scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"BOSHLANG'ICH VA O'RTA SINFLARDA MUSIQA TA'LIMI METODIKASI VA UZVIYLIGI"

Maxkamova Shoxida Rahmatullayevna, Jo'rayeva Riya Suraj qizi

Abstract

Ushbu maqolada boshlang’ich va o’rta sinf o’quvchilariga musiqa fanini o’qitishda qo’llaniladigan metodlar, ularning o’zaro uzviyligi, ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshirish yo’llari yoritilgan. Shuningdek, o’quvchilarning musiqiy eshitish, ritm va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnalogiyalarni musiqa darslariga tatbiq etishning afzalliklari.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1013 “BOSHLANG’ICH VA O’RTA SINFLARDA MUSIQA TA’LIMI METODIKASI VA UZVIYLIGI” 1Maxkamova Shoxida Rahmatullayevna, 2Jo’rayeva Riya Suraj qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San'atshunoslik fakulteti” Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik fakulteti” Musiqa ta’limi kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17445884 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang’ich va o’rta sinf o’quvchilariga musiqa fanini o’qitishda qo’llaniladigan metodlar, ularning o’zaro uzviyligi, ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyatining samaradorligini oshirish yo’llari yoritilgan. Shuningdek, o’quvchilarning musiqiy eshitish, ritm va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda zamonaviy pedagogik yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy texnalogiyalarni musiqa darslariga tatbiq etishning afzalliklari. Kalit so’zlar: musiqa metodikasi, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, musiqiy tarbiya, ritm, qo’shiq, estetik did, ijodkorlik, dars shakllari, milliy qadriyat, integratsiya. Аннотатция. В данной статье рассматриваются методические основы преподования музыки в начальныч и средных классах, а также их взаимосвязь и влияние на развитие музыкальных спасобностей учащихся. Особое внимание уделено применению современных педогогических технологий в процессе обучения музыке. Ключевые слова: музыкальное образование, методика, начальные классы, средние классы, творчество, ритм, национальные ценности, интеграция эстетическое воспитание. Annotation. This article discusses the methodological foundations of teaching music in primary and seconary schools, emphasizing their continuity and the development of students’ musical abilities. The advanteges of integrating modern pedagogical technologies into music education are also highlighted Keywords: music education, methodology, primary school, secondary school, creativity, rhythm, national values, integration, aesthetic education. Bugungi kunda ta’lim tizimida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk, barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida musiqa ta’limi alohida o‘rin tutadi. Musiqa inson ruhiyatiga bevosita ta’sir etuvchi, uning hissiy dunyosini boyituvchi, estetik zavq bag‘ishlovchi eng muhim san’at turlaridan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich va o‘rta sinflarda musiqa darslari orqali o‘quvchilarda ijodkorlik, estetik did, milliy qadriyatlarga hurmat, jamoada ishlash madaniyati va ijobiy hissiyotlar shakllanadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, fanlarni zamonaviy metodikalar asosida o‘qitish, ayniqsa san’at yo‘nalishidagi fanlarni rivojlantirish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu jarayonda musiqa ta’limining o‘rni yanada mustahkamlanib, o‘qituvchilardan innovatsion yondashuv, pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llash va musiqa orqali tarbiyaviy maqsadlarga erishish talab etilmoqda. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1014 Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun musiqa – bu nafaqat qo‘shiq yoki ritm, balki histuyg‘ularni ifoda etish, atrof-muhitni badiiy idrok etish vositasidir. Shu sababli o‘qituvchi o‘quvchining yosh xususiyatiga mos, oson, ammo qiziqarli metodlardan foydalanishi lozim. O‘rta sinflarda esa musiqa darslari yanada chuqurlashadi: o‘quvchilar musiqiy janrlarni, kompozitorlar ijodini, milliy va jahon madaniyati namunalarini tahlil qila oladilar. Shuningdek, bugungi raqamli davrda musiqa darslarini tashkil etishda axborot texnologiyalaridan foydalanish, audio-video materiallar, interaktiv platformalar, musiqiy dasturlar va multimediali vositalardan keng foydalanish samaradorlikni oshiradi. Bu o‘quvchilarda nafaqat musiqani o‘rganish, balki uni his qilish, ijro etish va badiiy baholash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Musiqa ta’limi metodikasining asosiy maqsadi – o‘quvchilarga nafaqat musiqa haqidagi bilimlarni berish, balki ularda musiqiy tafakkur, estetik zavq, milliy o‘zlik va ijodkorlik ruhini shakllantirishdir. Shuning uchun ham boshlang‘ich va o‘rta ta’lim bosqichlari o‘rtasidagi metodik uzviylik ta’lim sifatining asosiy garovi hisoblanadi. Bu uzviylik o‘qituvchidan puxta tayyorgarlik, individual yondashuv va didaktik mahoratni talab qiladi. Demak, musiqa ta’limini samarali tashkil etish, uning metodikasini to‘g‘ri tanlash va bosqichlararo uzviylikni ta’minlash o‘quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashi, ijodiy fikrlashi va musiqiy qobiliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega Boshlang‘ich sinflarda musiqa o‘qitish metodikasi va ilmiy asoslari Boshlang‘ich sinf — o‘quvchining musiqiy idrok, ritm sezgisi va emotsional histuyg‘ulari shakllana boshlaydigan eng muhim bosqichdir. Shu sababli musiqa darslarida o‘qituvchi o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, soddadan murakkabga, oddiydan umumlashmaga tamoyili asosida yondashishi lozim.Pedagogika fanining asosiy qonuniyatlariga ko‘ra, bu yoshda o‘quvchi musiqani tinglab, kuzatib, takrorlab o‘rganadi (L.S. Vygotskiy, B.M. Teplov). Unga shunchaki nazariy bilim emas, balki hissiy tajriba kerak. Shu bois musiqa darslarida ko‘rsatma, takrorlash, harakat bilan ifoda etish asosiy metodlar sifatida qo‘llaniladi. Boshlang’ich sinf musiqa darslarida qo’llaniladigan metodlar: METOD NOMI MAZMUNI QO’LLANISH SHAKLI Ko’rgazmali metod O’quvchi musiqani eshitish, asbobni ko’rish orqali idrok etadi. Audio yozuv, video, surat, cholg’u asboblari namoyishi. Amaliy metod O’quvchi faol ishtirokchi sifatida kuylaydi, ritmni his qiladi. Kuylash, chapak, raqs, o’yin orqali o’rganish. O’yinli metod Dars jarayonini qiziqarli tashkil etadi. “Musiqani top”, “ritmni davom ettir”kabi musiqiy o’yinlar. Tinglash va tahlil metodi Musiqa asarlarini tinglab, kayfiyatini tahlil qilish. “bu kuy qanday kayfiyatda?” topshirig’i. Ijodiy topshiriqlar metodi O’quvchi musiqiy ifoda yoki so’z orqali o’z his-tuyg’usini ifoda etadi. Qo’shiq so’zini o’ylab topish,yangi ritm yaratish. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1015 O‘qituvchi musiqa darsida interfaol metodlar – “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Tushunchalar xaritasi”, “Rol o‘ynash” kabi usullarni qo‘llasa, darsning samaradorligi oshadi. Shu bilan birga, o‘quvchilarni milliy musiqaga jalb qilish, ya’ni o‘zbek xalq kuylarini tinglash, o‘rganish, ijro etish orqali madaniy merosga hurmat shakllantiriladi. Musiqa darslarida Davlat ta’lim standarti (DTS) va Musiqa fanining o‘quv dasturi asosida har bir sinf uchun aniq maqsad, natija va baholash mezonlari belgilanadi. Boshlang‘ich bosqichda bu mezonlar ko‘proq emotsional ifoda, ishtirok