scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK VA XITOY TILLARIDA BAG'ISHLOV ISMLAR

Erkinova Jasmina; Y.I.Avlakulov

Full text

200 O‘ZBEK VA XITOY TILLARIDA BAG‘ISHLOV ISMLAR Erkinova Jasmina – O‘zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: f.f.n. Y.I.Avlakulov DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450631 Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek va xitoy tilshunosligidagi antroponimlarning, xususan, bag‘ishlov ismlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. O‘zbek va xitoy tillarida bag‘ishlov ismlari tiplarga ajratilib,birma-bir tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: etnoantroponimlar, majusiylik davri, nominativ asos, antroponimlar, etnologik tushuncha, etnos, etnik guruh. Bag‘ishlov - biror narsani, uning yuzaga kelishi, paydo bo‘lishi, yashashini, taqdirini biror ilohiy kuchga, narsaga, biror obyektga yoki mavhum, xayoliy narsalarga bog‘lash demakdir. Bu juda qadimiy ishonchdir. Bunga ko‘ra chaqaloqning tug‘ilishi, farzandli bo‘lish biror ilohiy, muqaddas kuchning irodasi, ko‘magi, ehsoni deb hisoblanadi va chaqaloqqa o‘sha taxmin qilingan, e’tiqod qilinayotgan narsa, shaхs, tasavvurning nomi ism sifatida beriladi. O‘zbek va xitoy tillarida bag‘ishlov ismlarning asosiy tiplari quyidagilar: I. Bolaning tug‘ilishiga munosabatni ifoda etuvchi ismlar. 1. Qadimdan har qanday oila, barcha kishilar farzandli bo‘lishni, o‘zidan keyin munosib nasl qoldirishni orzu qilishgan. Nomlarda ota-onalarning tug‘ilgan chaqaloqqa munosabatini ifoda etuvchi ismlar yuzaga kelgan. O‘zbek tilida: Keldiхon, Kelsin, Kelsinoy, Kerakqul, Lozim, Lozima, Mehmon, Mehmonoy, Mehmonkeldi, Humor, Humora. Xitoy tilida: Liyuan, Zong, Changying va b. 2. Bolali bo‘lish orzu qilib kutilgan va bolaning tug‘ilishi o‘sha tilaklarning amalga oshishiga bog‘langan. O‘zbek tilida: Armonboy, Zorliq, Ijobat (orzu qilingan). Intiq, Istak, Maqsadoy, Muntazir, Niyatqobil, Orzuniso, Tilaboldi, Tilakberdi, Umid, Umida, Xitoy tilida: Siyu, Siyaoyaotian, Veyshe, Youvey va b. 3. Chaqaloqning dunyoga kelishi ushbu oilaning taskin topishi, osoyishta bo‘lishi uchun sabab deb bilingan. O‘zbek tilida: Tasalli, Taskinoy, Taskina, Shukura, Shukriya, Qulluq, Qulluqbeka va b. Bunday motivdagi ismlar xitoy tilida uchramaydi. 4. Bola oilaning munosib a’zosi deb qabul qilingan. O‘zbek tilida: Azizkeldi, Loyiq, Manzura, Ma’qula, Munosiba, Suyukli, Suyuma, Tavurqul (maqbul). Xitoycha: Veysheng, Zong, Vensiyao va b. 201 5. Bolaning tug‘ilishi munosabati bilan ota-onaning sevinchi, quvonchini ifoda etuvchi ismlar. O‘zbek tilida: Sevindiq, Sevinch, Suyundiq, Quvondiq, Quvonch, Quvontoy. Xitoy tilida: Leyuan, Veysiya, Yanjan, Liyue va b. 6. Bolani oilaning eng suyukli, erkatoy farzandi deb baholashadi va bolaga beriladigan ism o‘sha tushunchalarni ifoda etuvchi so‘zlardan tanlanadi va b. II. Etnologik tushunchalarga nisbat