin bo‘lar. Aslida ona tili va adabiyot o‘qitishning bosh yo‘nalishi ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilar ongiga so‘zning, badiiy asarning mo‘jizakor ta’sir kuchini amaliy jihatdan ta’minlashga qaratilgan. Maktabgacha tarbiya muassasalari, boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar ta’limidagi adabiy ta’limning uzviyligi va uzluksizligining natijasi o‘sib kelayotgan yosh qalbda go‘zallikka bo‘lgan ijobiy va ijodiy munosabatni shakllantirishdan, ularga badiiy asarga – kitobga bo‘lgan mehr va muhabbatni o‘stirishdan, bularning zamirida esa undagi badiiy-estetik didni takomillashtirishdan iborat. Hayot davomida ta’lim olish – shaxsiy rivojlanish, kasbiy muvaffaqiyat va ijtimoiy faollikning muhim omilidir. Bu yo‘lda kutubxonalar bilimlarni uzluksiz egallab borish, o‘zini tarbiyalash va zamonaviy jamiyatga moslashishning ishonchli tayanchidir. Shuning uchun kutubxona tizimini rivojlantirish va ularning zamonaviy ta’lim infratuzilmasidagi o‘rnini mustahkamlash – davlat va jamiyat oldidagi dolzarb vazifadir. Kutubxonalar va hayot davomida ta’lim olishbu bugungi tez o‘zgarayotgan, raqamli texnologiyalar bilan boyigan davrda insonning faqat bolalik yoki yoshlik davrida ta’lim olishi yetarli emas. Hayot davomida bilimlarni yangilab borish, o‘z ustida ishlash va yangi ko‘nikmalarni egallash – har bir insonning shaxsiy va kasbiy taraqqiyoti uchun zaruriy shartga aylanmoqda. Bunday uzluksiz ta’lim jarayonida kutubxonalar muhim vosita, ishonchli bilim manbai va ta’limiy makon sifatida alohida o‘rin tutadi.Kutubxonalar – bilim va o‘sish maydoni hisoblanadi.shu bilan birga kutubxona – bu shunchaki kitob o‘qiladigan joy emas. U – bilimlar markazi, axborot tarqatuvchi va jamiyatni o‘stiruvchi muhim ijtimoiy institutdir. Kutubxonalar har bir insonga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: • Erkin bilim olish: Foydalanuvchilar kutubxonada istagan mavzuda kitob topa oladi – ilmiy, badiiy, kasbiy yoki amaliy yo‘nalishda. • Elektron resurslar: Zamonaviy kutubxonalar faqat qog‘ozli kitoblar emas, balki internet, onlayn ma’lumotlar bazalari, elektron kutubxonalar orqali bilim olish imkonini beradi. • O‘quv mashg‘ulotlari: Ko‘plab kutubxonalar bepul treninglar, seminarlar, kompyuter savodxonligi darslari va suhbatlar tashkil etadi. • Interaktiv muhit: Kutubxona do‘stlik, hamfikrlik, bilim almashish va muloqot maydoniga ham aylanishi mumkin.
344 Xalqimiz azal-azaldan badiiy adabiyotni tushunish, sevish, e’zozlay bilishni, adabiy hodisalarni his qilish, ayni paytda, bularning barchasini boshqalarga yetkazishni ham o‘zi uchun odat deb bilgan. Buni biz uzoq tariximizga nazar tashlab yaqqol bilishimiz mumkin. O‘quvchi-yoshlarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda, kitob o‘qishga,kitobxonlikka o‘rgatishda maktab ta’limida yetakchi o‘quv fanlaridan hisoblangan ona tili faniga bevosita daхldordir. Ona tili ta’limi nazariyasi va amaliyoti ijodiy fikrlash, muloqot, fikr almashinishga tayanadi, shuningdek, matn yaratish,matn ustida ishlash, o‘quv topshiriqlarining,mashqlarning mazmuni, tahlili ham muloqotga asoslanadi. Chunki, nutqiy faoliyat, asosan, muloqot, fikr almashinuv hosilasidir. Nutqiy faoliyat kitob mutolasi bilan shug‘ullangan, ijodi fikrlay oladigan, muloqotga kirisha oladigan bolada tarkib topgan bo‘ladi. Odam qancha ko‘p o‘qisa, shunchalik bilimi boyib boradi. Shuning uchun maktabga ilk qadam qo‘ygan bolaning savodi chiqishi bilan uni mustaqil bilim olishga, kitob mutolaa qilishga odatlanishga o‘rgatamiz. Bilim kitob o‘qish orqali hosil qilinadi, undagi ma’no-mazmunni teran anglab, o‘qiganlarini tahlil qilib, kishi ma’naviy