XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARIDAGI TEXNOGEN XAVFLAR MONITORINGI VA PROGNOZLASH TIZIMINI QONUN HUJJATLARI BILAN TARTIBGA SOLISH
Abstract
Maqolada O‘zbekistonda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirishning nazariy, amaliy va huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi sanoat korxonalarining ko‘payishi, zamonaviy texnologiyalarning keng tatbiqi va shu bilan birga xavf omillarining kuchayishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda mavjud milliy qonunchilik, xalqaro amaliyot, monitoring va prognozlashning texnik vositalari, raqamli texnologiyalar, shuningdek, matematik modellashtirish asosida xavflarni miqdoriy baholash imkoniyatlari keng yoritilgan. Ilmiy tahlillar asosida milliy tizimni yanada rivojlantirish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Full text
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 186 DOI: https://10.5281/zenodo.17448508 UDK 614.8.084:376 XAVFLI ISHLAB CHIQARISH OBYEKTLARIDAGI TEXNOGEN XAVFLAR MONITORINGI VA PROGNOZLASH TIZIMINI QONUN HUJJATLARI BILAN TARTIBGA SOLISH Axrarov Bobirxodja Baxodirovich TDTU “Xayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi t.f.f.d. (PhD) dotsent v.b ANNOTATSIYA Maqolada O‘zbekistonda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish va prognozlash tizimini takomillashtirishning nazariy, amaliy va huquqiy jihatlari tahlil qilingan. Mavzuning dolzarbligi sanoat korxonalarining ko‘payishi, zamonaviy texnologiyalarning keng tatbiqi va shu bilan birga xavf omillarining kuchayishi bilan izohlanadi. Tadqiqotda mavjud milliy qonunchilik, xalqaro amaliyot, monitoring va prognozlashning texnik vositalari, raqamli texnologiyalar, shuningdek, matematik modellashtirish asosida xavflarni miqdoriy baholash imkoniyatlari keng yoritilgan. Ilmiy tahlillar asosida milliy tizimni yanada rivojlantirish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: monitoring, texnogen xavflar, xavfli ishlab chiqarish obyektlari, xavfsizlik, qonunchilik, prognozlash, favqulodda vaziyatlar, iqtisodiy rivojlanish, matematik modellashtirish, xalqaro tajriba. РЕГЛАМЕНТАЦИЯ СИСТЕМЫ МОНИТОРИНГА И ПРОГНОЗИРОВАНИЯ ТЕХНОГЕННЫХ РИСКОВ НА ОПАСНЫХ ПРОИЗВОДСТВЕННЫХ ОБЪЕКТАХ НОРМАТИВНЫМИ ДОКУМЕНТАМИ АННОТАЦИЯ B статье проанализированы теоретические, практические и правовые аспекты совершенствования системы мониторинга и прогнозирования техногенных рисков на опасных производственных объектах в Узбекистане. Актуальность темы объясняется увеличением числа промышленных предприятий, широким внедрением современных технологий и одновременно усилением факторов риска. В исследовании широко освещены возможности количественной оценки рисков на основе существующего национального законодательства, международной практики, технических средств мониторинга и прогнозирования, цифровых технологий, а также математического
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 187 моделирования. На основе научного анализа разработаны рекомендации, направленные на дальнейшее развитие национальной системы и обеспечение безопасности населения. Ключевые слова: мониторинг, техногенные риски, опасные производственные объекты, безопасность, законодательство, прогнозирование, чрезвычайные ситуации, экономическое развитие, математическое моделирование, международный опыт. REGULATION OF THE SYSTEM OF MONITORING AND FORECASTING TECHNOGENIC RISKS AT HAZARDOUS INDUSTRIAL FACILITIES BY REGULATORY DOCUMENTS ABSTRACT This article analyzes the theoretical, practical, and legal aspects of improving the system for monitoring and forecasting man-made risks at hazardous industrial facilities in Uzbekistan. The relevance of this topic is explained by the increasing number of industrial enterprises, the widespread adoption of modern technologies, and the simultaneous increase in risk factors. The study comprehensively explores the possibilities of quantitative risk assessment based on existing national legislation, international practice, technical means of monitoring and forecasting, digital technologies, and mathematical modeling. Based on this scientific analysis, recommendations have been developed for the further development of the national system and ensuring public safety. Keywords: monitoring, man-made risks, hazardous industrial facilities, safety, legislation, forecasting, emergencies, economic development, mathematical modeling, international experience. KIRISH Hozirgi kunda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalari, jumladan, zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan xavfli ishlab chiqarish obyektlari barpo etilmoqda. Mazkur obyektlar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida"gi Qonuni asosida amalga oshiradi [1]. Bunday obyektlar inson salomatligi va hayoti uchun katta xavf tug‘dirishi sababli texnogen tahdidlarning oldini olish maqsadida monitoring tizimini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi vaqtda monitoring prognozlar uchun asos bo‘lgan ma’lumotlarni olish, qayta ishlash, saqlash va aks ettirish (uzatish) vositasi bo‘lib, oxir-oqibat yong‘inlar va
