BOLALARNING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN'ATINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK O'RNI
Abstract
Maqolada musiqaning inson ongiga, ruhiyatiga, ta’siri musiqa san’ati yordamida qadriyatlarga nisbatan motsivatsiyani oshirish, bolalarning rivojlanishida erkin shaxs bo‘lib rivojlanishida musiqaning tutgan o‘rni haqida yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 990 BOLALARNING RIVOJLANISHIDA MUSIQA SAN’ATINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK O‘RNI 1Syomkina Adiba Minggirovna, 2Ismailvova Yoqutxon Adhamjon qizi 1ChDPU, “Musiqa ta’limi” kafedrasi o‘qituvchisi, 2“Musiqa ta’limi” 23/2 guruh talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17445848 Anotatsiya. Maqolada musiqaning inson ongiga, ruhiyatiga, ta’siri musiqa san’ati yordamida qadriyatlarga nisbatan motsivatsiyani oshirish, bolalarning rivojlanishida erkin shaxs bo‘lib rivojlanishida musiqaning tutgan o‘rni haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: kompetentsiya, musiqiy ong, qobiliyat, iroda, usiqiy mahorat, musiqa, teatr. Анотация. В статье описано влияние музыки на человека её роль в развитии детей и на их умственную работоспособность. Ключевые слова: компетентность, музыкальное сознание, способности, воля, музыкальное мастерство, музыка, театр. Abstract. The article describes the influence of music on humans, its role in the development of children and on their mental performance. Key words: competence, musical consciousness, abilities, will, musical skill, music, theater. Dunyoda musiqa san’atining inson ma’naviy – ma’rifiy kamolotida tutadigan o‘rni alohida e’tirof etiladi. Musiqa yordamida qadriyatlarga nisbatan motsivatsiyani oshirish, musiqiy ong, his–tuyg‘u, e’tiqod, musiqiy mahoratga oid kompetentsiyalarni takomillashtirish mumkin. Bolalarning rivojlanishida, ularda nafosat hissini shakllanishida, erkin barkamol shaxs bo‘lib rivojlanishida musiqa san’ati alohida o‘rin egallaydi. Shu sababli musiqa va san’atning jamiyatni insonparvarlashtirishga ta’siri haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilmoqda va muammo sifatida qaralib, katta e’tibor qaratilmoqda. Musiqa pedagogika bilan bir qatorda boshqa fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir bular: falsafa va psixologiya. Allomalar manbaalaridan ma’lumki falsafa va pedagogika inson ma’naviy, ijodiy rivojlanishida eng qadimiy o‘ziga xos yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Musiqa san’ati faqat o‘ziga xos bo‘lgan ko‘rinish va shakllarda, shuningdek, musiqiy-badiiy janrlarda, obrazlarda inson fikri, tuyg‘ulari, maqsadlari, emosiyalari va temperamentini aks ettiradi. Bunday tafovutlar musiqiy faoliyatning janri, shakli, ko‘rinishlari, musiqiy asar mazmuniga bog‘liq bo‘ladi. 1 O‘rta asrlardayoq sharqning buyuk mutaffakkirlari musiqiy psixologiya, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’sirini o‘rganib chiqishgan: Farobiyning «Musiqa haqida katta kitob»ida, Ibn Sinoning «Kitob an-najot», «Kitob ash-shifo» va boshqa asarlarining musiqa haqidagi bo‘limlari, Abdurahmon Jomiyning «Risolai musiqa» kitobi, musiqa haqidagi yanada qadimiyroq ta’limotlar esa zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da bayon etilgan. Ular musiqaning inson ongi, emotsiyasiga, kayfiyatiga, shaxsiga, ulkan ta’sirini ta’kidlab o‘tishgan. Musiqa san’ati inson tuyg‘usiga ta’sir eta oladi. Ba’zi musiqiy 1 R.Qodirov. “Musiqa psixologiyasi”, T., 2005 s.28
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 991 asarlar ehtiroslarni junbushga keltirib hayajonga soladi, yoqimli, yoqimsiz, kulguli tuyg‘ularni uyg‘otadi. Hozirgi kunda ta’lim va tarbiyaning muhim maqsad-vazifalaridan biri bu inson hayoti, sog‘ligi va o‘quvchilarning erkin rivojlanishi, komil, insonparvar shaxs bo‘lib yetishishi uchun o‘qituvchining har bir bolaga qiladigan e’tibori, kasbiga bo‘lgan mas`uliyati, bolaning individual ichki dunyosini hurmat qilgan holda yondashishidir. Hamma bolalar ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar malakali pedagogik yordam olish huquqiga egadirlar, buning uchun ularning rivojlanishini yaxshilaydigan mashqlar o‘tkazish kerak. O‘z vaqtida e’tibordan chetda qolgan va olib borilmagan tuzatish ishlari bolalarning o‘qishga qiziqishi yo‘qolishiga, intellektual rivojlanishdan ortda qolishiga, jizzakilik, qo‘rqo‘v hissi paydo bo‘lishiga olib keladi. Bolaning imkoniyati va qiziqishidan kelib chiqgan holda o‘z ijodiy qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratish kerak. Bolaning hayotini rang – barang va qiziqarli bo‘lishiga esa unga ijodiy, badiiy terapiya yordam beradi (musiqa, teatr, adabiyot hamda relaksatsion mashg‘ulotlar). O'qituvchilar oldida, ta'lim va tarbiyaning eng samarali vositalaridan foydalanish vazifasi turadi, musiqa san’ati esa ularning ijodiy qobiliyatlarining rivojlanishida ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. Bola shaxsining rivojlanishi va tarbiyasi har bir jamiyatning oldida turgan muhim maqsad va vazifalardan biri hisoblanadi bunda esa asosiy mas`uliyat barcha ta’lim tashkilotlari zimmasiga tushadi. Buning uchun avvalam bor o‘qituvchi kasbiy mahoratga ega bo'lishi, maxsus musiqiy qobiliyat, iroda, xohish, xarakter, har bir yangi narsaga qiziqishi va doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi va rivojlanishga tayyor bo‘lishi kerak Фойдаланилган адабиётлар 1. Тема диссертации «Развивающие возможности музыки в обучении детей разного интеллектуального уровня». Янушевска – Варых Мария 2007г. 2. Тема диссертации: «Педагогически организованная музыкальная среда как средство становления духовной культуры растущего человека». Уколова Любовь Ивановна 2008г. 3. Тема диссертации: Развитие полимодального восприятия у младших школьников в процессе музыкальной деятельности» Камынина Ольга Евгеньевна 2009 г. 4. Роль музыки в воспитании нравственной и эстетической культуры кандидат педагогических наук Хомякова, Вера Михайловна 5. Adiba , S. (2021). INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA MUSIQIY CHOLG‘U IJROCHILIGI ERGOLOGIYASINING NAZARIY VA AMALIY BOSQICHLARI (DUTOR CHOLG‘U IJROCHILIGI MISOLIDA). Збірник наукових праць SCIENTIA. вилучено із https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/17195 6. Adiba Mingirovna Syomkina. O'QUVCHILARNING MUSIQIY QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. Academic Research in Educational Sciences. VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021. 1141-1143. ISSN: 2181-1385 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-101141-1143. 7. Syomkina, Adiba. "IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARGA TA’LIM BERISH JARAYONIDA MUSIQA TERAPIYADAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI." Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры 2.11 (2022): 192-195.