scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA MIGRATSIYA JARAYONLARI

Urazbayeva, Sevara Olimjanovna

Abstract

Migratsiya bugungi global muammolardan biri sifatida O‘zbekiston, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. Orol dengizining qurishi, ishsizlik darajasi, ekologik muammolar, mehnat bozorining torayishi fuqarolarning ichki va tashqi ko‘chishini kuchaytirmoqda. Qoraqalpogʻiston o‘zining geografik joylashuvi va tabiiy resurslarining cheklangani sababli migratsiyaga eng sezgir hududlardan biridir.

Full text

515 QORAQALPOG’ISTON RESPUBLIKASIDA MIGRATSIYA JARAYONLARI Urazbayeva Sevara Olimjanovna Qoraqalpoq davlat universiteti Tayanch doktoranti [email protected] DOI: Migratsiya bugungi global muammolardan biri sifatida O‘zbekiston, xususan Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun ham dolzarb masala hisoblanadi. Orol dengizining qurishi, ishsizlik darajasi, ekologik muammolar, mehnat bozorining torayishi fuqarolarning ichki va tashqi ko‘chishini kuchaytirmoqda. Qoraqalpogʻiston o‘zining geografik joylashuvi va tabiiy resurslarining cheklangani sababli migratsiyaga eng sezgir hududlardan biridir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – O‘zbekiston hududidagi eng yirik va o‘ziga xos mintaqalardan biri bo‘lib, uning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va tabiiy sharoitlari boshqa hududlarga nisbatan farqli jihatlari bilan ajralib turadi. Aynan shu omillar mintaqada migratsiya jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda Qoraqalpog‘iston aholisi orasida ichki va tashqi migratsiya holatlari ortib bormoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi migratsiya jarayonlari – bu nafaqat hududning ichki ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, balki global ekologik va demografik o‘zgarishlar bilan bevosita bog‘liq. Hozirgi kunda biz migratsiyani quyidagicha turlarga ajratib o’rganishimiz mumkin: 1. Ichki migratsiya: Ichki migratsiya asosan yoshlar va ishchi kuchi tomonidan Nukus, Beruniy, Xo‘jayli kabi shaharlarga ko‘chish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Sabablari: Qishloq xo‘jaligi daromadlarining kamayishi; Sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalariga yaqinlik; Infratuzilmaning qishloqlarga nisbatan shaharlarda yaxshi rivojlanishi. 2. Tashqi migratsiya: 2021-yilda 490 nafar Qoraqalpog‘istonlik fuqaro Qozog‘istonga ishlash uchun yuborilgani ma’lum. Bunga sabablar: Ishsizlik; Chet eldagi yuqori daromad; Yaqin qarindoshlar vositachiligi. 3. Ekologik migratsiya: Orolbo‘yi hududlari (Qo‘ng‘irot, Mo‘ynoq)da yashash sharoitlarining yomonlashuvi ekologik migratsiyani kuchaytirmoqda. Odamlar sog‘liq muammolari, suv ta’minoti va qishloq xo‘jaligi inqirozi tufayli boshqa viloyatlarga ko‘chmoqda. 516 Migratsiyaning asosiy sabablari:  Iqtisodiy omillar: Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyoti asosan qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va tabiiy resurslarga tayangan. Biroq, infratuzilmaning yetarlicha rivojlanmagani, sanoatning sustligi va ish o‘rinlarining cheklanganligi sababli ko‘plab yoshlar va mehnatga layoqatli aholining boshqa viloyatlar yoki xorijiy davlatlarga ketishi kuzatilmoqda. Ayniqsa, Rossiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya migratsiyaning asosiy yo‘nalishlariga aylangan;  Ekologik omillar: Amudaryo suvlari kamayishi va Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar Qoraqalpog‘istonda yashash sharoitini og‘irlashtirdi. Cho‘llanish, yerlarning sho‘rlanishi, ichimlik