scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QASHQADARYO VILOYATI QIPCHOQ LAHJASIGA OID BA'ZI LEKSEMALAR LISONIY TAHLILI

Ergashova Shahlo

Abstract

Maqolada Qashqadaryo viloyatida yashovchi aholi shevasida faol qo‘llanuvchi o‘zbek tilining qipchoq dialektiga oid ayrim so‘zlar adabiy tildagi va mavjud shevalardagi so‘zlar bilan fonetik va leksik jihatdan qiyoslanib, tahlilga tortilgan hamda bu to‘g‘rida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, dialektdagi leksik birliklar “Devonu lugotit turk” va o‘zbek shevalariga qiyoslangan. Misollar tahlilida taqqoslash, qiyosiy-tarixiy kabi bir qator lingvistik usullardan samarali foydalangan.

Full text

Oktabr, 2025-Yil 305 QASHQADARYO VILOYATI QIPCHOQ LAHJASIGA OID BA’ZI LEKSEMALAR LISONIY TAHLILI Ergashova Shahlo [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17447176 Annotatsiya. Maqolada Qashqadaryo viloyatida yashovchi aholi shevasida faol qo‘llanuvchi o‘zbek tilining qipchoq dialektiga oid ayrim so‘zlar adabiy tildagi va mavjud shevalardagi so‘zlar bilan fonetik va leksik jihatdan qiyoslanib, tahlilga tortilgan hamda bu to‘g‘rida fikr-mulohazalar yuritilgan. Shuningdek, dialektdagi leksik birliklar “Devonu lugotit turk” va o‘zbek shevalariga qiyoslangan. Misollar tahlilida taqqoslash, qiyosiy-tarixiy kabi bir qator lingvistik usullardan samarali foydalangan. Kalit so‘zlar: dialektologiya, qipchoq, qarluq, o‘g‘uz lahjasi, fonetik, leksik xususiyatlar, so‘zlashuv nutqi. LINGUISTIC ANALYSIS OF SOME LEXEMAS RELATED TO KIPCHOK DIALECT OF KASHKADARYA REGION Annotation. In the article, some words of the Kipchak dialect of the Uzbek language, actively used in the dialect of the population living in the Kashkadarya region, are phonetically and lexically compared with the words of the literary language and existing dialects, analyzed, and comments are made about it. Also, lexical units in the dialect are compared to "Devonu Lugotit Turk" and Uzbek dialects. In the analysis of examples, a number of linguistic methods, such as comparison, comparative-historical are effectively used. Key words: dialectology, Kipchak, Qarluq, Oghuz dialect, phonetics, lexical features, colloquial speech. ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НЕКОТОРЫХ ЛЕКСЕМ, ОТНОСЯЩИХСЯ К КИПЧОКСКОМУ ДИАЛЕКТУ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ Аннотация. В статье фонетически и лексически сравниваются некоторые слова кипчакского диалекта узбекского языка, активно употребляемые в говоре населения, проживающего в Кашкадарьинской области, со словами литературного языка и существующих диалектов, анализируются, даются комментарии. сделал по этому поводу. Также лексические единицы диалекта сравниваются с «девону-луготит-тюркским» и узбекским диалектами. При анализе примеров он эффективно использовал ряд лингвистических методов, таких как сравнение, сравнительно-исторический. Ключевые слова: диалектология, кипчак, карлук, огузский диалект, фонетика, лексические особенности, разговорная речь. Millatimiz g‘ururi va iftixori bo‘lgan ona tilimizning sofligini saqlash, dunyo miqyosida rivojlantirish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan chiqarilgan qarorlarning ahamiyati kattadir. Har bir xalqning o‘zligini namoyon etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlari bo‘ladi. Til shaxs va jamiyat salohiyati hamda madaniyati saviyasining o‘ziga xos belgisidir. Ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak - millatning ruhini yo‘qotmakdur” degan hikmatli so‘zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotlaydi. Oktabr, 2025-Yil 306 Darhaqiqat, millatning yuzi, yurtning istiqboli uning tilida, unga bo‘lgan hurmatda o‘z aksini topadi. Tilimizni ilmiy asosda rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop maqolalar, o‘quv qo‘llanmalar, yangi-yangi lug‘atlar va darsliklar ko‘plab nashr etilayotgani jamiyatimizning ziyoli insonlarini, kelajak avlodning tafakkurini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. Ma’lumki, mutaxassislar tomonidan e’tirof etilgan jonli xalq tili - bu sheva. Shevada shu xalqning hayoti va madaniyati to‘liq o‘z aksini topadi. Shevadagi jozibadorlik va ta’sirchanlikni ba’zan adabiy tilda yetkazib berish qiyin. Dunyoda mavjud barcha tillarning deyarli barchasi o‘ziga xos ichki sheva yoki shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroq o‘zbek tili turkiy tillar ichida o‘zining ko‘p shevaliligi va dialektliligi bilan farqlanadi. Dialektolog olimlardan biri professor E. D. Polivanov: “… turkiy tillarning birortasi ham shevalararo o‘zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, birorta turkiy til ham shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir. Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og‘irlashtiradi”, – degan edi. Albatta, adabiy til uchun qaysi dialektni (lahjani) asos qilib olish qiyin tuyulishi mumkin, lekin o‘z navbatida, bir vaqtning o‘zida mamlakatimiz bo‘ylab uchta lahjaning qo‘llanilishi tilimizning boy ekanligidan darakdir. Bilamizki, sheva materiallari adabiy tilimizni fonetik, leksik va grammatik jihatlardan boyituvchi asosiy boyish manbai sanaladi. Qashqadaryo hududidagi bir qator tumanlarda aholining katta qismi qipchoq lahjasida so‘zlashadi. Biz o‘rgangan Qamashi va Yakkabog‘ tumani shevalari ham qipchoq dialektiga oiddir. Biz dialektal materiallarimizni shu tumanlarda yashovchi sheva egalari tilidan yozib oldik. Qipchoq lahjasi asosan fonetik va leksik o‘zgarishlarga juda boy lahjadir. Bu lahjaning ba’zi fоnеtik хususiyatlari quyidagicha ko‘rinishga ega: So‘z boshida: y>j: yеr – jеr, yo‘q - jo‘q, yo‘l - jo‘l, yur - jur, yuz-juz; So‘z oxirida: q>g‘: qulоq – qulog‘, o‘rtoq - o‘rtog‘; g‘> v: sog‘- sov, tog‘-tov, bog‘-bov, tug‘ – tuv; q>v: bo‘yoq-bo‘yov; p>b,v: gap-gab, top-tov. So‘z oxirida ba’zi so‘zlarda undoshlari tushib qoladi: sariq - sori, kichik -kichchi, tag‘in - tog‘i, atayin - atay. X - Q undoshiga o‘tadi: xotin - qotin, tuxum - tuqum, xayol - qiyol, xat-qat, axir -oqir. Qamashi tumani shevasini kuzatishlarimiz natijasida shunga guvoh bo‘ldikki, “Devonu lug‘otit turk” asari leksikasi bilan bugungi o‘zbek shevalarida qo‘llanilgan ba’zi so‘zlar o‘rtasida yaqinlik va ba’zi farqlar borligini, lekin bu ularni bir-biridan ayiruvchi emas, balki yaqinligini ifodalovchi tafovutlar ekanini ko‘rsatdi. Buni quyidagi misollarning qiyosiy tahlilida ham kuzatish mumkin. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Qamashi shevasiga oid ba’zi so‘zlarda ham fonetik va leksik o‘zgarishlarni kuztishimiz mumkin: Qamashi tumanida istiqomat qilayotgan aholining shevalari j–lovchi shevalariga kiradi. Ular asosan “Y” harfi qatnashgan yoki ushbu harflar gaplarning boshida kelgan so‘zlarda tovush almashish fonetik hodisasi sodir bo‘ladi. Oktabr, 2025-Yil 307 Masalan, “yo‘q” leksemasi o‘rniga “Jo‘q” tarzida talaffuz qilinadi. Qamashi tumani aholisi shevalarida tovush tushishi, orttirilishi va tovush almashishi hodisalari ko‘p uchraydi. Masalan: “Olma” so‘zida ham tovush almashish hodisasi sodir bo‘lib,“alma”tarzida talaffuz qilinadi. “Bodring” leksemasi “badring” tarzida “o” unlisi “a” tarzida o‘zgaradi. Sheva egalari “pamidor”ni “pamadir”, “to‘g‘ramoq” so‘zini “to‘vramoq” tarzida talaffuz qilishadi. Jir - leksemasi ham o‘rganilayotgan shevada yog‘(shevada moy leksemasi ham ishlatiladi) ma’nosida faol qo‘llanadigan shevaga xos so‘zlardan biri hisoblanadi. A. Rustamovning “So‘z xususida so‘z” kitobida ta’kidlanishicha, “jir”so‘zi tilimizda “ yog‘”, “moy” ma’nosini anglatadi. Ozg‘in kishiga nisbatan “Bunga hech jir bitmayapti” yoki “ Buning hech jiri yo‘q” degan iboralar shu mazmundan kelib chiqqan ( O‘zbek tilidagi “jir” da “jurnal” so‘zidagi kabi “j” talaffuz qilinadi) [Shukurov, 2018:312]. Shunisi qiziqki, rus tilidagi “жир”so‘zi asli bizning tilimizdagi ayni shu “jir” so‘zining o‘zidir. Chunki “jir” so‘zining turkiy so‘z ekanligi Mahmud Koshg‘ariyning lug‘atida qayd etilgan: ashichta jir yo‘q-qozonda yog‘ yo‘q [ DLT,I,313]. Kirpi - shevada adabiy tildagi tipratikon so‘zi o‘rnida faol qo‘llanadi. Mazkur leksema bugunda Xorazm shevasida tipratikon so‘zi o‘rnida kirpi so‘zi ishlatilib, bu so‘z turkiy tillarda ham ayni ma’noda qo‘llaniladi. [N.Axmedova, 2021:187] “Devonu lug‘otit turk” asarida ham ushbu uchraydi: kirpitipratikon, kirpi: oqlug‘ kirpi-tipratikonning juda katta xili [M.Koshg‘ariy,2017:167]. “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”da kirpi so‘zi qadimgi turkiy tilda mavjudligi hozirda sheva so‘zi ekani, kirpi - ko‘p tikan ma’nosini bildirishini aytib o‘tiladi [Sh.Rahmatullayev, 2000:210]. Qöniq(qönäq)- so‘zi ham shevada “mehmon, to‘yda keladigan mehmon, to‘ylarda beriladigan kichik ziyofat” kabi ma’nolarda faol qo‘llanadi. Mazkur leksema DLT, QB asarlarida ham ayni ma’noda qo‘llanganligini kuzatish mumkin. “Qutadg‘u bilig” doston matnida qonuq (qon+(u)q) so‘zi “mehmon” ma’nosini bildirgan: Nelük arsïqar sen aya öldäči Özüŋ iki künlük qonuq boldačï . Nimaga mag‘rurlanasan, ey o‘luvchi, O‘zing ikki kunlik mehmon