NUTQIY AKTLARNING ISHONTIRISH QIYMAT DARAJASI: TARIX VA TADRIJ
Full text
136 NUTQIY AKTLARNING ISHONTIRISH QIYMAT DARAJASI: TARIX VA TADRIJ Yodgorov Jaloliddin Jamolidinovich O‘zDJTU katta o‘qituvchisi, PhD [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450547 Annotatsiya. Maqolada nutqiy aktlarning insonning kognitiv shakllanishiga hamohang tarzdagi tadrijiy rivojlanishi, lingvistik shaxsning o‘z nutqining ishontirish qiymat darajasini ta’minlashdagi usul va omillarning pragmatik tomonlari tahlil etilgan. Shuningdek, yunon mutafakkirlarining nutqiy aktlarning kommunikativ va kognitiv jihatlari borasidagi qarashlariga munosabat bildirilgan. Kalit so‘zlar: kognitiv zichlashish, madaniy tushunchalararo jipslashuv, nutqiy vaziyat, sun’iy intellekt, sun’iy ong, nutqiy aktning ishontirish qiymat darajasi, pafos, logos, etos, simmetrik/assimetrik nutq, lokallik, temporallik. Antropotsentrizm zamonaviy tilshunoslikning asosiy va muhim tahlil tarmog‘iga aylanayotgan yo‘nalish hisoblanib, bu jabhada “tarozu pallasini bosadigan” bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Zero, “V.fon Humboldt, E.Benvenist, I.A.Boduen de Kurtene kabi olimlarning til tabiati va mohiyati, uning sohibi bo‘lgan insonning ichki dunyosi, dunyoqarashi va ruhiyati bilan bog‘liqligi haqidagi fikrlariga asoslangan tadqiqotchilar tilshunoslikni “odam botinidagi til va tilda aks etuvchi inson” haqidagi fan ekanligini e’tirof etmoqdalar. 1 Shuningdek, axborot almashinuvining tezlashishi – kognitiv zichlashish, til egalarining izchil integratsiyasi, madaniy tushunchalararo jipslashuv hamda muloqot jarayonitdagi turli (perefirik) nutqiy aktlarning vujudga kelishi kabi omillar bugungi kunning tadqiq obyektiga aylanib borayotganligini ko‘rsatmoqda. Bu kabi jarayonlarning asos (monolit) manbasi matn hisoblanib, ularning o‘zaro farqli va o‘xshash jihatlarini o‘rganish zamonaviy tilshunoslik(asosan pragmalingvistika)ning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Zero, til rivojlanish bosqichining bizgacha bo‘lgan davrida nutqiy vaziyatdagi kommunikativ maqsad(intensiallik)ni aniqlash bilan bog‘liq tadqiqiy mo‘ljal (research object) ikki inson o‘rtasidagi diskursiv faoliyat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda uchinchi tomon – sun’iy intellekt(SI – AI artificial intelligence)ning ijtimoiy maqomga ega bo‘layotganligi pragmatik izlanishlar fokusini kengayib borayotganligi ko‘rsatmoqda. “Til falsafiy jihatdan gnoseologik va ontologik tabiatga ega bo‘lgan murakkab fenomen” 2 bo‘lib, uning insonning kognitiv 1 Степанов Ю.С. Эмиль Бенвенист и лингвистика на пути преобразования // Бенвенист Э. Общая лингвистика. – М.: URSS, 2002. – С.15. 2 Нурмонов А. Лингвистик тадқиқот методологияси ва методлари.−Тошкент: Академнашр, 2010. – Б. 5.
