scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KREDIT MODUL TIZIMIDA MUSIQIY FANLARDAN MUSTAQIL TA'LIMNING FAOLIYAT TURLARI VA ULARGA AJRATILGAN KREDIT BALLARI

Toshmatov G'ulomjon Olimjonovich

Abstract

Ushbu maqolada kredit-modul tizimi asosida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish masalalari, uning faoliyat turlari va ularga ajratilgan kredit ballari haqida batafsil tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada talabalarning mustaqil ta’limdagi faolligini oshirish, ularning ijodiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari, shuningdek, baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1085 KREDIT MODUL TIZIMIDA MUSIQIY FANLARDAN MUSTAQIL TA’LIMNING FAOLIYAT TURLARI VA ULARGA AJRATILGAN KREDIT BALLARI Toshmatov G‘ulomjon Olimjonovich Namangan davlat pedagogika instituti, ART pedagogika kafedrasi v.b dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17446032 Annotatsiya. Ushbu maqolada kredit-modul tizimi asosida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish masalalari, uning faoliyat turlari va ularga ajratilgan kredit ballari haqida batafsil tahliliy ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada talabalarning mustaqil ta’limdagi faolligini oshirish, ularning ijodiy va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish yo‘llari, shuningdek, baholash mezonlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan. Kalit so‘zlar: kredit-modul tizimi, musiqiy fanlar, mustaqil ta’lim, kreativlik, o‘qitish metodlari, baholash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, pedagogik texnologiya. Kirish. So‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida chuqur islohotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’limda kredit-modul tizimining joriy etilishi talaba shaxsining mustaqil o‘quv faoliyatini rivojlantirish, uning ijodiy va kasbiy salohiyatini to‘liq namoyon etish uchun qulay sharoit yaratdi. Kredit-modul tizimi – bu talaba faoliyatini natijadorlik asosida baholovchi va o‘qitish jarayonida o‘zlashtirish darajasini bosqichma-bosqich aniqlovchi zamonaviy ta’lim modeli bo‘lib, u talabaning mustaqil ta’limdagi rolini keskin oshiradi. Ayniqsa, musiqiy yo‘nalishdagi fanlar bu tizimda talabalardan o‘z ustida ishlashni, doimiy ijodiy izlanishni talab qiladi. Musiqa ta’limining mazmuni o‘ziga xosligi u faqat nazariy bilimni emas, balki amaliy ko‘nikma, estetik did, musiqiy ritm, eshituv, tahlil va ijrochilik malakasini ham o‘z ichiga oladi. Shuning uchun musiqiy fanlardan mustaqil ta’lim bu talaba uchun o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘zining musiqiy dunyoqarashini shakllantirish jarayonidir. Mavzuning dolzarbligi. Bugungi globallashuv davrida har bir kasbiy yo‘nalish uchun raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash zarurati mavjud. Musiqa yo‘nalishidagi bo‘lajak o‘qituvchi, ijrochi yoki nazariyotchi nafaqat bilim egasi, balki ijodkor, tahlilchi, tashkilotchi ham bo‘lishi lozim. Kredit-modul tizimi aynan shunday maqsadni ko‘zlab joriy etilgan: har bir talaba o‘zining mustaqil o‘rganish jarayonini rejalashtiradi, o‘qituvchi esa unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, lekin asosiy o‘quv yuklamani talabaning zimmasiga yuklanadi. Musiqa fanlarining dolzarbligi shundaki, ular: • talabaning estetik dunyoqarashini shakllantiradi; • milliy va jahon madaniy merosini o‘rganishga undaydi; • ijodiy fikrlash va badiiy didni rivojlantiradi; • mustaqil ijod va ijrochilik mahoratini mustahkamlaydi. Shu sababli, musiqiy fanlarda mustaqil ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, unga ajratiladigan vaqt, kredit miqdori va baholash mezonlarini aniq belgilash hozirgi zamon musiqiy pedagogikasining eng dolzarb masalalaridan biridir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1086 Asosiy qism. Kredit-modul tizimining mohiyati va afzalliklarini bugungi kunda yurtimizdagi barcha oliy ta’lim muassalarda faoliyat olib borayotgan professor-o’qituvchi va talabalar deyarli tushunib anglab yetdilar. Kredit-modul tizimi - bu ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga mos ravishda tashkil etish, o‘qitish mazmunini modullar asosida tuzish va har bir o‘quv natijasini kredit birligi bilan ifodalashga asoslangan tizimdir. “Kredit” atamasi inglizcha “credit” so‘zidan olingan bo‘lib, “ish hajmi”, “o‘quv yuki”, “o‘zlashtirish birligi” ma’nolarini anglatadi. Har bir kredit talabaning o‘zlashtirish faoliyati uchun sarflaydigan umumiy vaqtini – auditoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim soatlarini o‘z ichiga oladi. Kredit-modul tizimining joriy etilishi O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini xalqaro miqyosdagi o‘quv standartlariga yaqinlashtirish, talabalarning mustaqil o‘rganish, o‘zlashtirish va baholash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Mazkur tizim talabaning ta’lim jarayonidagi faol subyekt sifatida ishtirok etishini ta’minlaydi, o‘qituvchini esa yo‘naltiruvchi, maslahatchi, motivator rolida ko‘radi. Kredit-modul tizimining mohiyatini ifodalovchi asosiy jihatlar: Modullilik tamoyili. Har bir fan yoki kurs kichik modullarga ajratiladi. Modul - bu ma’lum mavzu, bilim yoki kompetensiyani o‘z ichiga olgan o‘quv birlikdir. Masalan, “Musiqa nazariyasi” fani “interval va akkordlar”, “lad va tonallik”, “melodiya va garmoniya tahlili” kabi modullarga bo‘linadi. Har bir modul yakunida talaba o‘zlashtirish darajasini baholovchi oraliq nazorat topshirig‘ini bajaradi. Kredit birligi tizimi. Kredit bu talaba tomonidan bir fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan ish hajmini ifodalaydigan o‘lchov birligi. O‘zbekistonda 1 kredit o‘rtacha 30 soat o‘quv yuklamasiga teng bo‘lib, shundan 40–60 foizi mustaqil ta’limga ajratiladi. Bu esa talabani faol, mustaqil, mas’uliyatli o‘quvchi sifatida shakllantiradi. Moslashuvchanlik va tanlov erkinligi. Tizim talabalarga o‘zining o‘quv yo‘nalishini, fanlar ketma-ketligini, o‘rganish tezligini va hatto ayrim hollarda o‘qituvchini tanlash imkonini beradi. Bu holat talabani shaxsiy rivojlanish yo‘liga yo‘naltiradi, u o‘z qiziqishiga ko‘ra musiqiy yo‘nalish, asar yoki ijodiy mavzuni tanlashi mumkin. Shaffof baholash tizimi. Talabalarning bilimini baholash jarayoni ochiq, aniq va o‘zaro tushunarli mezonlar asosida olib boriladi. Har bir modul uchun maksimal ball belgilanadi, unda talabaning auditoriya mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, mustaqil topshiriqlari, ijodiy ishlari va yakuniy nazorat natijalari hisobga olinadi. Kredit-modul tizimining afzalliklari ifodalovchi asosiy jihatlar: Kredit-modul tizimi avvalgi an’anaviy o‘qitish tizimiga nisbatan bir qator afzalliklarga ega. Jumladan: Talaba markazidagi ta’lim. Ta’lim jarayonining markazida o‘qituvchi emas, balki talabaning o‘zi turadi. Talaba mustaqil fikrlaydi, axborotni izlaydi, tahlil qiladi, xulosa chiqaradi. Musiqiy ta’limda bu ijodiy fikrlash, o‘z uslubini shakllantirish va ijrochilik mahoratini rivojlantirishda muhim omildir. O‘zlashtirish darajasini aniq o‘lchash imkoniyati. Kreditlar tizimi talabaning har bir fan bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim hajmini, mehnat sarfini va natijalarini raqamli tarzda ifodalash imkonini beradi. Bu esa xalqaro miqyosda diplomlarni tan olishda muhim ahamiyatga ega. Talabalarning akademik mobilligini ta’minlaydi. Talabalar o‘z o‘qish jarayonini boshqa oliy ta’lim muassasalarida davom ettira oladi. Masalan, bir semestr “Musiqa INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1087 pedagogikasi” fanini boshqa universitetda o‘qish mumkin. Kreditlar esa yagona tizim asosida tan olinadi. O‘qituvchining faoliyatini samarali tashkil etish. Kredit-modul tizimi o‘qituvchini faqat dars o‘tuvchi emas, balki yo‘naltiruvchi, maslahatchi va motivator rolida faoliyat yuritishga undaydi. Bu esa pedagogning o‘z metodikasini doimiy yangilab borishiga turtki bo‘ladi. Ijodiy va mustaqil faoliyatni rag‘batlantiradi. Har bir modulda talaba uchun mustaqil ish, referat, loyiha yoki amaliy mashg‘ulotlar belgilanadi. Musiqa fanlarida bu asar tahlili, bastakorlik topshirig‘i yoki ijrochilik chiqishlarini o‘z ichiga oladi. Natijada talabada ijodkorlik va mas’uliyat hissi shakllanadi. Ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Tizimda baholash shaffof bo‘lgani uchun o‘qituvchi va talaba faoliyati doimiy nazorat ostida bo‘ladi. Reyting tizimi orqali har bir modul yakunida natijalar tahlil qilinadi va xatoliklar tezda bartaraf etiladi. Natijada o‘quvchi-talabalar faqat tayyor bilimni emas, balki musiqa orqali fikrlash, his qilish va ijodiy ifoda etish ko‘nikmalarini egallaydilar. Shu sababdan, kredit-modul tizimi musiqiy ta’limda innovatsion, samarali va zamonaviy yondashuv sifatida muhim o‘rin tutadi. Musiqiy fanlarda mustaqil ta’limning mazmuni va turlari. Musiqa ta’limida mustaqil ta’lim – bu talabaning darsdan tashqari o‘quv faoliyatini o‘z ichiga oluvchi tizimli jarayondir. U quyidagi turlarga bo‘linadi: Faoliyat turi Mazmuni Amalga oshirish shakli Nazariy tayyorgarlik Musiqa nazariyasi, solfedjio, garmoniya, analiz fanlaridan mustaqil o‘qish Maqola, konspekt, yozma ish Amaliy ijrochilik Asar o‘rganish, texnik mashqlar, sahna chiqishiga tayyorgarlik Mashq, konsert, audio/video yozuv Tinglash va tahlil qilish faoliyati Asarlarni tinglash, janr va shaklarini tahlili Eshituv topshiriqlari, esse Ijodiy faoliyat Kuylash, bastalash, aranjirovka qilish Mini loyiha, kichik kuylar bastalash, kompozitsiya Ilmiy izlanish Tadqiqot ishi, referat, maqola yozish Prezentatsiya, taqdimot qilish Pedagogik mustaqil ish Musiqa darslari uchun dars ishlanma tuzish Amaliy mashg‘ulot uchun, metodik topshiriq Bu faoliyatlar talabaning ijodiy tafakkurini kengaytiradi, o‘z-o‘zini baholash, tahlil qilish va rejalashtirish ko‘nikmalarini shakllantiradi. 3. Mustaqil ta’limga ajratiladigan kredit ballari. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida musiqiy fanlarga ajratilgan o‘rtacha kredit miqdorlari quyidagicha: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1088 Fan nomi Umumiy kredit Auditoriya soatlari Mustaqil ta’lim soatlari Mustaqil ta’lim ulushi (%) Musiqa nazariyasi 4 kredit 60 soat 60 soat 50% Musiqa tarixi 3 kredit 40 soat 50 soat 60% Vokal ijrochiligi 5 kredit 74 soat 76 soat 50% Cholg‘u ijrochiligi 3 kredit 38 soat 52 soat 60% Solfedjio 2 kredit 30 soat 30 soat 50% Musiqa o’qitish metodikasi 4 kredit 60 soat 60 soat 50% Shu asosda talaba o‘zining haftalik yuklamasini mustaqil rejalashtiradi va har bir faoliyat uchun belgilangan topshiriqlarni bajaradi. Mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali shakllari. Musiqa fanlarida mustaqil ta’limni samarali tashkil etish uchun quyidagi usullar eng natijaviy hisoblanadi: 1. Portfolio usuli – talabaning barcha mustaqil ishlari, yozma va audio materiallari to‘planadi va baholanadi. 2. Loyiha asosida o‘qitish – talaba yakuniy loyiha sifatida ijodiy kompozitsiya yoki tahliliy maqola tayyorlaydi. 3. Blended learning – onlayn darslar, videodarslar, musiqiy dasturlar orqali mustaqil ta’limni to‘ldirish. 4. Refleksiya metodlari – talaba o‘z faoliyatini tahlil qiladi, kuchli va zaif tomonlarini aniqlaydi. 5. Ko‘rgazmali o‘qitish – nota, audio, video, multimediya vositalaridan foydalanish. Mustaqil ta’limni baholash mezonlari. Baholash jarayonida quyidagi mezonlar qo‘llaniladi: • Faollik (10 ballgacha) • Topshiriqlarning to‘liqligi (20 ballgacha) • Ijodiy yondashuv (20 ballgacha) • Natijaviylik va yangilik (25 ballgacha) • Taqdimot sifati va tahlil (25 ballgacha) Shunday qilib, mustaqil ta’lim faoliyatlari umumiy reyting tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Muhokama. Kredit-modul tizimida musiqiy fanlardan mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida ayrim muammolar kuzatilmoqda: • Talabalar tomonidan vaqtni to‘g‘ri taqsimlay olmaslik; • Metodik ko‘rsatmalarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi; • O‘qituvchi tomonidan individual yondashuvning sustligi; • Amaliy topshiriqlar uchun texnik vositalarning kamligi. Shu bilan birga, ijobiy jihatlar ham mavjud: • Talabalar ijodiy fikrlashga o‘rganmoqda; INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1089 • Mustaqil o‘rganish malakalari rivojlanmoqda; • Musiqa asarlarini chuqur tahlil qilishga qiziqish oshmoqda; • O‘qituvchi va talaba o‘rtasida hamkorlik muhitining kuchayishi kuzatilmoqda. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ta’lim uchun ajratilgan kreditlar sonini optimallashtirish, pedagogik qo‘llanmalarni yangilash, va audiovizual resurslardan foydalanish musiqiy ta’limda katta samara beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo’lsak kredit-modul tizimi ta’lim jarayonini insonparvarlik, shaxsga yo‘naltirilganlik, ochiqlik va ijodiylik tamoyillari asosida tashkil etish imkonini beradi. Ayniqsa, musiqa yo‘nalishidagi fanlarda ushbu tizim talabaning mustaqil ta’limdagi ishtirokini kuchaytiradi, uning kasbiy, badiiy va ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etishga sharoit yaratadi. Xulosa. Xulosa qilib aytganda, kredit-modul tizimi musiqiy fanlar uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Mustaqil ta’lim faoliyatlari talabalarning kasbiy-ijodiy salohiyatini oshiradi, musiqiy tafakkurini kengaytiradi va ularni mustaqil fikrlovchi mutaxassis sifatida shakllantiradi. Talabalarning mustaqil ta’limi uchun ajratiladigan kredit ballarining aniq belgilanishi, baholash mezonlarining shaffofligi, o‘qituvchining maslahatchi sifatida faol ishtiroki musiqiy ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Shu bois, musiqiy fanlarda mustaqil ta’limni takomillashtirish zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash, ijodiy topshiriqlarni ko‘paytirish va talabalarni amaliy faoliyatga keng jalb etish orqali amalga oshirilishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori. – T., 2020. 2. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar. – T.: Innovatsiya, 2022. 3. Karimova M. Kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi. – T., 2023. 4. Musayev R. Talabalarning ijodiy faolligini oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni. – T., 2021. 5. Тошматов, Г., & Даминова, Г. (2022). Принципы организации самостоятельного обучения в кредитно-модульной системе. Общество и инновации, 3(5/S), 50-57. 6. Olimjonovich, T. G. (2024). DEVELOPMENT OF KNOWLEDGE OF STUDENTS THROUGH INDEPENDENT STUDY ON THE BASIS OF A SYSTEMATIC APPROACH. Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research, 2(11), 19-24. 7. Gaziyev, J. J., & Toshmatov, G. O. (2021). Acts credit module system and its implementation activities in higher educational process. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 467-472 8. Toshmatov, G. (2025). YEVROPA ECTS KREDIT-MODUL TIZIMIDA MUSTAQIL TA'LIM VA UNGA O'QITUVCHINING RAHBARLIK FAOLIYATI. Research Focus, 4(3), 81-84. 9. Toshmatov, G. U., & Sharopova, S. D. (2025). MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARI ORQALI MUSIQA TA’LIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODUKASI. Universal xalqaro ilmiy jurnal, 2(4.3), 491-493. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1090 10. Toshmatov, G. (2025). KREDIT MODUL TIZMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIM BO’YICHA KREATIV FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Research Focus, 4(Scecial Issue 3), 244-252. Olimjonovich, T. G. (2024). Development Of Knowledge Of Students Through Independent Study On The Basis Of A Systematic Approach. Web of Scientists and Scholars: Journal of Multidisciplinary Research, 2(11), 19-24. 11. Syfiddinovich, A. B. (2024). MUSIQА CHОLG‘ULАRINING ILK SHАKL VА TURLАRI. JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH, 7(2), 92-96 12. Botirkhanovich, Shokirkhanov Bakhtiyorkhon. "The Structure of Kashkar Rubab, And Methods of Their Execution." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ARTS AND DESIGN 5.1 (2024): 19-22. 13. Shokirkhonov, B. (2025). REQUIREMENTS FOR ORGANIZING THE WORK OF A CLUB LEADER IN COMPREHENSIVE SCHOOLS. Современные подходы и новые исследования в современной науке, 4(3), 91-94. 14. Asrakulova, A. (2025). ANALYSIS OF PHILOSOPHICAL VIEWS IN THE WORKS OF NASIR KHUSRAV. Решение социальных проблем в управлении и экономике, 4(2), 175-179.