scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA MUSIQA FANINI O'QITISHNING INNOVATSION METODLARI

Asadullayeva Mastura Abduvahobovna, Jo'rayeva Riya Suraj qizi

Abstract

Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida musiqa fanini o’qitishning metodik xususiyatlari oritilgan. Musiqada darslarida maxsus ehtiyojli o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishda differensial, ko’rgazmali hamda interaktiv metodlardan foydalanishning samaradorligi asoslab beradi. Shuningdek, baxolash tizimi va pedagog hamkorligining o’rni ko’rsatib o’tilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1111 INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA MUSIQA FANINI O’QITISHNING INNOVATSION METODLARI 1Asadullayeva Mastura Abduvahobovna, 2Jo’rayeva Riya Suraj qizi 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San'atshunoslik fakulteti” Musiqa ta’limi kafedrasi katta o’qituvchisi, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti “San’atshunoslik fakulteti” Musiqa ta’limi kafedrasi 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446108 Annotatsiya. Ushbu maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida musiqa fanini o’qitishning metodik xususiyatlari oritilgan. Musiqada darslarida maxsus ehtiyojli o’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlanishda differensial, ko’rgazmali hamda interaktiv metodlardan foydalanishning samaradorligi asoslab beradi. Shuningdek, baxolash tizimi va pedagog hamkorligining o’rni ko’rsatib o’tilgan. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, musiqa fani, metodika fani, metodika, differesial yondashuv, interaktiv texnologiyalar Аннотатция. В данной статье раскрываются методические особенности преподавания музыки в условиях инклюзивного образования. Обоснована эффективность применения дифференцированных, наглядных и интерактивных методов для развития интереса и способностей учащихся с особыми образовательными потребностями. Также показана роль системы оценивания и педагогического сотрудничества. Ключевые слова: Инклюзивное образование, музыкальный предмет, методика, дифференцированный подход, интеоактивные технологии. Annotation. This article highlights the methodological features of teching music in an inclusive education setting. It substantiates the effectiveness of using differentiated, visual, an interactive methods to develop the interests and abilities of students with special educational needs. The role of assessment systems and pedagogical colloboration is also discussed. Keywords: Inclusive education, music subject, methodology, differentiated approach, interactive technologies. Bugungi kunda O’zbekiston ta’lim tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish davlat siyosatininng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblandi. Inklyuziv ta’lim barcha bolalar, jumladan maxsus ehtiyojli o’quvchilarning umumta’lim muassasalarida sog’lom tengdoshlari bilan birgalikta o’qishiga, ijtimoiylashuviga va jamiyatda faol ishtirok etishiga imkon yaratadi. Ushbu jarayon bolalarning shaxsiy imkoniyatlarini kengaytirsh, ijtimoiy adolat va tenglik tamoyillarini ta’minlashga xizmat qiladi. Shu jihatdan qaraganda, inklyuziv ta’lim nafaqat pedagogic jarayon, balki jamiyaning ma’naviy va ijtimoiy taraqqiyotini belgilovchi muhim ko’rsatkichdir. Musiqa fani inklyuziv ta’limda alohida o’rin tutadi. U o’quvchilarda estetik didni shakllantrish, hisiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlanirish, shuningdek muloqot va hamkorlik ko’nikmalarini mustahkamlashga yordam beradi. Ilmiy tadqiqotlar musiqaning maxsus ehtiyojli bolalar uchun ijobiy psixologik va terapevtik ta’sir ko’rsatishni isbotlagan. Musiqa darslarida qo’shiq kuylash, ritmik mashqlar, cholg’u asboblarida ijro qilish, musiqiy o’yinlar kabi faoliyatlar o’quvchilarning ijtimoiylashuviga va o’ziga bo’lgan ishonchini kuchaytirishga xizma INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1112 qiladi. Shu sababli inklyuziv sinflarda musiqa fanini o’qitish metodikasini ilmiy asosda takomillashtirish zamonaviy pedagogika oldidagi eng dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Inklyuziv sinflarda musiqa darslarni shunchaki qo’shiq kuylash emas, balki ijtimoiy, hissiy va intelektual rivojlanishini qo’llab quvvatlovchi kompleks pedagogic jarayon hisoblanadi. Bunday darslarning asosiy vazifalari: • O’quvchilarning musqiy idrok, ritmni his qilish, musiqiy tafakkur va eshitish xotirasini rivojlantirish; • Jamoada ishlash, muloqot va hamkorlik ko’nikmalarini shakllantirish, bu orqali ularni ijtimoiy muhitga moslashtirish; • Maxsus ehtiyojli bolalarda ijodiy qobiliyatni namoyon qilish va ularni estetik didga yo’naltirish; • Milliy va jahon musiqasi namunalaridan foydalanib bolalarda madaniy tafakkurni kengaytirish va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tarbiyalash; • Musiqa darsida musiqa faoliyatining turli shakllarini (xor va ansamblda kuylash, ritmik harakatlar, cholg’u asboblarida ijro, musiqiy o’yinlar) integatsiyalash orqali shaxsiy