jihatdan boyib boradi. Kitob o‘qimagan, undan ma’naviy zavq tuymagan odam bilimlining oldida nihoyatda g‘arib va notavon kimsaga aylanib qoladi. Darhaqiqat, bilim olishning, kamolotga erishishning yo‘li ilm-fan sirlarini o‘rganish, aql quvvatini oshirib borish sanaladi. Buning uchun doim kitob o‘qish, mutolaa bilan mashg‘ul bo‘lish talab etiladi. Maktab darsliklari, oliy ta’lim davlat dasturlari asosida berilayotgan bilimgina kifoya qilmaydi. O‘quvchi, talaba darslar va mashg‘ulotlardan tashqari mustaqil ravishda o‘qishi, dars va mashg‘ulotlarda olgan bilimlarini yangi bilimlar bilan boyitib borishi lozim. Inson qanchalik chuqur bilimga ega bo‘lishida o‘zi uchun zarur, kerakli kitoblarni topib o‘qiy bilishi ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘p o‘qigan odam kitobning yaxshi-yomon, foydali-foydasiz jihatlarini ham yaxshi biladigan bo‘ladi, ularni ajrata oladi. Demak, yaxshi kitobni topib o‘qish va undan huzurlanish ham katta ahamiyatga ega. Hayot davomida ta’lim olish — bu faqat kasbiy muvaffaqiyat uchun emas, balki shaxsiy rivojlanish, jamiyatda o‘z o‘rnini topish va to‘laqonli hayot kechirish uchun ham zarur. Kutubxonalar esa bu yo‘lda eng ishonchli hamrohdir. Zamonaviy kutubxonalar nafaqat o‘quv resurslari bilan, balki o‘quv muhiti, axborot infratuzilmasi va interaktiv dasturlari bilan har bir inson uchun o‘sish imkonini yaratadi. Shu sababli, kutubxona madaniyatini rivojlantirish, ularni har bir fuqaroga yaqinlashtirish — barqaror, bilimli va faol jamiyat qurishning muhim bosqichidir.Kutubxonaning bu jarayondagi
345 o‘rni.Kutubxonalar — bu hayot davomida ta’lim olish konsepsiyasini amalga oshirishda eng muhim infratuzilmalardan biridir. Chunki kutubxonalar: Bilimga bepul kirish imkonini beradi.Kutubxonalar jamiyatdagi barcha toifalar – yoshlar, kattalar, nafaqadagi kishilar, talabalar, uy bekalari va boshqalar uchun ochiqdir. Ular barcha uchun teng va bepul ta’lim imkoniyatini yaratadi.Axborot manbai va o‘quv resursidir.Kutubxonada siz darsliklar, badiiy kitoblar, ilmiy maqolalar, ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar va elektron resurslarga erkin kira olasiz.Texnologik vositalar orqali zamonaviy ta’limni qo‘llabquvvatlaydi.Zamonaviy kutubxonalar elektron kutubxonalar, internet, onlayn kurslar, kompyuterlar, PDF va audio kitoblar orqali ta’lim olish imkonini yanada kengaytirdi.Shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun platforma .Kutubxonalarda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar, kasbiy adabiyotlar, yangiliklar va statistikalar mavjud. Bu esa insonlarga o‘z sohasida doim yangiliklardan xabardor bo‘lishga yordam beradi. Kutubxonalar – insonlar uchun hayot davomida o‘rganish, rivojlanish va o‘z ustida ishlash yo‘lida ishonchli tayanch va yordamchidir. Ular nafaqat bilim beradi, balki o‘rganishga undaydi, axborot savodxonligini oshiradi, tafakkurni rivojlantiradi. Shu sababli, kutubxona va hayot davomida ta’lim olish tushunchalari bir-birini to‘ldiradi va mustahkamlaydi. Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bog‘liq umumbashariy o‘zgarishlar yuz bermoqda. To‘g‘ri, inson zamon bilan hamnafas yashamog‘i, texnologiyani puxta egallamog‘i va o‘z faoliyatida ulardan o‘rinli foydalanmog‘i lozimdir. Ammo kitob mutolaasi har bir inson uchun hayotiy zarurat ekanligini, hech qanday texnika kitobdagi quvonchni, hissiyotni, tafakkurni bera olmasligini o‘quvchi, kitobxon ongida shakllantirishda adabiyot o‘qituvchisidan katta mahorat talab etiladi. Zero, adabiy ta’limdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham badiiy asar matnini mehr bilan o‘qish, uni tahlil qilish, unga munosabat