TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAENS NAZORATNI TADBIQ ETISH ASOSIDA UNI MOLIAVIY XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI
Abstract
Yevropa Ittifoqi doirasida ham moliyaviy jinoyatlar va pul yuvish holatlari keskin oshmoqda. Eurojust ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi olti yil ichida xalqaro miqyosda ro‘yxatga olingan pul yuvish holatlari ikki barobar ko‘paygan, har yili bu ko‘rsatkich global yalpi ichki mahsulotning 2–5 foiziga teng bo‘lgan hajmda pul yuvish amaliyotlarini tashkil etmoqda. Shu bois, xalqaro tajribada komplayens-nazorat tizimi moliyaviy firibgarlik, korrupsiya va noqonuniy bitimlarning oldini olishda, shuningdek, bank faoliyatining qonunchilik, etik me’yorlar va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashda markaziy o‘rin egallaydi
Full text
Oktabr, 2025-Yil 290 TIJORAT BANKLARIDA KOMPLAENS NAZORATNI TADBIQ ETISH ASOSIDA UNI MOLIAVIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING NAZARIY-USLUBIY JIHATLARI Ulashbayev Shohruh Abdivaxobovich Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mustaqil tadqiqotchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17446925 Yevropa Ittifoqi doirasida ham moliyaviy jinoyatlar va pul yuvish holatlari keskin oshmoqda. Eurojust ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi olti yil ichida xalqaro miqyosda ro‘yxatga olingan pul yuvish holatlari ikki barobar ko‘paygan, har yili bu ko‘rsatkich global yalpi ichki mahsulotning 2–5 foiziga teng bo‘lgan hajmda pul yuvish amaliyotlarini tashkil etmoqda. Shu bois, xalqaro tajribada komplayens-nazorat tizimi moliyaviy firibgarlik, korrupsiya va noqonuniy bitimlarning oldini olishda, shuningdek, bank faoliyatining qonunchilik, etik me’yorlar va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashda markaziy o‘rin egallaydi. [1] O‘zbekiston bank tizimi ham xalqaro moliyaviy standartlarga moslashish jarayonini bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil boshida tijorat banklarining kredit portfelida muddati o‘tgan va samarasiz kreditlar ulushi (NPL) 3,8 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich nisbatan barqaror bo‘lishiga qaramay, moliyaviy xavfsizlikka tahdid soluvchi omillar, jumladan, ichki boshqaruvdagi sustlik, manfaatlar to‘qnashuvi, hamda kiberxavfga qarshi zaif tizimlar mavjudligicha qolmoqda.[2] Tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini hamda barqarorligini ta’minlash yo‘nalishlari xorijiy mualliflarning ilmiy asarlarida keng tadqiq etilgan. Jumladan, xorijiy olimlar S.Bryu, P.Kachalov, R.Kouz, K.Makkonell, V.Nordxaus, S.Robbina, P.Samuelson, A.Striklend, V.Tambovsev, A.Tompson va boshqa iqtisodchilar ishlarida bayon qilingan. Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari, moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar va ularni oldini olish strategiyalari S.Amanda, S.Axmad, De Goyede, Santyago Moral-Garsiya, V.Zeng va boshqa olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Mahalliy iqtisodchi olimlar – N.Jumayev, D.Raxmonov, A.Burxanov, X.Abulqosimov, I.Abdukarimov, M.Pardayev, T.Malikov, D.Ortiqova, D.Istamov, M.Muxammedov, E.Xodjayev, A.Ishmuxammedov, D.Narzullayeva, A.Parmonov, A.Igamberdiyev, Gʻ.Dadayev, M.Qodirov, D.Rustamov, B.Tursunov va boshqalarning ilmiy ishlarida tijorat banklarining moliyaviy xavfsizligini ta’minlash nazariyasi, xususan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarni moliyaviy xavfsizligini ta’minlash muammolari tadqiq etilgan. Biroq, tijorat banklari moliyaviy xavfsizligini ta’minlash va uni baholash, moliyaviy razvedka faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy risklarni aniqlash va oldini olish masalalari yetarli darajada o‘rganilmagan. Moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda komplayens-nazorat tizimi zamonaviy korporativ boshqaruv va risk-menejmentning ajralmas elementi sifatida shakllangan bo‘lib, u korxona faoliyatining qonunchilik, ichki siyosatlar va xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlaydi. Ushbu tizim firibgarlik, korrupsiya va “pul yuvish” kabi moliyaviy jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan himoya mexanizmi bo‘lib, tashkilotning huquqiy, iqtisodiy hamda reputatsion xavfsizligini saqlashga xizmat qiladi. G‘arb tadqiqotchilari, xususan Reuter komplayensni tashqi va ichki majburiyatlarga rioya etish bilan bir qatorda, etik qarorlar qabul qilish tizimi sifatida talqin etgan, Basel Committee on Banking Supervision esa uni risklarni aniqlash, monitoring qilish va qonunchilik talablariga muvofiqlikni ta’minlash jarayoni sifatida belgilaydi. Deakin esa bu tizimni korxonaning huquqiy, iqtisodiy va axloqiy chegaralarini belgilovchi ijtimoiy kontrakt sifatida baholaydi.