137 harakatlariga moslashishi – kommunikant tomonning fikrlariga parallel fikrlar topishi, ma’lumotlarni differensiyallashi, hissiy matnlarga mos javob yarata olishi va nutqiy sherik(speech partner)ning hissiy o‘zgarishlariga moslashish kabi bir qator vazifalarni bajara olayotganligi SIning sun’iy ong (SO, AC – artificial consciousness) darajasiga ko‘tarilayotganligini ko‘rsatmoqda. Futurolog olim Rey Kursveylning bashorat qilishicha, 2045 yilga borib SI inson ongidan rivojlanib ketadi va dunyo sohalarini aksar qismini egallaydi. 3 Binobarin, har qanday jarayonning tadrijiy bosqichlarini tahlil etish u (development period) bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar haqida hulosalar chiqarishni osonlashtiradi. Tilshunoslik – empirik fan, undagi nazariy g‘oyalar doimo to‘plangan dalillar tahlili asosida shakllanadi (hatto ilmiy farazlar ham doimiy isbotni talab qiladi). Lekin lisonning tub mohiyatini to‘liq anglash uchun zohiriy hodisalardan tashqari, inson lisoniy faoliyatining tashkiliy qismlarini, uning botinidagi hodisalarni o‘rganish ham zarurdir. 4 Bu borada aytish mumkinki, matnning lingvopragmatik xususiyati va nutqiy aktlarning semantik hamda matniy jihatdan tashkillanishidagi taktika/strategiyalarning obyektiv borliq voqeligini o‘zida jamlash potensialini tahlil etishga bo‘lgan qiziqish qadim davrlardan ma’lum. Xususan, bu yo‘nalishda olib borilgan ishlar(turli qarash va yo‘nalishlar, ilmiy gipotezalar hamda qator postulatlar)ning salmoqli qismi ritorika(nutq san’ati)ga taalluqli hisoblanadi. 5 Zero, til va nutqning dialektik ta’sirlashuvi natijasida vujudga keluvchi turli pragmalingvistik hossalar shu yo‘nalishda “pishib” boshqa yondosh tarmoqlar(antropologiya, adabiyot, tilshunoslik, falsafa, neyrobiologiya, psixologiya, pedagogika, etika, estetika, tarix va shu kabilar)ning ham o‘rganish obyektiga aylandi. Darhaqiqat, yunon olimlarining ritorik nazariyalarining asosini nutq orqali tinglovchini qanday ishontirish borasida bo‘lgan. Xususan, Arastu (Aristotel. yun. Ἀριστοτέλης – er.avv. 384-322) “Ritorika” asarida nutqiy aktning ishontirish qiymat darajasini oshirish uchun quyidagi uch faktorga tayanish kerakligini aytib o‘tadi: pafos (yun. πάθος) – tinglovchining his va tuyg‘ulariga ta’sir etib, uning ruhiy holatini o‘zgartirish; logos (yun. λόγος), ya’ni nutqni mantiq va dalillar bilan 3 Bu haqda qarang. Kurzweil R. The Singularity Is Near: When Humans Transcend Biology. London: Duckworth Books, 2006. 4 Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. – Тошкент, 2008 йил. – Б. 16. 5 https://uz.wikipedia.org/wiki/Ritorika. Ritorika (yunoncha: rhetorike - notiqlik) - notiqlik sanʼati; keng maʼnoda umuman badiiy nasr haqidagi fan. Mil. av. V-IV asrlarda Yunonistonda yuzaga kelib, mil. av. III – II asrlarda tizimli fan shaklini olgan. Mil. av. I asrda Rimda tarqalgan. 5 qismdan iborat boʻlgan: materialni topish, joylashtirish, soʻz bilan ifodalash (3 uslub: yuqori, oʻrta, pastki hamda uslub koʻtarinkiligining 3 vositasi: soʻz tanlash, soʻzlarni biriktirish va uslubiy figuralar xaqidagi taʼlimot), yodlash, talaffuz. Qadimgi davrda Aristotel (Sitseron, Kvintilian ijodida) ishlab chiqilgan, oʻrta asrlarda va yangi davrda (Rossiyada Lomonosov ijodida) rivojlantirilib, XIX asrda adabiyot nazariyasiga qoʻshilib ketgan.
138 asoslash; etos (yun. ἦθος) – ya’ni so‘zlovchining shaxsiy obro‘si va shaxsiy namunasi kabilar. Keltirilgan omillarning ilmiy jihati shundan iboratki, ma’lumot almashish samaradorligini belgilovchi jihatlar bugungi kunda, ya’ni axborot asrida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan 6 . Zero, “nutq akti murojaat qiluvchining ma’lum bir kommunikativ maqsad yoki natijaga erishish yo‘li sifatida qaraladi, bu esa o‘z navbatida lingvistik vositalarni tanlashda asosiy omil hisoblanadi”. 7 Bu borada Aflotun (Platon. yun. Πλάτων; er. avv. 428/427 yoki 424/423 – 348/347) notiq nutqining ishontirish qiymatini oshirish uchun uning axloqiy fazilatlari va bilim darajasi (etosi) yuqori bo‘lishi, shuningdek o‘z sohasining mutaxassisi hamda shu sohada hurmatga sazovor bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan. Faylasufning fikricha, notiq fikrlarini o‘z shaxsiy manfaatlari uchun emas, adolat uchun xizmat qilishi zarurligini ilgari surgan. 