scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA MASHG'ULOTLARINI OLIB BORISHDA INKLYUZIV TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI

Mahkamova Shohida Rahmatullayevna

Abstract

maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa mashg‘ulotlarini olib borishda inklyuziv ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida fikr yuritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1006 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MUSIQA MASHG‘ULOTLARINI OLIB BORISHDA INKLYUZIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI Mahkamova Shohida Rahmatullayevna Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Musiqa ta’limi kafedrasi mudiri, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.17445874 Annotatsiya. maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqa mashg‘ulotlarini olib borishda inklyuziv ta’lim texnologiyalarining ahamiyati haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: inklyuziv, ta’lim, texnologiya, musiqa, mashg‘uloti, pedagog, hamkorlik. Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Jismoniy sog’lom ma’nan yetuk, mustaqil fikrga ega bo’lgan barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Bu vazifalarni amalga oshirishda ta’lim muassasalarining o‘rni katta. Chunki mutaxassislarining hulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma’lumotlarning 70% ini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olar ekan. Ushbu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishiga bog‘cha tarbiyasi qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, bu boradagi ishlar har tomonlama puhta o‘ylab amalga oshirilmasa, butun ta’lim tizimida sifat o‘zgarishlariga erishish, ta’limning uzluksizligini taminlash qiyin bo’lib qoladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda ma’nviy–ahloqiy sifatlarni shakllantirishda musiqa mashg‘ulotlarining o‘rni muhum ahamiyat kasb etadi. Musiqa san’ati yosh avlodning kamol topishida kuchliy ta’sirga ega ekanligi sir emas. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-sonli “Bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyati yanada takomillashtirish bo‘yicha 2016-2020yillarga mo‘ljallangan Davlat dasturi to‘g‘risidagi Qarori qabul qilindi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5099-sonli Farmoni musiqa faoliyatiga oid mashg‘ulotlari texnologik yondashuvlar asosida tashkil qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-marifiy sohalardagi yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Ushbu tashabbusning birinchisi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishiga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qilishi ko‘rstib o‘tilgan edi. Bu tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha bolalar va musiqa-san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, bolalar ansambillarini tashkil etish belgilangan. Bugungi kuning asosiy vazifalaridan birini maktabgacha yoshdagi sog‘lom bolalar bilan bir qatorda maxsus ehtiyojli bolalarni ham musiqa vositasida tarbiyalash, ma’naviyahloqiy sifatlarini shakllantirish dolzarb mavzulardan biridir. Inklyuziv guruhdagi bolalarda ahloqiy sifatlarini shakllantirish masalalari maxsus pedagogika bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1007 olib borgan olimlar P.Po‘latov, L.Mo‘minova , K.Mametov , I.Dadaxo‘jayevalarning tadqiqot ishlarida o‘z aksini topgan. Jumladan, P.Po‘latov “Maxsus pedagogika” darsligida maxsus ehtiyojli bolalarni ahloqiy tarbiyalash uchun quydagi tamoyillariga rioya qilish alohida ahamiyatga ega ekanini ta’kidlaydi: -ma’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli umumiy va individual xusisiyatlarni aniqlash uchun ularni atroflicha o‘rganish. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni tahlil qilish; -nuqsonli bolalarga nisbatan saqlangan kuchliy imkoniyatlarni to’g’irlash va shunga tayangan holda ish olib borish; -pedagogik jarayonning bolalardagi nuqsonlarini to’g’irlash va ularning o’rnini to’ldirishga qaratiladi; -turli toifa nuqsoni bor bolalarga alohida –alohida munosabatda bo‘lish, ayrim bolalarga individual yondashuvlar. O‘qituvchi va o‘quvchining maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida bo‘lishi lozim, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabaning bilim saviyasi, guruh xarakteri inobatga olingan holda texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo‘lar, bu o‘qituvchi va talabaning ehtiyojiga bog‘liq. Zamonaviy innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etishda ko‘p faktorlar salbiy ta‘sir etadi, ularga: 1. Ta’lim muassasalarining kompyuter va elektron vositalar bilan ta‘minlanganlik darajasining yetarli emasligi; 2. Ta’lim muassasalarining internet va boshqa axborot tarmoqlariga yetarlicha ulanmaganligi; 3. O‘quvchilarning zamonaviy kompyuter texnikasi bo‘yicha malakasining yetishmasligi; 4. Ta’lim muassasalari rahbariyatining ta’limning bu sohasiga jiddiy e’tibor bermasliklari va h.k. Ta’limda yo’l qo‘yilayotgan bunday kamchiliklarni bartaraf etish omillari quyidagicha; - yangi innovatsion texnologiyalarni o‘rganishi uchun o‘qituvchilarni qayta tayyorlashni tashkil etish; - multimedia o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqqan o‘qituvchilarni rag‘batlantirish; - internet va boshqa elektron o'quv vositalari bo'yicha akademik soatlar miqdorini ko'paytirish; - tahsil oluvchilar bilan zamonaviy axborot texnologiyalari haqida koʻproq ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish; Bundan ko‘zlangan maqsad: kompyuterdan foydalanib, o‘qituvchilarning bilim ko‘nikmalarini oshirish, mavzu mohiyatini aniq ijro etishiga yordam berish, sof kuylashga o‘rgatish, musiqaga boʻlgan qiziqishini oshirish, musiqa ta’limini texnik ta’lim bilan bir-biriga bog‘lashlikdan iboratdur.. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz .-T.:O‘zbekiston , 2016. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1008 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi "Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash choratadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5099-sonli Farmoni. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017, 27-son, 607-modda. 3. Karimov I.A .Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008, -176 b. 4. Sharipova G. Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi. -T.: Cho’lpon, 2007 5. Mahkamova Sh.R. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni musiqiy tarbiyalash va ta’lim berish. Scientific progress, 2021. Special Issue 5, pp.224-228 5. Mahkamova Sh.R .Таълим жараёнида ўқувчи ва талабалар билимини баҳолаш усуллари ва методикаси. Экономика и социум 2021. 1-11 №11(90) 2021 Mahkamova Sh.R . Musiqa vositasi yordamida o‘quvchilarnining ahloqiy fazilatlarini shakllantirish. Galaxy InternationalIinterdisciplinary Research Journal Vol. 10, Issue 10, oct. (2022) pp. 556-559.