scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

Y.Y. TUNIK TESTLARI VA X.E. SULTANOV SHAXSIY RIVOJLANISH REJASINING QIYOSIY TAHLILI

Marasulova Izzat MuxamatSultanovna

Abstract

Mazkur maqolada Y.Y. Tunik kreativlik testlari va X.E. Sultanovning “Shaxsiy rivojlanish daftari” asosida ishlab chiqilgan individual ta’lim rejasi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda har ikki usulning o‘xshash va farqli jihatlari, ularning afzalliklari va cheklangan tomonlari yoritilgan. Shu bilan birga, integratsiya orqali talabalarning shaxsiy va ijodiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirishning samarali yo‘llari taklif etilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1133 Y.Y. TUNIK TESTLARI VA X.E. SULTANOV SHAXSIY RIVOJLANISH REJASINING QIYOSIY TAHLILI Marasulova Izzat MuxamatSultanovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti “Tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.17446160 Annotatsiya. Mazkur maqolada Y.Y. Tunik kreativlik testlari va X.E. Sultanovning “Shaxsiy rivojlanish daftari” asosida ishlab chiqilgan individual ta’lim rejasi qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqotda har ikki usulning o‘xshash va farqli jihatlari, ularning afzalliklari va cheklangan tomonlari yoritilgan. Shu bilan birga, integratsiya orqali talabalarning shaxsiy va ijodiy salohiyatini aniqlash va rivojlantirishning samarali yo‘llari taklif etilgan. Kalit so‘zlar: kreativlik, individual ta’lim, shaxsiy rivojlanish, ustoz-shogird tizimi, integratsiya. Аннотация. В данной статье представлен сравнительный анализ тестов креативности Е.Е. Туника и «Личного плана развития» на основе индивидуального обучения, разработанного Х.Э. Султановым. Рассмотрены сходства и различия обеих методик, их преимущества и ограничения. Также предлагаются эффективные пути интеграции данных подходов для выявления и развития личностного и творческого потенциала студентов. Ключевые слова: креативность, индивидуальное обучение, личностное развитие, система «устоз-шогирд», интеграция. Annotation. This article presents a comparative analysis of E.E. Tunik’s creativity tests and the “Personal Development Plan” based on individual learning developed by Kh.E. Sultanov. The study examines the similarities and differences of both approaches, their advantages and limitations. Furthermore, it proposes effective ways of integrating these methods to assess and enhance students’ personal and creative potential. Keywords: creativity, individual learning, personal development, ustoz-shogird system, integration. Kirish Bugungi globallashuv jarayonidagi qadriyatlar va ehtiyojlar o‘zgaruvchanligi davrida ta'lim muassasalarida har tomonlama salohiyatli, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash talab etilmoqda. Shundan kelib chiqib, XXI asrda butun jahon ta’lim tizimida talabaning shaxsiy salohiyatini ochish, ijodiy fikrlashi va ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan e’tibor kuchaygan. OECD loyihasida “maktablar hali yaratilmagan ish o‘rinlariga tayyorlab borishi kerak”ligi va ta’lim muassasasi “kelajak” uchun ijodkorlik qobiliyatlarni shakllantirishi lozim 1 ligi ta’kidlanadi. UNESCO Futures of Education tashabbusi ta’limni “inson huquqlari, ijtimoiy adolat va madaniy xilma-xillikka tayanadigan yangi ijtimoiy shartnoma” sari qayta ko‘rib chiqishga chaqirmoqda 2 . Yevropa Komissiyasi JRC xulosasiga ko‘ra, “ijodkorlik… umrbod ta’lim uchun 1 OECD. Future of Education and Skills 2030/2040 (лойиҳа саҳифаси, асосий қоидалар). 2 UNESCO. Futures of Education: Reimagining our futures together (ташаббус саҳифаси). INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1134 transversal ko‘nikma” sifatida doimiy ahamiyat kasb etib kelmoqda 3 . Mana shulardan kelib aytish mumkinki, zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning shaxsiy va ijodiy rivojlanish darajasini aniqlashga dolzarb masala bo‘lib qolayapti. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda ham individual ta’lim traektoriyasi talaba salohiyatini ro‘yobga chiqarishning zamonaviy vositasi sifatida e’tirof etilmoqda 4 . Oliy ta’limda talabalarning iqtidori va imkoniyatlariga qarab individual ta'lim traektoriyasini shakllantirish, ulardagi kasbiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, ijodiy faoliyat va tashkiliy yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qulay sharoit yaratadi. Pedagogikada taniqli olima F. Qodirova tomonidan ChDPU doirasida “Individual ta’lim - sifat garovi” shioridagi muhit shakllantirilayotgani ta’kidlanadi 5 . Bu yo‘nalishda xalqaro va mahalliy tadqiqotchilar tomonidan turli metodik yondashuvlar ishlab chiqilgan. E.P. Torrance tomonidan ishlab chiqilgan kreativlik testi (Torres test) ana shunday metodikalardan biri bo‘lib, u talabalarning ijodiy potensialini aniqlashda qo‘llanilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi fliphtml5.com. Mazkur test orqali talabalarning fantaziyasi, original g‘oyalar yaratishi, muammolarni hal etishdagi kreativ yondashuvi kabi jihatlarini ilmiy asosda o‘lchash mumkin. Shu tariqa, Torrance test natijalari talabalarning ijodiy qobiliyatiga doir muhim ma’lumotlar berib, ulardagi kuchli va zaif tomonlarni aniqlashga xizmat qiladi. Bu esa klaster asosida ta’limni tashkil etishda har bir talabaga mos individual yondoshuvni belgilash, xususan ularning mustaqil ta’limga shayligi yoki yetakchilik salohiyatini inobatga olishga yordamlashadi. Ulardan E.P. Torrance tomonidan ishlab chiqilgan kreativlik testi, Jonsonning so‘rovnomasi ekspress-usuli kreativlik psixodiagnostikasini tez va sifatli o‘tkazish imkonini beradi 6 . Ye.Ye. Tunikning ijodiy (kreativlik) testlari esa eng ko‘p qo‘llaniladigan usul sifatida ma’lum. X.E. Sultanovning individual ta’lim asosidagi shaxsiy rivojlanish baholash tizimi ChDPU ta’lim-tarbiya jarayonida talabalarni faollashtirishda o‘z natijadorligini ko‘rsatdi. Ye.Ye. Tunik testlari ruscha adaptatsiyalarda shaxsiy rivojlanishni aniqlash hamda natijalarni nazorat qilishga qulay ekanligi tufayli amalda keng qo‘llaniladi 7 , Bizning fikrimizcha, Ye.Ye. Tunik kreativlik testlarini talabalarning “Shaxsiy rivojlanish daftari” va individual ta’lim yondashuvi bilan integratsiya qilish nafaqat amaliy, balki ilmiy jihatdan ham juda dolzarb hisoblanadi. Chunki mazkur testlar talabalarning kreativlik darajasini aniq baholash imkonini bersa, shaxsiy rivojlanish daftari esa ularning shaxsiy maqsadlari, individual traektoriyalari va tajribaviy natijalarini tizimli ravishda kuzatishga xizmat qiladi. Shu orqali ta’lim jarayonida individuallashgan pedagogik strategiyalar ishlab chiqish, talabalarning shaxsiy qobiliyatlari va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, ularning kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga mos ravishda yo‘naltirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Tunik metodikasi va individual ta’lim integratsiyasi orqali olingan ma’lumotlar asosida talabalarning ijodiy va shaxsiy rivojlanish dinamikasini tahlil qilish, ular 3 European Commission JRC. Lucas B., Venckutė M. Creativity – a transversal skill for lifelong learning. 2020. 4 Осаров Ж. Individual ta’lim traektoriyasi mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytiradi. “Янги Ўзбекистон” газетаси, 23.12.2023. (yuz.uz қайта нашри). 5 Қодирова Ф. ва бошқ. Инклюзив таълимда… индивидуал таълим – сифат гарови (мақола/маълумот, ЧДПУ). 6 Johnson, D. L. Creativity checklist (Cch) Cat. No 33780. M, 1979. 7 Bayanova L.F., Chulyukin K.S. (2018). The impact of cultural congruence on the creative thinking of primary school children. Psychology in Russia: State of the Art, 11 (1), 61-70. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1135 uchun individual ta’lim rejalari tuzish hamda pedagogik jarayonni klaster yondashuvi va integratsion muhitda samarali tashkil etish imkoni yaratiladi. Mazmun va yo‘nalishlari - Tunik testlari: asosan talabaning kognitiv, ijodiy va shaxsiy-psixologik xususiyatlarini (lug‘aviy zaxira, topqirlik, qiziquvchanlik, hissiylik, yetakchilik, mustaqillik) aniqlaydi. Savollar orqali talabaning individual ijodkorligi va fikrlash kengligi baholanadi. - Sultanovning talaba taraqqiyoti ko‘rsatkichlari rejasi: to‘rt yo‘nalish (kasbiypedagogik, ijodiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-yetakchilik) bo‘yicha