UMUMIY O'RTA TA`LIM MAKTABLARINING MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Abstract
Ushbu maqolada an`anaviy o`tiladigan musiqa darslaridan zamon talablariga mos keladigan hamda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish haqida fikr yuritiladi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1054 UMUMIY O‘RTA TA`LIM MAKTABLARINING MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Naimov Muzaffar O`rinovich Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17445964 Annotatsiya. Ushbu maqolada an`anaviy o`tiladigan musiqa darslaridan zamon talablariga mos keladigan hamda pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda darslarni tashkil etish haqida fikr yuritiladi. Kalit so`zlar: An`anaviy, texnologiya, uslub, noan`anaviy, usul, klaster, mahorat, tafovut, qobiliyat, faoliyat, raqobatbardosh. Аннотация. В данной статье рассматривается идея организации уроков с использованием педагогических технологий в соответствии с требованиями времени и с использованием традиционных уроков музыки. Ключевые слова: Традиционный, технология, стиль, нетрадиционный, метод, кластер, навык, отличие, способность, активность, соревновательный Abstract: This article discusses the idea of organizing lessons using pedagogical technologies in accordance with the requirements of the time and using traditional music lessons. Keywords. Traditional, technology, style, unconventional, method, cluster, skill, difference, ability, activity, competitive Shiddat bilan o‘tib borayotgan hozirgi davrda barcha soha vakillari barobarida, o‘qituvchilar zimmasiga ham yuksak ma`suliyat yuklanmoqda. Musiqa madaniyati darslarini an`anaviy tarzda o‘tishdan voz kechib hozirgi zamonga mos ravishda, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish davri kelganligini barcha o‘qituvchilar his qilishlari lozim. Chunki, o‘qituvchi barcha bo‘layotgan yangiliklarni o‘z kasbi bilan taqqoslagan holda yangilab borishi lozim. Buning uchun o‘qituvchilardan bilim, malaka, tajriba va mahorat talab etilmoqda. Hozirgi paytda an`anaviy ta`lim bo‘yicha katta tajriba to‘plangan va an`anaviy ta`lim uslubini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etmoqda. Lekin uning obektiv imkoniyatlari cheklangan. Amalga oshirilayotgan ta`lim sohasidagi islohotlar, tez sur`atda rivojlanayotgan fan-texnika talablari ta`lim usuli bilan jamiyatning raqobatbardosh yuqori malakali kadrlar tayorlashga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida tafovutni vujudga keltirdi. Uni ta`limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim. [1](13-15 b.) Sir emas an`anaviy o`tiladigan dars jarayonida ko`proq mas`uliyat, e`tibor o`qituvchi tomonida bo`ladi. Chunki tinglovchi o`quvchilar tomonidan faollik susayadi ya`ni bular ikkinchi planga tushib qoladi. Mana shu jarayonda fan o`qituvchisi birinchi planda bo`ladi. O‘qituvchining pedagogik mahorati-o‘quv jarayonining barcha shakllarini enq qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamolati maqsadlari tomon yo‘naltirish,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1055 o‘quvchilarda dunyoqarash qobiliyatini shakllantirish, jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg`otish asosiy vazifalardan hisoblanadi. [2]( 12.10 b) ’’Texnologiya’’ so‘zi va tushunchasi insoniyat, uning jamiyati hayotida texnik jihozlarning, narsa va predmetlarning yuzaga kelishi hamda takomillashuvi natijasida qadimgi yunonlarda paydo bo‘la boshlagan edi. Shu boisdan bu kategoriya grekcha “ techno’’ – “texnos” va “ logos” so‘z o‘zaklaridan kelib chiqqan bo‘lib, u “ Hunar fani” yoki “ Texnika fani” mazmunida talqin etiladi. [3] (6-b) Yana “ texnologiya” so‘zini yunoncha “ techne”-san`at va mahorat fani mazmunida ham ishlatiladi. Bu biror faoliyatni bajarish “ san`ati va mahorati” mazmunini anglatadi. [4] (7b) Noan`anaviy usullardan foydalanishda “Aqliy hujum”, “Musiqani top”, “Xotira charxi”, “Bumerang”, “Klaster”, “Keys-stadi”, “Brifing”, “Portfolio”, “Bir nuqta”, “Blis o`yini”, “Ven diagrammasi”, “Zanjir”, “Muzyorar”,”BBB”, ,”Svot-tahlil”, “Baliq skeleti” va boshqa texnologiyalari yaxshi natija bermoqda. Bu texnologiyalar o`quvchilarni dars jarayonida faolligini oshirib ko`proq mustaqil fikrlashga undaydi. Yoqirida keltirilgan texnologiyalardan biri –“klaster” texnologiyasiga to`xtalamiz. Klaster metodi - pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo`lib,u ta`lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu)lar yuzasidan erkin, ochiq o`ylash va fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g`oyalar o`rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Klaster metodi aniq ob`ektga yo`naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog`liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayan mavzuning ta`lim oluvchilar tomonidan chuqur holda puxta o`zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo`lishini ta`minlashga xizmat qiladi. [5] Musiqa madaniyati dars jarayonida klaster texnologiyasini kompozitorlar mavzusiga bog`lagan holda yoritishga harakat qilamiz:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1056 Yuqorida keltirilgan barcha fikr va mulohazalarning maqsadi ta`lim sifatini, samaradorligini oshirish, isloh qilish, rivojlantirish, yuqori bosqichlarga olib chiqish hamda yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta`minlash, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari va samarali jihatlarini dars jarayonlarida ko`rsatishdan iboratdir. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Z.K.Ismailova va boshqalar. O‘qitishning zamonaviy texnologiyalari.T., 2010 (13-15 b.) 2. B.X.Madrimov.Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash. Buxoro, Durdona, 2020 (12b) 3. N.Saidaxmedov, A.Ochilov. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi.T. 1999,.... 4. B.N.Oripov,Tasviriy san`atni o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi,Tosh,ILM -ZIYO, 2013, (7-b) 5. Uz.wikipedia.org/wiki/. Klaster metodi. 6. D.A.Karimova.Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T.,Iqtisod..2008..... 7. O‘.Tolipov, M.Usmonova.Pedagogik texnologiyalarning tabiiy asoslari.T., 2006.. 8. B.Zuyomuhammedov.Pedagogik mahorat asoslari.T., Tib-kutubx.2009 9. J. Yo‘ldoshev, S.A. Usmonov.Pedagogik texnologiyalar asoslari.T.,O‘qituvchi,2004.. 10. Ishmuhamedov R, Abduqodirov A, Pardayev. Ta`limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent, Iste`dod,2008, -180b