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 188 favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha xavfsiz va iqtisodiy jihatdan samarali yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi [2]. Monitoring tushunchasi – bu xavfli jarayonlarni doimiy kuzatish, ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish jarayonidir. Bu jarayon axborot texnologiyalari va ilmiy modellar bilan uyg‘un holda amalga oshirilganda samarali natija beradi. Texnogen xavflar esa inson faoliyati natijasida yuzaga keladigan mexanik, kimyoviy, radiatsion, yonilg‘i-energetik va biotexnologik omillarni o‘z ichiga oladi. Prognozlash esa xavflarni oldindan aniqlash, ularning ehtimoliy oqibatlarini baholash va profilaktik choralar ko‘rish imkonini yaratadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish obyektlarida aholi va moddiy boyliklarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish uchun monitoring va prognozlash tizimini yaratish zarur. Monitoring tizimini yaratish ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, bir nechta yo‘nalish va tarkibiy qismlarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli vazifadir. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish tizimini tahlil qilish quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarbdir: 1. Iqtisodiyotning barcha sohalarida insonning turmush darajasi va turmush tarzi, moddiy ehtiyojlarining keskin o‘sishi natijasida iqtisodiyot obyektlari, jumladan, xavfli ishlab chiqarish obyektlari soni ortib bormoqda. Bu, bir tomondan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijobiy rol o‘ynasa, ikkinchi tomondan, ushbu obyektlar inson hayoti uchun katta xavf tug‘dirganligi sababli, texnogen xavflarni aniqlash va ularni erta bosqichda bartaraf etishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. 2. O‘zbekistonda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash uchun monitoring tizimi qonunchilik bilan tartibga solinadi. Shuni inobatga olgan holda, qonunchilikni chuqur o‘rganib, monitoring tizimini puxta o‘rganish, uning obyektiv va subyektiv omillari hamda shart-sharoitlarini ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilish juda muhimdir. 3. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat va jamiyat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham yildan yilga bunday obyektlar soni ortib bormoqda va texnogen xavfsizlikni ta’minlash sohasida monitoring tizimi takomillashtirilmoqda hamda monitoring va prognozlash tizimi rivojlantirilmoqda. Ushbu ikki tizim o‘rtasidagi metafizik bog‘liqlikni o‘rganish hozirgi kunda juda dolzarb. 4. "2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi"da belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, xavfli ishlab chiqarish
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 189 obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen xavflarning oldini olish masalalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasida monitoringning tashkiliy asosi "Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlashning yagona tizimi to‘g‘risidagi Nizom" [3] bo‘lib, unda vazirliklar va idoralar o‘rtasida funksiyalarning taqsimlanishi mustahkamlangan. 1-jadval Milliy va xalqaro qonunchilik qiyosiy tahlili Asosiy yo‘nalish O‘zbekiston qonunchiligi Xalqaro amaliyot Monitoring asoslari 2006-yilgi Qonun, 2017-yilgi 1027son Qaror SEVESO III Direktiva (YI), OSHA talablar (AQSh) Prognozlash mexanizmlari Miqdoriy modellar qonunlarda yetarli emas Big Data va AI asosida prognozlash (AQSh, Yaponiya) Texnologik yondashuvlar Asosan yong‘in signalizatsiyasi va oddiy nazorat tizimlari IoT, SCADA, real vaqt monitoringi Ishlab chiqarish sohasidagi texnogen xavflar juda xilma-xil bo‘lishi mumkin: harakatlanuvchi buyumlar, mexanik tebranishlar, past haroratlar, elektr toki, statik elektr, lazer nuri, ionlashtiruvchi nurlanish va boshqalar. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida monitoring uzluksiz va davriy bo‘lishi kerak. Texnogen xavf turlari ulushi Texnogen xavflarning uzluksiz monitoringiga misol sifatida yong‘in signalizatsiyasi tizimlari va transportning sun’iy yo‘ldosh monitoringi tizimlarini keltirish mumkin [4].
