scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUSIQIY TA'LIMDA RAQAMLI VOSITALAR: DASTURLAR VA ILOVALAR

Umarova Ayman Iles qizi, Nurmamatova E'zoza Sobitjon qizi

Abstract

Ushbu maqola musiqa ta’limini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishgaqaratilgan. Maqolada musiqiy ta’limda raqamli vositalarning o‘rni va ahamiyati ya’ni dasturlar va ilovalardan qanday foydalanish va ularning insonga foydalari nimalardan iborat ekanligi yoritilgan.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1170 MUSIQIY TA’LIMDA RAQAMLI VOSITALAR: DASTURLAR VA ILOVALAR 1Umarova Ayman Iles qizi, 2Nurmamatova E’zoza Sobitjon qizi 1CHDPU Musiqa ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi, 2CHDPU Musiqa ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17446248 Annotatsiya. Ushbu maqola musiqa ta’limini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishgaqaratilgan. Maqolada musiqiy ta’limda raqamli vositalarning o‘rni va ahamiyati ya’ni dasturlar va ilovalardan qanday foydalanish va ularning insonga foydalari nimalardan iborat ekanligi yoritilgan. Аннотация. Настоящая статья посвящена использованию цифровых технологий в обучении музыке. В статье рассматривается роль и значимость цифровых инструментов в музыкальном образовании, а также как можно использовать программы и приложения, и какие преимущества они могут принести человеку. Abstract. This article is focused on the use of digital technologies in music education. The paper discusses the role and importance of digital tools in music education, how programs and applications can be utilized, and the benefits they bring to individuals. Kalit so‘zlar: raqamli vositalar, ilovalar, texnologiyalar, o‘rganish, o‘qitish Ключевые слова: цифровые инструменты, приложения, технологии, обучение, преподавание. Keywords: digital tools, applications, technologies, learning, teaching. Musiqiy ta’limda raqamli vositalar va dasturlar bugungi kunda o‘qitish va o‘rganishni yanada samarali va qiziqarli qilish uchun keng qo‘llanilmoqda.Musiqa o‘qitish va tarbiyalashni yanada rivojlanishda ilg`or pedagogik texnologiyalarni toppish, amalyotga joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ilmiy-eksperimental ishlar natijalarini o‘rganish hamda umumlashtirish nazarda tutiladi.Bu esa musiqa ta’limi va tarbiyasi muommolarini o‘rganish va mazkur yo‘nalishdagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot muassasalari, laboratoriyalar, olimlarning amalga oshirgan ish natijalardan iborat bo‘lishi mumkin.Musiqa ta’limida o‘qitish jarayonini texnologiyalashtirish deganda multimedia vositalari, turli dasturiy ta’minot imkoniyatlaridan hamda musiqiy tovushlarni tahrir qilish uskunalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini amalga oshirish nazarda tutiladi. “Texnologiya” tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog`liq xolda fanga o‘tgan asrning 70-yillarida kirib keldi va yunoncha ikki so‘zdan technos-san’at, hunar va logos-fan, ta`limot so‘zlaridan tashkil topib, hunar fani ma’nosini anglatadi.Ta’lim yoki o‘qitish texnologiyasita’lim modellarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari hamda ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash, tasarruf etish tizimidir. 1 1 Davronova G.M.Musiqa o`qitish texnologiyalari va loihalash.Oliy o`quv yurtlarining 5111100-Musiqa ta’limi yo`nalishi uchun o`quv qo`llanma. 2019. - 156 b. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1171 1980-yillardagi raqamli inqilob jamiyatda demokratlashtirish imkonini berdi. 1990yillarningoxirlarida internet qo‘shilgan shaxsiy kompyuter butun dunyo bo‘ylab shaxslarni bog'ladi. Zamonaviyjamiyatda kundalik obekt bo‘lib raqamli vosita mustahkam o‘rin egalladi. Hozirgi kunga kelibraqamlitexnologiyalar yoki internet tarmoqlarisiz hayotni tasavvur qilish mushkul bo‘lib qoldi, chunki dunyodagi barcha soxalar internet tarmog'i yoki raqamli texnologiyalar yordamida takomillashib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi "Axborot texnologiyalari sohasidata’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4851 sonli Qarori 2 ushbu masalaning naqadar dolzarbligini ko‘rsatib turipti. Talabalar bilimi transformatsiyasida raqamli texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish, uni tadbiq etish, takomillashtirish dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Musiqa o‘qituvchisi o‘z ta’limotining bir qismini qo‘shimcha ravishda ijodga bag'ishlashi kerak.Hozirgi musiqiy va badiiy ijodning butun dunyo bo‘ylab yoritishning hech qanday cheklovlari yo‘q.Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali kontent tarqatish judaham rivojlangan. Bunga misol qilib Google veb sayti, Youtube, Instagram, Telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar kabi tarmoqlarni aytish mumkin. Sefr texnologiyalari xayotimizning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda va musiqa ta’limi ham bundan chetda qolmadi. Musiqa ta’limida raqamli texnologiyalarning ro‘li tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda bozorda turli xil musiqa darslari, mashq qilish va ijod qilish uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar va ilovalar mavjud.Ular musiqa nazariyasini o‘rganishdan tortib to musiqa asoslarini o‘rganishgacha bo‘lgan keng doiradagi ehtiyojlarni qondirishi mumkin. Musiqa ta’limida raqamli vositalarning afzalliklari: • O‘quvchilar mustaqil ravishda mashiqlarni bajarishlari, natijalarni darhol ko‘rishlari va xatolarini tuzatishlari mumkin. • Ko‘plab bepul va pulli ilovalar xar bir o‘quvchiga o‘ziga mos keladigan o‘quv qurolini toppish imkonini beradi. • Mobil qurulmalar tufayli musiqani har qanday vaqtda va har qanday joyda o‘rganish mumkin. • Musiqiy o‘yinlar va mashg`ulotlar orqali ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash mumkin. • Musiqiy kompozitsiyalarni yaratish va tahrirlash uchun raqamli dasturlar (masalan, FL Studio, GarageBand) yordamida ijodiy ishlash mumkin. • Talabalar o‘z qobilyatlari va o‘rganish tezligiga mos ravishda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. • Musiqiy kutubxonalar va raqamli partituraga osongina kirish mumkin. • Notalar va akkordlarni vizual ko‘rinishda ko‘rib, tushunish osonlashadi. Raqamli texnologiyalarning to‘g`ri va samarali qo‘llanilishi musiqa ta’limini yanada qiziqarli va samarali qiladi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish choratadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4851 sonli Qarori INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1172 Musiqa o‘rganish uchun maxsus ilovalar ham mavjud bu ilovalarning o‘ziga hos vazifalari va afzalliklari bor. Musiqiy ta’limni rivojlantirish va o‘rgatishuchun eng mashhur va foydali ilovalar: 1. Simply Piano–bu pianino chalishni o‘rganishga yordam beradigan ilova. U boshlovchilar uchun juda qulay va interaktiv darslarni taklif etadi. Ilova turli xil musiqiy asarlar va mashqlarni taklif qiladi, shuningdek, real vaqtda chalgan tovushlarni tahlil qilib, foydalanuvchining noto‘g'ri va to‘g'ri ijrosini,ko‘rsatadi. Bu ilovaning foydali taraflari: boshlovchilar va o‘rta darajadagi foydalanuvchilar uchun mos, real vaqtli to‘g'rilashlar, foydalanuvchilarni motivatsiya qilish uchun belgilangan maqsadlar. 2. Yousician–bu pianino, gitara va vokalni o‘rganish uchun mo‘ljallangan mashhur ilova. U musiqiy asarlarni interaktiv tarzda o‘rganish imkoniyatini beradi va foydalanuvchining ijrosini baholaydi. Yousician har bir mashqni o‘zgartirish va dastlabki vaqtlarda foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlash uchun yordam,beradi. Bu ilovaning foydali taraflari: turli instrumentlar va vokalni o‘rganish imkoniyati, real vaqtli ijro tahlilini amalga oshiradi, foydalanuvchining yutuqlari va progressi haqida ma’lumot beradi. 3. GarageBand – bu musiqiy kompozitsiyalar yaratish va o‘rganish uchun mo‘ljallangan kuchli dastur. U har xil musiqiy asboblar (pianino, gitara, barabanlar, va boshqalar) va turli xil effektlar bilan ta’minlangan. GarageBand, ayniqsa, musiqiy ijro va yaratishda o‘z bilimlarini rivojlantirish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar uchun juda foydalidir. Bu ilovaning foydali taraflari: kengaytirilgan audio va MIDI qo‘llab-quvvatlash, musiqiy asboblar va ovoz effektlari to‘plami, o‘z musiqangizni yaratish imkoniyati. 