berilgan ismlar. Bolaga ism ba’zi hollarda uning ota-onasi mansub bo‘lgan urug‘, qabila, ajdodlar nomiga nisbat berish orqali berilgan. Bunda bolaning o‘sha etnik guruhga mansubligini, o‘sha etnos farzandi ekanini, uning o‘tmish ajdodlari o‘sha urug‘ yoki qabilaga mansub bo‘lganini, chaqaloq o‘shalarning davomchisi ekanini ta’kidlash ko‘zda tutiladi. Etnonimlardan yasalgan ismlar etnoantroponimlar 1 deb yuritiladi. Etnoantroponimlar, bir tomondan, o‘tmish ajdodlarga hurmatni, bola o‘sha ajdodlar davomchisi ekanligini anglatsa, ikkinchidan, tug‘ilgan bola o‘sha etnosga mansubligini ifodalaydi. Bunday ismlarda bolani yovuz kuchlardan himoyalash ma’nosi ham bor, bolaning o‘tmish ajdodlar, ota-bobolar ruhi qo‘llaydi, asraydi degan ishonch ham mavjud. III. Diniy tushuncha va tasavvurlar motiv bo‘lgan ismlar. O‘zbek antroponimiyasi tizimining katta qismini diniy tushuncha, tasavvur va aqidalar bilan bog‘liq ismlar tashkil qiladi. Xitoy antroponimiyasida esa bu bilan bog‘liq ismlar deyarli uchramaydi. Islomgacha bo‘lgan majusiylik davrida odamlar nimani muqaddas deb bilgan bo‘lsalar, nimani ilohiylashtirib, iloh, iloha deb hisoblagan va unga sig‘ingan bo‘lishsa, inson hayotida yuz beradigan barcha ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni o‘zlari maqaddas deb bilgan narsalar ifodasiga bog‘lashgan, jumladan, bola muqaddas deb bilgan narsalar ifodasiga bog‘lashgan, jumladan, bola tug‘ilishini ham. Ismlarning berilish motiviga ko‘ra tiplari quyidagicha: 1. Chaqaloqning dunyoga kelishini ilohiy kuchlar irodasi deb tasvirlovchi ismlar: 1) bolaning tug‘ilishini Allohning muruvvati, irodasi deb tasvirlashgan va shunga munosib ism tanlashgan. O‘zbek tilida: Baхshulla, Inoyatulla, In’omulla, Tuhfatulla, Ehsonulla, Inoyatхon, Inoyatхol, Inoyatqul va b. Bunday motivdagi ismlar xitoy tilida uchramaydi. 2) bolani ilohiy kuchlarning ato qilingan tuhfasi, sovg‘asi, in’omi deb tasvirlashgan ismlarga Armug‘on, Atiya (baхsh etilgan tuhfa), Nu’man (muruvvat, 1 Begmatov E., Ulug’ov N. O’zbek onomastikasi (Bibliografik ko’rsatkiych). – Namangan, 2008. – B. 134-145. 202 iltifoq), Baхshish (in’om), Boyazid (tuхfa), In’om, Nazaloy (hadya), Tuhfaniso, Ehson, O‘ljaboy (hadya, in’om), Hadiyaхon va b. Bunday motivdagi ismlar xitoy tilida uchramaydi. 3) ba’zi hollarda bola boshqa narsa va hodisalar, obyektlarning muruvvati deb tasvirlangan. O‘zbek tilida: Mahdod (Oyning tuhfasi, sovg‘asi), Mehrdod (Quyosh sovg‘asi), Mehriyo (Quyosh tuhfasi). Xitoy tilida: Jin, Sin, Yaoli, Yangjen, Yueliang va b. 2. Bolaning tug‘ilgan vaqtini tasvirlovchi ismlar. Bir guruh ismlarga chaqaloqning tug‘ilgan payti, vaqtini ismda aks ettirish motivi asos bo‘lgan. Bunga ko‘ra: a) bola qaysi oyda, faslda tug‘ilgani tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Asad, Ashur, Ashura, Bahora, Bahorniyoz, Ko‘klamoy, Robi(ya), Robiyabu, Rajabbergan, Safarmurod, Sunbula, Qurbonoy, Qurbonsuluv, Kuzboy, Kuzkeldi, Yozboy, Yozхon, Yozbeka, Yozberdi. Xitoy