scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

XALQARO TELEKANALLAR FAOLIYATIDA MADANIYATLARARO MULOQAT JARAYONI (EURONEWS MISOLIDA)

Dildora Abdukarimova Zafarovna

Abstract

XXI asr insoniyat rivojlanishining yangi bosqichining boshlanishi bilan belgilanadi. Bu, inson jamiyatining rivojlanishidagi eng muhim yo’nalishlarni belgilab beruvchi globallashuv madaniyatlararo muloqotning barqaror jarayoni bo’lib qoldi. Ushbu jarayondan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiymadaniy o’zgarishlar zamonaviy dunyo qiyofasini sezilarli darajada o’zgartirib, yer yuzidagi deyarli barcha odamlarning hayotiy faoliyatiga ta’sir ko’rsatdi. Globallashuvdan kelib chiqqan turli aloqalarni kengaytirish, turizmning o’sishi, chet elda ta’lim olish imkoniyati, turli talabalarning fikr almashinuvi, xorijiy amaliyotlar va boshqa ko’plab hodisalar va faktlar madaniyatlararo muloqot va o’zaro hamkorlik muammolarini yuzaga chiqardi. Bu jarayonlarni amalga oshiruvchi vositalaridan biri sifatida xalqaro telekanallardir. Xalqaro telekanallar madaniyatlarni boshqa madaniyat vakillariga targ’ib etmoqda va uzatmoqda. Bu jarayonda milliy madaniyatlar bilan to’qnash kelishi va madaniy shok hodisasining uzaga kelishi mumkinligi maqolaning dolzarbligini izohlaydi.

