TA'LIMNING INTERAKTIV STRATEGIYALARI VA TA'LIM METODLARI
Abstract
Ushbu tadqiqotda hozirgi kunga kelib ta’limning zamonaviy yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda ta’limga oid davlat dasturlari va ta’limga oid interaktiv strategiyalarga asoslangan holda pedagogik metodlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limning interaktiv strategiyalariga asoslangan zamonaviy metodlarni asosiy maqsadi bu ta’lim samaradorligini oshirish va o’quvchining ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Ushbu tadqiqotda ta’lim metodlari asosida kolloborativ ta’lim shaklining afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Full text
Oktabr, 2025-Yil 275 TA’LIMNING INTERAKTIV STRATEGIYALARI VA TA’LIM METODLARI Turemuratova Aziza Begibaevna Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti. [email protected] Maqsetbaev Azamat Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Qutlimuratov Farrux Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. Safarboyev Asilbek Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17446653 Annotatsiya. Ushbu tadqiqotda hozirgi kunga kelib ta’limning zamonaviy yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda ta’limga oid davlat dasturlari va ta’limga oid interaktiv strategiyalarga asoslangan holda pedagogik metodlarni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limning interaktiv strategiyalariga asoslangan zamonaviy metodlarni asosiy maqsadi bu ta’lim samaradorligini oshirish va o’quvchining ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat. Ushbu tadqiqotda ta’lim metodlari asosida kolloborativ ta’lim shaklining afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan. Kalit so’zlar: Zamonaviy ta’lim, ta’lim metodlari, interaktiv metodlar, pedagogik metodlar, kolloborativ ta’lim, pedagogik mahorat, psixologik tadqiqotlar. INTERACTIVE LEARNING STRATEGIES AND TEACHING METHODS Abstract. In this study, it is important to establish educational state programs and pedagogical methods based on interactive educational strategies, based on modern trends in education. The main goal of modern methods based on interactive educational strategies is to increase the effectiveness of education and increase the student's interest in learning. This study provides information on the advantages of collaborative learning based on educational methods. Keywords: Modern education, educational methods, interactive methods, pedagogical methods, collaborative learning, pedagogical skills, psychological research. ИНТЕРАКТИВНЫЕ СТРАТЕГИИ ОБУЧЕНИЯ И МЕТОДЫ ПРЕПОДАВАНИЯ Аннотация. В данном исследовании рассматривается вопрос разработки государственных образовательных программ и педагогических методов, основанных на интерактивных образовательных стратегиях, с учётом современных тенденций в образовании. Основная цель современных методов, основанных на интерактивных образовательных стратегиях, – повышение эффективности обучения и повышение интереса учащихся к обучению. В данном исследовании представлены данные о преимуществах совместного обучения, основанного на образовательных методах. Ключевые словаa; Современное образование, методы обучения, интерактивные методы, педагогические методы, совместное обучение, педагогическое мастерство, психологические исследования.
Oktabr, 2025-Yil 276 Kirish Bugungi kunda ta’limning interaktiv strategiyalariga asoslangan zamonaviy ta’lim metodlarida o‘qitish shakllari o‘zining yetarlilik darajasini oshirmoqda, shu sababli, o‘quvchi yoki talaba faqat ma’lumot oluvchi emas, balki faol ishtirokchi, muammolarni hal etuvchi va ijodiy fikrlovchi shaxs sifatida shakllanib boradi. Shu bois, zamonaviy pedagogika nazariyasi va amaliyoti o‘qitish jarayonida interaktiv strategiyalar va innovatsion ta’lim metodlarini keng joriy etishni dolzarb masala sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Ta’lim tizimidagi interaktiv yondashuvlarga asoslangan pedagogik metodlar — bu o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikda (kolloborativ ta’lim), o‘qituvchi bilan faol muloqot asosida bilim olish jarayonini tashkil etuvchi strategiyalar majmuasi hisoblanadi. Xalqaro miqyosdagi ta’lim standartlari tahlillariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha ilg‘or ta’lim tizimlariga asoslangan metodlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ijodkorlik va muammoli vaziyatlarni hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, ta’limning zamonaviy yo’nalishlariga qaratilgan interaktiv o‘qitish metodlarini asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab o’tilgan. Amerikalik pedagog va olim John Dewey (1916) o‘zining “Democracy and Education” asarida ta’lim jarayonini jamiyatdagi real muammolarni hal qilish bilan bog‘lab o‘rganish zarurligini ta’kidlab o’tgan va ta’limning zamonaviy shakllaridan foydalanishning afzalliklari haqida ma’lumotlar keltirib o’tgan. Dewey fikricha, ta’lim olish jarayonida o‘quvchilar faqat tayyor bilimni emas, balki uni amalda qo‘llashni ham