8 Suqrot(Sokrat. yun. Σωκράτης, tax. er.avv. 469-399)ning nutqning ishontirish qiymat darajasini shakllantirish borasidagi qarashlari biroz farqli bo‘lib, uningcha, bu jihat asosan dialoglarda vujudga keladi. Savol-javob tarzida namoyon bo‘luvchi nutqiy akt(replika)larda ishontirish qiymat darajasi yuqori bo‘lishini dialektik qarashlari orqali ilgari surgan. 9 Bunday vaziyatlarda dialogdagi kognitiv qutbiy tomonlar o‘z fikr va qarashlarini asoslashga intiladilar, bir-birlariga turli nutqiy aktlar orqali ta’sir etishga harakat qiladi. Amaliyotda Suqrotning bu qarashlari samaraliroq hisoblanib, statik ravishda rivojlanib kelayotgan jarayon hisoblanadi: turli xil debatlar, saylov kompaniyalari, intervyu va podkastlar kabi. Kishilik jamiyati rivojlanib borar ekan kommunikativ faoliyat natijasida vujudga kelgan axborotning semantik va pragmatik ma’nolarini tahlil etish borasida uzoq taraqqiyot yo‘li bosib o‘tildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, amalga oshirilgan tadqiqotlarda “pragmatika, matn pragmatikasi, pragmalingvistika, lingvistik pragmatika” kabi atamalarini uchratmaymiz. Chunki, bu terminning 6 Bu haqda qarang. Автухович Т.Е. Античная риторика. – Гродно, ГрГУ. 2003. – С. 5-21. 7 Остин Дж. Л. Слово как действие. // Новое в зарубежной лингвистике. 1986. - №8. – C. 78. 8 Bu haqda qarang. Панталеева И.А. Становление античной риторики: хронология риторических методов и стилей (Платон, Аристотеоль). ІСТОРІЯ ФІЛОСОФІЇ // Донецкий национальный университет экономики и торговли имени Михаила Туган-Барановского (г. Донецк), – Вип. 3. 2013. – С. 109-115. 9 DIALЕKTIKA yun. dialektike (techne) – suhbat olib borish, bahslashish san’ati – borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta’limot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. “Dialektika” tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi ma’nosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida dialektika muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish san’atini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bog‘liqlikda paydo bo‘lgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishning dialektik uslubini anglashga intilish qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo bo‘lib, antik davrda o‘z takomiliga yetgan. Falsafa tarixida dialektika turlicha talqin qilingan. “Dialektika” so‘zi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qo‘llanilgan. U dialektikani bir-biriga zid, qarama-qarshi fikrlar to‘qnashuvi orqali haqiqatni topish san’ati deb bilgan.
139 ma’lum bir fan doirasida shakliy va mazmuniy yaxlitlanishi XX asrda kuzatiladi. Xususan, “pragmatikaning manbasi Ch.Pirs, U.Djems, D.Dyun, Ch.Morris kabi taniqli faylasuf olimlar nomi bilan bog‘liqdir. Chunki ularning ishlarida (XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida) belgilar sistemasi va lingvistik belgi funksionalligi xususidagi g‘oyalar o‘rtaga tashlanib, semiotika haqidagi asosiy tushunchalar aniqlandi, sintaktika; semantika va pragmatika o‘rtasidagi o‘zaro farqlar ko‘rsatildi. 10 Shuningdek, “pragmatika nutq va axloqiy, insoniy xatti-harakat, ruhiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab fanlarning kesishish nuqtasida turadi. Pragmatika struktur tilshunoslik, stilistika, nutq madaniyati, poetika va lingvopoetika, psixolingvistika, etika va estetika kabi fanlar bilan, umuman insonning ongli va ongsiz madaniy va tabiiy xatti-harakati bilan bog‘liq bo‘lgan, kulturologiya umumiy nomi bilan birlashadigan fanlarning barchasi bilan yaqin aloqada bo‘ladi. Ammo ularning birortasi pragmatikaning o‘rnini to‘la-to‘kis bosa olmaydi”. 11 Jamiyatning ilk jamoa bo‘lib shakllanish jarayonlarining bosqichlarida ham ibtidoiy aql egalari(lot. Homo sapiens)ning bir-biriga bo‘lgan ongli ishonchlarini simmetrik/assimetrik nutqiy aktlar orqali vujudga kelganligini kuzatishimiz mumkin. Albatta, bu ularning bir-birlarini qisman yoki to‘liq anglashlarida nutqiy aktlarning intra/ekstralingvistik jarayonlardagi formal va konseptual xususiyatlari ustuvor ahamiyat kasb etadi. Natijada ibtidoiy ong egasining jamoa ta’siridagi tafakkur radiusi kengaydi, uning atrof koordinatlarini nomlash potensiali tezlashdi, ular(harakat, narsa, belgilar)ni farqlashdagi kognitiv o‘lchovi rivojlandi va u yaratgan konseptning tasavvur qiymati tiniqlashda