scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUHAMMAD YUSUF SHE'RLARIDA HAYOTIY HAQIQAT VA BADIIY MAHORAT

Salisheva Zilola Ismailovna

Full text

77 MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA HAYOTIY HAQIQAT VA BADIIY MAHORAT Salisheva Zilola Ismailovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri,dotsent DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450466 Rezume. Maqolada Muhammad Yusuf she’riyatidagi badiiy mahorat va hayot haqiqiqatining yoritilishi tadqiq etiladi. Shuningdek, shoir ijodida mazkur mavzuning badiiy talqin etilishidagi ijodiy o‘ziga xoslik tahlil qilinadi. Qolaversa, she’riyatda ruhiy kechinma va badiiy ifoda hamda ijodkor mahorati masalalari xususida atroflicha mulohaza bildirilib, mavzuga xos she’rlarini o‘rganish jarayonidagi nazariy va badiiy tahlil natijalari umumlashtiriladi. Kalit so‘zlar: badiiy ifoda, individuallik, obrazlilik, badiiy tafakkur, falsafiy talqin. Резюме. В статье рассматривается художественное мастерство и отражение реалий жизни в поэзии Мухаммада Юсуфа. А также, рассматривается творческое своеобразие художественной интерпритации названной высше темы. На ряду с этим, выражается мнение душевных переживаний и художественных вырожений, а также творческих способностий в поэзий, и обобщается теоретические и художественние результаты анализа в процессе изучения стихотворения по этом же теме. Ключевые слова: художественная интерпретация, индивидуальность, образность, художественная идея, философическое толкование. Summary. The article examines the artistic mastery and reflection of the realities of life in the poetry of Muhammad Yusuf. As such creative specific be analyze the topic’s be artistically interpretation poet in remembrance. From after that, then result’s be generatize theory and artistically. In the topic peculiar poety study process of ewents and thoroughly be opinion in the poety mental condition the creator’s skell. Key words: individuality, literary interpretation, literary, idea, philosophic interpretation. Ayrim shoirlar she’r – yurakni larzaga solgan hislardan dunyoga keladi, deb hisoblasalar, ba’zi ijodkorlar she’r – qalb iztiroblari-yu dardlarini, armon-u quvonchlarini badiiy bo‘yoqlarda tasvirlash, deb ta’rif beradilar. She’riyat insonning fikr-o‘ylarini, his-tuyg‘ulari, olam go‘zalliklariga munosabatini badiiy tarzda yaratadi, ko‘z o‘ngimizda badiiy so‘z orqali jonlantiradi. [1.7] Shunday ekan she’riyat olami cheksiz ummondir unda qalb kechinmalarining aynan aksi namoyon bo‘ladi. Biz tahlilga tortmoqchi bo‘lgan buyuk shoirimiz Muhammad Yusuf ijodi hech shubhasiz ana shunday ummonlardan biridir. Uning Dunyo she’riga nazar tashlar ekanmiz, undagi faxr va g‘urur tuyg‘usi har qanday kitobxonni hayajonga soladi. Menga boqib miyig‘ida kulgan dunyo, Meni tuproq, o‘zni osmon bilgan dunyo, Seni momom cho‘miltirgan yuvib-tarab, 78 Seni bobom tetapoya qilgan, dunyo!.. Ey, o‘tmishdan o‘tgan kunin so‘ramagan, O‘zbek borsa kim qo‘liga qaramagan? Botirlari qul bo‘lishga yaramagan, Suluvlari bo‘yniga osilgan dunyo! [2.41-42] E’tibor qilaylik, shoir badiiy bo‘yoqlarga o‘ragan ushbu misralarda qanchaliq faxr tuyg‘usi bor, O‘zbek xalqi dunyo yaralibdiki mavjud, momolarimiz alla aytib dunyoni tebratgan deya ildizi mahkam elimizdan g‘ururlanadi. Bu tuyg‘uni shunchaki aytib qo‘ymasdan badiiylik bilan yoshlar qalbiga singdiradi. Boshimizni doim baland tutib yashadek, mard o‘g‘lonlarimiz, suluv qizlarimizga butun dunyo oshiq bo‘lib, havas bilan qaraganini aytadi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov buyuk shoirimiz haqida shunday deydi: “Muhammadning she’rlari bir qarashda juda sodda, jo‘n yoziladiganga o‘xshab tuyuladi. Ammo unga o‘xshatib yozib ko‘ring-chi? Qo‘lingizdan kelmaydi! Uning oson yoziladiganga o‘xshab ko‘ringan misralari muxlislarini yig‘latdi, kuldirdi, o‘z og‘ushiga tortib oldi. Odamlar uning she’rlarini hayajonsiz o‘qimaydigan, kitoblarini do‘konlardan qidirib yuradigan bo‘ldilar”.