Full text
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1430 UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH TIZIMIDA PEDAGOGLARNING KASBIY-METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Abdullayeva Muborak Sobirovna¹, Xolbekova Gulchehra², Marxayeva Ozoda3 ¹ CHDPU katta o’qituvchisi, 2,3 CHDPU talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17448766 Annotatsiya. Mazkur maqolada uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi doirasida pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik asoslari tahlil qilinadi. Pedagoglarning amaliy va nazariy bilimlarini doimiy ravishda yangilab borish, ularning innovatsion yondashuvlarga tayyor bo‘lishini ta'minlash bugungi ta’lim jarayonining dolzarb vazifalaridan biridir. Tadqiqotda zamonaviy metodik yondashuvlar, o‘qituvchilarning o‘zini rivojlantirish faoliyati, ta’limdagi uzluksizlik tamoyili hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida samarali kasbiy-metodik tayyorgarlikni tashkil etish yo‘llari yoritilgan. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismlari, o‘quv jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or pedagogik texnologiyalarning o‘rni va ularning pedagog malakasini oshirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Kalit so‘z: uzluksiz ta`lim, kasbiy tayyorgarlik, rivojlantirish usullari, pedagog, shaxs, kasb. Respublikamiz mustaqil davlat sifatida demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ekan, bu maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi oldiga ham muayyan vazifalar qo‘yadi. Mazkur vazifalar ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. Pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir bilimlar, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish, o‘z-o‘zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi. Bu esa o‘z navbatida, pedagogning o‘z fanini o‘qitishga doir bilimlarni mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta’lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo‘lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o‘qitish va tarbiyalash jarayonini ta’lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalari asosida intensiv tashkil etish, uzluksiz va tizimli o‘zo‘zini rivojlantirishni talab etadi. O‘z kasbiy malakasini yangi bilimlar bilan boyitib, yanada chuqurlashtirgan pedagogning kasbiy faoliyati va shaxsiy sifatlaridagi ijobiy o‘zgarishlar ta’lim oluvchilarning davlat ta’lim standartlarida belgilangan o‘quv kompetensiyalarini egallash, pirovardida ta’limning sifat va samaradorligini oshishi, ta’lim muassasasining muvaffaqiyatli ishlashining pedagogik kafolatidir. Shundan kelib chiqib, globallashuv davrida uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini zamon talabi asosida tashkil etish, erkinlashtirish, mustaqil ta’lim olishning shakl va muddatlarini erkin tanlash, pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini milliy uyg‘unlikka ustuvorlik va xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish yo‘lidan borishni taqozo qiladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1431 Pedagoglarning ta’limiy ehtiyojlari asosida tashkil etilgan va erkinlashtirilgan, uzluksiz va mustaqil malaka oshirishga yo‘naltirilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi o‘qituvchi faoliyatiga aniqlik kiritib, uni ta’lim-tarbiyaning yechilmagan amaliy vazifalarini hal qilishga undab, o‘quv jarayonini optimal tashkil qilishga zamin hozirlaydi. Pedagogning uzluksiz va mustaqil malaka oshirish orqali o‘z-o‘zini rivojlantirishi – pedagogning o‘zida kasbiy tajriba, malaka va mahoratni takomillashtirish yo‘lida aniq maqsad va puxta o‘ylangan vazifalar asosida mustaqil ravishda amaliy harakatlarni tashkil etishi, o‘z missiyasini chuqur anglagan holda kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ta’lim oluvchilarda zaruriy kompetensiyalarni shakllantirish, uni shaxs sifatida har tomonlama rivojlantirish va ta’lim jarayonini tashkil qilishga doir bilimlarni egallash ustida uzluksiz izlanishi bilan ta’minlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyida uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida pedagoglarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish haqida batafsil bayon qilamiz. Ta’lim beruvchi (pedagog)larning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish yuzasidan fundamental tushunchaga ega bo‘lish uchun mazkur muammoga doir ilmiy tadqiqot ishlarining ayrim jihatlarini o‘rgandik. V.V.Latyushin “Bo‘lajak o‘qituvchini kasbiy-pedagogik tayyorlashda antropologik markazlashgan yondashuv” mavzusidagi maqolasida oliy ta’lim muassasalarida shaxsni kasbiy rivojlantirishning to‘rtta asosiy bosqichi ko‘rsatib o‘tilgan: mazmun, dinamik (oliy ta’lim muassasasiga kirgandan so‘ng shaxsning ongli ravishda kasbiy ijodkorligini mustaqil ifodalashi); institutsionallik (shaxsni kasbiy