suvi muammolari va havo ifloslanishi odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat, ayniqsa, Mo‘ynoq, Bo‘zatov, Taxtako‘pir tumanlarida yashovchi aholining boshqa hududlarga ko‘chib o‘tishiga sabab bo‘lmoqda;  Ijtimoiy va demografik omillar: Yoshlar sonining ortishi va oliy ta’lim, ish bilan ta’minlanishdagi muammolar migratsiyani kuchaytirayotgan omillardan biridir. Ayni vaqtda ko‘plab yoshlar oliy ta’lim olish yoki kasb-hunar o‘rganish maqsadida Toshkent, Nukus yoki xorijiy davlatlarga yo‘l olishmoqda. Migratsiyaning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari: Ijobiy tomonlar: Migratsiya orqali xorijda ishlayotgan qoraqalpoq fuqarolari o‘z oilalariga moddiy yordam yuborib, ularning farovonligini oshiryapti. Tashqi mehnat migratsiyasi orqali fuqarolar yangi ko‘nikmalar, tajribalar va bilimlarga ega bo‘lmoqda. Ayrim hollarda xorijda ishlagan fuqarolar qaytib kelib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishmoqda. Chet eldan pul o‘tkazmalari, qaytgan migrantlar orqali tadbirkorlik rivoji. Salbiy tomonlar: mehnatga layoqatli aholining chiqib ketishi natijasida hududda demografik bosim kamaymoqda, bu esa iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi. Migratsiya tufayli ayrim oilalarda ijtimoiy muammolar (ajralish, bolalarni tarbiyalashdagi qiyinchiliklar) kuchaymoqda. Mahalliy madaniyat va tilning uzviyligi zaiflashmoqda, ayniqsa, xorijda yashovchi yoshlar orasida milliy identitet yo‘qolish xavfi mavjud. mehnatga layoqatli yoshlar sonining kamayishi, demografik bosimning ortishi, qishloq infratuzilmasining zaiflashuvi. Ayollar orasida ham migratsiya holatlari ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida oilaviy barqarorlikka ta’sir qilmoqda. 517 Davlat siyosati va istiqbollar: O‘zbekiston hukumati migratsiya jarayonlarini tartibga solish va mehnat migrantlariga ko‘maklashish borasida qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan:  Chet eldagi fuqarolar uchun konsullik himoyasi kuchaytirilmoqda;  Migrantlar uchun kasbga o‘qitish va til kurslari yo‘lga qo‘yilmoqda;  Qoraqalpog‘istonda yangi sanoat zonalari va ishlab chiqarish klasterlari tashkil etilib, mahalliy ish o‘rinlari yaratilmoqda;  Kelajakda ekologik barqarorlik, iqtisodiy diversifikatsiya va ta’lim tizimini rivojlantirish orqali Qoraqalpog‘istonda migratsiyani kamaytirish va aholinini yashash sharoitini yaxshilash mumkin bo‘ladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi migratsiya jarayonlari kompleks omillar bilan bog‘liq. Orolbo‘yi inqirozi ekologik migratsiyani kuchaytirayotgan bo‘lsa, iqtisodiy omillar tashqi migratsiyaga turtki bermoqda. Migratsiyani samarali boshqarish uchun hukumat va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda huquqiy, iqtisodiy va ekologik choratadbirlarni kuchaytirish zarur. Migratsiyani faqatgina muammo sifatida emas, balki imkoniyat sifatida ko‘rib, uni boshqariladigan, barqaror va ijtimoiy adolatli tarzda yo‘lga qo‘yish mintaqaning kelajagi uchun muhim omildir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Nosirova M. “Migratsiya muammolari va uning sotsiologik talqini.” «Oriens», 2023. 2. Nurdinova Sh. “Migratsiyaning feminizatsiyalashuvi va uning iqtisodiy-ijtimoiy ta’siri.” «Oilailmiy.uz», 2023. 3. “Qoraqalpogʻiston demografik ko‘rsatkichlari.” «my.stat.uz», 2022. 4. “490 nafar fuqaro Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.” «Yuz.uz», 2021. 5. “Ombudsman hisobotlari.” «ombudsman.uz», 2021. 6. “DTM: Migratsiya ma’lumotlaridagi bo‘shliqlar.” «dtm.iom.int», 2024.