scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAN'AT VA MUSIQA – MO'JIZADIR

Maxkamova Shoxida Raxmatullaevna, Yo'ldoshev Abduvahob Nodir o'g'li

Abstract

Yana bir qadimiy san`at turi – musiqadir. U san`atning bir turi sifatida qadimiy tarixga ega. Bu sanat turi barcha davr daxolari e`tiborini o`ziga jalb qilib keldi. Arastu “musiqa ko`ngilga axloqan muayyan ta`sir ko`rsatuvchi quvvatga ega. Musiqa shunday xislatga ega ekan u yoshlarni tarbiyalash vositalari qatoriga qo`shilmog`i lozim” – deb takidlaydi. Darhaqiqat, insonni estetik tarbiyalashda uning etstetik didini o`stirishda musiqa tengsiz ahamiyat kasb etadi. Shuni ham aytish lozimki, sharq mutafakkirlari musiqa ashula va maqomlarning yaratilish tarixi shuningdek, kuylarni tinglash va ijro etishda vaqt va makonni roli xususida ham ibratli fikrlarni bayon etadilar.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1137 SAN’AT VA MUSIQA – MO’JIZADIR 1Maxkamova Shoxida Raxmatullaevna, 2Yo’ldoshev Abduvahob Nodir o’g’li 1Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Musiqa ta’limi yo’nalishi 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446194 Annotatsiya. Yana bir qadimiy san`at turi – musiqadir. U san`atning bir turi sifatida qadimiy tarixga ega. Bu sanat turi barcha davr daxolari e`tiborini o`ziga jalb qilib keldi. Arastu “musiqa ko`ngilga axloqan muayyan ta`sir ko`rsatuvchi quvvatga ega. Musiqa shunday xislatga ega ekan u yoshlarni tarbiyalash vositalari qatoriga qo`shilmog`i lozim” – deb takidlaydi. Darhaqiqat, insonni estetik tarbiyalashda uning etstetik didini o`stirishda musiqa tengsiz ahamiyat kasb etadi. Shuni ham aytish lozimki, sharq mutafakkirlari musiqa ashula va maqomlarning yaratilish tarixi shuningdek, kuylarni tinglash va ijro etishda vaqt va makonni roli xususida ham ibratli fikrlarni bayon etadilar. Kalit so’zlar: san’at, ijtimoiy ong, badiiy ko’nikma, teatr, kinomotografiya, xoreografiya. Аннотация. Ещё одним древним видом искусства является музыка. Как вид искусства она имеет древнюю историю. Этот вид искусства привлекал внимание гениев всех времён. Аристотель подчёркивает, что «музыка оказывает определённое нравственное воздействие на душу. Поскольку музыка обладает таким свойством, её следует отнести к числу средств воспитания молодёжи». Действительно, музыка играет несравненную роль в эстетическом воспитании человека, в развитии его эстетического вкуса. Следует также отметить поучительные размышления восточных мыслителей об истории создания музыкальных песен и макомов, а также о роли времени и пространства при слушании и исполнении мелодий. Ключевые слова: искусство, общественное сознание, артистическое мастерство, театр, кинематограф, хореография. Abstract. Music is another ancient art form. As an art form, it has a long history. This art form has attracted the attention of geniuses throughout history. Aristotle emphasizes that "music exerts a certain moral influence on the soul. Since music possesses this property, it should be considered a means of educating the young." Indeed, music plays an incomparable role in the aesthetic education of people and in the development of their aesthetic taste. It is also worth noting the instructive reflections of Eastern thinkers on the history of the creation of musical songs and maqams, as well as the role of time and space in listening to and performing melodies. Key words: art, social consciousness, artistic skill, theatre, cinema, choreography. Inson yuragida shunday hilvat joyi borki , unga faqat san’at va musiqa orqali kirish mumkin. San`at – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo`lib insoniyat ma`naviy madaniy madaniyatining tarkibiy qismi dunyoning ma`naviy anglashning maxsus turidir san`atning turli ko`rinishlari voqelikning undagi hodisa narsa va holatlarni o`zlariga xos usullar yordamida aks ettiradi. San`atda go`zallik kategoriyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Etika fani go`zallik