ESHITISHI ZAIF BOLALARNING MUSIQIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Abstract
Ushu maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda musiqaning o‘rni haqida, bunday bolalarning musiqani qanday his qilishlari haqida, musiqa bilan uyg‘unlikda ishlash ularning sog‘ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aytib o‘tilgan. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning musiqani his qilishlari uchun qanday o‘yinlardan foydalanish mumkinligi haqida ham yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1064 ESHITISHI ZAIF BOLALARNING MUSIQIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI 1Syomkina Adiba Minggirovna, 2Raximova Mohinur 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi, 2“Musiqa ta’limi” kafedrasi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17445991 Annotatsiya. Ushu maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda musiqaning o‘rni haqida, bunday bolalarning musiqani qanday his qilishlari haqida, musiqa bilan uyg‘unlikda ishlash ularning sog‘ligiga qanday ta’sir qilishi haqida aytib o‘tilgan. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning musiqani his qilishlari uchun qanday o‘yinlardan foydalanish mumkinligi haqida ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: Temp, ritm, dinamika, xarakter, onomatopeya, korrektsion, estetik tarbiya. Аннотация: В статье рассказывается о воздействие музыки детям с нарушением слуха и как они чувствуют музыку и как работа с музыкой влияет на их здоровье. Также какие игры можно использовать для детей с нарушением слуха. Ключевые слова: Темп, ритм, динамика, характер, ономатопея, коррекция, эстетическое воспитание. Abstract. This article explores the impact of music on children with hearing impairments, examining how they experience music and how music engagement affects their well-being. The article also explores various games that can be used for children with hearing impairments. Keywords:Tempo,rhythm,dynamics,character,onomatopoeia,correction,aesthetic education. Ohirgi yillarda psixologik – pedagogik yordamga muxtoj farzandi bor oilalar soni ortib bormoqda. Ular orasida ko‘rish qobiliyati, eshitish qobiliyati, autizm shakllari va boshqa rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni kiritishimiz mumkin. Ohirgi yillarda rivojlanishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga erta yoshdan boshlab malakali psixologik-pedagogik yordam ko‘rsatish uchun kerak bo‘lgan tegishli tashkiliy ishlar amalga oshirishni talab etadi. Yangi sharoitlarda, amaliyotda, maxsus psixologiya va korrektsion pedagogikada, imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlashga yo‘naltirilgan sohalarda bunday bolalarning rivojlanishi uchun ta’sir ko‘rsatadigan barcha resurslarni ushbu yo‘nalishga jalb qilish imkoniyatlari aniqlanmoqda. Bunday bolalar bilan ishlashda, emotsional aloqa o‘rnatish va uning uchun mazmunan tushunarli bo‘lgan ta’lim shaklini tanlash, faollikni rag‘batlantirish muhim vazifalardan sanaladi. Maxsus tashkil etilgan musiqa mashg‘ulotlarini, rivojlanishida ko‘plab nuqsonlari bo‘lgan bolalarga samarali psixologik yordam vositasi deb hisoblash mumkin, chunki u mutaxassisga sensormotor, intellektual, emotsional qobiliyatlarni shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqgan holda bolalalik davrida har tomonlama rivojlanish poydevori qo‘yiladi, turli kasblarga qiziqishlari shakllanadi va eshitgan narsalarini tez, oson yod oladilar va ko‘p yillar davomida eslab qoladilar. Hozirgi kunda zamonaviy ta’lim tizimida imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z xususiyatlarini hisobga olgan holda musiqiy
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1065 mashg‘ulotlar va o‘yinlar yordamida o‘qitish, turli xil musiqiy ijro turlarini o‘rgatish, ta’lim va tarbiyaning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Musiqiy ta’lim tarbiyalanuvchilarga musiqani tinglashni, musiqaga mos harakatlarni bajarishni, ularni milliy madaniyat bilan tanishtirish, atrof-muhit haqidagi fikrlarni kengaytirish, shaxsni har tomonlama rivojlantirish uchun yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda eshitish qobiliyatida nuqsoni bor (eshitish qobiliyati zaif), bolalarda musiqa idrokini rivojlantirish elektromagnit maydonda ovoz kuchaytiruvchi asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Kattalarning