tilida: Chunhua, Dongmey, Chunli, Chunsiyao, Chunmey va b.; b) ismda bola haftaning qaysi kuni tug‘ilgani tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Jumaboy, Jumakeldi, Jumaniyoz, Dushan//Duyshanba, Shanba, Shanbagul, Bozorboy, Bozorgul, Anna//Odina, Annaberdi, Annasuluv va b. Bunday motivdagi ismlar xitoy tilida uchramaydi. d) chaqaloq sutkaning biror payti, onida tug‘ilgani tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Azonboy, Saharbeka, Subhida, Subhiya, Subhiniso, Tongboy, Tonggul, Tongnur, Tongotar, Tongotmish, Namoz, Namozgul. Xitoy tilida: Vangsi, Siyaodan, Siyaoyuan, Chenguang va b. Bir qator ismlarda chaqaloq tug‘ilgan paytda tabiatning biror hodisasi yuz berayotganligi tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Yomg‘irboy, Yomg‘ircha, Yong‘inboy, Jalaboy, Yildirim (Chaqmoq), Oydin, Dovulboy, Dovulli, Do‘lboy, Do‘lchi, Oyto‘ldi, Oyto‘liq, Qirovboy (Shudring), Qorbola, Qoryog‘di, Qoryig‘in, Qorkeldi, Qorli. Xitoy tilida: Yuting, Dong, Xueting, Dongmey, Vangsi, Siyaodan, Siyaojin, Siyaoling, Siyaoli, Siyaoyuen va b. 3. Chaqaloqning boshqa bolalar orasidagi o‘rnini, tug‘ilish navbatini tasvirlovchi ismlar. Chaqaloqning boshqa bolalar qatoridagi o‘rnini, nechanchi bola ekanini tasvirlash udumi ham mavjud. Masalan o‘zbek tilida, dastlabki, birinchi farzand Avvalboy, To‘ng‘ich, Kattabek deb ismlansa, undan keyingi va oхirgi bolalar Kenja, Kenjabeka, Kenjam, Kenjasuluv, Kenjatoy, Kichiktoy, Kichikqiz, Ko‘rpa (oхirgi 203 bola), Ko‘rpagul, Ko‘rpago‘zal, Xulosa, Miyonjon (O‘rtancha). Xitoy tilida: Siyaozi, Siyaohua, Daer deb nomlanadi. Ba’zan ushbu tushuncha son turkumidan yasalgan ismlar orqali tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Uchboy, Uchim, Chori, Chorikeldi, Panji, Panjibibi, Panjigul, Oltiboy, Sakkizхon, To‘qqizboy, To‘qqiznazar. Xitoy tilida: Daer. 4. Bola tug‘ilgan joyi tasvirlovchi ismlar. O‘zbek tilida: Yobon//Yovon, Dalaboy, Yozloq, Yulberdi, Yulkeldi, Yultirdi. Xitoy tilida: Luye, Kangsheng, Husheng, Guanzhusun, Yangbanchiyao, Yansichi, Yangnan va b. Ota-onalar o‘z farzandining (ayniqsa, qizlarning) kelishgan, chiroyli, go‘zal odam bo‘lib ulg‘ayishini orzu qilishadi. Shu sababli o‘zbek antroponimiyasida go‘zallik motivi bilan bog‘liq ismlar sezilarli miqdorni tashkil qiladi. 1) ism bevosita go‘zallik, nafosat tushunchalarini ifoda etuvchi so‘zlardan tanlanadi. O‘zbek tilida: Ko‘rkamoy, Suluvbeka (oy yuzli), Vasilat (ko‘rkam, kelishgan), Vasima (chiroyli), Vosil, Vosila (ko‘rkam, ajoyib), Zebo (ko‘rkam), Lobar, Malohat, Nafosatхon, Nigora (go‘zal), Husniya, Husnijamol, Husnikamol. Xitoy tilida: Siyanliang, Siyaotong, Siyaofan, Singjuan, Siyu, Ting, Menting, Siyuying, Suyeman, Jinhua, Likuey, Yingtey, LIfen, Meysiyu, Meyli va b.; 2) ism go‘zallik ramzi bo‘lmish yorug‘lik, nur tushunchalarini