tashabbus, ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirish Inklyuziv sinflarda musiqa fanini samarali o’qitish uchun turli metodik yondashuvlardan kompleks tarzda foydalanish talab qilinadi: a) Differensial yondashuv Bu metod o’quvchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari va qobiliyatlarini inobatga olishga asoslanadi. Masalan, bir o’quvchi qo’shiq kuylaydi, boshqasi ritmik harakatlar qiladi, yana biri musiqiy asbob chaladi. Bu yondashuv bolalarning ijtimoiylashuviga yordam beradi va ularni individual imkoniyatlarini namoyon etishga undaydi. b) Ko’rgazmali metodlar Audioyozuvlar, videoroliklar, musiqiy plakatlar, rangli kartochkalar, interaktiv dasturlar orqali dars materialini tushuntirish nafaqat sog‘lom, balki eshitish yoki ko‘rishida qiyinchiligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun ham qulay sharoit yaratadi. Bu metod bolalarda musiqiy eshitish, vizual idrok va assotsiativ tafakkurni rivojlantiradi. c) Amaliy mashg’ulotlar Ansambl ijrolari, qo‘shiq kuylash, ritmik mashqlar, milliy cholg‘ularda chalish o‘quvchilarda ijodiylikni oshiradi, jamoaviylikni kuchaytiradi va psixomotor rivojlanishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar o‘quvchilarda nafaqat musiqiy, balki ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni ham rivojlantiradi. d) Innovatsion texnologiyalar Interaktiv platformalar, musiqiy ilovalar (Chrome Music Lab, GarageBand), subtitrli videolar va multimediali materiallardan foydalanish darsni yanada qiziqarli va samarali qiladi. Bu vositalar maxsus ehtiyojli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi va o‘qituvchiga individual ishlashga sharoit beradi. Inklyuziv sinflarda musiqa fanida an’anaviy testlar o‘rniga jarayonni kuzatuv asosida baholash samarali hisoblanadi. O‘quvchilarning darsdagi ishtiroki, qiziqishi, ijodiy yondashuvi, jamoaviy ishlash qobiliyati asosiy mezon sifatida olinadi. Bu yondashuv raqobatni emas, balki shaxsiy rivojlanish va o‘z-o‘zini baholashni rag‘batlantiradi. Baholash mezonlari quyidagilarni o’z ichiga olishi mumkin: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1113 • Dars jarayonida faol ishtirok darajasi; • Ritmni his qilish va musiqiy mashqlarni bajarish aniqligi; • Ijodiy yondashuv, tashabbuskorlik; • Jamoaviy ishlash va sheriklar bilan muloqot ko’nikmalari. Inklyuziv ta’lim jarayonida o’qituvchi yakka holda ishlamaydi. Maxsus pedagog, psixolog, logoped bilan hamkorlik qilish dars samaradorligini oshiradi. Ota-onalar bilan muntazam aloqa ham bolaning musiqiy qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bunday hamkorlik o’quvchilarni sinf va maktab hayotiga yanada faol jalb qilishga imkon beradi, bolada o’ziga ishonchini shakllantiradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, differensial yondashuv, ko‘rgazmali va interaktiv metodlarni qo‘llash inklyuziv sinflardagi o‘quvchilarni musiqaga yanada qiziqtiradi, ularning ijodiylik va ijtimoiy moslashuvini oshiradi. Musiqa darslarida ritmika, maxsus mashqlar, raqs elementlari, musiqiy o‘yinlar kabi faoliyat turlaridan foydalanish maxsus ehtiyojli o‘quvchilarda psixomotor ko‘nikmalarni rivojlantiradi, tasavvurni kengaytiradi va kommunikativ qobiliyatlarni oshiradi. Bu metodika bolalarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytirib, hissiy dunyosini boyitadi hamda ularni jamiyatda faolroq bo‘lishga tayyorlaydi Inklyuziv sinflarda musiqa fanini o‘qitish metodikasi – bu nafaqat musiqiy bilim berish, balki bolalarni ijtimoiy muhitga moslashtirish, ularning hissiy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan jarayondir. O‘qituvchi differensial yondashuv, ko‘rgazmali vositalar va zamonaviy texnologiyalarni uyg‘unlashtirgan holda musiqaning tarbiyaviy va ijtimoiy ahamiyatidan maksimal foydalanishi mumkin. Shuningdek, maxsus pedagog, psixolog, logoped va ota-onalar bilan hamkorlik qilish o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, shaxsiy tashabbus va ijodkorlikni kuchaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilgacha Inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi” qarori. — Toshkent, 2021. 2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. “Inklyuziv ta’limni joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanma”. — Toshkent, 2022. 3. M. Asadullaeva. Musiqa va musiqiy ritmik harakatlar yordamida davolashning qisqacha tarixi. Research and publicational (respublika ilmiy-uslubiy jurnal) 4. M.A. Asadullaeva “Imkoniyati cheklangan bolalarning umumiy rivojlanishida musiqaning ahamiyati” Academic Research in Educational Scienses 2022 5. Sh.R. Mahkamova. Musiqa san’ati boshqaruvida innovatsion texnologiya. Ta’lim fidoyilari 2021, issue 9 sentabr 1-5pp 6. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. “Musiqa ta’limi” maqolasi. — Toshkent, 2019. 7. Asadullayeva. M. A. Sound regime and hygiene in school age children. School and life. Special End № Pages 125-26. http: libruary.cspi. uz book 68 Maxsus ta’lim-tarbiyaga yo’naltirilgan yondoshuv\ilmiy-metodik to’plam. – Toshkent..2011.