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 190 Yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimi - bu yong‘inni aniqlash, yong‘in haqida xabar berish, avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari, tutunga qarshi himoya va boshqa uskunalarni yoqish uchun buyruq berish uchun mo‘ljallangan texnik vositalar to‘plamidir. Yong‘in paytida yong‘inga qarshi signalizatsiya va odamlarni evakuatsiya qilishni boshqarish tizimlari yong‘inning xavfli omillari ta’siri odamlarning jarohatlanishi yoki o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan obyektlarda o‘rnatilishi kerak. Yong‘inga qarshi signalizatsiya tizimi yong‘in xabarlovchilari - yong‘in haqida signalni shakllantirish qurilmalari va qabul qilish-nazorat asboblariga asoslangan [5]. Yong‘inga qarshi qabul qilish-nazorat qurilmasi (YOQQ) - yong‘in xabarlovchilaridan signallarni qabul qilish, faol xabarlovchilarni elektr ta’minoti bilan ta’minlash, markazlashtirilgan kuzatuv pultlariga ma’lumotlarni uzatish, shuningdek, yong‘inga qarshi boshqaruv qurilmasini ishga tushirishning boshlang‘ich impulsini shakllantirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Ishlash prinsipiga ko‘ra yong‘in xabarlovchilari issiqlik, tutun, alanga, gaz va qo‘l xabarlovchilariga bo‘linadi. Issiqlik xabarlovchilari yong‘inning dastlabki bosqichlarida, masalan, yonilg‘i-moylash materiallari omborlarida katta miqdorda issiqlik ajralib chiqsa, qo‘llaniladi. Ma’muriymaishiy binolarda bunday turdagi xabarlovchilardan foydalanish taqiqlanadi. Tutun xabarlagichlari ma’muriy-maishiy xonalarda qo‘llaniladigan xabarlagichlarning eng keng tarqalgan turidir. Tutun xabarlovchilari nurlanishning yutilishi yoki tarqalishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yonish mahsulotlariga ta’sir qiladi [6,7]. Alanga xabarlovchilari alanganing yoki cho‘g‘lanayotgan o‘choqning elektromagnit nurlanishiga javob beradi. Gazli xabarlovchilar materiallarning cho‘g‘lanishi yoki yonishi natijasida ajralib chiqadigan gazlarga (masalan, uglerod oksidlariga) ta’sir qiladi. Qo‘l signalizatorlari - inson tomonidan signalizatsiya tizimlarida yong‘in signalizatsiyasini yoqish uchun qurilmalar. Transportning sun’iy yo‘ldosh monitoringi - sun’iy yo‘ldosh joylashuv tizimlari, uyali yoki radio aloqa uskunalari va texnologiyalari, hisoblash texnikasi va raqamli xaritalar asosida qurilgan harakatlanuvchi obyektlarni kuzatish tizimi [8]. Transportning sun’iy yo‘ldosh monitoringi tashishlarni boshqarishni ta’minlash va avtotransportni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari vazifalari uchun qo‘llaniladi. Ishlash prinsipi transport vositalarining fazoviy va vaqt koordinatalarini kuzatish va tahlil qilishdan iborat. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun transport vositasiga GPSga ulangan yoki GLONASSni nazorat qiluvchi sensorlar o‘rnatiladi, masalan, yoqilg‘i sarfi, o‘qdagi yuk, bakdagi yoqilg‘i sathi, refrijeratordagi harorat, maxsus mexanizmlarning ishlashi (kran strelkasining burilishi, beton aralashtirgichning ishlashi).