[2.3] Buyuk shoirimiz haqida bunday yuksak e’tiroflarni o‘zbek adabiyotida, xususan, she’riyat olamida ijod qilayotgan barcha ijodkorlar hurmat bilan tilga oladi. Uning she’rlarida iymanish, tortinish, o‘z hislarini qog‘ozga o‘rab ifoda etishdan yiroq bo‘lgan oddiylik va samimiylik mavjud. Sen sig‘ingan — o‘sha jondin ortiq senga Tojmahal ham bir bobomdan tortiq senga. Kulma menga, iddaolar qilma menga — To‘qqiz kunda Temur bosib olgan dunyo! Yuzlaringni yoritgan shu sharq ziyosi, Dardlaringni aritgan shu sharq ziyosi. Sinoning etagin o‘pib Ovruposi, Amriqosi Beruniydan qolgan dunyo. [2.41-42] Shoir o‘z Vatanidan avlod va ajdodidan g‘ururlanib, o‘tmishda qurdirgan buyuk Bobur bobomizning qurdirgan Tojmahal ham kimligimizni namoyon etganini, bizga kulib qaramang ildizimiz mahkam deya buyuk Temur bobobimizning dunyoni zabt etganligini faxr va iftihor bilan tilga oladi. Tibbiyot olamida tanho Ibn Sino ham bizning ajdod ekanligidan, butun yevropa bugun bobomiz qoldirgan merosdan bahramand ekanligidan g‘ururlanadi. Amerikani eng avval Beruniy bobomiz kashf 79 etganligini ta’kidlaydi. Endi e’tibor qilaylik, men o‘zbekman degan har qanday inson xoh u katta bo‘lsin, xoh kichik buyuk o‘tmishmizni bilmog‘i, undan g‘ururlanib, porloq kelajak qurishga qodir ekanligimizni anglab intilib yashamog‘i joyiz deydi, buyuk shoirimiz: Mening ko‘shkim ko‘kda — unga yetmaydi qo‘l, Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltgay bir yo‘l, Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l — Sen Islomdan iymon darsin o‘tgan, dunyo!.. [2.41-42] She’r qalb kechinmalarining aksidir. Nega hamma shoir bo‘la olmaydi, nega hamma she’r yoza olmaydi. Uning uchun buyuklikka da’vo qila oladigan qalb, badiiylikka burkay oladigan qobiliyat kerak. Yuqoridan to‘rt qator misralar orqali O‘zbek kim ekanligini butun borlig‘i bilan aks ettira olgan, shoir. O‘zimizning milliyligimiz, or-nomusimiz, mehr-muhabbatimiz, xalqimizning oqibatliligi, vatanparvarligimiz bilan yuksaklarda turibmiz deya baralla ayta olgan shoirimiz Muhammad Yusuf. Bugungi kunda jahon minbarida turgan mustaqil, farovon O‘zbekistonimiz Islom olamida yorqin quyoshdek nur sochmoqda, shoir bu misralarni shunchaki yozmagan uni bizga, bizdan keyigi avlodga Vatan mana shu, bu O‘zbekiston deya madhiya qilgan nazarimizda. Inson o‘z timsolida ham moddiy ham ma’naviy xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan noyob xilqatdir, Yaratganning buyuk va sirli mo‘jizasidir, shuning uchun ham uning ichki dunyosi unga atalgan fazilat va xislatlarni oxirigacha anglash, tushunishning o‘zi murakkab bir masala. Darhaqiqat ushbu masala bugungi kunda badiiy adabiyotning eng asosiy tadqiq va talqiniga aylandi deyish mumkin. Zero, har bir inson o‘z qalbi bilan adabiyotga mehr qo‘yadi, unda beixtiyor anglanmagan tug‘yonlar paydo bo‘ladi. So‘z sehri qudrati ba’zan uni o‘yga toldiradi, dilida shodlik, gohida g‘amginlik ulashadi. „Darhaqiqat, she’riyat ko‘ngil va ruh orasidagi ilohiy aloqani qayta tiklaydi. His, kechinma va tuyg‘uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati faqat tahlil jarayonidagina muayyan salmoq kasb etadi“. [3.20.] Xalqizning sevimli shoiri Muhammad Yusuf – takrorlanmas she’riyat yaratdi. Uning she’rlari o‘zining rang-barang mavzusi hamda badiiy ifodasi, o‘ziga xos obrazlari, sodda va samimiyligi bilan barchani o‘ziga rom etgan. Xususan, shoirning „Cho‘lpon“ she’rida ham buning yorqin ifodasini kuzatamiz: O‘lsa o‘zi o‘lar, So‘zi o‘lmaydi. Hamisha barhayot nasl shoirlar. Haqiqiy shoirning qabri bo‘lmaydi, 80 Yurakka ko‘milar asl shoirlar Yo‘qsa yo‘qlamoqni