scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BOSHLANG'ICH SINFLARDA REFLEKSIYA METODINI SAMARALI JORIY ETISH YO'LLARI

Ukibaeva Sanimxan Toymagambetovna

Abstract

Mazkur tezisda boshlang‘ich sinflarda refleksiya metodini samarali joriy etishning nazariy asoslari va amaliy yo‘llari yoritilgan. Refleksiya o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholashga, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Tezisda vizual, og‘zaki, yozma va o‘yinli refleksiya shakllarining afzalliklari hamda ularni dars jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, refleksiya metodining boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va faolligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Pedagoglarga metodik tavsiyalar berilgan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 286 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA REFLEKSIYA METODINI SAMARALI JORIY ETISH YO‘LLARI Ukibaeva Sanimxan Toymagambetovna Toshkent gumanitar fanlar universiteti assistant o‘qituvchisi [email protected] +998-99-236-43-17. https://doi.org/10.5281/zenodo.17446879 Annotatsiya. Mazkur tezisda boshlang‘ich sinflarda refleksiya metodini samarali joriy etishning nazariy asoslari va amaliy yo‘llari yoritilgan. Refleksiya o‘quvchilarni o‘z-o‘zini baholashga, bilim va ko‘nikmalarini tahlil qilishga, mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Tezisda vizual, og‘zaki, yozma va o‘yinli refleksiya shakllarining afzalliklari hamda ularni dars jarayoniga integratsiya qilish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, refleksiya metodining boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish va faolligini ta’minlashdagi ahamiyati asoslab berilgan. Pedagoglarga metodik tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, refleksiya, refleksiya metodlari, o‘quv jarayoni, o‘quvchining faolligi, o‘z-o‘zini baholash, ta’lim samaradorligi, metodik yondashuv. СПОСОБЫ ЭФФЕКТИВНОЙ РЕАЛИЗАЦИИ МЕТОДА РЕФЛЕКСИИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ Аннотация. В данной тезисной работе раскрываются теоретические основы и практические пути эффективного внедрения метода рефлексии в начальных классах. Рефлексия способствует развитию у учащихся навыков самооценки, анализа полученных знаний и умений, а также самостоятельного мышления. В тезисе представлены визуальные, устные, письменные и игровые формы рефлексии, раскрываются их преимущества и способы интеграции в учебный процесс. Также обоснована роль рефлексии в повышении мотивации и активности младших школьников. Приведены методические рекомендации для педагогов. Ключевые слова: начальное образование, рефлексия, методы рефлексии, учебный процесс, активность учащихся, самооценка, эффективность обучения, методический подход. WAYS TO EFFECTIVELY IMPLEMENT THE REFLECTION METHOD IN PRIMARY GRADES Annotation. This thesis explores the theoretical foundations and practical approaches to effectively implementing the reflection method in primary school classrooms. Reflection helps students develop self-assessment skills, analyze their acquired knowledge and abilities, and encourages independent thinking. The thesis presents visual, oral, written, and game-based forms of reflection, highlighting their advantages and methods of integration into the learning process. It also substantiates the importance of reflection in increasing students’ motivation and engagement. Methodological recommendations for teachers are provided. Keywords: primary education, reflection, reflection methods, learning process, student engagement, self-assessment, learning effectiveness, methodological approach. Bugungi kunda ta'lim jarayonining sifatini oshirishda o‘quvchilarning darsdagi faolligini ta'minlash, ularning mustaqil fikrlash va o‘z ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim Oktabr, 2025-Yil 287 ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada refleksiya metodi o‘quvchilar bilimini tahlil qilish, baholash hamda mustahkamlashda samarali vosita hisoblanadi. Refleksiya – bu o‘quvchining o‘z-o‘zini anglash, o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni tahlil qilish, o‘z faoliyatiga baho berish jarayonidir. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun refleksiya metodining moslashtirilgan, yoshga oid xususiyatlarga mos shakllari katta ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida har bir darsda refleksiyadan foydalanish va uning afzalliklarini anglatish bolalarning hozirgi kunda muhim bo‘lgan tushunish, fikrlash kabi qobiliyat va ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘qituvchiga yaqindan yordam beradi. XXI asr ko‘nikmalarini ham shakllantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Chunki, zamonaviy rivojlangan insonni shaxs sifatida shakllantirishda uning olgan bilimi, shu bilimni kundalik haayotda qo‘llashi, qo‘llagan vaqtida ham mulohaza yurita olishi lozim. Aynan shuning uchun “Men nima o‘rgandim?” -degan savolni har bir o‘quvchi o‘zida singdirishi va shakllantirishi kerak. Refleksiya metodi boshlang‘ich sinfdan faol tarzda olib borilsa, darslarda keng qo‘llanilsa, o‘quvchilarimizda tanqidiy fikrlash, ijodkorlik, muloqat va jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolalarda refleksiv tushunchani shakllantirish uchun 1-sinfdan boshlab qo‘llanish tavsiya qilinadi. Aytaylik, bolada bilim shakllanishi uchun yillar davomida ta’lim jarayoni orqali shakllansa, rekleksiv fikrlash ham yillar davomida yuzaga chiqadi. Bola ongi va bilim salohiyati rivojlangani sari refleksiyaning foydasini seza boshlaydi. Bola refleksiya metodini qo‘llangan vaqtida o‘z-o‘zi bilan gaplashadi, ya’ni his-tuyg‘u va ruhiyatini tinglashni o‘rganadi. Agar refleksiya bolada to‘g‘ri shakllansa, har bir darsdan keyin o‘ziga savol beradi va o‘zi javobini chiqaradi. Berilgan javoblar qanchalik ko‘p bo‘lsa shu darsdan ko‘p miqdorda bilim olganligini bildiradi. Qanchalik oz yoki kam ma’lumotli javob keladigan bo‘lsa u shu darsdan shu miqdorda bilim olganligini bildiradi. Ayniqsa, bu refleksiv fikrlash esa bollalarda 3-4-sinflarda shakllanadi. 1-2-sinflarda esa, bolalarda refleksiya adaptatsiya jarayoni bo‘lib o‘tadi. Refleksiya metodining bosqichma-bosqich joriy etilishi Refleksiya o‘quv jarayonining turli bosqichlarida turlicha shakllarda amalga oshiriladi: a) Dars boshida refleksiya:  O‘quvchining kayfiyati, tayyorgarlik holati aniqlanadi (masalan, "emotsional termometr", "emotikon tanlang").  Avvalgi darsdagi bilimlar esga olinadi: “O‘tgan darsdan nimalar yodda qoldi?” b) Dars jarayonida refleksiya:  Har bir faoliyatdan so‘ng qisqa tahlil: “Men buni tushundimmi?”, “Bu topshiriq menga qanday tuyuldi?”  Juftlikda yoki kichik guruhlarda fikr almashish orqali refleksiya (peer reflection). c) Dars yakunida refleksiya:  "Men bugun nimalarni o‘rgandim?"  “Bugungi dars menga yoqdimi?”, “Nima sababdan?”  "Qiyin bo‘lgan joylar bormi?" — kelgusi dars uchun tayyorgarlik. O‘quvchilar yosh xususiyatlarini inobatga olish  Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun refleksiya oddiy, tushunarli va qiziqarli shaklda bo‘lishi kerak.  Har bir metod ularning psixologik rivojlanish darajasiga moslashtirilgan bo‘lishi muhim.  Ko‘proq tasvirli, jismoniy ishtirokni talab qiluvchi (o‘yinli, ko‘rgazmali) metodlar ustunlik qiladi. Oktabr, 2025-Yil 288 O‘qituvchining metodik tayyorgarligi  Refleksiya usullarini to‘g‘ri tanlay olish va darsga integratsiyalash qobiliyati muhim.  