bo‘luvchi(san) (QBN, 1972: 3482). Bu so‘z “Devonu lug‘otit turk”da “mehmondorchilik, ziyofat” ma’nosida qo‘llangan. O‘g‘uzlardan boshqa qabilalar tilida bu so‘z “uy egasi yoqtirmagani holda, birov uyida turish” ma’nosida qayd etilgan (DLT, III, 351). Hozirda Qashqadaryo, Surxondaryo shevalarida “mehmondorchilik, to‘ylarda beriladigan kichik ziyofat” ma’nolarida qo‘llaniladi. [M.Xolmurodova, 2021:194] Kön - leksemasi shevada teri ma’nosida ishlatiladi: patinkaning köni jomon ekan. M.Koshg‘ariyning “ishlov berilmagan teri”ning kön, aksincha, “ishlov berilgan teri”ning esa qoɣuš istilohi bilan ifodalanishi xususidagi ta’kidi muhim ilmiy-ijtimoiy ahamiyat kasb etishini ta’kidlash lozim (M.Koshg‘ariy, 1963: 154)[H.Dadaboyev, 2021: 160] Jrçi (jarchi) - odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda rasmiy e’lonlar eshittirib yuruvchi kishi, qishloq joylarida to‘y va ma’rakalarga mahallalarda yurib qichqirib aytib chiqadigan kishi [Begmatov E. 2006:42]. Oktabr, 2025-Yil 308 Çeça:(checha)- shevada qo‘llaniladigan so‘z, u yanga, kelinoyi [Abdullayev F.A,1961:97] ma’nosini beradi, u kelinga nozik munosabatlarda maslahat berib, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi. Odatda bo‘lg‘usi kelinlar o‘zi ishongan yaqin qarindoshlari ichidan bitta kelinni tanlab o‘ziga yanga qiladi. Çeça: qipchoq lahjasida uzoq davrlardan buyon ishlatiladi, hozirda bu so‘z keksalar nutqidagina saqlanib qolgan bo‘lib, yosh avlod yeňňa (yanga – nikohning ikkinchi kuni kechasi kelin bilan kuyov xizmatida qoluvchi ikki xotindan biri [O‘TIL, 2013: 112-113] so‘zidan foydalanishadi. Ayrim manbalarda ushbu so‘z egӓ:t deb berilgan. Egӓ:t– nikoh kechasi kelin yonida xizmat qiluvchi xotin, yanga [M.Koshg’ariy,1980:85] ma’nosini bildiradi. Dastrxo:nçi (dasturxonchi) – to‘y, katta ziyofat va boshqa marosimlarda dasturxon tayyorlash va kelgan-ketganlarni kutish uchun belgilangan ayol[O‘TIL, 2013: 574]. Mölla: (mulla) - o‘qimishli, taqvodor odam. O‘rta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida madrasa ta’limini olgan shaxs. Yuqorida biz birgina M.Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi ba’zi leksemalarnigina keltirib o‘tdik, bularning o‘zi ham tilimizning ya’ni shevalarimizning boyligini hamda ular bugungi kunga qadar ayrim hudud shevalarida saqlanib qolganligining yaqqol misolidir. Quyida esa Yakkabog‘ va Qamashi tumanlari dialektiga xos so‘zlardan ba’zilarini misol keltiramiz. Qamashi va Yakkabog‘ shevasida Ma’nosi Ummik sovliq sutini emmagani bois o‘sishdan qolgan qo‘zi Do‘rji ko‘tarasiga, hammasini birdaniga savdo qilish, olish Do‘kan uy-ro‘zg‘or buyumlariga yasalgan sopning uchuni tutunga toblaydigan tandir Ko‘nargi sutni uyutish uchun qo‘shiladigan qatiq. “Oqliq” ham deb aytiladi Ko‘ktirnoq ziqna, xasis kishi Kuya ichi qora odam (ko‘chma ma’noda) Mukki qo‘nji kalta etik Naymit pishiq-puxta kishi To‘dakash ko‘pkarida to‘da ichidan uloqni halol ayirib chiquvchi chavandoz Chakkagir (chetkir) to‘dakash halol ayirib chiqqan uloqni ilib ketish