rivojlantirish muhiti) va texnologik (kasbiy tayyorgarlikda antropologik markazlashishni boshqarish vositalari, metod va shakllari, holatlari) Metodik tayyorgarlik kasbiy tayyorgarlikning asosiy yakuniy fazasi hisoblanadi. Aynan metodik bilimlarni egallash pedagogning kasbiy tayyorgarligini keltirib chiqaradi. Ta’lim beruvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi uning quyidagi D.O.Ximmataliyev “kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni maxsus tayyorgarlik natijasi deb hisoblaydi va kasbiy bilim, ko‘nikmalar, asosiy psixik vazifalarni rivojlantirish, ta’limning kasbiy yo‘naltirilganligi, tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash, kasbiy o‘z taqdirini o‘zi belgilash majmuini o‘z ichiga oladi”, - deb ta’kidlaydi [2; 104-b.]. Shuningdek, muallif ilmiy-tadqiqot ishida zamonaviy pedagogning kasbiy faoliyatga tayyorgarligini ta’minlovchi talablarni quyidagi ikki guruhga ajratadi: o‘qituvchining turli darajadagi asosiy muammolarni hal etishga tayyorgarligini ta’minlovchi ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy ahamiyatga ega invariant intellektual mahorat hamda individual sifatlarning shakllanganlik, shuningdek, o‘qituvchining turli darajadagi asosiy muammolarni hal etishga tayyorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fundamental bilimlar mazmuni va ularning shakllanganligi darajasiga qo‘yiladigan talablar [2; 38-b.]. I.Y.Raxmonov “o‘qituvchining metodik tayyorgarligi – ta’lim jarayoni va uning natijasidir, bunda o‘qitish insonga ta’lim berish maqsadida (umumiy yoki bilimlarning biror sohasida) yoki uning ma’lum kasbiy ixtisosni egallashi maqsadida amalga oshirilishi mumkin”, - deb ta’kidlaydi [1; 38-b.]. Birinchi maqsadga erishish avvalo ma’lum bilimlar tizimini va shaxsiy xususiyatlarni shakllantirishni nazarda tutsa, ikkinchi maqsadga ko‘pincha kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarini shakllantirish orqali erishiladi. O‘rganilgan ilmiy tadqiqot natijalari va tahlillari hamda kuzatishlarimiz natijasida, uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida pedagoglarda kasbiy-metodik tayyorgarlikning quyidagi komponentlarining rivojlanishini inobatga olish lozim degan xulosaga keldik:
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE ON “MODERN APPROACHES AND TRENDS IN TEACHING FINE ARTS, DRAFTSMANSHIP AND MUSIC IN HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION” OCTOBER 22-23, 2025 1432 pedagogik faoliyatdagi boshqaruvchanlik va texnologik usul va uslublarni ishlab chiqish; pedagogik faoliyatning har bir aniq turini loyihalash, tashkillashtirish va amalga oshirish; ta’lim oluvchilarning ta’limiy ehtiyojlarini va jamiyatning talablarini ko‘ra bilish; kasbiy kompetensiyaning shakllanish istiqbolini belgilash va uni amalga oshirish; ta’lim oluvchining samarali ta’lim olishi va natijaga erishishi uchun metodik tizim yaratish; ta’lim oluvchilarning xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorgarligining metodik tizimini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. Yuqoridagi fikr-mulohazalar, ilmiy-tadqiqot ishlari tahlili va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining mavjud holati ta’lim beruvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonini pedagoglarning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, quyidagi talablar asosida shakllantirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi: -uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlarni mustaqil izlash va ularni o‘zlashtirishni nazarda tutilganligi; -uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonining fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlariga muvofiq tashkil etilganligi hamda xalq ta’limi tizimida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash talablariga mos kelishi. Xulosa shuki, ta’lim jarayonida ta’lim mazmuni, o‘rgatish, o‘rganish bir-biri bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan hech birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim obyekti va oxirgi natija – ta’lim mazmuniga, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday ekan, bizningcha pedagogik faoliyatga yo‘naltirilgan yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, ularning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish jamiyat rivojining zaruriy shartiga aylanishi lozim. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Raxmonov I.Y. Geometriyani o‘qitish jarayonida talabalarning metodik tayyorgarligini rivojlantirish texnologiyasi: ped.f.nom.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. – T.: 2012, –160 b. 2. Ximmataliyev D.O. Kasbiy faoliyatga tayyorgarlikni diagnostika qilishda pedagogik va texnik bilimlar integratsiyasi (texnika oliy ta’lim muassasalari “Kasb ta’limi” yo‘nalishlari misolida): ped.f.dok.ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. – T.: 2012. –220 b.