O‘qituvchi o‘quvchilarning har bir javobini baholab borishi emas, ularni mustaqil fikrga undashi zarur.  O‘qituvchining darsdan keyin o‘z faoliyati ustidan refleksiyasi ham zarur ("mening darsim qanday o‘tdi?", "qaysi metod ishladi?"). Refleksiya orqali natijalarni monitoring qilish  Dars davomida va undan keyin to‘plangan refleksiya ma’lumotlari orqali o‘quvchilarning rivojlanishi kuzatilib boriladi.  Tarbiyaviy va o‘quviy yo‘nalishda o‘zgarishlar aniqlanadi, individual yondashuv shakllantiriladi. Refleksiya metodini samarali joriy etish yo‘llari quyidagilardan iborat: 1. Vizual (ko‘rgazmali) refleksiya usullaridan foydalanish: “Yashil, sariq, qizil doira”, “Kulgi va kayfiyat ifodalovchi emotikonlar”, “Baholovchi kartochkalar” kabi usullar yordamida o‘quvchining darsdagi holati va bilim darajasi aks ettiriladi. 2. Og‘zaki fikr bildirishga undash: Har bir mavzudan so‘ng “Men nimalarni o‘rgandim?”, “Qaysi qiyinchiliklarga duch keldim?”, “Qanday savollar tug‘ildi?” kabi savollar orqali o‘quvchilarda fikrlash va tahlil qilish malakalari shakllanadi. 3. Jurnal va daftar refleksiyasi: O‘quvchilar uchun sodda shaklda “Bugun men...” degan ibora bilan boshlanadigan kundaliklar yoki refleksiya sahifalarini yuritish tavsiya etiladi. 4. O‘yinli shakllarda refleksiya: Bolalar bilan ishlashda o‘yinlar orqali refleksiya o‘tkazish (masalan, “Bilim daraxti”ga o‘z fikrini yozib ilish) bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni faollashtiradi. 5. AKT vositalaridan foydalanish: Interaktiv doska, onlayn test va grafik tahlil vositalari yordamida o‘quvchilarning bilim darajasini reflektiv tahlil qilish imkoniyati yaratiladi. Refleksiya metodini boshlang‘ich sinflarda joriy etish orqali o‘quvchilarni o‘z o‘rganish jarayoniga nisbatan mas'uliyatli, faol va mustaqil bo‘lishga undash mumkin. Bu metod ularning tanqidiy fikrlash, o‘z fikrini ifoda eta olish va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Refleksiya Xulosa: Boshlang‘ich ta’limda refleksiya metodining tizimli va izchil qo‘llanilishi ta’lim samaradorligini oshiradi, o‘quvchi shaxsining faol va ijodiy rivojlanishiga zamin yaratadi. Refleksiya usullarini yosh xususiyatlariga mos holda tanlash, dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiyalash — zamonaviy pedagogning muhim vazifalaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Axmedova, N. A., & Qodirova, Z. A. (2020). Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2. Yo‘ldosheva, M. M. (2019). Refleksiya – ta’lim jarayonining muhim bosqichi. – “Xalq ta’limi” jurnali, №5, 35–38-betlar. 3. Turaeva, D. M. (2021). Pedagogik texnologiyalar va ularning boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi. – Samarqand: “Zarafshon” nashriyoti. 4. Vygotskiy, L. S. (2000). Pedagogik psixologiya. – Moskva: “Pedagogika” nashriyoti. Oktabr, 2025-Yil 289 5. Hasanboeva, M. U., & To‘laganova, D. T. (2018). Reflektiv o‘qitish texnologiyalari. – Toshkent: TDPU nashriyoti. 6. Dewey, J. (2008). How We Think. – Boston: D.C. Heath & Co. Publishers. (Tarjimasi asosida foydalanilgan) 7. Maxmudova, G. N. (2022). Refleksiya metodlarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘quv motivatsiyasiga ta’siri. – “Ilm va taraqqiyot” jurnali, №2, 22–25-betlar. 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi. (2020). Boshlang‘ich ta’limda dars samaradorligini oshirish metodik qo‘llanma. – Toshkent. 9. Solihova, Z. (2023). Innovatsion ta’lim texnologiyalarining boshlang‘ich ta’limda qo‘llanilishi. – “Pedagogik izlanishlar” jurnali, №4, 12–17-betlar.