Oktabr, 2025-Yil 291 MDH mamlakatlari va O‘zbekiston olimlari komplayensga amaliy yondashuvni ilgari surishadi. Masalan, M.Fedorova uni moliyaviy jinoyatlar va sanksiya risklarini kamaytiruvchi himoya chizig‘i deb biladi, M.Azizov esa komplayensni ichki audit, nazorat va risk-menejmentni bog‘lovchi integratsion mexanizm sifatida izohlaydi. D.Karimova uni moliyaviy xavfsizlikni kafolatlovchi institutsional mexanizm deb ta’riflab, davlat va korporativ boshqaruv tamoyillari bilan uyg‘unlashtiradi. Shu tariqa, komplayens mohiyat jihatdan ikki asosiy talqinga ega: birinchisi — me’yoriy-huquqiy rioya mexanizmi sifatida, ikkinchisi — risk-menejment va institutsional himoya vositasi sifatida. G‘arb mualliflari uni mustaqil nazorat funksiyasi sifatida ko‘rsalar, MDH olimlari uni boshqaruv tizimlari bilan integratsiyalashgan mexanizm deb bilishadi. Mustaqil model tashqi bosimlardan himoya darajasini oshirsa-da, u resurs va koordinatsiya nuqtayi nazaridan murakkabliklar keltirib chiqaradi, shu bois ayrim tadqiqotchilar integratsion yondashuvni maqbul deb hisoblaydilar. Komplayens tizimi moliyaviy xavfsizlikning uch asosiy yo‘nalishini — huquqiy barqarorlik, risklarni boshqarish va reputatsion himoyani — o‘z ichiga oladi. U qonunchilikka rioya qilish orqali sanksiyalardan himoya qiladi, firibgarlik va korrupsiya xavflarini erta aniqlaydi hamda investorlar ishonchini mustahkamlaydi. Shu sababli komplayens tizimi moliyaviy xavfsizlikni ta’minlovchi institutsional immunitet sifatida e’tirof etiladi. Biroq ayrim mualliflar uning haddan tashqari formalizatsiya qilinishi, ya’ni qoidalarga so‘zsiz rioya etish orqali real xavfsizlik samaradorligini pasaytirish xavfini ham ta’kidlaydilar. Nazariy tahlil shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarida moliyaviy xavfsizlikni ta’minlashda komplayens-nazorat tizimi faqat qonunchilik talablariga rioya etish bilan chegaralanmay, balki korxonaning ichki boshqaruv madaniyati, etik qadriyatlari va xavfga nisbatan munosabatini shakllantirish orqali iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlovchi kompleks boshqaruv mexanizmini ifodalaydi. Komplayens tizimi amalda tashkilotning “moliyaviy immuniteti”ni yaratadi — u nafaqat mavjud xavflarga javob beradi, balki ularni oldindan aniqlab, bartaraf etish imkonini beruvchi profilaktik boshqaruv vositasi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy mualliflar compliance konsepsiyasini faqat nazorat funksiyasi sifatida emas, balki korporativ madaniyat va strategik boshqaruvni uyg‘unlashtiruvchi tizim sifatida talqin qiladilar [6]. Ular [7]-manbada ilgari surilgan axloqiy qadriyatlarning ahamiyati haqidagi tezisni qo‘llab-quvvatlagan holda, axloqiy tamoyillarni mustahkam boshqaruv strukturasiga integratsiya qilmasdan turib samarali komplayens tizimini yaratib bo‘lmasligini ta’kidlaydilar. Ularning fikricha, qadriyatlar korporativ boshqaruv tizimiga chuqur singdirilgan taqdirda, ular deklarativ g‘oyadan amaliy harakat vositasiga aylanadi. Bu yondashuv COSO konseptual ramkasi bilan uyg‘un bo‘lib, unda “nazorat muhiti” — ya’ni tashkilot qadriyatlari, rahbarlik uslubi va ichki madaniyat ichki nazorat tizimining poydevori sifatida ko‘rsatilgan [8]. Biroq, Basel qo‘mitasi yondashuvida compliance nazorati kengroq mazmunga ega bo‘lib, huquqiy va boshqaruv aspektlarini o‘zaro bog‘liq mexanizm sifatida talqin qiladi [9]. Bu yondashuvda tartibga soluvchi organlarning talablari risk-menejment tartib-qoidalariga aylantiriladi, natijada ular bank biznes modelining ajralmas qismiga aylanadi. Shu tariqa, ayrim mualliflar [10] complianceni “huquqiy qalqon”, boshqalar esa [11] uni “axloqiy-boshqaruv vositasi” sifatida baholagan bo‘lsalar-da, ularning birlashgan shakli integratsiyalashgan nazorat tizimini yaratadi.
