scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MEDIA NUTQ VA UNING "MEDIA" HAMDA "AXBOROT" ATAMALARI

Guliza SULTONOVA; Sherxon QORAYEV

Full text

361 MEDIA NUTQ VA UNING “MEDIA” HAMDA “AXBOROT” ATAMALARI Guliza SULTONOVA, Qarshi shahridagi Xalqaro innovatsion universiteti magistranti Ilmiy rahbar: Sherxon QORAYEV, XIU dotsenti (PhD). DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17445254 Annotatsiya: Hozirgi kunda jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini mediasiz tasavvur qilish qiyin. Axborot makonining globallashuvi zaminida yangi bilimlar, qarashlar, faktlar, konsepsiyalarning oqimi shiddat bilan ortib bormoqda. Bugungi kunda yosh avlod ongida axborot olamini tartibga solish yo‘llarini izlash, axborot bilan muomala qilishning yangi usul va ko‘nikmalari tizimini ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Mazkur ilmiy maqola “Media” va “Axborot” atamalarining izohi va tahliliga bag‘ishlanadi. Kalit so‘zlar: Atamalar, terminologiya, mass-media, ma’lumotlar, media turlari. Аннотaция: Сегодня трудно представить все сферы жизни нашего общества без средств массовой информaции. В условиях глобализaции информaционного пространства поток новых знаний, взглядов, фактов и концепций стремительно увеличивается. Сегодня необходимо найти способы упорядочивания информaционного мира в сознании подрастающего поколения, разработать систему новых методов и навыков работы с информaцией. Данная научная статья посвящена объяснению и анализу терминов «Медиа» и «Информaция». Ключевые слова: Термины, терминология, средсва массовой информaции, данные, типы средств массовой информaции. Abctract: Nawadays, it is difficult to imagine all spheres of life in our society without media. Against the background of globalization of the infortion space, the flow of new knowledge, views, facts, concepts is rapidly increasing. Today, it is necessary to search for ways to organize the information world in the minds of the younger generation, to develop a system of new methods and skills for dealing with information. This scientific article is devoted to the explanation and analysis of the terms “Media” and “Information”. Keywords: Terms, terminology, mass – media, information, types of media. Hozirgi kundagi terminologiyaga oid qator asarlarda atamalar to‘plamini terminologiya deb atalmoqda. Tadqiqotchi O‘.Axmanova esa terminologiyani “ongli ravishda tartibga solish va tartibga solish uchun eng qulay bo‘lgan, so‘z boyligining maxsus qatlamini tashkil etuvchi ma’lum bir ishlab chiqarish, faoliyat, soha, bilim shartlari majmui” deydi. D.Xolboevaga ko‘ra, “Tahrirlashning terminologik muammolari asarida terminologiyaga shunday ta’rif berilgan: “Terminologiya – bu 362 har qanday fan yoki texnikaning tarixan shakllangan tushunchalarini ifodalovchi atamalar majmui, umuman, inson bilimlari yoki faoliyatining alohida sohasi[5, 28]”. Ijtimoiy hayotimizda o‘z o‘rniga ega Mass – media sohasining o‘z terminlari mavjud. Keling, shulardan eng ommaviylashganlari – axborot hamda media atamalarini izohlasak. Bugungi globallashuv davrida zamonaviy jamiyat axborot va bilimlarga tayanadi. Bugungi kunda media, turli xil axborot va kommunikatsiya texnologiyalarning turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotimizga o‘tkazayotgan ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shu bois odamlarning axborot jamiyati hayotidagi faol va samarali ishtirokida zarur axborot, yangi bilim va yetarli ko‘nikmalar muhim rol o‘ynaydi. Bugungi shiddatli zamon sizu bizdan media savodxonlik va axborot madaniyatini talab etmoqda. Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari” kitobida zikr etilishicha, media va boshqa axborot manbalari tomonidan taqdim etilayotgan axborotdan to‘g‘ri foydalanish, insonlarning axborotga bo‘lgan o‘z ehtiyojlarini anglashi, ma’lumotni topish va unga egalik qilish hamda sifatini baholash imkonini beradi. Aslini olganda, “axborot” terminiga izoh berishning hojati yo‘q. Ma’lumki, u tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarni, tajriba va tahsil olish davomida orttirilgan bilimlarni, signal yoki belgilarni anglatishi mumkin. Aniqroq qilib aytganda, axborot – bu to‘plangan, qayta ishlangan va izohlangan ma’lumotdir. Chunonchi, “axborot” “tushunishga oson shaklda berilgan bilimdir”. “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati”ga ko‘ra, “Axborot (ing.-information) axborotni qayta ishlash tizimiga kiritilgan yoki turli tushunchalarda turli shakllarda taqdim etishda uning natijasi bo‘lib hisoblanadigan va ushbu predmet sohasining boshqaruv obekti jarayonida qabul qilinadigan qarorlarni optimallashtirish uchun ishlatiladigan faktlar, voqealar, jarayonlar va hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotdir[1, 18]”. Shuningdek, taqdim etish shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi ma’lumotlar axborot deyiladi. Ommaviy axborot vositalaridan tashqari axborot manbalari – tibbiy sharhlar, hukumat byulletenlari, hisobotlar va og‘zaki xabarlardir. Axborotlar texnologiyalar – televidenie orqali ko‘rsatiladigan saylovoldi munozaralari yoki shaxsiy muloqot – fuqarolar yig‘inlari majlislari orqali uzatilishi mumkin. Hozirga kunda misli ko‘rilmagan miqyosda axborot, ya’ni kontent va resurslar, shu jumladan internet 363 zahiralari mavjud bo‘lib, ularning barchasi aniqligi, ishonchliligi va muhimligi jihatidan bir – biridan keskin farq qiladi. Axborot turli shakl – matn, tasvir yoki statistik ma’lumotlar, elektron va qog‘oz ko‘rinishida mavjud bo‘lib, onlayn fayl va portallarda, virtual va real kutubxonalarda, hujjatlar jamlanmasida, turli ma’lumotlar bazasida, arxivlar, muzeylar va hokazolarda saqlanadi [4, 25]. Media va axborot savodxonligi – “soyabon”, ya’ni bir tushuncha mazmunida ikki ma’no birlashgan atama sifatida YuNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur. Binobarin, axborot savodxonligi – axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Mediasavodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi[3, 19]. Mediasavodxonlik o‘z ichiga quyidagilarni oladi: -Estetik va kreativ mediakontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va talqin etish qobiliyatini bildiradi. Mediakontentni yaratish orqali o‘quvchi mazkur ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi mumkin. -Interfaollik ko‘nikmalari media orqali muloqot qilish va turli media – rollarni bajarib ko‘rish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘nikmalarni ta’lim va amaliyot doirasida rivojlantirish mumkin. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikri va qarashlarini ifoda etishga tayyorligini ko‘rsatadi. -Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda turli xil mediakontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Ushbu ko‘nikmalar rang – barang mediakontent va janrlarni o‘rganish orqali yaxshiroq rivojlanadi[3, 18-19]. -Xavfsizlik ko‘nikmalari murakkab vaziyatlardan chiqish va ularning oldini olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Virtual makondan xavfsiz foydalanish, shaxsiy makonni himoya qilish hamda zararli kontent va muloqotdan voz kechishni nazarda tutadi. “Media va axboriy savodxonlik bo‘yicha muammoli, tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan ishlash uchun” nomli o‘quv qo‘llanmada axborotning quyidagi turlari keltirilgan: 1.Grafik – bu har qanday chizmalar, grafiklar, fotosuratlar va rasmlar, 2. Akustik – biz tabiiy muhitdan (masalan, dengiz shovqini, qushlar sayrashi), hamda sun’iy manbalar: radio, musiqa, podkastlar va boshqalar vositasida qabul qiladigan axborot. 