scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHMUD QOSHG'ARIYNING ,,DEVONU LUG'ATIT TURK" ASARINING LINGVISTIK JIHATLARI VA ASARNING O'RGANILISHI

Mirzayeva, Ma'mura

Abstract

Maqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk “ asari, uning yaratilish tarixi va uning o‘rganilishi haqida yozilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslikka oid qarashlari haqida ham ayrim ilmiy yondashuvlar tasvirlangan.

Full text

INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 244 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us MAHMUD QOSHG‘ARIYNING ,,DEVONU LUG‘ATIT TURK” ASARINING LINGVISTIK JIHATLARI VA ASARNING O‘RGANILISHI Mirzayeva Ma’mura Erkin qizi (SamDU magistranti) Annotatsiya. Maqolada XI asrning til olimi Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk “ asari, uning yaratilish tarixi va uning o‘rganilishi haqida yozilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslikka oid qarashlari haqida ham ayrim ilmiy yondashuvlar tasvirlangan. Kalit so‘zlar: qiyosiy fonetika, lingvogeografiya, lug‘at, lingvistika. Tilmillatning ma’naviy boyligidir. Til nafaqat muomala vositasi, balki xalqning madaniyati, urfodati, uning turmush tarzi, tarixidir. Shu boisdan insoniyat paydo bo‘libdiki til insonlar bilan yonma yon yashab, insonlar tomonidan o‘rganilib unga oid ilmiy asarlar, turli xil nazariyalar bundan tashqari tilning yangidan yangi sohalari paydo bo‘lib kelmoqda. Qadim zamonlardan beri bizning yurtimiz buyuk alloma va olimlar beshigi hisoblanadi. Qaysi bir sohaga nazar tashlasak, o‘sha fanda katta yangiliklar yaratishgan va qaysidir fan asoschilaridir. Shu jumladan tilshunoslik sohasida ham bir qancha asarlar yozilib, ilmiy izlanishlar olib borgan va ushbu izlanishlar natijasida bir qancha tilshunoslikning yangi sohalarni yaratishgan. Shu o‘rinda Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk” asari tilshunoslik sohasida o‘ziga xos ahamiyatga egadir. Bizgacha yetib kelgan qadimgi yozma obidalardan lingvistik jihatdan eng ahamiyatlisi Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk” asaridir. XI asrda yashab ijod qilgan tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariyning tilshunoslikka oid ,,Devonu lug‘atit turk” asari O‘rta Osiyo xalqlarining tili tarixini o‘rganish uchun eng muhim manbadir. Bu asar XI asrning 70yillarida yozilgan bo‘lsada, XX asrning boshlarida tarjima qilinib, bu asar ustida ko‘plab jahon va turkiy olimlar tomonidan tarjima qilingan va ilmiy izlanishlar olib borilgan. ,,Devonu lug‘atit turk” asarida turkiy tillar leksikasiga oid 7500 dan ziyod so‘z izohlanganli va boshqa manbalarda esa 9000 so‘z deb berilgan. Bu asar nafaqat o‘sha davr tilidagi lug‘at sifatida, balki shu bilan birga O‘rta Osiyo doirasidagi, ya’ni yuqori Chindan boshlab butun Movarounnahr, Xorazm, Farg‘ona, Buxoroga qadar cho‘zilgan keng va katta hududlarda yashagan urug‘lar, qabilalar, xalqlarni va ular tillarini va u davr tilining fonetikasi, morfologiyasi, leksikasi haqida to‘liq ma’lumot beruvchi va shu davr tilidagi har xil adabiy janrlardan namunalar beruvchi nodir filologik asardir. Mahmud Qoshg‘ariy ,,Devon “ ni tuzishdan oldin lingvistik, tarixiy va etnografik materiallarni yig‘ish bo‘yicha ko‘plab qabila va xalqlarni kezganligi va yillik ilmiy izlanishlar amalga oshirgani haqida olim quydagi so‘zlarni aytib o‘tadi: ,,Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar va qig‘iz shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillab kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib , aniqlab chiqdim. …Men tilda ularning (qoroxoniy yoxud xoqoniy turklarning) eng yetuklaridan, eng katta mutaxasislaridan, xushfahmlaridan, eski qabilaridan, jang ishlarida usta nayzador edim. Ularga shuncha diqqat qildimki, turklar, turkmanalar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, va qirg‘iz qabilalarining tillari butunlay dilmiga jo bo‘ldi. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim. Bu asar abadiy yodgorlik bo‘lsin deb… bu kitobni tuzdim. Kitob INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 245 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us ,,Devonu lug‘atit turk” deb ataldi…Men bu kitobni … hikmatli so‘zlar, sajlar, maqollar, qo‘shiqlar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim” 1 – deydi tilshunos olim. Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk “ asari tilshunoslikning juda ko‘p sohalarini qamrab olgan, xususan, bu asar ustida bir necha yil mashaqqat bilan ishlab turkiy tilshunoslikning tarixiy gramatikasi hamda qomusiy xarakterdagi yetuk bir asarni dunyoga keltirishga sabab bo‘ladi. Mahmud Qoshg‘ariy ushbu asari orqali tilshunoslikning tarixiy – qiyosiy fonetika, fonologiya, leksikologiya, leksikografiya, lingvogeografiya sohalarida diqqatga sazovor ishlarni amalga oshirgan. Bundan tashqari olim sarf va nahf ilmining asoschisi hamdir. Asarda turkiy tillar ilk bor arab tili metodologiyasi doirasida bayon qilingan . Shu bilan birgalikda Qoshg‘ariy turkiyshunoslikda ilk bor imlo talaffuzidagi tovushlarni ifodalashdan arab yozuvi asosidagi alifbo turkiy til uchun ojiz ekanini ochib berdi va o‘z davrida birinchi bo‘lib yozuvdagi kamchilikni to‘ldirish maqsadida ayrim harflarni belgilaydi. Bundan tashqari Mahmud Qoshg‘ariy turkiy til arab tilidan hech bir tomoni bilan qolishmasligi ayon bo‘lishi uchun Halil ibn Ahmadning ,,Kitobul ayn “ asarida tutgan tartibini qo‘llash, istemoldan chiqqan so‘zlarni ham keltirib o‘tish fikri tug‘ilganligini aytib o‘tadi. Mahmud Qoshg‘ariy ,,Devoni lug‘atit turk” asrida turkiy tillarni ikkiga ajratib chiqqan. Birinchisi, barcha turkiy qavmlar uchun tushunarli bo‘lgan, rasmiy ishlarda va yozma adabiyotlarda qo‘llanuvchi, o‘tmish va ana’nalarni saqlab qolayotgan yozma-adaboy til, buni mualllif ,,turkcha”, ,, xoqoniya til “ deb aytadi. Ikkinchisi turli turkiy shevalardan iborat. Bu asar o‘tmishda ham, hozirda ham tadqiqotchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javob topib kelishgan va kelishmoqda. Masalan, bu asarni tadqiq qilgan o‘tmish olimlaridan biri Ali Amiriy quydagilarni aytib o‘tgan: ,,Bu kitobni qo‘lga olishim bilan o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim, bu kitob dunyoda qiyosi yo‘q, ham ma’lum bo’lmagan bir turk qomusi hamda grammatikasi edi. Arab tili uchun Sibavayxiyning kitobi qanday muhim bo‘lsa, bu ham turk tili uchun shunday ahamiyatlidir. Hozirga qadar turk tilida buning kabi kitob yozilgani yo‘q. Bu kitobning haqiqiy Bahosini aniqlamoqchi bo‘lsangiz, jahonning xazinalari bunga teng kelolmas. Xususan, ushbu qomus yangi davr olimlari tomonidan qizg‘in tadqiq etilib, uning ilmiy qimmati haqida ko‘plab fikrlar bayon etilgan. Masalan, bular orasida mashhur sharqshunos olim P.K.Juzenning ,,Devonu lug‘atit turk” asari haqidagi quydagi fikrlar xarakterlidir: ,,Mahmudnning bu tekshirishlari keng va chuqurki, hatto bu asar XIX asarda yozilganda ham unga shon-sharaf bo‘lardi. Mahmud Qoshg‘ariyning devoni singari asar fan olamida keying asrlarda ham yaratilgan emas. Uning asari bamisoli turkiy qomusdir”. 