hamda ijtimoiy ahamiyati oshib bordi. Alohida ta’kidlash kerakki, nutqi to‘liq rivojlanmagan ibtidoiy individ o‘z axborotining konstruktiv qiymatini ta’minlash maqsadida yuz va gavda harakatlari(mimika, pontamimo – ekstralingvistik omil)dan faol foydalandi. Hozirgi fiziologik va kognitiv to‘liq shaklllangan insonda uning ilk rivojlanishidagi lingvistik shaxsning individual xususiyatlari saqlanib qoldi: paralingvistik nutqiy harakatlari. Bu nutq egasining o‘z individual va jamoaviy ong tasvir-tafakkur iyerarxiyasidagi parallellikni moslashdagi optimal harakati hisoblanadi. Zero, “...ko‘p holarda verbal, ya’ni so‘z, lisoniy vositalar orqali va noverbal, so‘zsiz, nolisoniy vositalar (imoishora, har xil belgi, nishona, ramz, simvollar) orqali axborot berish va bir-birining ta’siriga ko‘ra verbal yoki noverbal muloqot sifatida tasnif qilinadi”. 12 Darhaqiqat, 10 Bu haqda qarang. Петров В.В. Философия, семантика, прагматика и новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. - М., 1985. - С.471. 11 Bolteyeva Z. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2024-yil, 1/7-son. – B. 265. 12 Сафаров Ш., Тоирова Г. Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари. – Самарқанд: СамДЧТИ, 2007. – Б. 22.
140 tildan foydalanayotgan shaxs, eng avvalo, uning vositasida ma’lum bir axborotni shakllantirish va muloqot qoidalariga amal qilgan holda boshqalarga uzatishni rejalashtiradi. Olamni bilish va muloqot qobiliyati faqat insonning biofiziologik imkoniyatlari bilan belgilanmasdan, balki ijtimoiy madaniy omillar qurshovida rivojlanadi. 13 Har qanday nutqning lokallik (makon) va temporallik (vaqt) tabiatiga ko‘ra nutqiy ta’sir etish (perlokutiv) akti mavjud bo‘lib, bunda uning (intellektual xabar mazmunining) ta’sir qiymat darajasi belgilanadi. Bu nutq egasining ishontirish (ubijdeniye, persuativ) niyati nutqiy ta’sir qiymatining asosiy ulushini tashkil etadi. Xususan, ekstralingvistik nutqiy aktlardan qoniqmagan ibtidoiy ong egasi perlokutiv niyatiga erishish maqsadida turli ovoz va sadolardan, jamoaga xavf tug‘ilganda birgalikdagi harakat va ishoralardan, yetakchi yoki dominant vakilning harakatlaridagi taqlidlardan, shuningdek, jamoa marosim va ovozli qo‘shiqlaridagi ritual harakatlardan foydalangan. Masalan, Yuval Noy Xararining fikricha, ibtidoiy odam (dominant, lider) o‘z fikriga ishontirish, perlokutiv ta’sir etish maqsadida turli “hikoyalar”dan foydalangan. 14 Bunda biz ibtidoiy jamoa ongida sardor, boshliq yoki shaman nutqiga ishonish faktorini mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Bu borada psixolingvist olim Stiven Pinker ham nutq nafaqat axborot uzatish vositasi, balki ijtimoiy ta’sir o‘tkazish, ishontirish, manipulyatsiya qilish kabi maqsadlarda rivojlangan. Uningcha, ibtidoiy inson nutqdan faqat ma’lumot almashish uchun emas, guruh ichida o‘z mavqeyini belgilash va jamoa a’zolarini o‘z fikriga ishontirish uchun ham foydalangan. 15 Kognitiv fanlar asoschisi, tilshunos olim Noam Chomskiyga ko‘ra, nutq insonning zehniy qobiliyatidan o‘sib chiqqan bo‘lib, u ibtidoiy ong egasining “g‘aribgina” miyasida “universal grammatika” ta’sirida shakllangan. Olimning yana ta’kidlashicha, nutq inson fikr yuritishini ifoda qilish uchun yaratilgan, bu esa bilvosita ishontirish qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi. 16 Ushbu asarida olim perlokutiv aktning ishontirish qiymatiga chuqur e’tibor qaratmagan bo‘lsa-da, nutqiy aktlarda doimiy ravishda qisman yohud to‘liq ishontirish qiymati mavjud bo‘lishini ta’kidlaydi. Zeroki, biz ham o‘z qarashlarimiz zamirida nutqning ishontirish qiymat darajasi har qanday nutq bo‘lagida mavjud bo‘lishi turadi. Mashhur “Relevance Theory” (“Muvofiqlik nazariyasi”) asari 13 Расулов З. Нутқий тузилмалар ахборот-дискурсив мазмуни шаклланиши жараёнида тежамкорлик тамойилининг фаоллашуви (Инглиз ва ўзбек тиллари материали асосида). Монография. – Бухоро: Дурдона нашриёти, 2022. – Б. 17. 14 Юваль Ной Харари. Sapiens. Краткая история человечества / [пер. с англ. Л. Сумм]. - М. : Синдбад, 2020. – С. 142-168. 15 Пинкер С. Язык как инстинкт [Текст]: [пер. с англ.] – М.: Едиториал УРСС, 2004. – С. 204-232. 16 Bu haqda qarang. Chomsky N. Rules and representations. N.Y., 1980. 5. Chomsky N., Halle M. The sound pattern of English. N. Y.; Evanston; L., 1968.