o‘rganishlari kerak deb hisoblab o’tgan. Bu esa “learning by doing methods” — ya’ni “amal orqali o‘rganish metodi” zamonaviy interaktiv ta’lim konsepsiyasiga asoslanadi. Zamonaviy pedagogik tadqiqotlar natijalari tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy ta’lim dasturlariga asoslangan interaktiv metodlar o‘quvchilarning motivatsiyasi, mustaqil o‘rganish malakasi va tanqidiy fikrlash qobiliyatini kuchaytirishga yordam beradi. Ta’limning interaktiv o‘qitish strategiyalarining asosiy maqsadi — ta’lim oluvchini bilim jarayonining oshirishga va uni passiv tinglovchidan faol ishtirokini ta’minlashdan iboratdir. Bu zamonaviy ta’limga oid yondashuvlarga asoslangan holda pedagogik metodlarni tashkil etish orqali ta’lim jarayonini faqat bilim berishdan iborat emasligi, balki kommunikativ, ijtimoiy, va tahliliy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan yo’nalishlarda bosqichma-bosqich amalga oshirish asosiy vazifa sanaladi. Ta’limda bu kabi metodlarni qo‘llash o‘qituvchidan yuqori darajadagi kreativlik,pedagogik mahoratni va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Zamonaviy ta’limning interaktiv metodlari bo‘yicha xalqaro olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanganda interaktiv ta’lim shaklining asosiy tahlillari shuni ko‘rsatadiki, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bevosita o‘quvchining ta’lim jarayonida faolligini oshirish ko’rstkichlariga bog‘liq bo’ladi. Shuning uchun ham bugungi kunda dunyoning ko‘plab universitetlari va maktablarida “Active Learning”, “Collaborative Learning” kabi ta’limga yondashuvlar shakllari keng qo‘llanilmoqda. Ma’lumot sifatida aytishimiz mumkinki, hozirgi vaqtda zamonaviy ta’limda interaktiv strategiyalar va pedagogik metodlar o‘quvchi shaxsini qiziqishlarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, erkin fikrlash qobiliyatini oshirish, yangi bilimlarga ega bo’lish, jamoaviy holda o‘zaro hamkorlikda ta’lim olish, muloqot va refleksiya asosida qurilgan ta’lim modelining rivojlanishiga xizmat qiladi. Ta’limda ko’p vektorli pedagogik yondashuvlarga asoslangan metodlardan foydalanish dasturini keng darajada oliy ta’lim muassasalari o'quv faoliyatida qo’llash orqali bo'lib, talabalarning o'quv jarayonidagi ishtiroki darajasini oshiradi. Hamkorlik bilan o‘rganish o‘quvchilarga o‘quv dasturi mazmunini o‘zlashtirish va turli xil fikrlash, kolloborativ ko‘nikmalarini rivojlantirish nuqtai
Oktabr, 2025-Yil 277 nazaridan o‘quv jarayonini jadallashtirishga yordam beradigan tasdiqlangan metodik usuldir. Ushbu pedagogik strategiyalar talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning nisbatan yuqori darajasini targ'ib qilishda umumiydir. Hamkorlikdagi ta'limning samaradorligi ijtimoiy-psixologik omillarning (shaxslararo munosabatlar sifati, psixologik moslashuv, o'rganishga ijobiy munosabat) va o'rganish turlarining uyg'unligi bilan bog'liq ishtirok etishni ta’minlash orqali tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Hamkorlikdagi (kolloborativ) ta’limning yuqoridagi xarakteristikalari hamkorlikda ko’p vektorli ta’lim yo’nalishlarida katta tarbiyaviy salohiyatga ega degan xulosaga kelish imkonini beradi. Ushbu tadqiqotda mazkur interaktiv ta’lim metodlariga asoslangan pedagogik yondashuvlarning nazariy asoslari, xalqaro tajribalar, zamonaviy ta’lim metodlariga asoslangan vositalar orqali qo‘llanishi hamda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimidagi tatbiq etish imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’limning strategik bosqichlarda tahlili bu faqat bilim beruvchi tizim modeli emas, balki shaxsni rivojlantiruvchi, ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, muhitda va global dunyoda faol bo‘lishni o‘rgatuvchi jarayon hisoblanadi. Bugungi kunga kelib ta’lim konsepsiyasi “bilimni o‘zlashtirish”dan ko‘ra “bilimni yaratish” tamoyiliga asoslanmoqda va yangi ta’lim metodlaridan foydalanish yaxshi natijalarga imkon yaratmoqda. Psixologik nuqtayi nazardan kelib chiqqanda interaktiv o‘qitish metodlari shaxsning faol ishtirokini ta’minlab beruvchi vosita hisoblanib, bilimlarni uzoq muddatli xotirada mustahkamlashga yordam beradi. Tajribali pedagog Albert Banduraning ijtimoiy o‘rganish nazariyasiga ko‘ra, inson boshqalarning harakatlarini kuzatish, tanqid qilish va ularni tahlil qilish orqali yangi xulq-atvor shakllarini o‘rganadi. Shu sababli, hamkorlikdagi o‘qitish (kolloborativ ta’lim) va muhokamaga asoslangan metodlar o‘quvchilarning ijtimoiy muhitda o‘zaro ta’sirini kuchaytiradi. Bu kabi yondashuvlar o‘qitishda “Differensial ta’lim” va “Individual o‘quv yo‘nalishlari” konsepsiyalarini shakllantirdi. Natijada o‘qitish jarayoni yanada shaxsga yo‘naltirilgan tarzda, moslashuvchan va interfaol tus oldi. Demak, zamonaviy ta’lim konsepsiyasi va metodologiyasi shaxsga yo‘naltirilgan, interaktiv va hamkorlikdagi ta’lim shakllari asosida qurilgan tizimni nazarda tutadi. U o‘quvchining o‘zlashtirish darajasi emas, balki uni fikrlash, tahlil qilish, ijodkorlik va muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirishni asosiy maqsad qiladi. Shu bois, O‘zbekiston ta’lim tizimi ham bugungi global o‘zgarishlar sharoitida shu konsepsiyalarni milliy an’analarga uyg‘un holda joriy etish orqali raqobatbardosh, bilimli va ijodiy fikrlovchi avlodni tarbiyalash yo‘lidan bormoqda degan fikrdamiz. Interaktiv o‘qitish tizimining asosiy modeli — bu o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida faol muloqot, hamkorlik va fikr almashish asosida tashkil etilgan metodlarning tahliliy tizimidir. Bu yondashuvda ta’lim jarayoni ikki tomonlama faoliyatga ajratadi: o‘qituvchi o‘quvchini boshqaradi, lekin ayni paytda o‘quvchining fikr va tajribasidan ham o‘rganadi. Interaktiv strategiyalar o‘quv jarayonining sifatini tubdan o‘zgartiradi. Xalqaro pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, interaktiv o‘qitish metodlari natijasida: o‘quvchilarning bilimlarni saqlab qolish darajasi 50–70% gacha oshadi, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. Ta’limga nisbatan motivatsiya va o‘rganishga qiziqish kuchayadi. Bundan tashqari, interaktiv metodlar o‘quvchining ta’limga bo’lgan ehtiyojiga moslashadi. Har bir o‘quvchi o‘z qobiliyati, tezligi va o‘rganish uslubiga mos tarzda jarayonga kirishadi. Bu yondashuv ta’limni individuallashtirish imkonini beradi. Xulosa Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, interaktiv ta’lim metodlarini samarali joriy etish uchun o‘qituvchi yuqori darajadagi tayyorgarlikka ega bo‘lishi lozim bo’ladi.
Oktabr, 2025-Yil 278 Afsuski, ayrim hollarda interaktiv ta’lim metodini qo’llashda quyidagi muammolar kuzatiladi: O‘qituvchilarning yangi pedagogik texnologiyalarni yetarlicha bilmasligi metodlardan foydalanishda ma’lumotlarning kamligidir. Bu muammolarni hal qilish uchun pedagogik malaka oshirish dasturlarini yangilash, ta’lim infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamli didaktika bo‘yicha o‘qituvchilarni qayta tayyorlash zarur bo’ladi. Interaktiv o‘qitish strategiyalari zamonaviy ta’limning asosi hisoblanadi. Ular orqali o‘quvchi bilim oluvchi emas, balki bilim yaratuvchi shaxsga aylanadi. Bu pedagogik metodlar o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqotni kuchaytiradi, hamkorlik, ijodkorlik va ijtimoiy mas’uliyatni rivojlantirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 1. Turemuratova, Aziza, Maftuna Masharipova, and Ma'mura Atabayeva. "RESEARCH ON IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PSYCHOLOGICAL TRAINING APPROACHES." Modern Science and Research 4.4 (2025): 90-97. 2. Turemuratova, Aziza, and Mahliyo Ruzimova. "PEDAGOGICAL ANALYSIS OF THE FORMATION OF COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON MULTIVECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN EDUCATION." Наука и инновации в системе образования 3.13 (2024): 88-92. 3. Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322. 4. Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System //CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS.-2025. – Т. 6. – №. 02. – С. 30-33. 5. Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN EDUCATIONAL PROGRAM TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. – С. 26-33. 6. Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268. 7. Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA O’QUVCHIYOSHLARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. – №. 4. – С. 242-250. 8. Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISH JARAYONIDA O'QUVCHILARNING AKSIOLOGIK DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024): 114-121. 9. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova Shayra Sabirovna. "PEDAGOGICAL MECHANISMS OF DEVELOPING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62. 10. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 178-182.
Oktabr, 2025-Yil 279 11. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna. "PEDAGOGICAL FOUNDATIONS OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON A MULTI-VECTOR APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187. 12. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102. 13. Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON PEDAGOGICAL METHODS OF INNOVATIVE EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157. 14. Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Ayimbaeva Aynura Rustamovna. "PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 88-92. 15. Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал академических исследований 3.7 (2023): 225-229. 16. Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova Raxila Genjemuratovna. "THE MAIN ESSENCE OF DEVELOPING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON MULTI-VECTOR PEDAGOGICAL APPROACHES IN MODERN EDUCATION." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46. 17. Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR ASOSIDA TALABALARNING KOLLOBORATIV KO’NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and Research 4.4 (2025): 252-261.