faolligi va ijro aniqligi orqali baholanadi. O‘rta sinflarda musiqa ta’limining metodik va nazariy asoslari O‘rta sinf bosqichida musiqa ta’limining mazmuni chuqurlashadi. Bu bosqichda o‘quvchilar musiqaning nazariy asoslari, janrlari, kompozitorlik uslublari bilan tanishadi. Ular asarlarni nafaqat tinglaydi, balki tahlil qiladi, taqqoslaydi va baholaydi. Bu jarayon musiqiy tafakkurni rivojlantirish, analitik fikrlash, va estetik qadriyatlarni shakllantirish bilan uzviy bog‘liqdir. Musiqa o‘qituvchisi darsni faqat tinglash bilan cheklamay, musiqa san’atining ijtimoiy, madaniy va tarbiyaviy ahamiyatini ochib berishi zarur. O‘rta sinflarda qo‘llaniladigan metodlar: • Tahliliy-tushuntiruv metodi – asar tuzilmasi, ohang, ritm, ifoda vositalarini tahlil qilish. • Ijodiy-metodik yondashuv – o‘quvchilarga qo‘shiq yaratish, musiqiy ifoda orqali g‘oyani ifodalash topshiriqlari. • Loyihaviy metod (project-based learning) – “Mening sevimli kompozitorim”, “O‘zbek xalq cholg‘ulari” kabi mavzularda kichik tadqiqot loyihalarini bajarish. • Integrativ metod – musiqani adabiyot, san’at, tarix bilan bog‘lab o‘qitish (masalan, “Navoiy g‘azallaridagi musiqiy ohang”). • Axborot texnologiyalaridan foydalanish – interaktiv taqdimotlar, audio-tahlil, musiqiy dasturlar yordamida darsni jonlantirish. O‘rta sinflarda dars jarayoni faol o‘quvchi ishtiroki, mustaqil fikrlash va ijodkorlikka asoslanadi. O‘qituvchi endi rahbar emas, balki yo‘naltiruvchi va hamkor rolida bo‘ladi. Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim o‘rtasidagi uzviylik hamda innovatsion yondashuvlar. Musiqa ta’limida boshlang‘ich va o‘rta sinflar o‘rtasidagi uzviylik — bu o‘quvchining musiqiy rivojlanishini bosqichma-bosqich va mantiqan to‘g‘ri yo‘naltirishni anglatadi. Ushbu uzviylik o‘quvchining bilimi, ko‘nikmasi va estetik didi izchil shaklda rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchi musiqani his qiladi, eshitadi va ifoda etishni o‘rganadi, o‘rta sinfda esa shu malakalarga tayanib musiqani tahlil qiladi, baholaydi hamda ijodiy yondashadi. O‘qituvchi uchun bu jarayonda eng muhim narsa — pedagogik davomiylikni ta’minlashdir. Boshlang‘ich sinfdagi musiqiy faoliyat (tinglash, kuylash, harakat, ritm) o‘rta bosqichda murakkabroq shaklga, ya’ni nazariy tahlil, asar ifodasi va ijodkorlik faoliyatiga aylanishi kerak. Shu sababli, dasturlar, o‘quv materiallari va baholash mezonlari ham bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Masalan, 2–3-sinflarda o‘quvchi “tez va sekin kuylar”ni farqlashni o‘rganadi, 6–7-sinflarda esa bu bilim asosida “temp”, “dinamika” va “ohang kontrasti” tushunchalarini amaliy tarzda qo‘llay oladi. Shu bilan musiqa nafaqat tinglash jarayoni, balki anglash, tahlil qilish va ijod etish faoliyatiga aylanadi.Uzviylikni ta’minlashda integrativ yondashuv ham muhim rol INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1016 o‘ynaydi. Musiqa darslarini adabiyot, tarix, san’at yoki texnologiya fanlari bilan bog‘lab o‘qitish o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiradi. Masalan, o‘rta sinfda o‘quvchilar “Bahor” mavzusida musiqa asarini tinglab, shu mavzuda she’r yozish yoki rasm chizish orqali fanlararo bog‘lanishni his qiladilar. Bu usul musiqani faqat eshitiladigan san’at emas, balki ko‘p qirrali estetik hodisa sifatida anglashga yordam beradi. Bugungi kunda uzviylikni ta’minlashda innovatsion texnologiyalarning o‘rni ham katta. Dars jarayoniga multimedia vositalarini, interaktiv dasturlarni, musiqiy simulyatorlar va elektron cholg‘ularni jalb qilish o‘quvchilarni faol ishtirokchi qiladi. Masalan, “Chrome Music Lab”, “Musicca”, yoki “GarageBand” dasturlari yordamida o‘quvchilar o‘z kuylarini