Full text

ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 431 XALQARO TELEKANALLAR FAOLIYATIDA MADANIYATLARARO MULOQAT JARAYONI (EURONEWS MISOLIDA) Dildora Abdukarimova Zafarovna O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Ingliz tili №1 fakulteti, Ingliz tili integrallashgan №1 kafedrasi o'qituvchisi Email: [email protected] XXI asr insoniyat rivojlanishining yangi bosqichining boshlanishi bilan belgilanadi. Bu, inson jamiyatining rivojlanishidagi eng muhim yo’nalishlarni belgilab beruvchi globallashuv madaniyatlararo muloqotning barqaror jarayoni bo’lib qoldi. Ushbu jarayondan kelib chiqqan holda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiymadaniy o’zgarishlar zamonaviy dunyo qiyofasini sezilarli darajada o’zgartirib, yer yuzidagi deyarli barcha odamlarning hayotiy faoliyatiga ta’sir ko’rsatdi. Globallashuvdan kelib chiqqan turli aloqalarni kengaytirish, turizmning o’sishi, chet elda ta’lim olish imkoniyati, turli talabalarning fikr almashinuvi, xorijiy amaliyotlar va boshqa ko’plab hodisalar va faktlar madaniyatlararo muloqot va o’zaro hamkorlik muammolarini yuzaga chiqardi. Bu jarayonlarni amalga oshiruvchi vositalaridan biri sifatida xalqaro telekanallardir. Xalqaro telekanallar madaniyatlarni boshqa madaniyat vakillariga targ’ib etmoqda va uzatmoqda. Bu jarayonda milliy madaniyatlar bilan to’qnash kelishi va madaniy shok hodisasining uzaga kelishi mumkinligi maqolaning dolzarbligini izohlaydi. “Madaniyatlararo muloqot” turli xil madaniyatlarning ikki yoki undan ortiq vakillari o’rtasidagi aloqaning maxsus shakli bo’lib, unda o’zaro aloqada bo’lgan madaniyatlarning axborot almashinuvi va madaniy qadriyatlarning aralashuvi yuz beradi1.Madaniyatlararo muloqot jarayoni - bu faqat chet tillarini bilish bilan cheklanib qolmasdan, balki boshqa millatning moddiy va ma’naviy madaniyati, dini, qadriyatlari, axloqiy munosabatlari, dunyoqarashi va boshqalarni bilishni talab qiladigan faoliyatning o’ziga xos shakli. Umumiy holda, aloqa sheriklarining xulq atvor modelini belgilaydi. Xorijiy tillarni o’rganish va ularni xalqaro aloqa vositasi sifatida ishlatish bugungi kunda ushbu tillarda so’zlashuvchilarning madaniyati, mentaliteti, milliy xarakteri, turmush tarzi, dunyoqarashi, urf-odatlari, an’analari va boshqalarni chuqur va ko’p qirrali bilmasdan imkonsizdir. Faqatgina ushbu ikki turdagi bilimlarning - til va madaniyatning kombinatsiyasi samarali muloqotni ta’minlaydi. Xalqaro telekanallarning madaniyatlararo muloqot jarayoniga ta’sir juda yuqori. Sababi televideniyening afzalligi o‘zi bilan: tasvir va harakat mavjudligida. Aynan ana shu noyob xususiyat televideniyening kishi hissiyotlariga ta’sirini kuchaytiradi. Bu esa xalqaro telekanallarning inson ongiga ta’siri kuchli ekanini anglatadi. Tasvir va ovoz birligi, voqea-hodisalarni o‘zgarish, rivojlanish jarayonida ko‘rsata olish orqali televideniye bugungi kunda eng keng tarqalgan OAV hisoblanadi. Radio, matbuot ko‘proq dalil va isbotlar bilan ish ko‘rsa, televideniye “namoyishkorlik” deb atash mumkin bo‘lgan o‘ziga xos quroldan foydalanadi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri ruhiyatga va hatti-harakatlarga ta’sir qila oladi. Taniqli mutaxassislardan biri G.Pochepsovning ta’kidlashicha, odamlar televideniyedan gazetaga nisbatan ko‘proq narsa “topadi”2. Negaki, televideniyedan olingan axborotning 66% so‘z bilan emas, harakat bilan ifodalanadi. Shu fikrlarni davom ettirgan holda xalqaro telekanal orqali uzatilyotgan axborotda barcha harakat, balki tashqi dekaratsiya, kiyinish madaniyati 1Fred E. Jandt An Introduction to Intercultural Communication United States of America., 2018. – P. 36. 2“Теория коммуникации” Москва., 1999. –C.25. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 432 jamiki barcha madaniyat tomoshabinlarga tarqatiladi. Uni qabul qilib olish tomoshabinning o’z ixtiyorida qoladi. “Euronews” kanalining deyarli barcha dasturlari (“news” (“Yangiliklar”), “perspectives” (“Ustunliklar”) va boshqalar) kadrdagi tasvirning har bir ko‘lam shakllaridan foydalanib, turli videomateriallardan tashkil topgan bo‘ladi. Ammo mavzuga yo‘naltirilganligi hisobiga, ayrim dasturlar muayyan planlarni boshqalariga nisbatan ko‘proq ishlatishi mumkin. Uzoqdagi planda inson qiyofasi nihoyat kichrayib ketadi. Umumiy plan – insonning butun gavdasi bilan uni o‘rab turgan butun borliq bilan birgalikdagi tasviri. Bu ma’lum lavha harakati sodir bo‘layotgan muhit; hodisa joyi, fasl, kun vaqti, ob-havo sharoitlari. Suratga olishning mazkur ko‘rinishini ko‘p hollarda “Euronews”ning o‘yin, kurash, matbuot anjumanlari namoyish qilinadigan “Sport”, butun dunyodan eng zo‘r taassurotlarni tahrirsiz va asl ovoz bilan uzatuvchi “Sharhlarsiz” dasturlarida uchratish mumkin. O‘rta plan – insonning bel, yelka yoki tizzagacha bo‘lgan ko‘rinishi. Inson bu holatda asosiy bo‘lib, muhit ikkinchi darajalidir. Bunday planning qo‘llanilishini “Bozorlar” (“markets”) dasturida kuzatamiz, unda yevropa birjalarida tijoratning yopilishi haqidagi, shuningdek, boshqa iqtisodiy voqealar va ularning ishirokchilariga bag‘ishlangan videolarda ko‘p uchraydi. “Kelajak” (“futuris”) ko‘rsatuvida laboratoriyalar, ilmiy