4. Perfect Ear– bu musiqiy nazariyani o‘rganish va tahlil qilish uchun ilova. Bu ilova ritm, interval, akkord va tonallikni aniqlash kabi ko‘plab musiqiy tushunchalarni o‘rgatadi. Musiqachilar uchun zarur bo‘lgan eshitish qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi. Bu ilovaning foydali taraflari: o‘rganish va eshitish qobiliyatini yaxshilash uchun mashqlar, akkordlar, interval va tonalliklarni aniqlashni o‘rgatadi, dastlabki va ilg‘or darajadagi foydalanuvchilar uchun mos. 5. Tuner & Metronome-bu ilova asosan musiqiy asboblarni sozlash va metronom sifatida ishlatiladi. Asbobingizning to‘g‘ri sozlanganligini tekshirish uchun tunerni ishlatish mumkin, metronom esa sizning ritmingizni nazorat qiladi. Bu ilova musiqachilar uchun foydali, chunki musiqanianiq va vaqtida ijro etish muhimdir.Bu ilovaning foydali taraflari: musiqiy asboblarni sozlash imkoniyati, metronom yordamida vaqtni muvofiqlashtirish,yuqori aniqlikdagi tunerlash. 6. Music Tutor (Sight)-bu musiqiy notalarni o‘qishni o‘rganishga yordam beradigan ilova. U musiqiy notalarni o‘qish va eshitish mashqlarini o‘z ichiga oladi va foydalanuvchining ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich oshiradi.Bu ilovalarning foydali taraflari: notalarni o‘rganish va sight-reading mashqlari, foydalanuvchining yutuqlari va progressi haqida hisobotlar, interaktiv va qiziqarli mashqlar. 7. EarMaster – bu musiqa nazariyasi va eshitish qobiliyatini rivojlantirish uchun ajoyib ilova. U musiqa ta’limini qiziqarli va interaktiv tarzda taklif qiladi, bu orqali foydalanuvchi ritm, akkordlar va notalarni yaxshiroq eshitishni o‘rganadi. Bu ilovaning foydali taraflari: eshitish qobiliyatini rivojlantirish, musiqiy notalarni va akkordlarni aniq eshitish, ko‘plab mashqlar va darajalar mavjud. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1173 8. Tenuto– bu musiqiy nazariya va notalarni o‘rganish uchun ideal ilova. U foydalanuvchilarga musiqa notalarini tanish, akkordlarni o‘rganish va musiqiy terminologiyani tushunishda yordam beradi. Bu ilovaning foydali taraflari: musiqiy nazariyani o‘rganish, interaktiv mashqlar, notalarni tanish va akkordlarni o‘rganish imkoniyatlari. 9. Chord-ilovasi musiqiy akkordlar haqida to‘liq ma’lumot beradi. U gitarachilar va pianinochilar uchun foydalidir, chunki akkordlar va ularning to‘liq tahlilini taqdim etadi. Bu ilovaning foydali taraflari: akkordlarning to‘liq ma’lumotlarini beradi, turli xil musiqiy asboblar uchun mos, akkordlarni tez va oson o‘rganish imkoniyati. Bu ilovalar musiqiy ta’limni ko‘proq qiziqarli va samarali qilish uchun ajoyib vositalar bo‘lib xizmat qiladi. Har biri o‘ziga xos xususiyatlar va imkoniyatlarga ega bo‘lib, foydalanuvchilarga o‘z musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yordam beradi.Xulosa qilib shuni ta’kidlashni istardimki, musiqa hissiyotlarni ifoda etish va o‘quvchilarning estetik qarashlarini tarbiyalash vazifasini bajaradi. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalar davri boshlanishi bilan ta’lim muassasalari o‘qitishda yangi media texnologiyalarni joriy etish samaradorligini to‘liq anglashlari, musiqa ta’limi islohotini chuqurlashtirishlari, yangi media texnologiyalari va pedagogik innovatsiyalarni o‘quv yurtlarida musiqa o‘qitish bilan to‘liq va samarali birlashtirishni o‘rganishlari, o‘quvchilar bilan yaxshi o‘zaro munosabatlarga erishishlari va rag'batlantirishlari kerak. Zamonaviy jamiyatda yangi media texnologiyalari va musiqa ta’limi sohasidagi umumiy innovatsiyalar orqali nafaqat o‘quvchilarning musiqani o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, balki eskirgan va tanish ta’lim tizimini modernizatsiya qilish ham mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Davronova G.M. Musiqa o‘qitish texnologiyalari va loyihalash. Oliy o‘quv yurtlarining 5111100-Musiqa ta’limi yo‘nalishi uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: 2019. – 156 b. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 oktyabrdagi "Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4851 sonli Qarori. – Toshkent: 2020. 3. Musiqa ta’limida raqamli texnologiyalarning holati. WORLDLYJOURNALS.COM. 4. Musiqiy ta’lim tizimida zamonaviy axborot vositalarini qo‘llash. IN-ACADEMY.UZ. 5. Musiqa san’atiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi va shakllanishida muammo va yechimlar. CYBERLENINKA.RU.