MUSIQA TA'LIM TARIXI QADIMGI DAVRDAN TO BUGUNGI KUNGACHA
Abstract
Maqolada musiqaning qanday paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi ya’ni musiqa ta’lim tarixi qadimgi davrdan to bugungi kungacha qanday bosqichlarda rivojlanib kelganligi, undagi yangiliklar, kashfiyotlar, o‘zgarishlarning rivojlanish bosqichlari yoritilgan.
Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1150 MUSIQA TA’LIM TARIXI QADIMGI DAVRDAN TO BUGUNGI KUNGACHA 1Miskinova Sabina Ziyadxon qizi, 2Nurmamatova E’zoza Sobitjon qizi 1CHDPU Musiqa ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi, 2CHDPU Musiqa ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446205 Annotasiya. Maqolada musiqaning qanday paydo bo‘lganligi va rivojlanganligi ya’ni musiqa ta’lim tarixi qadimgi davrdan to bugungi kungacha qanday bosqichlarda rivojlanib kelganligi, undagi yangiliklar, kashfiyotlar, o‘zgarishlarning rivojlanish bosqichlari yoritilgan. Аннотация. В статье описано, как возникла и развивалась музыка, то есть этапы истории музыкального образования с древнейших времен до наших дней, этапы развития инноваций, открытий и изменений в нем. Abstract. The article discusses how music emerged and developed, that is, the stages in which the history of music education has developed from ancient times to the present day, and the stages of development of innovations, discoveries, and changes in it. Kalitso‘zlar: musiqa, qadimgi davr, ibtidoiy jamiyat, o‘rta asr, uyg‘onish davri, musiqiy janrlar, texnologiyalar, rivojlanish, platformalar. Ключевые слова: музыка, античность, первобытное общество, Средние века, Возрождение, музыкальные жанры, технологии, развитие, платформы. Keywords: music, ancient times, primitive society, Middle Ages, Renaissance, musical genres, technologies, development, platforms. Musiqa bu o‘ziga xos san’at turidir. U insonning hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovushlarda aks ettiruvchi san’at turi. Bundan tashqari musiqa shaxsning irodaviy sifatlari (qat’iyatlilik, intiluvchanlik, oychanlik, vazminlik)ni, uning tabiatini ham yorqin aks ettiradi. Musiqa tarixi. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo‘lgan tirik jonzotlar, xudolar, tabiat va koinotga o‘z tasirini o‘tkazuvchi mujizakor kuch sifatida qaralgan. Insoniyat tarixidagi qadimiy musiqa madaniyatlari Sharqda yuzaga kelgan Vavilon, Urartu, Fenikiya mamlakatlarida shakllangan edi. Bu haqidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi IV-III asrlarga to‘gri kelib, ularning tarixi juda katta davr 30-40-asrlarni qamrab oladi. Musiqa tarixining rivojlanishi insoniyat tarixidagi ijtimoiy, madaniy va texnologik o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. U qadim zamonlardan hozirgi kunimizgacha turli bosqichlarda shakillanib takomillashib kelgan. Qadimgi davrlarda ibtidoiy jamiyat musiqa insonning tabiat bilan muloqoti va ibodat shakllari bilan paydo bo‘lgan. Ilk musiqiy tovushlar inson ovozi va tabiy narsalardan chiqadigan tovushlardan tashkil topgan. Musiqa marosimlar, ov qilish va jamoviy ishlarni tashkil etish vositasi bo‘lgan. Ilk bor musiqani yaratgan va ijro etgan san’atkorlar-“ade” deb nomlanib, u bir vaqtning o‘zida shoir, bastakor, qo‘shiqchi va jo‘rnavoz vazifasini bajarar edi. XII asrlarga qadar musiqa san’atining faqatgina bir sohasi, ya’ni xristian cherkovlari musiqasi bizgacha yozma yodgorliklarini qoldirdi. Yarim ming yillik davomida G‘arbiy Yevropa musiqa madaniyati cherkov va xalq musiqa sohalari doiralari bilan chegaralanib kelgan, ammo XII-XIII asrlarda saroy musiqiy-shoirona ijodiyoti yangi shakllari va