markazlar, foydali qazilmalar va h.z.larning yaqqol sharoitini uzatuvchi ilmiy-tadqiqot ishlanmalar to‘g‘risidagi lavhalarni namoyish etadi, bu ham o‘rta plan ko‘p qo‘llanilishining namunasi. Yirik plan – inson yuzining tasviri. Tomoshabinga ta’sir o‘tkazishning eng kuchli ko‘rinishi. Suratga olishning mazkur shakli odatda “Euronews”ning “Intervyu” dasturida qo‘llaniladi, unda hukumatlarning amaldagi hamda sobiq boshliqlari, premer-ministrlar va ekspertlar kanalning vakili bilan yuzma-yuz o‘tirib, dolzarb savollarga javob berishadi. “Le mag” (“Jurnal”) ko‘rsatuvida dunyo ko‘rgazmalari eksponatlari, premera spektakllari, konsert hamda milliy bayramlarning videolarida yirik plan mo‘lligi namoyish etiladi. Detal – muhitdagi predmetning tasviri, ko‘pincha ham qahramon, ham uning yashash muhitining bilvosita psixologik tasnifidir. Kadrning vizual ahamiyati – ikkinchi tasnif sanalib, kompozitsion yaxlit tasvirning u yoxud bu elementlarni jalb qilish darajasi va kuchiga tegishli tushunchadir. Piter Uord televizion asarda “mazkur asardan parcha mazmunini qisqa tushuntirib o‘tadigan “yagona kalit kadr” mavjud”, deb xulosa qilgan. “Kalit kadr”dan tashqari, televizion lavhada o‘ziga xos “betaraf kadr”lar ham bor, ular voqea muhitini qayta gavdalantirib, mazmunini yuklab yubormaydi. Betaraf kadrlarga ko‘chalarning umumiy kadrlarini, o‘sha joyda istiqomat qilib,ishlaydigan inson yuzlarining o‘rtacha kadrlarini misol qilish mumkin. Shunday qilib, betaraf kadrlar bu voqealar oqimini qayta yaratib, kim?, nima?, qachon?, qayerda? savollariga javob beradigan kadrlar deb hisoblash mumkin. Kalit kadrlar – bu interpretatsiyaning turli shakllariga yo‘l ochuvchi, ya’ni betaraflaridan ko‘ra ko‘proq axborotdan tarkib topgan ko‘p o‘lchamli kadrlardir. “Euronews”ning yangiliklar dasturlari ham kalit, ham betaraf kadrlardan iborat. “Euronews”ning ko‘pchilik axborot dasturlari o‘zida ikkala kompleksni ham birlashtirdi. Ular jumlasiga madaniyat to‘g‘risidagi “Randevu” va “Jurnal” dasturlari muallifning kadrorti matnini, shuningdek, konsertlar, teatr premeralari, masterklasslar va san’at mavzusidagi matbuot anjumanlarini kiritishimiz mumkin. Audivizual komponentining yana bir formal tasnifi bu tovushli majmua sanaladi. Audial kompleksni o‘rganishda tadqiqotchilar “televizion namoyishning ovozli partiturasi” tushunchasidan foydalanishadi. Bu “auditoriyaning psixologik ta’sirchanligining barcha qonunqoidalarini hisobga olgan holda tovushning barcha komponentlarining uyg‘un birlashuvi”, deganidir3. 3Ефимова Н.Н. Профессия - звукорежиссёр// Вестник электронных и печатных СМИ. - 2011. - № 9. - С.5. ILM FAN YANGILIKLARI KONFERENSIYASI OKTABR ANDIJON,2025 433 Partituraning uchta turi ajratib ko‘rsatiladi: “Muvozanatlashgan” partiturada axborot mediamatnida butun audial komleks ishga solinadi (ko‘pchilik, jumladan, “news” (“Yangiliklar”, “perspectives” (“Yutuqlar”), “rendezvous” (“Randevu”), “le mag” (“Jurnal”), “cinema” (“Kinematograf”) dasturlarida qo‘llaniladi); “Muvozanatlashmagan” partiturada mediamatnning musiqiy hamohangligi yo‘qoladi (“interview” (“Intervyu”), “markets” (“Bozorlar”) dasturlarida namoyish etiladi); “Qo‘zg‘atilgan” partiturada mediamatnda nutq yo‘qoladi. Buni “no comment” (“Sharhlarsiz”) va “meteo europe” (“Ob-havo”) ruknlarida uchratishimiz mumkin. Ko’rib turganimizdek, “Euronews” telekanalining faoliyati tahsinga sazovordir. Ushbu o’rgnishlardan kelib chiqib milliy telekanallarimizni ham xalqaro formatga o’tkazish va ularda uzatilayotgan ko’rsatuvlarni sifat jihatdan yaxshilash uchun quyidagi hulosalarni kkeltirib o’tamiz: – milliy madaniyatimiz va urf-odatlarimizni targ’ib etuvchi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro telekanal yaratish: –Davlat telekanallarni xalqaro telekanallar bilan aloqasini rivojlantirish va ulardan tajriba ortirish; –Xususiy telekanallarni xalqaro formatga o’tishini rag’batlantirish asoslarini yaratish; –Telekanallar orqali uzatilayotgan urf-odt va ananalarimizga oid teleko’rsatuvlarni rag’batlantirish orqali soni va sifatini yaxshilash. Sizu biz yashayotgan fan texnika asrida axborotga bo’lgan talab har qachongidan ko’ra, ortib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, ommaning bu mahsulotga bo’lgan ehtiyojini qondirib bera oladigan milliy jurnalistika har qachongidan ko’ra bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu sababli madaniyatlararo muloqot jarayonida xalqaro telekanallarining o’rnini inkor etmagan holda milliy telekanallarimizni rivojlantirgan holda xalqaro miqyosida faoliyat olib boradigan telekanalga aylantirish va u orqali milliy madaniyatimizni dunyoga ttarg’ib etishimiz kerak. Nafaqat dunyoga, balki o’sib kelayotgan yoshlarimiz ongiga milliy gurur va iftixoni telekanallarimiz orqali shakllantirishimiz zarur. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Fred E. Jandt An Introduction to Intercultural Communication United States of America 2018 2. "Теория коммуникации" Москва 1999. – C.25. 3. Ефимова Н.Н. Профессия звукорежиссёр// Вестник электронных и печатных СМИ.2011 № 9. - С.5. https://www.xabar.uz/uz/tag/xalqaro-telekanal?rand-1561726576 https://samdchti uz/institut/2029