O'ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY USLUBLAR
Abstract
Ushbu maqolada xalq musiqiy ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janrturlari tavsifi va ularning ta’lim jarayoniga tadbiq etish muammolari, mahalliyuslublarning o’iga xos jihatlari haqida hikoya qilinadi.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1142 O’ZBEK MUSIQASIDA MAHALLIY USLUBLAR 1Maxkamova Shoxida Raxmatullaevna, 2Nishanova Muxlisaxon Nuriddin qizi 1Musiqa ta’limi kafedrasi dotsenti Chirchiq davlat pedagogika universiteti, 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti Musiqa ta’limi yo’nalishi 1-bosqich talabasi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446200 Annotasiya. Ushbu maqolada xalq musiqiy ijodiyotining mahalliy uslublarga xos janr turlari tavsifi va ularning ta’lim jarayoniga tadbiq etish muammolari, mahalliy uslublarning o’iga xos jihatlari haqida hikoya qilinadi. Kalit so’zlar: San’at, mahorat, kashfiyot, fazilat, naqsh, musiqa, uslub, yo’nalish,doston, bahshi, xalq og ‘zaki ijodi. Surxondaryo-Qashqadaryo aholisining katta qismi respublikaning boshqa viloyatlaridan farqli ravishda, o’tmishda asosan, chorvachilik, ayrim qismigina dehqonchilik bilan shug’ullanib hayot kechirar edi. Bu viloyatlar musiqa folkloridan chorvadorlar mehnati haqidagi ko’chmanchilik hayoti haqidagi qo’shiqlarning xarakteri o’rin egallashi ham ana shundadir. Bu viloyatlar musiqa hayotida doston ijrochilari, yani baxshi shoirlar ham muhim o’rin tutgan. Barkamol avlod tarbiyasida san’atning, xususan musiqa san’atining o’rni beqiyosdir. Musiqa tabiatiga ko’ra jon ozig’i, xissiy ruhiy kechinmalarning uyg’otuvchisi, ijod va nozik didni tarbiyalovchi kuchli vositadir. Musiqaning ana shu o’tkir tarbiyaviy kuchi vositasidan foydalanish, san’atga mehr uyg’otgan holda, o’quvchi yoshlarning nafosat dunyosini o’stirish, ularda yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash soha vakillari va pedagoglar zimmasiga yuklatilgan. Yurtimizda olib borilayotgan sohaga oid isloxotlar, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlar soha rivojida sezilarli natijalarni yuzaga kelishida muhim omil sanaladi. Madaniy merosga har bir avlodning o’z munosabati bo’ladi. Bu munosabat yaxshi bo’lsa, xalq ijoda va uning har bir janri, ya’ni maqol, ertak, doston, qo’shiqlari, aytimlari hayotiylik kasb etib avloddan avlodga o’tib yashashda davom etadi. Qo’shiqlari, milliy urf-odat, an’analari yashab turgan yurtning hayoti, tarixa ham yashaydi, yurti obod, xalqining ma’naviyati yuksak bo’ladi. Har bir jamiyatning o’z madaniyati va ma’naviy omillari mavjud bo’lganidek mustaqil jamiyatimizning ham milliy ma’naviy omillari sirasida xalq musiqa merosi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan xalqimizning o’tmish ma’naviy merosini o’rganish, shu asosda milliy mafkurani yaratish, ularda vatanparvarlik, milliy urf-odat va qadriyatlarni sevish hamda qadrlash tuyg’usini kamol toptirish alohida e’tiborni talab qiladi. Bu qadimiylikning g’oyaviy badiiy ifodasi bir qator badiiy qadriyatlarda, jumladan, xalq qo’shiqlari afsona va dostonlarida saqlanib qolganligi ham mamlakatimizda ta’limtarbiya, uztoz-shogird an’analarining tog’ri va maqsadli shakllanganligini ko’rsatadi. Ta’kidlab o’tilgan qo’shiqlar, laparlar, yalla, alla, katta ashula, diniy mazmundagi motam aytimlari, mehnat qo’shiqlari, marsiya, doston qo’shiqlari orqali o’sha hudud xalqining hayotiy falsafasi, lozim bo’lsa pedagogik ahamiyatga molik qarashlarini ham bilib olish uchun zamin yaratadi. Shuning uchun