2 Haqiqatdan ham, bu asar necha yillar o‘tsa ham o‘zining bebaholigini yo‘qotmaydi. ,,Devonu lug‘atit turk” asarini o‘zbek tiliga 1960-yilda S.Mutallibov tomonidan uzoq yillik mehnat samarasida tarjima qilingan bo‘lib, Olimning Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilinganligi o‘zbek tilshunosligida juda katta ahamiyatga egadir. ,,Devonu lug‘atit turk” asarining tarjimasi katta hajmlik uch tomdan iborat. Muallif ushbu asar haqida quydagi fikrlarni aytib o‘tgan: ,,Bizgacha devonning birgina qo‘lyozmasi yetib kelgan. Qo‘lyozma Istanbulda saqlanadi. Qo‘lyozma haqida bugingacha deyarlik to‘liq ma’lumot berilmagan. Shuning uchun biz qo‘lyozma haqida biron fikr aytolmaymiz…..Bu asarni bostirish qanchalik muhim bo‘lsa, bu ishda 1 Маҳмуд Кошғарий. Девону луғатит турк. – Тошкент: Фан, 1960.- I т. 2 Худойбердиев Ж. Маҳмуд Қошғарий ҳаёти ва <<Девону луғатит турк>> асарининг ўрганилиши. – Тошкент: Фан, 2010. INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE Volume 02, Issue 10, 2025 246 INTERNATIONAL CONFERENCE ON INTERDISCIPLINARY SCIENCE universalconference.us yagona nusxaning bugun xususiyatlarini to‘la berish, zarur o‘rinlarini izohlash va nihoyat ehtiyotkorlik bilan ish olib boorish shuncha muhim va zarur edi. Lekin bosma nusxada bu asosiy qoida unitilgan. Biz o‘z tarjimamizni Basim Atalay nusxasiga solishtirib katta foyda oldik”. 3 Bundan ko‘rinadiki, asarning qo‘lyozma ya’ni asl nusxasi haqida yetarlicha ma’lumotlar mavjud emas. Asarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan olim ham u haqida to‘liq ma’lumot berolmaydi. Bu asar ustida S. Mutallibov bir qancha ilmiy izlanishlar olib borgan va bu asarni o‘rganib bir qancha ilmiy kitoblar ham yozib qoldirgan. Xulosa qilib shuni aytib o‘tishimiz kerakki, Mahmud Qoshg‘ariyning ,,Devonu lug‘atit turk “ asari XI asr turkiy tillarning lingvistikasi haqida to‘laqonli ma’lumot beruvchi nodir qomusiy asardir. Ushbu asarda turkiy tillarning qiyosiy fonetikasi, qiyosiy fonologiyasi, qiyosiy leksikologiyasi, so‘z yasalishi va qiyosiy morfologiya haqida ham batafsil ma’lumot berilgan. Shu qatori Mahmud Qoshg‘ariy lug‘at tuzishning namunali mezonini yarata olgan, qiyosiy tilshunoslik, dialektologiya, lingvogeografiya, kabi tilshunoslik yo‘nalishining asoschisi bo‘lgan tilshunos olimdir.Uning asari ya’ni ,,Devonu lug‘atit turk” asari faqatgina lug‘at bo‘lib qolmay, balki faning boshqa sohalarini ya’ni tilshunoslikdan boshqa fanlarni rivojlanishi uchun ham katta hissa qo‘shadi va bularga: tarix, geografiya, tibbiyot kabi fanlarni aytishimiz mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Маҳмуд Қошғарий. Девону луғатит турк. Уч томлик. I том.-Т.: Фан,1960. 2.Худойбердиев Ж. Маҳмуд Қошғарий ҳаёти ва << Девону луғатит турк>> асарининг ўрганилиши. Т.:. Фан, 2010. 3.Муталлибов С. Морфология ва лексика тарихидан қисқа очерк. Т.: Фан, 1959. 4.Маҳмуд Қошғарий. Девону луғатит турк. Индекс. Т.: Фан, 2017. 3 Маҳмуд Қошғарий. Девону луғатит турк. -Тошкент: Фан, 1960I т.