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 191 O‘zbekistonda xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik xavf monitoringi yo‘nalishida bir qator qonunchilik normalari qabul qilinganligiga qaramasdan, ushbu soha hali ilmiy jihatdan to‘liq o‘rganilmagan [9]. Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat: - xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etish va oqibatlarini minimallashtirishning nazariy va uslubiy muammolarini o‘rganish; - xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish sohasida qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini o‘rganish; - xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelish sabablari va omillarini tekshirish; - texnogen xavflarni monitoring qilish vositalari va usullarini o‘rganish; - xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olishda monitoring tizimining ahamiyatini o‘rganish; - xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen favqulodda vaziyatlarni monitoring qilish bo‘yicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish va boshqalar. Monitoringning umumiy maqsadi prognozlash bo‘lib, uning asosiy vazifasi prognozlash yordamida aholi xavfsizligini ta’minlashdir [10]. Risklarni monitoring qilish tizimini yaratish uchun matematik model ishlab chiqildi. Ushbu model insonga ta’sir qiluvchi va xavfli omillardan kelib chiqadigan oqibatlarni tahlil qilishga asoslangan. Qonun moddalari tahlili/ 2006-yilgi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonun: 1-modda – asosiy tushunchalar, 3-modda – davlat siyosati tamoyillari, 8-modda – korxonalar majburiyatlari. 2017-yilgi 1027-son Qaror: monitoring va prognozlashning yagona tizimi, davlat organlari va idoralar vazifalari. 2022-yilgi PF-60 Farmon: Taraqqiyot strategiyasi doirasida xavfsizlikni ta’minlash, sanoat xavflarini boshqarish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar. Shunday qilib, taklif etilayotgan modeldan foydalanib, texnosferadagi risklarni uzluksiz monitoring qilish tizimini yaratish mumkin. XULOSA VA TAVSIYALAR Olib borilgan tahlillar va tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish va ularni oldindan
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 192 prognozlash tizimi huquqiy asosga ega bo‘lsa-da, amalda samaradorligi yetarli emas. Mavjud tizim asosan texnik vositalar bilan cheklanib qolmoqda, ular esa xavfli jarayonlarni erta bosqichda aniqlash va ularning oldini olishda to‘liq samara bermaydi. Shu bois, ilmiy yondashuv, zamonaviy raqamli texnologiyalar va xalqaro tajribani milliy tizimga integratsiya qilish zarur. XULOSA Texnogen xavflarni monitoring qilish tizimi milliy qonunchilik asosida shakllangan, ammo uning amaldagi qo‘llanilishi samarador emas. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflarni oldindan aniqlash va baholash uchun matematik modellar hamda ehtimoliy hisob-kitoblar joriy etilishi shart. Xalqaro tajriba (SEVESO III direktivasi, OSHA standartlari) ko‘rsatmoqdaki, IoT sensorlari, SCADA tizimlari va Big Data tahlili xavfsizlik darajasini sezilarli oshiradi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida raqamli texnologiyalarni monitoring va prognozlash tizimiga integratsiya qilish imkoniyati mavjud. Xavflarni boshqarishda davlat organlari, sanoat korxonalari va ilmiy muassasalarning o‘zaro hamkorligi kuchaytirilishi lozim. Tavsiyalar: Qonunchilikka xavflarni matematik modellashtirish va miqdoriy baholash bo‘yicha aniq normalar kiritish; Sanoat obyektlarida xavfsizlik tizimlarini raqamli datchiklar, avtomatlashtirilgan boshqaruv va sun’iy intellekt asosida yangilash; Milliy monitoring tizimini xalqaro standartlar bilan uyg‘unlashtirish va integratsiyalash; Ilmiy-tadqiqot muassasalarida texnogen xavflarni baholashga oid innovatsion metodlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish; Korxonalarda xavfsizlik madaniyatini oshirish uchun muntazam o‘quv mashg‘ulotlari va treninglar tashkil etish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentyabrdagi Qonuni "Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida." 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida"gi PF-60-son Farmoni. https://lex.uz/ru/docs/5841077. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-dekabrdagi "Tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognoz qilishning yagona tizimini yaratish to‘g‘risida"gi 1027-son qarori.
Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | SPECIAL ISSUE 12 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2025 193 4. Kovalevskiy S.S., Kulba V.V. Sozdaniye sistem monitoringa. - M.: SINTEG, 2006. - 148 b. 5. S.Ismoilov Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnogen xavflarni monitoring qilish asoslari. NamDU ilmiy axborotnomasi. 2 ta uyqu 6. Petrosova L.I. Prognozirovaniye individualnogo riska pri pojare. Vestnik TashGTU No1/2018 s.180-185. 7. Texnogen halokatlar va tabiiy ofatlar xavfini boshqarish (tashkilot rahbarlari uchun qo‘llanma). Monografiya. Pod obщey redaksiyey Faleeva M.I./ RNOAR. M.: FGBU VNII GOCHS (FS),2016.270 s. 2. 8. https://studall.org/all4-41122.html. 9. https://xn--b1ae4ad.xn--p1ai/enc/pozharnyy-priemno-kontrolnyy-pribor-ppkp 10. https://ugrasmart.ru/articles/view?id=4