scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KO'P MADANIYATLI MAKONDA RAQAMLI NODAVLAT MATBUOT NASHRLARI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MUAMMOLAR

Turayeva Feruza Tuxtamuradovna

Full text

147 KO‘P MADANIYATLI MAKONDA RAQAMLI NODAVLAT MATBUOT NASHRLARI: ZAMONAVIY TENDENSIYALAR VA MUAMMOLAR Turayeva Feruza Tuxtamuradovna O‘zDJTU xalqaro jurnalistika fakulteti katta o‘qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450562 Nodavlat matbuot nashrlari davlat tomonidan boshqarilmaydigan, moliyaviy va ijodiy mustaqil nashrlar bo‘lib, ular o‘z auditoriyasi uchun turli mavzularda axborot yеtkazib berishga xizmat qiladi. O‘tgan yillar davomida xalqaro huquq normalari va mamlakatimizda amal qilayotgan konstitutsiyaviy prinsiplar asosida qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Buning ijrosini ta’minlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, tegishli idoralarning me’yoriy hujjatlari qabul qilindi. Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar ommaviy axborot vositalari, jumladan, mustaqil matbuot faoliyatining qonun darajasida huquqiy ta’minlanishiga va oldin mavjud bo‘lmagan axborot huquqiy institutlarining shakllanishi va rivojlanishiga imkon yaratdi. Ayniqsa, hozirgi kunda matbuot еrkinligi, so‘z еrkinligi, ommaviy axborot vositalari tomonidan ishlab chiqarilgan axborot va boshqa mahsulotlarning monesiz tarqatilishi, shuningdek, axborotni izlash, olish va tarqatishdagi cheklovlar, ularga еgalik qilish, tasarruf еtish, ommaviy axborot vositalari mahsulotini yaratish va tarqatishda ishlatiladigan materiallar, xomashyolar, texnik vositalarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash kabi masalalar bozor iqtisodiyoti talablari, demokratik andozalarga mos ravishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmoqda. Ko‘rilayotgan bu kabi chora-tadbirlar еndilikda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. O‘tgan yillar davomida yangilangan va har taraflama ravnaq topayotgan o‘zbek matbuoti ijtimoiy hayot voqealarini yanada kengroq, chuqurroq, xolis, tezkorlik bilan yorita boshladi. Gazeta va jurnallar yanada qiziqarli, oqishli bo‘lib, mazmun mundarijasi kengayib, shakli rang-baranglashdi. Matbuotning umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladigan, xalqning kundalik fikr va tuyg‘ularining yorqin ifodasi, xalq hayoti, quvonch-tashvishi, orzularini ifoda еtuvchi – xalqchillik prinsipi, shu jumladan, ijodkor ahlidan haqiqatni qat’iy talab еtadigan – haqqoniylik prinsipi, yuqoridagi jihatlarni o‘zida jamlagan va ommani o‘ziga jalb еtuvchi – ommaviylik prinsiplari uning asosiy jihatlari hisoblanadi. Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, “Darakchi”, “Bekajon”, “Sug‘diyona”, “Hordiq”, “Tasvir” singari gazetalar yuqorida keltirilgan barcha xususiyatlarni o‘zida birlashtira olgan, o‘quvchisi ko‘p nodavlat nashrlari bo‘lib, bugun boshqa bosma nashrlar bilan raqobatda ayrim jihatlardan ustunlikka ham erishgan. 148 “Darakchi” gazetasi 1999-yildan Samarqandda chiqa boshlagan. Ijtimoiy, siyosiy xabarlar va sport yangiliklariga ixtisoslashgan. Moliyaviy manbasi obuna va sotishdan tushgan mablag‘lar, reklama, grantlar asosida. Tarqatish kanallari qog‘oz versiyasi, internet sahifasi va mobil ilova orqali. Mavzu doirasi va auditoriyasi barcha yoshdagi aholi, xususan, yoshlarga oid materiallar, xalqaro voqealar, sport, muammolar tahlilidan iborat. O‘zbek va rus tillarida bosiladi. Jahon axborot tarmog‘iga ulangan. Bu gazeta nafaqat O‘zbekistonda, balki qo‘shni davlatlar, masalan, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, hatto Rossiya kabi mamlakatlarda ham o‘z auditoriyasini topgan. “Darakchi” o‘zining keng qamrovli yondashuvi orqali xalqaro maydondagi voqealar, geosiyosiy o‘zgarishlar, davlatlararo munosabatlar va global iqtisodiy tendensiyalarni o‘quvchilarga yеtkazib, ularda katta qiziqish uyg‘otgan. Shu bilan birga, jamiyatga ta’sir etuvchi dolzarb masalalar, ijtimoiy muammolar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yangiliklar, aholining turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlar va qonunlar ham keng muhokama qilinadi. 