bildirish, shaxsiy xulosalar chiqarish va asar qahramonlariga xos insoniy fazilatlardan ibrat olishdir. Kitob ilmlar, hissiyotlar, aqlning nurnomasidir. Kitob – bu insoniyatning qadim tarix mobaynida yaratgan eng buyuk mo‘jizasi va ixtirosidir. U insonni aqlan yetuk darajaga erishishiga va ma’naviy kamolotiga yordam beradi, kitobdan joy olgan ilm sarchashmalari orqali har birimiz ruhiy ozuqa olamiz. Haqiqiy komil inson kitobning qadriga yetadi, uni har qanday o‘tkinchi narsalardan ustun qo‘yib, o‘zi bilan birga adabiy xazinani saqlab yuradi. Inson o‘z oldiga qo‘ygan orzumaqsadlariga chuqur bilimi, izlanishi orqali erishadi. Bilimni esa insonga, albatta, kitob beradi. Ta’lim va tarbiyada kitobning o‘rni beqiyos. O‘quvchi badiiy asarni
346 o‘qiyotganda o‘z hayoti bilan emas, balki ma’lum vaqt asarda aks etgan hayot bilan yashaydi, asar qahramoniga qo‘shilib harakat qiladi, hayotiy qiyinchiliklarni yengish yo‘llarini izlaydi, qahramonining xatolaridan kuyinadi, zafar qilsa suyunadi, qiyinchiliklardan qutulsa xursand bo‘ladi, uning bir maromdagi hayotga qaytishida taskin topadi. Demak, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, yoshiga mos bo‘lgan asarlarni tavsiya etish, tahlil qilishda turli metod, vositalardan o‘rinli foydalanish, o‘qilgan asarlar yuzasidan hayotiy xulosalar chiqarishga o‘rgatib borish har bir pedagog oldida turgan mas’uliyatli vazifadir. Barcha kitoblar milliy o‘zligimiz hamda umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib etishga xizmat qilishni chin burchimiz deb bilmog‘imiz lozim. Inson tirik mavjudotlar orasida his etish, mehr-oqibat ko‘rsatish, shafqat qilish, fikrlash, xulosalash qobiliyatlari bilan ajralib turadi. O‘z navbatida fikrlash, xulosa chiqarish, biror masalaga munosabat bildirish kishining fikr doirasiga bog‘liq. Tafakkur va dunyoqarash qanday bo‘lishini esa o‘qish, izlanish va bilish belgilaydi. Bilish esa ilm olish bilan, o‘z navbatida, ilm olish, savodxonlik bilan, savodxonlik esa ko‘proq, turli mavzularda kitob o‘qish orqali orttiriladi. Barcha buyuk insonlar hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar solsangiz, ular umr bo‘yi o‘qib, o‘rganish orqali yetuklik maqomiga yetganiga guvoh bo‘lasiz. Uzoqqa bormaylik, biz faxr va iftixor bilan nomlarini tildan qo‘ymaydigan, dunyo tamadduniga o‘z aql mash’allari bilan nur taratgan Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, al Farg‘oniy kabi yuzlab bobolarimiz ilm olish, buyuk kashfiyotlar qilish uchun dunyo kezib, bilim to‘plaganlar. Ularning hayot va ijod yo‘llari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilsangiz, bobolarimiz ilm olish a’moli bilan bir umr mashg‘ul bo‘lganlar. Ilm ularni ma’rifatga yetaklagan, ma’rifat esa ma’naviyatning asosidir. Kitob insonlar uchun eng yaxshi do‘st desak, adashmaymiz, chunki insonlar azal-azaldan kitob bilan do‘stlashib, sirlashib kelishgan. Xalqimiz qadimdan kitoblarga qiziqqani sababli dunyoda ilm-fanga bo‘lgan intilishlari bilan ma’lum va mashhur bo‘lishgan. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Osiyo Qosimova; Umumiy kutubxonashunoslik: O‘zR Oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi.-T.: “0‘qituvchi”, 1994.350 b. 2. Axunjanov E.O. Vatan kutubxonachi I lgi tarix:.-l -qism Darslik / -1 oshkent, A.Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2004,-106 b. 3. Axunjanov E.A. Vatan kutubxonachiligi tarixi 2-qism.-T, 2 Darslik / - Toshkent, A.Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi, 2006.-150 b. 4. Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini tashkil qilish.-T.: A.Navoiy nomidagi 0‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007.-B.3-68.