talabaning shaxsiy o‘sishini qadamma-qadam kuzatish va natijalarni baholashni nazarda tutadi. Bu yerda ball tizimi, ustozning fikr-mulohazasi va monitoring jarayoni mavjud. Tunik testlari “shaxs xususiyatlari”ni ko‘rsatsa, Sultanov “Shaxsiy rivojlanish daftari” rejasi “faoliyat natijalari”ni tizimli kuzatadi. O‘xshash tomonlari: - ikkala usulda ham ijodiy qobiliyatlar, tashkiliy va yetakchilik xususiyatlari, mustaqil fikrlay olish va motivatsiya masalalariga e’tibor qaratilgan. - Ikkalasida ham talabaning shaxsiy faolligi va ijtimoiy munosabatlardagi roli (jamoadagi nufuz, muloqot qobiliyati, tashabbuskorlik) baholanadi. Farqli tomonlari. Tunik testlari: - Savollar test tarzida, individual ravishda o‘tkaziladi. - Natija shaxsning ichki xususiyatlarini ochib beradi (masalan, yumor hissi, fantaziyaga moyillik, yangilikka qiziqish). - Kamchilik: amaliyotda talabaning kundalik faoliyati bilan doimiy bog‘lanmagan. Sultanov shaxsiy rivojlanish rejasida: - Faoliyat natijalari ball tizimida baholanadi. - Ustoz va talaba birgalikda monitoring yuritadi. - Kamchilik: shaxsiy-psixologik jihatlar (masalan, hissiylik, yumoristik qobiliyat) yetarlicha chuqur yoritilmagan. Afzalliklari. - Tunik testlari: shaxsning ichki ijodkorlik salohiyatini ochib berishi. - Sultanov rejasi: aniq amaliy natijalar, ko‘p yo‘nalishli baholash tizimi va pedagogik jarayonga integratsiya imkoniyati. Kamchiliklari. - Tunik testlari: sub’ektiv savollarga asoslanganligi, faoliyat natijalari bilan bog‘lanmaganligi. - Sultanov rejasi: shaxsning psixologik individual xususiyatlarini yetarlicha hisobga olmasligi. Takomillashtirish va amaliyotda qo‘llash uchun takliflar. 1. Integratsiya: Tunik testlaridagi shaxsiy-psixologik savollarni (yumor hissi, lug‘aviy zaxira, hissiylik) Sultanov rejasiga qo‘shish. 2. Monitoring: Sultanov rejasidagi ball tizimini Tunik test natijalari bilan uyg‘unlashtirish (masalan, ijodiy qobiliyatlar 30% Tunik testidan, 70% amaliy natijalardan). 3. Amaliyotda qo‘llash: - Oliy ta’limda semestr boshida Tunik testini o‘tkazish → shaxsiy xususiyatlar aniqlanadi. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1136 - Semestr mobaynida Sultanov rejasi bo‘yicha faoliyat kuzatilib, natijalar ball tizimida qayd etiladi. - Yakunda ikki usul natijalari taqqoslanib, shaxsiy rivojlanishning to‘liq diagrammasi chiqariladi. Xulosa Tunik ijodiy testlari talabaning ichki salohiyati va shaxsiy xususiyatlarini ko‘rsatsa, Sultanov rejasi talabaning amaliy faoliyati va ijtimoiy rolini monitoring qiladi. Ikki usulni uyg‘unlashtirish talabaning ijodiy-psixologik xususiyatlari + amaliy rivojlanishini kompleks baholash imkonini beradi. AДАБИЁТЛАР РЎЙХАТИ 1. Туник Е. Е. Диагностика личностной креативности: методика ва йўриқнома. — СанктПетербург: Центр «Детство», методик материал. 2. Khotinets, V., et al. Cultural and educational environment in the development of younger schoolchildren’s creative potential // Frontiers in Psychology. 2023. Frontiers. 3. Bayanova, L. F. The impact of cultural congruence on the creative thinking of primary school children // Psychology in Russia. — 2018. 4. Gryazeva-Dobshinskaya, V. G. Children’s Creativity and Personal Adaptation Resources. - 2020. - PMC. 5. OECD. Future of Education and Skills 2030/2040. Лойиҳа саҳифаси, асосий қоидалар. - OECD. 6. UNESCO. Futures of Education: Reimagining our futures together. Ташаббус саҳифаси. — UNESCO. 7. Lucas, B., Venckutė, M. Creativity – a transversal skill for lifelong learning. — European Commission JRC Publications, 2020. URL: https://publications.jrc.ec.europa.eu 8. Осаров Ж. Individual ta’lim traektoriyasi mustaqil fikrli yoshlar safini kengaytiradi // Янги Ўзбекистон газетаси. — 23.12.2023. (yuz.uz қайта нашри). — URL: https://yuz.uz 9. Қодирова Ф. ва бошқ. Инклюзив таълимда индивидуал таълим – сифат гарови // Чирчиқ давлат педагогика университети материаллари. 10. Гаюпова С. Х. Zamonaviy talaba shaxsini shakllantirishda individual ta’limning pedagogik imkoniyatlari. - Interscience, 2023. 11. Султанов Х. Э. Кластер усули орқали тасвирий санъат таълимини интеграциялаш // Ilmiy maqola. - 2024. - Itm.uz.