uchun chetda poylab turadigan chavandoz Chibich echki suti kamligi bois o‘sishdan qolgan uloq En chorva mollarining qulog‘ini kesib, teshib belgi qo‘yish O‘la(ha)t yer maydoni sug‘oriladigan, suvot tekislikdagi joy, qishloq Shardoz juvoldiz teshigidan o‘tadigan yo‘g‘on ip Inak Sigir Övüshtä oldi-berdi Jävlük hamma, barcha, yoppasiga Gajir gajir-jangari, qaysar, o‘jar Jupqa yupqa, xamirli taom Oxmoy paxta yog‘i Oktabr, 2025-Yil 309 Arqayin bamaylixotir, bemalol Ottaba oftoba, suv idish Tutandiriq quruq o‘tin Taxtay sabzi to‘g‘raydigan taxta Siyir Sigir Siyirmoq Shilmoq Misollardan ko‘rinadiki, o‘rtada uzoq muddat bo‘lishiga qaramay qiyosiy tahlilga tortilgan so‘zlarning aksariyati bugun o‘zbek adabiy tilida qo‘llanmasa-da, mavjud shevalarimizda faol ishlatilib kelinmoqda. Ushbu leksemalarning ba’zilari ma’no o‘zgarishiga uchragan bo‘lsa, ayrimlari fonetik o‘zgarishlar bilan hozirgi adabiy tilda istifoda qilinmoqda. Bu esa, tilimiz, shevalarimiz va xalqimizning tarixiga borib tutashadi. Bugun yoshlarimiz deyarli o‘zaro shevada emas, balki, adabiy tilda muloqot qiladilar. Sheva so‘zlarining o‘ziga xos go‘zalliklarini shahar va viloyatdan ancha uzoqda bo‘lgan chekka qishloqlarda uchratish mumkin. Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, Qamashi tumani shevasi viloyat va tumanlararo qiyoslanganda, leksik jihatdan ham o‘ziga xos bo‘lib, shakliy tuzilishidan rang-barangdir. Shevadagi leksemalarning ayrimlari bir xil ma’noda ishlatilsa, ayrimlari ma’no kengayishi yoki torayishiga uchragan holda hozirgi kungacha yetib kelganligi ma’lum bo‘ldi. Tilimiz boyligi sanalgan sheva va lahjalarimizdagi so‘zlarni yozib olib, bu orqali adabiy tilimizni yanada to‘ldirib, boyitib borish dialektologiya fani oldida turgan dolzarb masalardan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.Ashirboyev. O‘zbek dialektologiyasi. –Toshkent. 2021. -B. 8. 2. Jumashov Davlatyor. Yakkabog‘ shahri ayg‘irko‘l dialеkti xususida “O‘zbek shevalari tadqiqotlari: amaliyot, metodologiya va yangicha yondashuv” mavzusidagi Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi materiallari (Professor Samixon Ashirboyev tavalludining 75 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan),- Toshkent, ToshDO‘TAU, 2021-yil, 22-may. 369bet. 3. R.Suvonova. Qipchoq shevalariga xos so‘zlar lug‘ati. -Samarqand: 2019. 4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 5-jildlik, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi”– Toshkent, 2013.Ш.Раҳматуллаев. 5. Ўзбек тилининг этимологик луғати(туркий сўзлар) Университет. -Тошкент, 2000. 6. Маҳмуд Қошғарий, Девону луғотит-турк / Таржимон ва нашрга тайёрловчи С.М. Муталлибов. Т. I-III. – Тошкент: ФАН,1960-1963. 7. Ўзбек халқ шевалари луғати. – Тошкент: ФАН, 1971. 8. Дониёров Х. Ўзбек халқининг шажара ва шевалари. – Тошкент: Фан, 1968. – Б. 28. 9. Жўраев Б. Юқори Қашқадарё ўзбек шевалари лексикаси // Ўзбек шевалари лексикаси. -Тошкент: Фан,1966. -Б.160-249. 10. Шерматов А. Қуйи Қашқадарё ўзбек шевалари. -Тошкент, 1972.