364 3.Matniy – belgilar – alifbo harflari yordamida kodlanadigan turli xil ma’lumotlar. Qiziqarli tarafi shundaki, bir tildan boshqasiga qilingan tarjimani axborotni qayta kodlash, deb nomlash mumkin, 4. Raqamli – yana bir kodlash turi bo‘lib, unda kodlash vositasi bo‘lib, raqamlar xizmat qiladi, 5. Videoaxborot – obrazlarni harakatlanayotgan holatda qayd etish va saqlash varianti. Jadal ravishda 100 yildan ortiq muddat ichida rivojlangan, nisbatan yangi axborot turi. 6.Taktik va organoleptik – biz sezgi a’zolarimiz orqali qabul qiladigan har qanday axborot eshitish, hidlash va his etish organlari vositasida uzatiladi[6, 8]. Bugungi kunda turli axborot manbalari tarqatayotgan axborot ishonchli va ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Demak, axborotni izlashga kirishishdan oldin, aynan qaysi mazmundagi axborot zarurligini tushunishimizga to‘g‘ri keladi. Binobarin, axborotga bo‘lgan ehtiyoj - ma’lum foydalanuvchining ma’lum mavzuga oid ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojidir. Axborot manbalari uch toifaga bo‘linadi: -Birlamchi manbalar – bu original manbalar bo‘lib, ular axborotni izohlamaydi. Bu tadqiqot hisobotlari, prays – varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, original san’at asarlari, qo‘lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og‘zaki hikoya/intervyu yoki diplomatik hujjatlar bo‘lishi mumkin. -Ikkilamchi manbalar sifatida axborotni yetkazib beruvchilar maydonga chiqadi. Bu holatda axborot o‘zgarishi, tahlil qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin. (Masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki ma’lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga nisbatan har doim ham o‘zida nufuzli yoki xolis axborotni mujassam etmaydi. -Uchlamchi manbalar – bu tashkil etilgan yoki o‘zida birlamchi hamda ikkilamchi manbalardagi axborotni qayta ishlab, o‘zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, turli qo‘llanmalar, ensiklopediyalar, ko‘rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma’lumotlar bazasi va h.k.) manbalardir [2, 16]. Media va axborot sohasida savodxon kishilar odobaxloq qoida va me’yorlariga tayangan holda axborotni qanday to‘plash, undan foydalanish, uni sintezlash va tashkil etishni yaxshi biladilar. “Media” so‘zi lotinchada “Medium” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘rta, oraliq, oraliqdagi” ma’nolarni bildiradi. Biz media deganda, birinchidan, ommaviy axborot vositalarini – gazeta, televidenie, radio, kitob va internetni tushunamiz [2, 23]. Ayrim 365 manbalarda “Media” atamasiga – “U – ommaviy axborot vositalari, ham keng, ham maxsus auditoriyaga mo‘ljallangan ko‘ngilochar takliflarni tavsiya etuvchi, yangilik, axborot va reklama axborotini tarqatishga yo‘naltirilgan ko‘p sonli va serqirra funksiyalarni amalga oshiruvchi kommunikatsiyadir[3, 17]”, degan izohlarga duch kelamiz. Media elektron bo‘lmagan bosma medialar hamda elektron medialarga bo‘linadi. Bosma medialarga davriy nashrlar, gazeta va jurnallar, kitoblar hamda komikslar kiradi. Elektron medialarga radio, kino, televidenie, kompyuter, video o‘yinlar, internet, musiqa, mobil telefon, elektron kitoblar va hakozolar kiradi. Ikkinchidan, undan mediakontentni – yangiliklar, reklama e’lonlari, elektron o‘yinlar va filmlarni belgilash uchun foydalaniladi. Uchinchidan, u mediakontentni ishlab chiqaruvchilar, jurnalistlarni, fotosuratchilarni, mediakompaniyalarni va hokazolarni bildirishi mumkin. “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” ga ko‘ra, 1.