anglatuvchi so‘zlardan tanlanadi, bolani ana shunday хususiyatga ega bo‘lsin deb tilashadi. O‘zbek tilida: Balqi (bark urgan, yashnagan), Balqin (yaltiroq, chaqnab turuvchi), Bahiya (nurli, ravshan), Zulfinur, Anvar, Anvara, Nizora (go‘zallik nuri), Nurbadan, Nuriro‘y, Nurliqo, Nurlig‘oyat, Shamsinur. Xitoy tilida: Siyaojing, Siyaodan, Vangsi, Yuyming, Mingyuy, Changchang, Siyaofan, Bingven, Zengguang, Yi, Changming, Siyaoliang, Yongliang, Jaoliang, Siyaoliang; 3) ism go‘zallik ramzi hisoblanuvchi qimmatbaho ma’danlar, buyumlar nomiga nisbat berish orqali yasaladi. O‘zbek tilida: Kumush, Kumushguzal, Kumushjamol, Kumushoy, Kumushsuluv, Oykumush. Xitoy tilida: Xuojin, Baojey, Juilin, Biyu, Liujinjing, Venlin, Siyufen, Xueylan, Lilin, Meylin, Mingju, Yuysheng, Yanyuy, Jinhey, Jinjin, Xuojin, Siyubao, Yuyjen; 4) ismga go‘zallik ramzi bo‘lgan хayoliy mavjudotlar nomi asos bo‘ladi va bola o‘shalarga o‘xshasin deb tasvirlanadi. O‘zbek tilida: Parizod, Parizoda, Parivash, Pariniso, Pariruh, Hur, Hurbeka, Hurzoda, Huriniso, Huriya, Hurqiz. Hursanam. Xitoy tilida: Peyji, Yusheng, Sifeng, Zihao, Zongmeng, Fengji, Veysheng, Longvey; 5) ismning nominativ asosini ko‘rkamlik va nafosat namunasi bo‘lgan o‘simliklar, ayniqsa gullar nomi tashkil qiladi: 204 - gullar va ba’zi o‘simliklar nomi. O‘zbek tilida: Atirgul 2 , Binafsha, Boychechak, Bo‘tagul, Gulbeka, Gulguna, Zarchechak, Lolagul, Lolaniso, Lolaruh. Lolaruy, Nargiza. Nasrin (oqgul), Oqgul, Rayhona, Ra’no, Savsanoy, Safsargul, Sumamso (jasmin), Sunbula (o‘simlik). Xitoy tilida: Ju, Yingtey, Siyaoli, Siyuying, Siyulan, Lanfeng, Liuli, Luolan, Siyaoli, Siyaoliang, Siyuying, Kiyang, Kuang, Lan; - daraхtlar va ularning guli. O‘zbek tilida: Bodomgul, Oylargul (shaftoli guli), Sambit (tol), Sarvi, Sarviniso, Charos. Xitoy tilida: Song, Liyusheng, Yunhua, Sinhua, Siyuying, Jinhua, Jilan, Kiang, Lan, Yulan, Changchun, Yulin, Yuhua,Ju, Li, Dongmey, Juomey, Mey, Meylin, Yanmey, Chuntao; 6) ismning nominativ asosini hayvonlar va qushlar nomi tashkil qiladi: - hayvonlar nomi. O‘zbek tilida: Bo‘tako‘z, Kiyikjamol, Maraljamol, Suvsar. Suyg‘un (kiyik), Qunduz, Kundo‘zbek, Qunduzoy, G‘azola (kiyik, ohu). Bunday motivdagi ismlar xitoy tilida uchramaydi. - qushlar nomi. O‘zbek tilida: Sulgun // Suyqun (kirgovul), Qaldirg‘och, Qarlig‘och, Sanduvoch, To‘shi, Maynahon, Turg‘a. Xitoy tilida: Gaoyan, Vangmengfeng, Jangmeyfeng, Liyuyluan, Jinluan, Saifeng, Feyyan, Chiyuyan, Yangyinying, Siyaojuan, Zijuan va b. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Крюков М. В. Система родства китайцев (Эволюция и закономерности). —М.: Наука, 1972. С.143. 2. Begmatov E.A. O‘zbek ismlari ma’nosi. –Toshkent: O‘zME, 1998. –B. 604. 3. Баскаков Н. A. Элемент гул “роза, цветок” в составе каракалпакских имен // Oномастика Средней Азии.- М.: Наука,1978. -С.138-144. 4. 汉俄词典。北京:商务印书馆,2008年。17-58页。 5. 释道原 。景的传灯录。北京: 广陵书社, 2007年。43页。