san`atning zarur sharti ekanligini go`zalliksiz san`atning yo`qligi va bo`lishi mumkin emasligini INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1138 uqtiradi. San`atda nuqta va shaklni bir-biridan ajratib bo`lmaydi. San`at juda qadimiy tarixga ega. San`atshunoslik – keng ma`noda jamiyatning badiiy madaniyatini, umuman, san`atni o`rganish, tadqiq etish bilan shug`ullanuvchi ijtimoiy fanlar majmuidir. San`atshunoslik alohida fan sifatida 16-19 asrlar davomida shakllandi. San`atga doir ma`lumotlar dastlab Yunonistonda qadimdan o`rganila boshlangani ma`lum. Aristotel, Platon kabi o`sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san`at tarixi bilan ham shug`ullanganligi to`g`risida ma`lumotlar saqlangan. Milliy istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish jarayonida san`at alohida o`rin tutadi. Shuningdek, san`t inson ma`naviy dunyoqarashini kengaytiruvchi, uni shaxs sifatida tarbiyalovchi vositalardan biridir. San`at insoniyatning ezgulik tomon xarakatda uchun zarur bo`lgan o`zaro muloqotlar vositasi bo`lib turli qit`alar va davlatlarni o`zaro bog`laydi. San`at odamlarni his-tuyg`ularini, tafakkurini mavhum tarzda emas balki jonli badiiy qiyofalarda aks ettiradi, chunki u o`ziga xos his-tuyg`ular xazinasidir. San`at badiiy qiyofa - obraz vositasida to`la namoyon bo`ladi. Badiiy qiyofa san`atkor o`zlashtirib olgan tashqi dunyo bilan uning ichki dunyosi birligida ko`riladi. Iste`dodli aktyorlar xaqqoniy hayot manzarasini yaratib, o`z his – tuygulari va kechinmalari bilan zavqlantirib, o`zligini to`la namoyon qila olishi mumkin. San`tkorning ichki kechinmalari bilan sug`orilgan badiiy qiyofaga xech narsa teng kelolmaydi. Badiiy qiyofaning ichki va tashqi tamonlari sab`atning turlarida xar xil tarzda amal qiladi. San`at turlari – san`at mavjudligining tarixan tarkib topgan barqaror shakllaridir. Biz endi san`at voqelikning inson tomonidan aks ettirishning alohida shakli, ijtimoiy ongning alohida shakli ekanligini bilib oldik. San`atning umumiy qonunlari va xususiyatlari bilan tanishdik, uning voqelikning badiiy obrazlarda aks ettirishni bildik. San`atning ijtimoiy vazifasi uning bowqa xususiyatlari va o`ziga xusligi xaqida tasavvur hosil qildik. Endi san`atning o`z ichida mavjud bo`lgan xilma – xilliklarni qarab chiqaylik. San`at badiiy adabiyot, me`morchilik, haykaltaroshlik ,tasviriy san`at grafika musiqa teatr kinomotografiya xoreografiya (raqs san`ati), detektiv – amaliy san`at va bowqa turlarga bo`linadi. Maqom san`ati o`zining ko`p asrlik tarixiga ega. Maqom kuylarining ibtidoiy shakllari eraimizdan avvalgi uzoq davrlar musiqa madaniyatiga borib taqaladi. Bunda xalq musiqasining kuy ohang va ritm usuli bobida erishgan natijalari murakkab maqom san`atining rivojlanishiga ta`sir ko`rsatdi. Sharq olamida mashxur bo`lgan 12 maqom tiziminingsaroy musiqasidan munosib o`rin olishda A. Temurning xizmatlari kata bo`lgan. Maqim asli arab so`z bo`lib orin joy martaba daraja manzilgoh kabi tushunchalarni ifodalaydi. Maqom mukammal pardalar uyushmasi doira usullari mushtarakligida ijod etilgan cholg`u kuy va ashulalar majmuasi mazmunini ham ifodalaydi. Xozirgi kunda O`zbekistonda maqomlarning 3turi mavjud: - “Olti maqom” shashmaqom yoki Buxoro maqomlari - “Xorazm maqomlari” - “Farg`ona – Toshkent maqomlari” Ijtimoiy ong - siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy, Diniy, falsafiy, ilmiy va boshqa ijtimoiy qarashlarni o’z ichiga oladi. San'at bu ob'ektiv dunyoni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi bilish formasidir. Insoniyat taraqqiyoti tarixi ibtidoiy jamoa tuzumi asta sekin yemirilib, tabaqalanish boshlangan, qullarning jismoniy mehnati bilan ozod odamlarning аqliу mehnati farq qilinib, mehnat taqsimoti yuzaga kelgan. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1139 Demak - chinakam san'at va san'atkor ibtidoiy jamiyat emirilib sinfiy jamiyat, ya'ni quldorlik vujudga kelgach paydo bo’lgan. San'at insoniyat jamiyat taraqqiyoning ilk davrlarida paydo bo’lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida badiiy asarlar yaratila boshlandi. Bu asarlarda odamlar o’zlarining his-tuyg’u va orzu umidlarini ifodalanganlar. Biroq ibtidoiy odamlar hali obrazlarni idrok qilish qobiliyatiga erishguncha necha o’n - yuz ming yillar o’tgan. Ilmiy tadqiqot ishlari natijasida shu narsa aniqlandi-ki, san'atning ilk formalari devorlaridagi rasmlar, qadimgi odam akslari va ashulalari, paleolit davri oxirida, necha ming yil ilgari vujudga kelgan. Dеmak, san'at - mehnat prosessi taraqqiyotining maxsuli bo’lib, mehnat faoliyatining muayyan bosqichida vujudga kelgan. Primitiv holatdagi ibtidoiy san'at qadimgi odamlarning kumdalik mehnati bilan bevosita chirmashib ketgan. Bu san'atda ibtidoiy odamning nihoyat darajada cheklangan ehtiyoj va manfaatlari o’z ifodasini topgan edi. Masalan, ibtidoiy odamning qo’shiqlari yurakdan emas, qorindan aytilgan qo’shiqlardir, chunki u davrda mehnat faoliyatining asosiy ob'ektini bilish inson uchun zarurroq edi. Ibtidoiy san'atda bilish va tarbiyalash kаbi funksiyalar dastlabki vaqtlardanoq paydo bo’la boshlagan edi. Ibtidoiy odamlar raqs va qo’shiqlar, daraxt va g’or devorlariga solingan turli rasmlar yordamida ob'ektiv vоqеlik to’g’risidagi bo’limlarini chuqurlashtirar, tabiat kuchlariga qarshi kurashda natijalarga erishar edilar. Sinfiy jamiyat vujudga kelishi bilan ijtimoiy taraqqiyotda katta o’zgarishlar yuz berdi. Аqliy mehnat jismoniy mehnatdan ajralib chiqdi. Bu esa fan va san'atning rivojida katta hissa qo’shdi. Professional san'at mana shu davrda vujudga kеlа boshladi. San'at ijtimoiy hayotning barcha sohalariga xizmat qila boshladi. Unda siyosiy kurash, din, kishilar turmushi ifodasini topadi. San'at keng ma'noli tushunchadir. Masalan, qadimgi yunonlar musiqa, raqs, nazmni san'at deb bilar edilar. O’rta asrlarda san'at tarkibiga, tasviriy san'at, kasallarni davolash va dorixona ishlari ham kiritilgan. Bugungi kunda san'at so’zi - voqelik, badiiy timsollar vositasida ijodiy aks ettirish, ishning ko’zini bilish va maxorat ko’rsatish jarayoni, har qanday ishning o’zi va u talab qiladigan maxorat «darajasi» ma'nolarida qo’IIaniladi. San'at tushunchasini talqin qilish bejiz emas albatta, zero, san'at inson mehnati, аql - idroki bilan vujudga kelgan ijod qilingan narsalardir. San'at inson faoliyatining ijodkorlik turini anglatib, har bir san'at asarida shaxsning o’ziga xos iste'dodi namoyon bo’ladi va nihoyat san'at insonning maxorati bilan chambarchas bog’liqdir. Shunisi qiziqki, san'at keng ma'noda san'at asarlari bilan birga ularni yaratish va iste'mol jarayonlarini ham qamrab oladi. San'at hozirgi davrga qadar insoniyat taraqqiyoti bilan bog’liq holda rivojlanib kelgan. O’zbekiston hududida, Ispaniya, Saxroyi Kabr va boshqa joylarda uchraydigan qoyalarga uyib tushirilgan yovvoyi hayvonlarning tasvirlari hozirgi davr nuqtai nazaridan estetik qiymatga ega. Tor ma'nodagi tushunchasiga -_ faqat go’zallik qonun-qoidalari asosida qilingan ijodiyot kiradi. M: rassomlar shoirlar, haykaltaroshlar ijodi. Xo’sh san'atning vazifasi nimadan iborat. San'atning vazifasi: hayotning xilma - xil tomonlarini kishini hayajonlantiradigan, uning fikri va qalbiga borib yetadigan darajada chuqur va ravshan ifodalashdan iborat. San'at tarixiy taraqqiyot jarayonida hamisha ijtimoiy hayotning murakkab rango-rang munosabatlari bilan aloqador bo’lib, u mehnatning aloxida turi, ijtimoiy ishlab chiqarishning maxsus soxasi, ijtimoiy ongning bir ongi, o’zga bilim soxasi, ijodiy faoliyatning bir ko’rinishi sifatida anjal amal qiladi. San'at ijtimoiy turmush jarayonlari bilan bog’liq. Buni qadimgi odamlarning moddiy ma'naviy bоуliklаг yaratishda, ya'ni o’zlariga ma'qul va ko’ngillariga xush keladigan narsalar yaratishga INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1140 bo’lgan ishtiyoqlarida ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy turmush san'atning