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1143 ham o’zbek xalqining musiqiy ijrochilik uslublari, an’analarining musiqiy-pedagogik xususiyatlarini muayyan janrlarga mansub aytimlar, cholg’u kuylarning amaliy-muqiqiy uslublari, musiqiy ma’rifiy faoliyatini o’rganmay turib, tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish samarali bo’lmasligi mumkin. Uzoq o’tmishda sinkretik san’atning namunasi bo’lgan qo’shiqlarni yaratuvchilar va ijro etuvchilar mehnat faoliyatiovchilik, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik ishlari, xalq amaliy san’ati kulolchilik, o’ymakorlik va boshqa san’atlar bilan bevosita aloqada bo’lib, ayni chog’da mehnatkash ommaning qadimiy urf-odatlari, xilma-xil marosimlari va e’tiqodlari negizida yashab kelgan. Zamonlar o’tishi, davrlar almashinuvi natijasida xalqlarning chegaralanishi, ya’ni ma’lum hududlarga bo’linib yashash ko’proq va qat’iyroq tus olishi bilan har bir urug’, qabilaning, xalqning urf-odatlari, nafaqat xalq, balki har bir shahar, tuman,vohaning o’ziga xosligi bo’lib, bu narsa musiqa san’atiga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Surhandaryo-Qashqadaryo, ijrochilik uslublari xususiyatlari,ommaviy janrlari bunga misol bo’la oladi. Xalq og’zaki musiqa ijodiyotida mahalliy uslubga xos aytimlarning yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ahamiyati kattadir. Psixolog olimlarning qayd etishicha xalq og’zaki ijodiga mansub asarlar o’zining milliy ohangi va mazmuni bilan inson bosh miyasi joylashgan yarim shardagi asab qoplamasi, asab tomirlari, miya qobig’ining yeng yirik, eng nozik, boshqa hech narsa ta’sir ko’rsata olmaydigan qatlamiga ham kirib bora oladi. Talabalarda milliy musiqiy meros haqida keng qamrovli tushunchalar hosil qilishda eng avvalo, ularning o’zi yashab turgan hudud viloyat, tuman,qishloqlarda yashovchi xalqqa mansub folklor asarlar, mashhur san’atkorlarbaxshilar, o’lanchilar, laparchi-yallachilar, keng ommalashgan aytimlar bilan tanishtirish, ularning ijrochilari haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish va talabalarga mustaqil ish sifatida yoshi ulug’lardan bu haqida ma’lumotlar, namunalar yig’ib kelishni topshireish yaxshi samara beradi. Mahalliy uslublarga xos namunalarni o’rganishda ularni qiyosiy taxlil qilish talabalarni xalq ijodiyotiga qiziqishlarini oshiradi, bu esa ularni musiqiy go’zallikka bo’lgan haqiqiy ehtiyojini qondirishda muhim o’rin tutadi. Chunki inson tug’ilganidanoq birinchi musiqachi, kompozitorona allasini eshitadi. Bu milliy ohang, milliy tarbiyaning yeng asosiy vositasi sifatida insonning umri oxiriga qadar o’z kuchi, ahamiyatini yo’qotmaydigan, uning milliy qadriyatini belgilovchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Milliy musiqiy asarlarning,jumladan xalq hayotini turli ko’rinishlarini aks ettiruvchi qo’shiq-raqs aytimlarni ta’sirchanligini ta’minlovchi asosiy ko’rsatgichlardan biri uning o’quvchiyoshlarning ichki kechinma, hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatishidir. San’at asarlarini hissiyemotsional idrok qilish har qanday bilimning asosini tashkil etadi. Xalq badiiy ijodiyotini badiiy idrok etish, anglash ma’naviy ma’naviy estetik madaniyatini shakllantirishning eng muhim omillaridan sanaladi. Shu bilan birga Respublikamiz musiqa madaniyatida tavsif etilgan to’rtta asosiy mahalliy uslub - SurxondaryoQashqadaryo musiqiy an’analarining o’ziga xosligi, o’xshashligi, farqli jihatlari va o’zaro yaqinlashib boorish xususiyatlari bugungi kunda umummusiqiy madaniyatimizni keng diapozoni va janr-barangliligini belgilab beradi. Respublikamizdagi viloyatlar aholi migrasiyalarining o’tgan asr o’rtalaridan ancha jadallashganligi, aholi umumiy madaniyati, turmush tarzining ham o’zaro faollashuvi shuningdek, ommaviy axborot vositalarining ayniqsa, ayniqsa, radio, radio, televideniye kabi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1144 vositalarning madaniy qiymatlar (an’ana, urf-odat, marosim) almashinuvining tezlashuvi kabi muhim omillar sifatida ko’rsatish mumkin. Tabiiyki, ayrim marosim, urf-odat va mehnat turlarining ijtimoiy mohuyati o’z kuchini yo’qotib borishi natijasida ular bilan bog’liq aytim yoki kuylarning ham dastlabki vazifasi o’zgarib, endilikda nomarosim xalq musiqasi