scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTAB O'QITUVCHILARINING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI

Abdullayeva Muborak Sobirovna, Abdug`aniyeva Pokiza, Ergasheva Ro`zana

Abstract

Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishining–maktab o‘qituvchisining o‘qituvchilik faoliyati va o‘z kasbining maxoratini egallaydigan talabalar ijodiy faoliyatli xususiyatlariga qaratiladi. Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanish, ta’limning yuqori darajasini ta’minlash uchun optimaldir. Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayonli tarzda namoyon bo‘ladi.

Full text

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1426 MAKTAB O‘QITUVCHILARINING KREATIV SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH METODLARI Abdullayeva Muborak Sobirovna¹, Abdug`aniyeva Pokiza², Ergasheva Ro`zana3 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17448748 Annotatsiya. Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishining–maktab o‘qituvchisining o‘qituvchilik faoliyati va o‘z kasbining maxoratini egallaydigan talabalar ijodiy faoliyatli xususiyatlariga qaratiladi. Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanish, ta’limning yuqori darajasini ta’minlash uchun optimaldir. Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayonli tarzda namoyon bo‘ladi. Kalit so‘z: o‘qituvchi, kreativ, rivojlantirirsh, usullari, ijod, shaxs, kasb. Ta’lim sohasidagi bosh maqsad - ta’lim va tarbiyaning demokratik, insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish, xalqimizning tarixiy an’analari va urfodatlari, shuningdek, umumbashariy qadriyatlar asosida ta’lim – tarbiya jarayoni mazmunini tubdan o‘zgartirish, shu maqsadda pedagogik jamoalarning tashabbuskorligiga keng imkoniyat ochib berishdan iboratdir. Bu borada amalga oshirilayotgan ulkan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishi ko‘p jihatdan kasbiy mahoratli, o‘z faoliyatida innovatsion texnologiyalarni dadillik bilan joriy eta oladigan, yuqori kasbiy mustaqilikka va shaxsiy nuqtai nazariga ega faol o‘qituvchilarini tarbiyalash bilan bog‘liq. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo‘yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, yangicha fikrlovchi, kasbiy-pedagogik faoliyatga moslashuvchan mutaxassisni shakllantirish zarurati bilan shu zaruriyat talablarini qondirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o‘rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud. Mazkur qarama-qarshilikni bartaraf etish tadqiqotning muammosi sanalib, uning dolzarbligini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi “Pedagogik ta’lim konsepsiyasi”da maktablarda ishlashi lozim bo‘lgan o‘qituvchi ideali quyidagicha tasvirlangan: “O‘zbekiston Respublikasi maktablarida ishlash uchun tayyorlanayotgan o‘qituvchilar pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, umuminsoniy va milliy-madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni, ixtisoslikka doir bilim, ko‘nikmalarni, psixologik-pedagogik, metodik bilim va ko‘nikmalarni egallagan, diniy ilmlardan xabardor, ma’naviy barkamol, O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida ravnaq topishiga ishongan, vatanparvarlik, fuqarolik burchini anglagan, o‘qituvchilik kasbini va bolalarni sevgan, insonparvar, talabchan, adolatli, pedagogik odobli, o‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib yetishishlariga ko‘maklashadigan bo‘lmog‘i kerak”[1]. Zamonaviy jamiyatda ijodiy fazilatlar shaxsi rivojlanish va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyat qozonishda muhim rol o'ynaydi. Ijodiy fikrlash va harakat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan pedagoglar bolalarni yanada samaraliroq o‘qitishi va tarbiyalashi, shuningdek, yangi dastur va o‘qitish usullarini yaratishi mumkin. INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1427 O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida izchillik bilan amalga oshirilayotgan ta’limtarbiya sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo‘nalishi sog‘lom fikrga ega, kasbiy kompetensiyalarni yuqori darajada o‘zlashtirgan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun xizmat qiluvchi rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalasiga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Pedagogika va psixologiya fanlari doirasida shaxs kreativligini shakllantirish va rivojlantirish muammosi har tomonlama o‘rganilib, zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishni taqozo etmoqda. Kreativlik (lot., ing.”create”-yaratish, creative yaratuvchi, ijodkor) - shaxsning yangi g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati[2]. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi. Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o‘zgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlarning o‘zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni ifodalaydi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g’oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo‘naltiradi. Shuningdek, kreativ sifatlar o‘quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordamberadi[3]. Binobarin, kreativ sifatlarga ega o‘qituvchi kasbiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg’or, o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish, pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo‘lishga e’tibor qaratadi. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchi o‘zida kreativlik sifatlari mavjudligini qanday namoyon eta olishi mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangiz, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g’oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”. Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash shaxsdan o‘quv topshirig’i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g’oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa birgina to‘g’ri g’oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativ sifatlarni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1428 etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g’ri yechimda to‘xtaladi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayonli tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g’oyalarining qaror topishi (14-17 yosh)dan boshlanib, kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogenizi – tug’ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog’liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilar tomonidan kasbiy kompetentsiyalar va ijodiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, kreativ sifatlarni rivojlantirish shaxsdagi ijodkorlik qobiliyatining qay darajada rivojlanganligi bilan uzviy aloqadordir. Shuning bilan birgalikda shakllantirish texnologiyalari, shaxsiy portfolioni yaratish, ijodiy, immitatsion, improvizatsion vaziyatlar ham kreativ sifatlarni rivojlantirishning samarali usullari hisoblanadi. Tadqiqot ishi davomida yuqorida keltirilgan ish usullaridan foydalanildi. Bugungi o‘qituvchi o‘quv mashg’ulotlarini tashkil etishda avvalida rejalashtirilgan bir qolipdagi mashg’ulot turlaridan voz kechib, o‘quvchilarda mustaqil, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, ya’ni yangi g’oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish, ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishiga rag’batlantirishda asosiy omil bo‘lishi kerak. O‘quv mashg’ulotlariga yetishmayotgan omil - kreativlik hisoblanadi. Mavjud holat tahliliga ko‘ra boshlang’ich sinf o‘qituvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish quyidagi to‘rt yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishni talab etadi: 1) o‘qituvchining ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etishi va erkin faoliyat yuritishi uchun zarur shartsharoitni yaratish; 2) ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘quv fanlarini qiziqish bilan o‘zlashtirishiga rag’batlantiruvchi strategiyalardan foydalanish; 3) pedagogik muammolar yechimini topishda ijodiy va innovatsion yondashuv ustivorligini ta’minlash; 4) belgilangan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni to‘laqonli bajarish orqali kutiladigan natijaga erishish. Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishining kasbiy faoliyatning uchta asosiy tipi: pedagogik, ilmiy va jamoaviy faoliyat xosligi ta’kidlanadi. Lekin o‘qituvchining kundalik amaliyotida ko‘rsatilgan faoliyat tiplari uzviy o‘zaro aloqadorlikda va o‘zaro singib ketganligi oqibatida ularni chegaralash yetarlicha murakkabdir. Tadqiqot manfaatlarini nazarda tutgan holda asosiy e’tibor[4] Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishining–maktab o‘qituvchisining o‘qituvchilik faoliyati va o‘z kasbining maxoratini egallaydigan talabalar ijodiy faoliyatli xususiyatlariga qaratiladi. Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishiningshu bilan tavsiflanadiki, ta’limning yuqori darajasini ta’minlash uchun optimal bo‘lib, quyidagilarni nazarda tutadi: INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1429 -o‘qituvchi mustakil uz ustida ijodiy, nazariy va amaliy tayyorgarlikni kuchaytirish (hatto maxsus yo‘nalishda – kasbiy faoliyat sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish); -kasbiy ta’lim mazmunida umumilmiy tayyogralik ulushini oshirish; Maktab o‘qituvchilarini kretiv sifalarini rivojlanishiningilmiypedagogik jamoaning kasbiy faoliyatini takomillashtirishning zaruriy sharti ta’lim va tarbiyada o‘quvchilarning mustaqil o‘quv-bilish (B.Adizov) va kasbiy-amaliy faoliyatlarini tashkil etish va rahbarlik qilishga o‘tish, tanlov erkinligi va mavqeini o‘zi belgilash, ijodiy qobiliyatlarni namoyon etish hamda jamiyat va ehtiyojlariga mos kasbiy ongni tarbiyalashga asoslangan bilimlarni qaror topishida o‘z vazifasini anglashdan iborat. Fikrlarimizni umumlashtirgan holda to‘ldirsak innovatsion usullarni o‘z faoliyatida ya`ni kasbiy faoliyatda faol, ijodkorona foydalana olish, noodatiy yechimlar topish va o‘z mualliflik g‘oyalariga egaligi bilan izohlanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Z.A.Nazarova. TECHNOLOGY FOR IMPROVING MECHANISMS OF CREATIVE TEACHER PERSONALITY FORMATION 2022.URL 2. F.A.Nazarov.2022. XXI ASR O‘ZBEK YOSH KOMPOZITORLAR ASARLARIDA MUSIQIY INOVATSIALARI HAMDA BADIIY VA ESTETIK