“Media bu – ommaviy axborot vositalari. Ma’lum axborotni ko‘p abonentlarga uzatish vositasi. 2. Informatikada “media” so‘zi turli moddalarni – qog‘oz, optik disk, magnit disk, magnit tasmalarni bildiradi [1, 250]”. Media tushunchasiga axborotni yaratish, nuslashtirish, tarqatish vositasi hamda mualliflar va ommaviy auditoriya o‘rtasida axborot almashinuvining texnik vositalari kiradi [3, 17]. Bugungi kunda Media atamasidan Ommaviy axborot vositalari va Mass-media tushunchalarining sinonimi sifatida foydalanilmoqda. Hozirgi zamon jamiyati taraqqiyotiga medialarning ta’siri yil sayin oshib borib, ular vositasida insonlar atrof – voqelikni ijtimoiy va ruhiy jihatdan anglamoqda va baholamoqda. Zamonaviy medialarning asosiy jihatlariga tadqiqotchilar kreativlik (yaratuvchanlik, ijodkorlik) va innovatsiyalarni kiritmoqda [3, 17]. Media savodxonlik esa asosan media muhitga tahliliy yondashuv, ya’ni uni tanqidiy qabul qilish va media vositasida o‘zini ifoda etishdir. Media savodxonlik estetik va kreativ ko‘nikmalar media kontentni ijodiy jihatdan anglash, yaratish va tadqiq qilish qobiliyatini bildiradi. Media kontentni yaratish orqali muayyan ko‘nikmalarni o‘zida shakllantirishi mumkin. “Media va axborot savodxonligini shakllantirishning pedagogik jihatlari” nomli kitobda yozilishicha, media savodxonlik – interfaollik ko‘nikmalari media vositasida muloqot qilish va turli media – rollarni bajarib ko‘rish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Interfaollik ko‘nikmalari o‘z fikr va qarashlarini ifoda etishga tayyorlikni ko‘rsatadi. Tanqidiy tahlil ko‘nikmalari turli tahliliy vositalardan foydalangan holda turfa xil media kontentni talqin qila olish va ahamiyatini tushunishni bildiradi. Xavfsizlik ko‘nikmalari esa murakkab vaziyatlardan chiqish va ularning oldini olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Holbuki, 366 axborot madaniyati va mediasavodxonlik bugungi axboriy jamiyatni tushunish kalitidir. Muxtasar qilib taniqli siyosatshunos Samyuel Xantington iborasi bilan aytganda, yangi dunyoda ixtiloflar manbai mafkura ham, iqtisodiyot ham bo‘lmaydi. Insoniyatni ajratib turgan qaltis chegara va asosiy ixtilof manbai madaniyat bo‘lib qoladi. Global siyosatning eng yirik ixtiloflari turli millat va tamaddunga mansub guruhlar o‘rtasida ro‘y beradi. Bu jarayonda mediasavodxon insongina dunyoda madaniyatlar turli-tumanligi haqida tasavvur, madaniy farqlarga nisbatan tolerantlik bilan munosabatda bo‘ladi. Eng muhimi shu. Chunki, mediasavodxon inson zamonaviy va axboriy jamiyatda muhim rol o‘ynaydigan shaxsdir! Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Azimov U., Komilova M., Ahmedova Ya., Adasheva Sh. Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati. -Toshkent, Kafolat print kompaniy, 2022.-B.824. 2. Abdullayeva B., Ro‘ziyev Y., Ismoilova K. Mediasavodxonlik va axborot madaniyati. Toshkent, O‘zbekiston, 2024.-B.260. 3. Nurmatov Z. Media savodxonlik va axborot madaniyati. -Termiz, Termiz, 2023.-348 . 4. Namazov B., Fayzieva M., Sharofaddinov Sh. Media va axborot savodxonligi. O‘quv qo‘llanma. -Toshkent, Baktria press, 2018.-B.140. 5. Muratova N., Griel., Mirzaxmedova D. Jurnalistikada media va axborot savodxonligi. - Toshkent, Baktria press, 2019.-112 b. 6. Murotova N., Qosimova N. va boshqalar. Onlayn jurnalistika va mediada yangi trendlar. - Toshkent, O’zbekiston, 2019.-489 b. 7. Media va axboriy savodxonlik.-Bishkek, Modern Journalizm development Centre, 2021.-146 c.