Oktabr, 2025-Yil 292 Geoiqtisodiy jihatdan esa compliance modelining universalligi shubha ostida. AQShda u asosan huquqiy yondashuv asosida shakllangan bo‘lsa, Yevropada axloqiy va ijtimoiy jihatlar kuchliroq aks etgan, Osiyo mamlakatlarida esa u davlat iqtisodiy siyosati va korporativ boshqaruvning muhim tarkibiy qismiga aylangan. Shu sababli, garchi Basel Committee va COSO doiralarida barcha jihatlarni integratsiyalashgan tizim sifatida ko‘rish taklif etilsa-da, real amaliyotda bu yondashuvlarning institutsional tafovutlari saqlanib qolmoqda. Shunday qilib, compliance nazorati fanlararo konstruktsiya xususiyatiga ega: u huquqiy, axloqiy va boshqaruv tamoyillarining tutash nuqtasida shakllanadi. Bu esa uni moliyaviy xavfsizlik konsepsiyasining ajralmas elementi sifatida talqin etishga asos yaratadi. Eng muhim evolyutsion o‘zgarishlardan biri — compliance tizimini endilikda faqat qonunchilikka rioya etish mexanizmi emas, balki strategik aktiv sifatida tushunish tendensiyasidir. Adabiyotlar: 1. Eurojust Report on Money Laundering.https://www.eurojust.europa.eu/publication/eurojustreport-money-laundering 2. https://cbu.uz/en/statistics/bankstats/907008. 3. Reuter, J. (2019). Ethics and compliance management in financial institutions. Oxford University Press. Retrieved from https://global.oup.com 4. Basel Committee on Banking Supervision. (2020). Compliance and the compliance function in banks. Bank for International Settlements. Retrieved from https://www.bis.org/publ/bcbs113.htm 5. Deakin, L. (2021). Corporate governance and compliance culture. Cambridge Journal of Economics, 45(3), 405–423. Retrieved from https://academic.oup.com/cje 6. Fedorova, E. B. (2020). Komplaens-kontrol v bankakh: metodologicheskie podkhody. Finansy i kredit, 26(9), 55–63. Retrieved from https://www.fin-izdat.ru 7. Azizov, M. X. (2022). Moliyaviy xavfsizlik tizimida komplayens-nazoratning o‘rni. Tashkent Finance Journal, 3(2), 48–57. Retrieved from https://tfj.uz 8. Karimova, D. (2023). Institutsional mexanizmlar orqali moliyaviy xavfsizlikni ta’minlash. O‘zbekiston moliya jurnali, 2(4), 22–33. Retrieved from https://moliya.uz/journal 9. Pitsyk, K. (2023). Organizational foundations of the legal category «compliance» in the banking system of Ukraine. Scientific and informational bulletin of Ivano-Frankivsk University of Law named after King Danylo Halytskyi. https://doi.org/10.33098/20786670.2023.15.27.1.214-222. 10. Mulyk, A. (2022). The issue of economic and legal prerequisites for the emergence and development of compliance in the banking sector. Uzhhorod National University Herald. Series: Law. https://doi.org/10.24144/2307-3322.2022.73.22. 11. Rasulov, M. R. (2025). International standards and recommendations for implementing compliance control systems in the banking sector. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 7(04), 16–22. https://doi.org/10.37547/ajpslc/Volume07Issue04-04