yaratib, ritm va ohangni tajribaviy yo‘l bilan o‘rganishlari mumkin. Bu esa nafaqat bilimni mustahkamlaydi, balki ijodiy fikrlash va o‘zini ifoda etish qobiliyatini kuchaytiradi.Boshlang‘ich va o‘rta ta’lim o‘rtasidagi uzviylik, shuningdek, o‘qituvchilar o‘rtasidagi metodik hamkorlik orqali ham mustahkamlanadi. Boshlang‘ich sinf musiqa o‘qituvchisi o‘quvchilarning musiqiy tayyorgarligi haqida o‘rta sinf o‘qituvchisiga ma’lumot berib borishi, dars tahlili va metodik yig‘ilishlarda tajriba almashishi muhimdir. Bu jarayon musiqiy ta’limda davomiylik, izchillik va psixologik moslikni ta’minlaydi. Shuningdek, baholash tizimini ham uzviylik tamoyiliga moslashtirish lozim. Boshlang‘ich sinfda o‘quvchining faol ishtiroki, eshitish va ritm sezgisi baholansa, o‘rta sinfda bu baholashga ijodiylik, tahlil, musiqiy ifoda va mustaqil fikr kiritiladi. Natijada o‘quvchi o‘zining o‘sish bosqichini sezadi va bu unga motivatsiya beradi. Boshlang‘ich va o‘rta sinflarda musiqa ta’limining uzviyligi — bu o‘quvchilarning musiqiy dunyoqarashi, estetik didi va ijodkorlik qobiliyatini izchil shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Musiqa — o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptiruvchi fan bo‘lib, u orqali bola o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi, milliy qadriyatlarni anglaydi va san’atni sevishni o‘rganadi.Boshlang‘ich ta’limda musiqaga qiziqish uyg‘otish, ritmni his etish, ohangni anglash kabi dastlabki ko‘nikmalar shakllansa, o‘rta sinfda bu ko‘nikmalar tahlil qilish, ijodiy fikrlash va asarlarni baholash darajasiga ko‘tariladi. Shu tarzda o‘quvchi musiqani faqat tinglovchi emas, balki faol ijrochiga va tahlilchi shaxsga aylanadi. Musiqa o‘qituvchisi bu jarayonda asosiy rahbar bo‘lib, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, hamda milliy musiqiy merosdan samarali foydalanishi kerak. Integrativ va innovatsion yondashuvlar (masalan, fanlararo bog‘lanish, multimedia vositalari, ijodiy loyihalar) musiqa darslarini jonlantiradi, o‘quvchilarda ijodiy tafakkur va estetik didni kuchaytiradi.Shuningdek, uzviylikni ta’minlashda o‘qituvchilar o‘rtasidagi metodik hamkorlik, yagona dasturiy tizim, va baholash mezonlarining izchilligi muhim ahamiyatga ega. Bu tamoyillarni hayotga tatbiq etish orqali ta’lim tizimi musiqiy madaniyatni shakllantirishda yanada samarali natijalarga erishadi. Xulosa qilib aytganda, musiqa ta’limida uzviylik — bu nafaqat metodik zarurat, balki musiqa san’atining tarbiyaviy kuchini to‘liq namoyon etuvchi pedagogik jarayondir. U o‘quvchini nafaqat bilimli, balki badiiy didga ega, milliy qadriyatlarni qadrlaydigan ijodkor shaxs sifatida voyaga yetkazadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori. “Umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati fanini o‘qitish to‘g‘risida”. – Toshkent, 2022. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1017 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. Musiqa fani o‘quv dasturi (1–9-sinflar uchun). – Toshkent, 2023. 3. Teplov, B.M. Psixologiya musiqalnыx sposobnostey. – Moskva: Prosveshcheniye, 1985. 4. Kabalevskiy, D.B. Muzyka i vospitaniye. – Moskva: Prosveshcheniye, 1988. 5. Vygotskiy, L.S. Psixologiya iskusstva. – Moskva, 1999. 6. Piaget, J. Child and Reality: Problems of Genetic Psychology. – New York, 1973. 7. Rogers, C. Freedom to Learn. – Columbus: Merrill Publishing, 1983. 8. Yusupova, D. Musiqa darslarida innovatsion metodlardan foydalanish. – Toshkent: TDPU nashriyoti, 2021. 9. Kamalova, N. Bolalar uchun musiqiy o‘yinlar to‘plami. – Toshkent, 2020. 10. Jo‘raeva, M. Boshlang‘ich sinfda musiqa ta’limining zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent, 2024.