BOSHLANG'ICH SINFLARDA INTERAKTIV VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING AHAMIYATI
Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali yo‘llari haqida so‘z yuritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 28 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTERAKTIV VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI QOʻLLASHNING AHAMIYATI Toirova Zebiniso Faxriddin qizi Termiz davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi ANNOTATSIYA Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun o‘qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Ifodali o‘qish, ta’lim usullari, matnni ongli va to‘g‘ri o‘qish, adabiy o‘qish. Bugungi kunda ta’lim tizimida erishilgan yutuqlarni saqlab qolgan holda, o‘qitish jarayonida bir xil andazadan chiqish, ijodiylikka asoslangan yondashuvni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonini faqatgina yod olishga yo‘naltirmasdan, o‘quvchilarning tafakkurini kengaytirish, egallangan bilimlarni amalda qo‘llash, ularning amaliy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Ana shunda kelajak avlodni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash imkoniyati yaratiladi. Ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash va ularni o‘rinli qo‘llash dars samaradorligini oshiradi. Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida asosan she’r, ertak, hikoya, masal, maqol, topishmoq, afsona va ilmiy-ommabop asarlar bilan ishlanadi. Har bir janr o‘ziga xos mazmun, shakl va uslubga ega bo‘lgani sababli, ularni o‘rganishda ham mos metodlardan foydalanish talab etiladi. Badiiy matnlarni o‘qitishda ijodiy o‘qish metodi samarali hisoblanadi. Metodist olim N. I. Kudryashov ijodiy o‘qish tarkibiga quyidagi faoliyat turlarini kiritadi: o‘qituvchi tomonidan matnni sharhlab o‘qish, o‘quvchilarda asarni chuqur va emotsional idrok etish ko‘nikmalarini shakllantirish; o‘qilgan matndan o‘quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini boyitish, e’tiborni asarning g‘oyaviy va axloqiy mohiyatiga qaratish; asarni o‘qib bo‘lingach, o‘quvchilarning his-tuyg‘ularini faollashtirish va tahlil qilish jarayonini tashkil etish. Demak, ijodiy o‘qish izohli o‘qishdan farqli ravishda, matn mazmunini ijodiy tahlil qilishga asoslanadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 29 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Ifodali o‘qish esa boshlang‘ich ta’lim bosqichida mantiqiy o‘qish (matnni to‘g‘ri, tushunib va me’yorida o‘qish) ko‘nikmalari mustahkamlangach o‘rgatiladi. Ifodali o‘qish o‘quvchilardan asar mazmunini chuqur tushunish, muallif niyatini ohang, pauza va intonatsiya orqali to‘g‘ri yetkazishni talab etadi. Metodist M. A. Ribnikova ta’kidlaganidek, “Ifodali o‘qish — asarning mazmuni va hissiyligini intonatsiya yordamida ko‘rsatish san’atidir”. Badiiy o‘qish esa ifodali o‘qishning yuqori bosqichi bo‘lib, u san’atkorona ijroni talab qiladi. Bunda qahramonlarning ichki kechinmalarini to‘liq anglash, ularni so‘z orqali ta’sirchan tarzda ifodalash muhimdir. O‘quvchilarni badiiy o‘qishga tayyorlashda professional aktyorlarning audio yoki video ijrolaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Badiiy o‘qishning samaradorligini oshiruvchi omillardan biri tanlab o‘qish usulidir. Masalan, X. To‘xtaboyevning “Hassa” hikoyasida yoki S. Anorboyevning “Bahs” hikoyasida muhim epizodlarni qayta o‘qish orqali asarning badiiy qiymatini chuqurroq anglash mumkin. Izlanish metodi o‘quvchilarning tahliliy fikrlashini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu metod orqali o‘quvchilar asardagi voqealar asosida savollar tuzadilar, qahramonlarga baho beradilar, xulosalar chiqaradilar. O‘qish darslarida reproduktiv metod ham keng qo‘llaniladi. Bu usul o‘quvchilarning ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, yangi tushunchalarni eslab qolish va amalda qo‘llashga yordam beradi. Reproduktiv o‘qitish jarayonida o‘qituvchi matn mazmunini tahlil qilishda o‘quvchilarga yo‘l-yo‘riq beradi, keyinchalik esa ular mustaqil ishlashga o‘tadilar. Shuningdek, o‘qish darslarida “Aqliy hujum”, “Tarmoqlash”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Blits texnologiyasi”, “FSMU texnologiyasi” kabi interfaol usullardan foydalanish darsni jonli va samarali qiladi. Har bir darsda qaysi metoddan foydalanish o‘qituvchi tomonidan oldindan rejalashtirilishi lozim. Dars jarayonida o‘quvchilarning motivatsiyasini shakllantirish o‘ta muhim, chunki bu ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytiradi. O‘qituvchi dars loyihasini tayyorlar ekan, o‘quv maqsadini aniq belgilashi, ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etishi, natijalarni tahlil qilib, zarur holatlarda tuzatish kiritishi kerak. Mustahkamlash va umumlashtirish darslarining asosiy maqsadi — o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini takrorlash, tizimlashtirish va nazorat qilishdir. Shu bois, bunday darslarni qiziqarli va noan’anaviy shaklda o‘tkazish o‘quvchilarning faolligini oshiradi hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 30 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us Xulosa Boshlang'ich ta'lim jarayonida interaktiv va pedagogik texnologiyadan olib borish o'quvchilarining bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishda muhim o'rin tutadi. Bunday