141 mualliflari, kognitiv tilshunos olimlar Dan Sperber va Deyrdre Uilsonlarning umumfikrlariga tayanilsa, nutqiy jarayondagi “mo‘ljallangan ma’no” ishontirish hisoblanadi, zero, shaxs bevosita fikrlarni emas, nima demoqchi ekanligini anglatishga intiladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, ibtidoiy inson uchun ham faqat gapirish – axborot almashish emas, balki boshqalarga ta’sir qilishni maqsad qilgan. 17 Darhaqiqat, “...til fikrning bo‘laklarga bo‘lingan holdagi ifodasi, fikr esa tushunchalarning bog‘lanishidir. Lekin inson tili faqat bog‘lanayotgan tushunchalar va ularning mantiqiy munosabatlarinigina emas, balki so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini ham ifodalashni istaydi; men faqat nimanidir aytishnigina emas, balki o‘zimni ham ifodalashni xohlayman va shu tarzda mantiqiy omilga uni har jihatdan to‘yintirgan holda psixologik omil qo‘shiladi. 18 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Автухович Т.Е. Античная риторика. – Гродно, ГрГУ. 2003. 2. Bolteyeva Z. O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari, 2024-yil, 1/7-son. 3. Винокур Г.О. О языке художественной литературы. —М.: Высшая школа, 1991. 4. Остин Дж. Л. Слово как действие. // Новое в зарубежной лингвистике. 1986. - №8. 5. Sperber D., Wilson D. Irony and the Use-Mention Distinction // Cole P Radical Pragmatics. New York : Academic Press, 1981. 6. Chomsky N. Rules and representations. N.Y., 1980. 5. Chomsky N., Halle M. The sound pattern of English. N. Y.; Evanston; L., 1968. 7. Нурмонов А. Лингвистик тадқиқот методологияси ва методлари.−Тошкент: Академнашр, 2010. 8. Юваль Ной Харари. Sapiens. Краткая история человечества / [пер. с англ. Л. Сумм]. - М. : Синдбад, 2020. 9. Расулов З. Нутқий тузилмалар ахборот-дискурсив мазмуни шаклланиши жараёнида тежамкорлик тамойилининг фаоллашуви (Инглиз ва ўзбек тиллари материали асосида). Монография. – Бухоро: Дурдона нашриёти, 2022. 10. Сафаров Ш., Тоирова Г. Нутқнинг этносоциопрагматик таҳлили асослари. – Самарқанд: СамДЧТИ, 2007. 11. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. Монография. – Тошкент, 2008 йил. 12. Степанов Ю.С. Эмиль Бенвенист и лингвистика на пути преобразования // Бенвенист Э. Общая лингвистика. – М.: URSS, 2002. 13. Kurzweil R. The Singularity Is Near: When Humans Transcend Biology. London: Duckworth Books, 2006. 14. Панталеева И.А. Становление античной риторики: хронология риторических методов и стилей (Платон, Аристотеоль). ІСТОРІЯ ФІЛОСОФІЇ // Донецкий национальный университет экономики и торговли имени Михаила Туган-Барановского (г. Донецк), – Вип. 3. 2013. 15. Петров В.В. Философия, семантика, прагматика и новое в зарубежной лингвистике. Вып. XVI. - М., 1985. 16. Пинкер С. Язык как инстинкт [Текст]: [пер. с англ.] – М.: Едиториал УРСС, 2004. 17 Bu haqda qarang. Sperber D., Wilson D. Irony and the Use-Mention Distinction // Cole P Radical Pragmatics. New York : Academic Press, 1981. P. 195-201. 18 Винокур Г.О. О языке художественной литературы. —М.: Высшая школа, 1991. – С. 85-92.