ko‘magi yordamida bolalar musiqa tovushidagi o‘zgarishlarni, kuyning boshi va oxirini, tempini (tez, sekin), dinamikasini (baland, sekin), xarakteri (xotirjam, quvnoq, marsh tempida)ni farqlab oladilar va munosabat bildilar. Bolalar onomatopeya o‘yinlari (mushuk, kuchuk, ayiq va boshqa hayvonlar ovoziga taqlid qilish) yordamida turli balandlikdagi tovushlarni kuylashga harakat qiladilar va o‘zlashtiradilar, kattalar bilan qo‘shiq aytishda faol qatnasha boshlaydilar, qo‘shiq kuylaydilar. Korrektsion ishlar jarayonida bolalar musiqiy-ritmik harakatlarni bajarishda qiyinchiliklarni yengishadi: musiqiy vositalarni (temp, ritm, dinamika, xarakter) his qila boshlaydilar, harakatlar ko‘nikmalarini musiqaga mos (yurish, yugurish, sakrash, harakat qilish) bajarishni o‘rganadilar, o‘yinlarda obrazli harakatlarni bajaradilar ularni xarakterini, bo‘g‘inlardan tuzilgan ritmik va nutq mashqlari bilan uyg‘unlashtirishni boshlaydilar. Musiqiy harakatlarni rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar alohida bir bo‘lim sifatida ajralib turadi va bolalarda og‘zaki nutqni shakllantirish, xotira va tasavvurni rivojlantirish, kognitiv faollikni faollashtirish, axloqiy va estetik tarbiya, bolaning ma’naviy dunyosini boyitish va h.z. ga hizmat qiladi. Musiqiy mashqlarni bajarish jarayonida bolalar ruhiy stressdan halos bo‘ladilar va ma’naviy xordiq oladilar. Eshitish qobiliyati zaif bolalarning umumiy ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlari musiqiy ta’lim ishlari jarayonida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda umumta’lim maktablarida musiqa darslarida ko‘p xolatlarda, qo‘shiqlarni audio materiallar organilmoqda, cholg‘u musiqasi, kuyning uning shakl va mazmunini o‘rganish e'tibordan chetda qolmoqda. O‘quv malakalirini egallash maxsus vositalar va ma’lum bir maxsus metodlardan foydalanishni talab qiladi. Buning yordamida pedagogik jarayon korrektsion yo‘nalishga ega bo‘ladi. Eshitishda nuqsoni bor bolalarga musiqiy tarbiya huddi sog‘lom bolalar kabi ularning diqqatini jamlash, hissiy idrokni rivojlanishiga, musiqiy harakatni mustaqil muvofiqlashtirish qobiliyatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Musiqani idrok etishda zaif eshituvchi bolalarning maxsus, korrektsion ishlar bilan qoldiq eshitish qobiliyatini rivojlantirish va musiqaning tempini, ritmini, ovoz balandligini idrok etishni o‘rganadilar. Bu bolalarga nutqning ritmik – intonatsion tomonini o‘zlashtirishga yordam beradi. Eshitishi zaif bo‘lgan bolalar musiqani qayta – qayta tinglaganlarida musiqaga nisbatan o‘z munosabatlarini bildiradilar. Musiqiy janrlar bilan tanishadilar (marsh, raqs, qo‘shiq), cholg‘u ijrochiligi, vokal ijrochiligi (xor, solist, simfonik orkestr, cholg‘ular, mumtoz va xalqmusiqasi asarlari) tinglagan asarlarini nomini, bastakorlar ismi - familiyalarini, musiqa asboblari va ularning nomlari bilan tanisha boshlaydilar. Eshitishda nuqsoni bor bolalarda musiqiy mashg‘ulotlar quyidagi ehtiyojlarni rivojlantirishga yordam beradi; - Og‘zaki nutqni turli sensorlar tomonidan idrok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘llari (eshitish-vizual, ya’ni so‘zlovchining lablaridan o‘qish va tinglash)
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1066 - Og‘zaki nutqni aloqa vositasi sifatida rivojlantirish; - Nutqning talaffuz qilinishini rivojlantirish Bunday ehtiyojlarning rivojlanishi insonning jamiyatga muvaffaqiyatli moslashishiga yordam beradi. Musiqa va musiqiy mashg‘ulotlar nafaqat eshitishi zaif bolalarda balki boshqa rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun ham ijobiy ta’sir etadi. To‘g‘ri tanlab eshitilgan musiqaning inson organizmiga tinchlantiruvchi, charchoqni ketkazuvchi, kayfiyatni va uyquni yaxshilovchi hususiyatlari bor. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 1)Развитие музыкального восприятия слабослышащих школьников начальных классов. Автор научной работы: Пономарева Елена Владимировна Санкт Петербург 2004 2. 2) Современные подходы и технологии специальной педагогики. Сборник научных статей. МПГУ Москва 2020г 3. 3) Развитие эмоциональной сферы детей с нарушенным и сохранным слухом. Учебно методическое пособие. Издание2. Москва 2016 4. 4) Развитие музыкально-ритмических движении у слабослышащих учащихся младших классов. Автор научной работы: Авдеенко Екатерина Сергеевна Москва 2010