texnologiya dars jarayonini faollashtirish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik, muloqotga kirishish va jamoada ishlash k Zamonaviy pedagogiklar ta'limni faqat ma'lumot berish jarayoni sifatida emas, balki o'quvchini faol sub'ekt sifatida foydalanish uchun deb qaraydi. Shu bois, harakat'ich sinflarda “Aqliy hujum”, “Guruhlar bilan ishlash”, “Tarmoqlash”, “Blits-so'rov”, “FSMU” kabi interfaol usullardan yurgizish darslarini qiziqarli , pedagogik texnologiya o'qituvchining ijodkorlik rivojlanishiga yordam beradi, ta'lim sifatini qayta va o'quvchilarda jismoniy motivatsiyani shakllantiradi. O'quvchilarning o'quv jarayonida faol ishtiroki, o'z fikrini erkin bayon etishi va bilimni amaliyotda qo'llay bilishini ta'minlashni davom ettiradi. Xulosa qilib aytganda, interaktiv va pedagogik texnologiyani texnologiya'ich ta'lim tizimiga joriy etish zamonaviy ta'limning ajralmas qismidir. Ular orqali o'qituvchi o'quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi, hayotga tayyorlaydi, mustaqil fikrlaydigan barkamol avlodni tarbi FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mukhtarova L.A. Ways of formation of ecological culture in children of primary age // AJMR:Asian Journal of Multimensional Research Journal. Vol 10, Issue 4, April, 2021. - Pp 648-652. (Impact Factor 7.699). 2. Mukhtarova, L. A. (2021). THE USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 792-797. 3. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2021). POSSIBILITIES OF AN INTEGRATIVE APPROACH TO THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. European Scholar Journal, 2(11), 43-44. 4. Muxtarova, L. A. (2021). Use of multimedia technologies in the educational process. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1781-1785. 5. Мухтарова, Л. А. (2018). Пути Использования Возможностей Мультимедиа В Повышении Качества И Эффективности Уроков Чтения В Начальных Классах. Научные горизонты, (11-1), 247-252. 6. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие И Формирования Критического Мышления У Школьников Начальных Классах. Гуманитарный трактат, (24), 1314.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 31 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us 7. Мухтарова, Л. А. (2018). Развитие творческого мышления у школьников начальных классов. Гуманитарный трактат, (24), 9-10. 8. Kulmuminov, U., & Mukhtarova, L. (2023). POSSIBILITIES OF CREATIVE THINKING AND ITS MANIFESTATION IN THE EDUCATIONAL PROCESS. Open Access Repository, 4(02), 81-84. 9. Lobar Mukhtarova, & Shahnoza Isakova. (2023). METHODOLOGY OF SPEECH DEVELOPMENT OF VISUALLY IMPAIRED STUDENTS. Academia Repository, 4(10), 360–371. Retrieved from 10. Mukhtarova Lobar Abdimannabovna, & Saidakhmatova Nafisa Soatmurod kizi. (2023). DEVELOPMENT OF READING UNDERSTANDING SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Academia Science Repository, 4(04), 18–22. Retrieved from 11. Daminova Dilbar Melimurodovna, & Mukhtarova Lobar Abdimannabovna. (2023). PEDAGOGICAL OPPORTUNITIES OF FORMING MATHEMATICAL LITERACY SKILLS OF PRIMARY SCHOOL PUPILS. Open Access Repository, 4(3), 971–976. 12. Erkin Babamuratov, Dzhuraeva Ulmashon, & Zhovliev Zhurabek. (2023). METHODS OF IDEOLOGICAL WORK FOR YOUTH WITH IDEOLOGICAL DEPRESSION. World Bulletin of Social Sciences, 27, 136-143. 13. Jorabek Jovliev. (2023). EDUCATION OF PRIMARY CLASS STUDENTS IN THE SPIRIT OF NATIONAL AND GENERAL HUMAN VALUESTECHNOLOGY. Open Access Repository, 10(10), 51–55. 14. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 CONDITIONS OF USING AL-HAKIM AL-TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM Academia Repository 4, 10, 1-9 15. Erdanova Zamira Olimovna 2023/10/8 THE CONTENT AND ESSENCE OF USING AL-HAKIM AL-TIRMIZI'S PEDAGOGICAL VIEWS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM World Bulletin of Social Sciences 27, 18-22 16. Erdanova Zamira 2023/5/30 AL-HAKIM AT-TERMIZIY QARASHLARIDAN OLIY TA`LIMDA FOYDALANISHNING AHAMIYATI Journal of Universal Science Research 1, 5, 1466-1471 66 INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS universalconference.us INTERNATIONAL CONFERENCE ON MODERN DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS Volume 01, Issue 02, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE Volume 02, Issue 07 2025 32 INTERNATIONAL SCIENTIFIC INNOVATION RESEARCH CONFERENCE universalconference.us 17. Nilufar BOYNAZAROVA. (2023). NATURE AND HUMAN HARMONY IN PERSONAL MORAL DEVELOPMENT. World Bulletin of Social Sciences, 27, 6 9. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3219 18. Nilufar Boynazarova. (2023). ISSUES OF ENVIRONMENTAL PROTECTION AND FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE OF PRIMARY CLASS STUDENTS. World Bulletin of Social Sciences, 27, 10-12. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/3220 19. .Nilufar Boynazarova. (2023). FORMATION OF ECOLOGICAL CULTURE IN PRIMARY CLASS STUDENTS. Open Access Repository, 9(10), 99–102. Retrieved from https://oarepo.org/index.php/oa/article/view/3553 20. Boynazarova.N. (2023). BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BUGUNGI KUNDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISH. Interpretation and Researches, 2(1). извлечено от https://interpretationandresearches.uz/index.php/iar/article/view/960