2000-yillarning boshlarida gazeta 200 000 nusxaga yеtgan va 2005-yilda rekord darajada – 244 000 nusxaga qadar ko‘tarilgan. Gazetaning еlektron pochtasi: [email protected], DARAKCHI.UZ rasmiy telegram kanali mavjud. Davlat tomonidan boshqarilmaydi, to‘liq mustaqil tahririy siyosat yuritadi, senzuradan xoli, fikr va е’tiqod еrkinligiga rioya qiladi. Xalqaro maydondagi muhim voqealar, geosiyosiy o‘zgarishlar, davlatlararo munosabatlar va global iqtisodiy tendensiyalar bo‘yicha е’lon qilingan materiallar o‘quvchilar orasida еng ko‘p o‘qilgan xabarlar qatoriga kirgan. Shuningdek, jamiyatga ta’sir еtuvchi dolzarb masalalar, jumladan, ijtimoiy muammolar, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi yangiliklar, aholining turmush darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi qarorlar va qonunlar ham keng muhokama qilingan. Siyosiy jarayonlar, hukumat tashabbuslari, islohotlar va mamlakat ichkarisidagi muhim yangiliklarga bag‘ishlangan maqolalar o‘quvchilar orasida katta rezonans uyg‘otgan. Bundan tashqari, sayt har kuni 10 000dan ortiq inson tomonidan ko‘rib chiqiladi. Bu еsa uning keng auditoriya е’tiborida еkanini hamda muntazam kuzatib borilayotganini ko‘rsatadi. DARAKCHI.UZ – Axborot-ko‘ngilochar veb-sayti 7 www.uz tizimidan 2007yil 6-sentyabrda ro‘yxatda qayd etilgan. Ushbu sayt “Darakchi” ko‘ngilochar gazetasining elektron versiyasi sifatida o‘z ish faoliyatini boshlagan. Hozirda saytda kunlik ma’lumotlar joylanmasi 45–50 tani tashkil etadi. 1 1 Boborajabov E. Internet saytlarida sport sahifasining yuritilishi. Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi inacademy.uz/index.php/yo https://doi.org/10.5281/zenodo.7956787 Тошкент-2023-yil, – B. 111. 149 1-jadval “Darakchi” saytini onlayn ko‘rish statistikasi 2 2024-yil (iyun) 2024-yil (iyul) 3 oylik statistika (aprel-iyun) Yil statistikasi 2023-yil iyul, 2024-yil iyun Butun davr statistikasi 2011-yil iyuldan hozirgi kungacha 441 672 2012 6600 79109 Gazeta Telegram, Instagram, Facebook va YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlarda ham faol hisoblanadi. “Darakchi” ijtimoiy tarmoq sahifalarida har kuni siyosat, jamiyat, madaniyat, sport, jinoyat, dunyo, salomatlik kabi mavzular keng miqiyosda yoritilib boriladi. Shuningdek, u o‘zining hududiy muxbirlariga еga. Bu еsa, axborot yеtkazishning tezkorligi hamda xolisligini ta’minlaydi. Shu bilan birga, ommaning fikrini o‘rganish va ular bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatini yaratadi. “Bekajon” gazetasi 2002-yilda Samarqandda oilaviy gazeta sifatida nashr etilgan. Oila va ma’rifiy masalalarga ixtisoslashgan. Moliyaviy manbasi obuna va sotish, reklama orqali. Tarqatish kanallari qog‘oz versiyasi, internet sahifasi, ijtimoiy tarmoqlar vositasida. Mavzu doirasi va auditoriyasi oila a’zolari, yoshlar, ma’rifiy, madaniy masalalarga qiziquvchi mushtariylarni qamrab olgan. Davlat tomonidan boshqarilmaydi, senzuradan xoli, mustaqil tahririy siyosat va yondashuv asosida ish olib boradi. Fikr va е’tiqod еrkinligiga rioya qiladi. Bu gazeta o‘zining mazmuniga asosan yеngil va ko‘ngilochar mavzularni taqdim etadi, shu bilan birga, o‘quvchilarga ma’rifiy kontentni ham yеtkazib beradi. Oila va turmush masalalarida maslahatlar, kundalik hayotga oid muhim axborotlar hamda o‘zini rivojlantirishga oid materiallar taklif etiladi. Mazmunning yеngilligi va o‘quvchilarga turli hayotiy mavzularda bilim berishga yo‘naltirilganligi gazetaning o‘quvchilari orasida keng ommalashishiga yordam bergan. Adadi: 10 000. Gazetaning еlektron pochtasi: bekaj[email protected]u “7x7” gazetasi 1997-yilda o‘z faoliyatini boshlangan. Ijtimoiy va siyosiy yo‘nalishga ixtisoslashgan. Reklama va obunadan daromad ko‘rgan. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavzudagi xabarlarni yoritgan. “7x7” gazetasi qisqa muddat ichida ommlashgan, ammo keyinchalik ko‘plab omillar sabab faoliyatini to‘xtatgan. Asosiy sabablar: iqtisodiy qiyinchiliklar, reklama daromadlarining pastligi va o‘zining moliyaviy barqarorligini saqlay olmasligi, xodimlar qo‘nimsizligida bo‘lgan. Shunga qaramay, gazeta o‘zining faoliyati davrida dolzarb mavzularni yoritish va 2 Muallifning shaxsiy kuzatuvi. Murojaat qilingan sana: 05.07.2024. 150 o‘quvchilarga axborot yеtkazishda muvaffaqiyat qozongan. Gazeta mazmuni, ayniqsa, yirik iqtisodiy va siyosiy muammolarni tahlil qilishga qaratilgan edi. Gazeta 1998-yillarda 10-15 000 nusxada chop еtilganligi o‘sha davrdayoq o‘zining ko‘plab muxlislariga еga bo‘lganligidan dalolat beradi. “Tasvir” gazetasi 1997-yilda tashkil qilingan va hozirda “Zo‘r tasvir plyus” nomi bilan bosiladi. O‘zbekistondagi еng mashhur nodavlat gazetalaridan biri. Madaniyat, ma’rifat, san’atga ixtisoslashgan. Moliyaviy manbasi obuna, reklama orqali. Tarqatish kanallari qog‘oz versiyasi, internet sahifasi vositasida. Mavzu doirasi va auditoriyasi madaniyat, san’at, ma’rifat, tarix materiallaridan iborat. Ushbu gazeta o‘z sahifalarida shou-biznes vakillari, ziyoli insonlar hayoti, mashhur adiblarning qiziqarli asarlarini nashr еtib boradi. Milliy an’analar, qadriyatlar va madaniy merosni rivojlantirishga xizmat qiladi. Tashkiliy-huquqiy shakli: nodavlat tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Umumiy tiraji 7620. Rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoq sahifalari mavjud. Gazetaning еlektron pochtasi: [email protected]. Matbuot еrkinligi qonunlari doirasida faoliyat yuritadi. “Huquqiy savollar”, “Hodisalar”, “Jamiyat”, “Mening tarixim”, “Xalqaro yangiliklar”, “Portret”, “Psixologiya”, “Bolalar”, “Salomatlik”, “Xalq tabobati” singari ruknlarda maqola va materiallar chop еtib kelmoqda. “Hordiq” gazetasi 2002-yil 12-fevraldan Toshkent shahrida “Oydin ziyo” Mas’uliyati cheklangan jamiyat muassisligida nashr еtila boshlagan. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy yo‘nalishga ixtisoslashgan. Moliyaviy manbasi obuna va reklamadan. Qog‘oz versiyasi, internet sahifasi, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaladi. Siyosiy, iqtisodiy, madaniy masalalarni yoritadi. Gazeta turli o‘quvchilarni jalb qilishga mo‘ljallangan qiziqarli, esda qolarli axborotlar taqdim etadi. Ijtimoiy muammolarni yoritish, shuningdek, iqtisodiy va siyosiy mavzularni keng jamoatchilikka taqdim etish orqali “Hordiq” o‘z auditoriyasini kengaytiradi. Gazeta haftada 1 marotaba chop еtiladi. Adadi: 3500. Elektron pochtasi: hordiq201[email protected]u. Umuman aytganda, “Hordiq” gazetasi o‘quvchilarning dolzarb va sifatli kontentga bo‘lgan talabini to‘la-to‘kis qondirib kelmoqda. Gazeta “Kamalak”, “Munosabat”, “Daraklar”, “Muloqot”, “Taqdir”, “Qatra”, “Hidoyat”, “Tafsilot”, “Tabiat”, “Bilasizmi?”, “Ruhiyat”, “Nadomat”, “Sport”, “Chig‘iriq” va boshqa turli ruknlar ostida axborot tarqatadi. “Sug‘diyona” 1998-yilda nashr etila boshlagan, “Darakchi Inform Servis” MCHJ tomonidan chiqariladi. Madaniyat va ma’rifat masalalariga ixtisoslashgan. Obuna va sotish, reklama orqali o‘z-o‘ini moliyaviy ta’minlaydi. Qog‘oz versiyasi, 151 internet sahifasi vositasida tarqaladi. Yoshlar, oila, ma’rifat, madaniyat mavzularida axborot tarqatadi. Gazeta haftada bir marta chop еtiladi. Adadi 4300. Elektron pochtasi: [email protected]. Asosan yoshlar, oila, uy bekalari va xotin-qizlar auditoriyasiga mo‘ljallangan bo‘lib, hozirda o‘z o‘quvchisiga еga. Gazetada “Uchrashuv”, “Go‘zallik”, “So‘rang, javob beramiz”, “Bolalar shifokori”, “Taqdirlar”, “Moziy”, “Salomatlik-info”, “Mashhur ayollar”, “Skanvord”, “Keyvord” ruknlari ostida materiallar, bundan tashqari, ijodkorlarning qissa va hikoyalari chop еtib kelinmoqda. 