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1151 cherkov musiqasining yangicha ko‘inishi bilan boyitildi. Yangilanish jarayoni rivojlangan feodalizm shart-sharoitda amalga oshirildi. XIII asrga qadar diniy cherkov maskanlari-musiqa san’atini professional markazi bo‘lib kelgan. Cherkov madaniyati doirasida yuksak badiy qadryatlar, turli xil musiqiy janrlar, musiqa nazariyasi, notalashtirish va pedagogika ilmi rivoj topdi. IX asrdan boshlab musiqani pergament qog‘ozida maxsus nota yozuvlari vazifasini bajargan belgilar nevmalar yordamida yozib olina boshlandi. Vaqtlar o‘tib, XI asrda italyan musiqachisi Gvido De Aretsso tomonidan amalyotga kiritilgan nota chiriqlari takomillashtirildi. Bu qadam zamonaviy nota yozuvi borasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Gvido De Aretsso Benedikt ibodatxonasi ruhoniysi edi. U nota yozuvining islohotchisi bo‘lib, to‘rt yo‘lakli nota yozuvini amalyotga kiritdi (zamonaviy nota yozuviga asos solgan deb hisoblash mumkin). Shu bilan birga u geksaxord tizimini nazariy asoslab berdi. IX asrlargacha katolik cherkovining qo‘shiqlari bir ovozli edi. IX-XIII asrlarda ko‘p ovozli shakillar paydo bo‘ldi. Biroq XV-XVI asrlar oxirigacha ko‘p ovozli qo‘shiqchilik bir ovozlikni qayta ishlangan namunasi sifatida qabul qilinar edi. Ars antique davrining Notr-Dam maktabi amalyotida o‘rta asr ko‘p ovozligini asosiy shakl va janrlari rivoj topdi. Bu davrda O‘rta va Yaqin SHarqda erkin rechitativ va parda tuzulmalariga asoslangan musulmon kasbiy musiqa janrlari shakllangan. Ular boshqa musiqa turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik o‘n ikki maqom tiziming shakillanishiga ma’lum darajada tas’ir ko‘rsatgan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan. Uyg‘onish davri Yevropa ma’daniyatida taraqqiy etgan inson parvarlik g‘oyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan musiqa sa’natida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga ko‘tarildi, cholg‘u va vocal ijrochiligi rivoj topgan. Profissional musiqada polifoniya uslubi, jumladan akopella xor ijrochiligi o‘z cho‘qqisiga ko‘tarildi. Yangi kompozitorlik maktablari shakillandi. XVII-XVIII asrning birinchi yarmida yangi janrlar: opera, oratoriya, konsert, kamer ansambl, sanata, syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ, klavesin uchun asarlar yaratgan. Bu davrda opera teatrlar, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa ta’limi rivoj topgan. XVIII asr o‘rtalari XIX asr boshida Yevropa musiqasi ma’rifatchilik davri hamda buyuk Firansiya inqilobi g‘oyalari ta’siri ostida rivojlangan. XIX asrda rus, polyak, chex, vengir, norveg, ispan, fin yangi milliy kompozitorlik maktablari shakillangan. XX asr musiqa tarixida alohida o‘rin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub o‘zgarishlar yuz bergan. Ijodda yangi-yangi uslub va yo‘nashlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. XX asrda yuz bergan ilmiy texnik va information inqiloblar (radio, televideniya, grammplastinka va magnit yozuvlarni ixtiro etish) natijasida musiqani tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Buning natijasida omma bop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholg‘u musiqa kabi) janrlar o‘rniga vocal musiqasi, teatr musiqasi, kino musiqasi kabi “ aralash” turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga an’anaviy musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan SHarq mamlakatlari mumtoz musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mug‘om, o‘zbek va tojik maqomlari va hokozo) o‘zining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy musiqa yo‘nalishlariga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1152 XXI asrda musiqa nafaqat san’at, balki madaniyatning muhim bir qismi sifatida davom etmoqda. Musiqa texnologiyalar, ijtimoiy masalalar va madaniyatlar o‘rtasida kuchli o‘zaro aloqadar ivojlanmoqda. Musiqaning global xarakteri bugungi kunda uning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. XXI asrda musiqa ta’limi texnologiyalar rivoji bilan yangi bosqichga ko‘tarildi. Musiqa ta’limning yangi shakllari vujudga keldi: You Tobe, Skillshare, Coursera kabi platformalar orqali har kim o‘z qiziqishlariga mos musiqa darslarini topishi mumkin. Bu platformalar nafaqat amaliy mashqlar, balki nazariy bilimlar bilan ham boyitilgan. Spotify, Apple Music, You Tube Music va boshqa striming platformalari XXI asr musiqa san’atini butunlay o‘zgartirdi. Ushbu platformalar nafaqat musiqani tinglashni osonlashtiradi, balki musiqa san’ati global miqyosda tarqalishiga yordam berdi. Analog asboblardan raqamli asboblarga o‘tish musiqa yaratish jarayonini soddalashtirdi. Bugungi kunda musiqachilar turli xil virtual asboblar (VST, kontakt) yordamida ovozlar yaratishi mumkin. Bu electron musiqa va eksperimental janrlarda o‘z aksini topadi. XXI asrda musiqachilar va produserlar musiqa yaratishda raqamli texnologiyalarni keng qo‘llayapti. Musiqiy dasturlar (Pro Tools, Ableton Live, FL Studio) yordamida musiqa ishlab chiqarish va aranjimaning sifatini oshirish osonlashdi. XX va XXI asrlar musiqa ta’limini yangi bosqichga olib chiqdi. Texnologiyalar rivoji, xalqaro hamkorlik va innovatsion pedagogic yondashuvlar orqali musiqa ta’limi nafaqat professional, balki shaxsiy rivojlanish uchun ham muhim vositaga aylandi. Musiqa faqat san’at emas, balki shaxs kamoloti uchun asosiy manba ekanligi bugungi kunda tobora ko‘proq e’tirof etilmoqda. ”Musiqani xalqy aratadi, biz san’atkorlar esa unga faqat sayqal beramiz!” Mihail Ivanovich Glinkaning mashhur iborasi ayni haqiqatdir. Musiqani so‘zsiz tarjimon deyishlari bejizga emas! Insoniyat yaralibdiki musiqa bor. U siz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Eramizdan avvalgi davrdan to hozirga qadar musiqa zamon bilan ham nafas holda rivojlanib kelmoqda. Buyuk kompozitorlar, bastakorlarning o‘lmas asarlari asrdan asrga sayqallanib ijro etilib kelinmoqda. Musiqa san’atining tarixi haqida so‘z borganda Yevropa musiqasi ham Osiyo musiqasi ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi va harqaysi davrda ham musiqa insonlarni faqat ezgulikka chorlagan! Foydalanilgan adabiyotlar 1. Ibrohimov O.A., Xudoyev G‘.M.Musiqa tarixi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Barkamol fayz media», 2018. – 312 b. 2. Tursunova R., Tursunova G. Jahon musiqa tarixi: O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: «Voris nashriyoti», 2017. – 152 b. 3. Vikipediya – erkin ensiklopediya. 4. Гуревич Е. История зарубежной музыки. 2-е изд. – М.: Музыка, 2000. 5. Сапанов М. Менестрели: Книга о музыке средневековой Европы. – М.: Музыка, 2004. 6. Mirxaydarova Z. Jahon xalqari musiqasi san'atining rivojlanish jarayoni. – Toshkent, 2008. 7. Trigulova A. Xorijiy musiqa adabiyoti: o'quv qo'llanma. – Toshkent, 2009.