rivojlanishiga ta'sir o’tkaza bordi, keyinchalik falsafiy diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma'naviy qadriyatlar orqali ham ta'sir o’tkaza boradi. Shuning uchun ham, san'atning yana bir vazifasi: davrimizga munosib mustaqilligimizning buyuk yutuqlari darajasini namoyon eta oladigan badiiy asarlar yaratishdan iboratdir. San'at jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o’tkazadi, ijtimoiy ongining barcha shakllari o’zaro aloqadordir. San'at taraqqiyotining nisbiy mustaqilligi shundaki, jamiyat badiiy ravnaqining darajasi hamma vaqt uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos kelavermaydi. San'atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilish vorsiylik qonuniyatning namoyon bo’lishi bilan ham bog’liq. Vorisiylik ma'naviy hayotning barcha jabxalarida mavjud. San'atning hamma qirralari - mavzu yo’nalishi g’oyaviy, ruxiy qoida va ohanglari ijodiy aqidalari uslubi, turi va shakllarining ifodali vositalari vorisiylikda namoyon bo’ladi. San’atning ijtimoiy mazmuni xalqchilik tushunchasi огqаli namoyon bo’ladi. San’atning xalqchiligi to’g’risidagi masala turli estetik ta’limotlarda turlicha talqin qilinib kelindi. Xalqning ko’р qirrali ijodiy faoliyati hamda professional san'atning xalq taqdiri bilan aloqasi ko’pincha inkor etilar edi. Xalqchilikbu voqelikdagi muhim hodisalarni хаlq nuqtai nazaridan baxo berish, uning orzu - istaklari, extiyoji, xarakteri, manfaatlarni ko’rsatishdir. Darhaqiqat A.Navoiy ijodining xalqchiligi yoki X.Olimjon poeziyasining xalqchiligini ko’z oldimizga keltirsak. Bizning estetikamiz xalqchillik deganda - asar mazmuni uning ruxi, xalq manfaatlari va intilishlariga xos tushishi, umumxalq ahamiyatiga ega muammolarni qo’yish va to’g’ri hal etishgina emas balki shaklning xalqchil bo’lishini ham nazarda tutadi. San'at xalqchilligi - bu xalq uchun muxim bo’lgan muammolarni хаlq tushunchasi va mehnatkash xalqning tub manfaatlari ruxida haqqoniy va chuqur tasvirlashdir. Xalqchil asar shu bilan birga yuksak badiiylika, hamda demokratik shaklga ega bo’ladi. San'atning jjtimoiy mazmuni xalqchillik tushunchasi оrqаli namoyon bo’ladi. Xalq o’zgaruvchan tarixiy kategoriya bo’lib, xalq tushunchasi miqdor va sifat mezonlariga egadir. Хаlqeng avvalo moddiy va ma'naviy boyliklar yaratishda faol qatnashadigan odamlar guruxi bo’lib, u asosiy ishlab chiqaruvchi kuch sifatida ham ta'riflanadi. Xalq tushunchasi - san'at ravnaqining yo’nalish va tomonlarini tavsiflashga yordam beradi. Bu yo’nalishlardan ilk bor xalq ijodi ajralib сhiqqan. Xalq yaratgan va iste'mol qilinadigan badiiy faoliyat turlari va ko’rinishlarga xalq ijodi deyiladi. Unga: • Xalq og’izaki ijodi. • Xalq musiqasi • Xalq raqslari • Xalq amaliy san’ati • Xalq badiiy hunarmandchiligi San'atda хаlqchilik - ruxi haqqoniylik ruxi bilan hamohangdir. Hаqqoniylik hamma vaqt xalqchilik mazmuniga ega bo’ladi, haqqoniylik xalqning maqsad intilishlariga mos keladi, uning ma'naviy ravnaqi va axloqiy barqarorligiga xizmat qiladi va aksincha yolg’on axloqsizlikning o’zidir. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1141 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mahkamova Sh.R., Asadullayeva M.A. Pedagogok ta’limning innovatsion klasteri musiqa madaniyati darslarida. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021 DOI: 10.24412/21811385-2021-12-477-482 2. Ш.Маҳкамова, М.Асадуллаева. Ёшларни маънавий тарбиялашда қўшиқчилик санъатининг тутган ўрни // Халқ таълими. ISSN 2181-7839 2020-№3 6063 betlar. 3. Махкамова Шохида Рахматуллаевна.Имконияти чекланган болалар ва ҳар томонлами етук авлодни тарбиялашда мусиқанинг ўрни // Maktab va hayot. Махсус Сон № 1 22-23 betlar 4. Mahkamova, S. R. (2023). Maktab o’quvchilarida musiqa madaniyati darslarining integrallashuvi. Scientific progress, 1 5. Xalilova M.M. Maktab repertuari //Zebo print. 2023 6. Mукеева Н.Е.,Ербулатова А.К. Методика преподавания музыкального искусства.//Эверо Алматы,2020