guruhiga taalluqli bo’lib qolmoqda, ayrim namunalar esa o’z qadr-qimmatini yo’qotish arafasida turganidan ham ko’z yumub bo’lmaydi. Yuzaga kelgan bu vaziyatda tarixiy merosimizni saqlash va kelajak avlodga yetkazish maqsadida bir qator chora-taddirlar amalga oshirilmaqda. Shu jumladan, folkloretnografik ansambllarning tuzilishi va faoliyatiga e’tibor kuchayganligi, maxsus ko’rik-tanlovlarning tizimli tarzda o’tkazilib kelinayotganligi, musiqiy folklorning turli hududlar (mahalliy uslublar) aholisiga tegishlilik xususiyatlarini tabiiyligini saqlab qolish ularni yosh avlod ma’naviyatiga, ta’lim-tarbiyasiga yanada chuqurroq singdirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. E’tirof etish kerakki, bizning davrimizga qadar yetib kelgan musiqiy folklor namunalari ko’proq viloyatlarning qishloq tumanlarida o’zining tabiiy hayotini davom ettirib, o’z tabiiy xususiyatlarini saqlab kelayotgan bo’lsada, biroq shahar muhiti, turli ijtimoiy guruhlaring ma’naviy-madaniy talab va ehtiyojlari ta’sirida, ayrim holatlarda chet el madaniyatiga xos unsurlarning hayotimizga kirib kelishi oqibatida ularning tabiiyligiga putur yetib, etibor susaymoqda. O’zbekistonda - ustoz-shogird kabi qadimiy an’analarga asoslangan bir necha dostonchilik maktablari, mashhur ijrochilik markazlari mavjud. Ular asosan Samarqand, Surxondaryo-Qashqadaryoning , bir qator hududlarida saqlanib qolgan. Hozirgi paytda dostonchibaxshilarning turli darajada o’tkazilayotgan ko’riktanlovlari teledasturlardagi baxshilar chiqishlari,maxsus ko’rsatuvlar, ommaviy bayram tadbirlaridagi chiqishlari bu ko’hna ijodiyotni rag’batlantirishga, ayrim unutilayotgan namunalarni qayta tiklashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Shu bilan birga qadimdan dostonchilik an’analari mavjud hududlarining musiqiy bilim yurtlari (san’at kollejlari nazarda tyutilmoqda) ushbu soha ijrochiligini amaliy o’zlashtirgan dostonchi-baxshilar (ya’ni ixtisoslashgan professional ijrochilar)ni yetishtirish maqsadga muvofiq keladi. Bu borada Xorazmda amalga oshirilayotgan ishlar ibratlidir. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida o’quvchi yoshlarni O’zbekiston sarhadida qaror topgan to’rtta asosiy mahalliy musiqiy uslub, uning, uning mohiyati, o’ziga xosligi, o’xshash va farqli jihatlari, aytin an’analari, ayrim o’zigagina xos janrlari, uslublari bilan tanishtirib borish, ularda milliy o’zlikni anglashlarida, yurtning chinakam farzandlari bo’lib, ma’naviy etuk axloqiy barkamol insonlar bo’lib yetishlarida xususan tom ma’noda madaniyatli shaxs sifatida shakllanishlarida muhim rol o’ynaydi. O’quvchilarda xalq musiqa ijodiyoti, jumladan uning mahalliy uslublariga oid musiqiy tasavvurni shakllanishi, ularda mazkur uslublarga xos namunalarni o’rganishga nisbatan rag’batning paydo bo’lishi har bir uslubninng o’ziga xos ijrochilik yo’nalishlari betakror jozibasinihis etish asarlarda ifodalangan mavzu, obraz his-tuyg’ularining o’zining histuyg’ulari bilan mutonosibligi ijro etilayotgan, tinglangan, tanishgan folklor qo’shiqlari mazmunidagi ifodalangan insoniy ichki kechinmalari, hayajonlari, orzu-umidlari, intilishlarini his etish vatanparvarlik, insonparvarlik, bir-biriga nisbatan mehribon va sadoqatli bo’lish, mexnasevarlik, to’g’rilik, xalollik kabi fazilatlarni qaror topishida muhim rol o’ynaydi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1145 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., O’zbek xalq og’zaki poetik ijodi.– T.,O’qituvchi,1990. 2. О.Matyoqubov Оg`zaki an’anadagi prоfеssiоnal muzikaga kirish T.1983. 3. О.Matyoqubov Maqоmоt T.2004. 4. X. Hamidov “Avesto” fayzlari. T., O’qituvchi. 1998 y 5. Yo’ldosheva.S Xalq-urf odat va an’analari T 2003y 6. M.Xo‘jaeva. Umumta’lim maktablarida musiqa o‘qitish metodikasi.Toshkent 2014y 7. Aloviya Muzayyana O’zbek xalq marosim qo’shiqlari T 1974 y 8. R.T.Qodirov. Musiqa psixologiyasi. Toshkent, 2005 y.