o‘rgating menga, Cho‘lponning go‘rini ko‘rsating menga?.. Ko‘rinadiki, ushbu olti qatorlik misradan istagancha falsafa axtarish mumkin. Binobarin, shoir juda sodda yozadi. Soddalik va kamtarinlik shoir shaxsiga ham daxldorligi har bir she’rida ko‘zga tashlanib turadi. Muhammad Yusuf ta’kidlayotgan shoir, ehtimol, faqat Cho‘lpon emasdir, zero, dunyodan qanchadan qancha shoirlar o‘tmadi deysizmi? Mayli, uning o‘zi bu olamda yo‘qdir, lekin „so‘zi“ hamisha qalbimizda. Agar yo‘q desangiz, qabrini ko‘rsating, uni ziyorat qilib, ruhini shod etay, deya uqtiradi. Xazon bilmas bog‘dir shoirning zo‘ri, Sarxil mevalari muntazir bag‘ir. Ko‘kka tutash tog‘dir shoirning zo‘ri, Tog‘ni yerga ko‘mib bo‘larmi axir?.. Ertak so‘ylamakni to‘xtating menga, Cho‘lponning go‘rini ko‘rsating menga. E’tibor qiling, oddiygina tabiat hodisasi orqali shoir abadiyati, uning nomi, naqadar jozibali tafsiv etilgan. Shoir fikricha, agar shoirni bog‘ desak, undagi mevalar qalb kechinmalaridir. Muhammad Yusuf kim va nima haqida she’r yozmasin, hamisha uyg‘oq vijdon bilan ish ko‘radi. Bular quyidagi satrlarida ham yorqin namoyon bo‘lgan: Qani she’rni yenggan mahmadonalar, Yeng shimarib yengan mahmadonalar. O‘zin chorbog‘idan o‘zi yulqilab, Gulxanga gul ko‘mgan mahmadonalar?.. Turtib turg‘azing bir, so‘zlating menga, Cho‘lponning go‘rini ko‘rsating menga. Cho‘lpon va shu kabi qalami o‘tkir neki shoirlar o‘tmadi, bu yorug‘ olamdan. Ular yashagan davr, boshlariga tushgan kulfatlar, nohaq tuhmatlar jabri shoir qalbini nafrat alangasiga oldi va u „Gulxanga gul ko‘mgan mahmadonalar?..“ – deya qalam ahliga ozor berganlarni yonib turgan o‘tga, bog‘da yashnayotgan, „hurlik“, „ozodlik“, „erk“ iforini taratmoqchi bo‘lgan chamanlarni tuhmat o‘tida yoqqani juda haqqoniy va badiiy tasvirlab bera olgan. O‘zi qalandar-u shoir bayti shoh, Tuproqda giyoh-u osmonda qushdir. Shoirni o‘ldirmoq – suvni yondirmoq, 81 Yerni sindirmoqdek mushkul yumushdir. Ey, siz, o‘ylab o‘ynating menga, Cho‘lponning go‘rini ko‘rsating menga. Darhaqiqat, ikki buyuk she’riyatning yo‘lchisi Muhammad Yusuf – bedor vijdon bilan samimiy ijod qila bildi. Ijodkor botinini timdalagan og‘riq ham, aslida – millat erki va ozodligi, Vatanni sevish, uni ko‘z qorchig‘iday asrashdir. Rosti-da, qo‘liga qalam olgan chinakam iste’dodlar borki, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurtning obod va fayzli ko‘rinishini chin dildan istaydi. Nega shoir „Cho‘lponning go‘rini ko‘rsating menga!“ – deya takror va takror har misra so‘ngida ta’kidlaydi va shunday buyuk insonga nisbatan yaqin o‘tmish tuzumining vaxshiyona munosabatiga ishora qiladi. Shoir Cho‘lpon kabi ijodkorlarning qalbimizda abadiy yashashini „Yurakka ko‘milar asl shoirlar“ so‘zlari bilan ifodalash orqali hech kimda uchramagan badiiy topilma yaratadi. “Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go‘zallik kitobxonning ma’naviyatigagina emas, tafakkuriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga to‘g‘ri yo‘nalish beradi”. [1. 4] Shu ma’noda, bugungi kun badiiy adabiyotida shoir ijodi, uning dil kechinmalarining o‘rganilishi va o‘rgatilishi o‘quvchi yoshlar qalbida Vatanga muhabbat ruhini singdiribgina qolmay, yuksak barkamol insonlar bo‘lib yetishuvida muhim ahamiyat kasbi etadi. Shoir ijodi bugungi kun yoshlari, ertangi avlod uchun ibrat bo‘la oladigan ijoddir. Buyuk shoirimiz Muhammad Yusuf ijodi, yurtboshimiz tomonidan yuksak baholandi, qadr topdi. Undagi sho‘x, o‘ynoqi, qayg‘uli va xasratli, faxr va g‘ururli misralar qalbimizda abadiiy yashaydi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirqosimova. Adabiy asar tahlili., Toshkent, “O‘zbekiston”, 2007. 2. Muhammad Yusuf. Saylanma., Toshkent, “Sharq”, 2007. 3. Matyakupov S. She’riyatda dialog yaratish mahorati. Toshkent, “Muharrir”, 2013. 20-bet.