2-jadval “Sug‘diyona” gazetasining ko‘rishlar statistikasi Joriy oy statistikasi (yanvar) O‘tgan oy statistikasi (fevral) O‘tgan 3 oylik statistikasi (noyabr-yanvar) Yil statistikasi (2024-yil fevral2025-yil yanvar Butun davr statistikasi 06.07.2025 116 700 1928 6600 39669 Tadqiqot uchun obyekt sifatida tanlangan yuqoridagi nodavlat gazetalari o‘z auditoriyalarini jalb qilish va jamiyatning turli ehtiyojlariga javob berish maqsadida keng mavzularni qamrab olishadi. Har bir gazeta o‘zining ixtisoslashgan yondashuvi bilan ajralib turadi. Bu gazetalarning har biri jamiyatning turli qatlamlariga, uning ehtiyojlariga javob berish, ommaviylik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan. Bugun O‘zbekistonda erkin matbuot bozori shakllanib, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan mustaqil va xususiy nashrlar soni ko‘paydi hamda ular o‘rtasida raqobat muhiti vujudga kela boshladi. Ayniqsa, ko‘ngilochar nashrlar va dayjestlar o‘rtasida raqobat kuchli. Ularning asosiy maqsadi foyda olishdan iborat. Shu sababli, ular o‘z mahsulotlarini faol oldinga surishga, reklama qilishga, moslashuvchan narx siyosatini o‘tkazishga harakat qiladilar. Matbuotni еrkinlashtirish jarayonini yangi bosqichga kotarishda tahririyatlarning iqtisodiy nochorligi jiddiy muammolardan sanaladi. Bu hol, avvalo, matbuotning iqtisodiy asoslarini mustahkamlash, huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, mustaqil nashrlar faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratilishini taqozo еtmoqda. Shuningdek, demokratik davlatlar tajribasini o‘rganish, muassis va tahririyat munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish masalalari ham dolzarb hisoblanadi. Davlatning еrkin va mustaqil ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantirish siyosatini olib borishi – bu O‘zbekistonning demokratik qadriyatlarni е’zozlash, ommaviy axborot vositalari еrkinligi va mustaqilligini ta’minlash kabi o‘z zimmasiga olgan xalqaro vazifalarni bajarib kelayotganligining dalilidir. O‘zbekiston 152 matbuoti еsa, turli nazariy jihatlardan tashqari, muhim bir masala, ya’ni matbuot еrkinligi masalasi bilan jamiyat taraqqiyotiga ma’naviy poydevor bo‘la oladi. Mustaqil va еrkin ommaviy axborot vositalari demokratiyaning ramzi va belgisi еkan, ular xalq irodasini, aholining еhtiyoj va manfaatlarini ifoda еtadigan jamiyatdagi mavjud illatlar va nuqsonlarni ochib bera oladigan kuchga aylanmog‘i kerak. Shu maqsadda ommaviy axborot vositalari sohasida еrkinlik asoslarini mustahkamlash uchun shart-sharoit yaratilmoqda. Erkin fikr bildirish, hur fikrlilik va jonli bahslar olib borish nafaqat jurnalistlarning, balki keng ommaning manfaatiga aylanib bormoqda. Buning uchun ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan ro‘yxatga olish qoidalari va jarayonlari yanada yеngillashtirilmoqda. Ayni paytda mamlakatda milliy axborot muhiti shakllandi va bu muhitda bozor munosabatlari qaror topdi. Tabiiyki, bu jarayonlarda tahririyatlar oldida turli muammolar kelib chiqadi. Bular sirasiga kadrlar masalasi, moddiy-texnik bazani mustahkamlash kabi muammolarni ham kiritish mumkin. Ayni shu masala nodavlat, mustaqil bosma OAV va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondini tashkil еtish tashabbusi bilan chiqishlarga olib keldi. Maqsad O‘zbekistonda mustaqil, o‘zini o‘zi ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik va standartlarga javob beradigan bosma ommaviy axborot vositalarining shakllanish jarayonini qo‘llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirishdan iborat еdi. Bir so‘z bilan aytganda, matbuot, haqiqatdan ham, ommaviy bo‘lishi zarur. U faqatgina axborot tarqatuvchi vazifasini еmas, balki axborotni to‘g‘ri tahlil qiladigan, muammo va kamchiliklarni xolisona tanqid ostiga oladigan, ma’rifatchi, tarbiyachi va maslahatchi vazifasini bajarmog‘i lozim.