G'AZAL JANRINING O'ZIGA XOS POETIK QURILISHI
Full text
229 G‘AZAL JANRINING O‘ZIGA XOS POETIK QURILISHI Sultonova Dildora Halim qizi Uzbekistan State World Languages University, Independent research student, Tashkent, Republic of Uzbekistan E-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450658 Annotatsiya: Ushbu maqola g‘azalning tarifi, uning paydo bo‘lish tarixi va g‘azalnavis shoirlar haqida yozilgan. G‘azalning qofiyalanish turlari va usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Bundan tashqari g‘azallaridan namunalar ham keltirilgan. Kalit so‘zlar: G‘azal, aruz, g‘oya, janr, bayt, qofiya. G‘azal arabcha so‘zdan olingan bo‘lib, “ishq ishor etish”, “oshiqona so‘z” “ayollarni madh etish” degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida unga quyidagicha ta’rif berilgan. “Aruz sheʼriy tizimida uch baytdan oʻn toʻqqiz baytgacha boʻlgan, Sharq xalqlari, jumladan, oʻzbek adabiyotidagi lirik sheʼr (Birinchi baytning har ikki misrasi, qolgan baytlarning ikkinchi misralari qofiyadosh boʻlib keladi)” 1 . Bu lirik janr asosan Sharq adabiyotida keng tarqalgan bo‘lib, u VIIIIX asrlarda arab she’riyatida paydo bo‘lgan. Keyinroq esa O‘rta Osiyo va Sharq xalqlarining adabiyotiga kirib borgan bo‘lsa, X asrga kelib Fors adabiyotiga, XIV asr boshlarida esa turkiy adabiyotga kirib kelgan. G‘azliyotda yangi g‘oya, mavzu va obrazlar Sa’diy va Hofiz g‘azallarida paydo bo‘la boshladi. Ular nafaqat sevgi-muhabbat, balki may va shodlik, hayotga bo‘lgan muhabbat, pand-nasihat, tabiat tasviri, baxt va baxtli zamon, adolatsiz hayot tasviri hamda boshqa shu singari mavzularni olib kirdilar. Bundan tashqari, yangi obrazlar ham yaratila boshlandi: rind, orif, voiz, riyokor shayxu-zolim shoh va boshqalar. Bu janrning keyingi taraqqiyoti uchun Kamol Xo‘jandiy, Abdurahmon Jomiy, Bedil va boshqa ko‘pgina shoirlar o‘z hissalarini qo‘shdilar. O‘zbek g‘azaliyoti tarixida esa Nosiriddin Rabg‘uziy, Sayfi Saroyi, Atoyi, Sakkokiy, Xorazmiy, Axmadxo‘ja asSaroyi g‘azallari mavzusi dunyoviy muhabbat haqida bo‘lgan bo‘lsa, Lutfiy, ayniqsa, Alisher Navoiy g‘azaliyotining g‘oyaviy-tematik chegarasi juda keng bo‘lib, g‘azallarda ijtimoiy hayot voqealarini ko‘rsatish, axloqiy-ta’limiy hamda falsafiy g‘oyalarni aks ettirishda yangi obrazlar sistemasini yaratdi. Barchaga ayonki, g‘azal, boshqa lirik tur janrlari kabi, insonning ichki histuyg‘ularini ko‘rsatadi, unda shoir o‘z hayotiy qarashlarini lirik qahramonning ichki kechinmalari bilan tasvirlaydi. G‘azaliyotda lirizm obraz qalbining eng nozik tuyg‘ulari tasviri, ma’shuqaning go‘zal portreti va tabiatning ajoyib lavhalarini 1 https://izoh.uz/word/241
230 rassom kabi chizish, o‘quvchining qalb torlarini cherta bilish orqali yuzaga chiqariladi. 2 G‘azal - qasida, tuyuq, ruboiy, tarkiband, tarjiband, qit’a, chiston, muammo, fard va boshqa janrlarning g‘oyaviy-tematik xususiyatlarini o‘zida jamlay olgan janrdir. Shuningdek, g‘azal musiqa san’ati bilan ham aloqa qilib, uning rivoji uchun xizmat qiladi. Bir qancha shoirlar g‘azalning shu xususiyatlarini ko‘zda tutib baytlar yozishgan. Misol uchun, “Abdurahmon Jomiy: “ Az fununi she’ri fan behtarin omad g‘azal, Chun nako‘ ro‘yon, kidar surat behand az jinsu ins” (“She’riyat fanining eng yaxshisidur g‘azal, Go‘zallar yuzi ins-jinsdan xushdur har mahal”), degan bo‘lsa, Alisher Navoiy: “G‘azal tarzig‘a avval aylab sitez, Jahon ichra soldim ulug‘ rustxez”; G‘azalning formal-poetik xususiyatlarini baytlar soni, matla’ va maqta’, g‘azalning qofiyalanish usuli, taxallus qo‘llanishi, kompozitsiyasi va g‘azalning xillari tashkil etadi. Odatda g‘azallar matla’(mabda’) bilan boshlanib, a-a tarzida qofiyalanadi. Keyingi baytlarning juft misralari esa matla’ bilan qofiyadosh bo‘lishi lozim. Oxirgi bayt maqta’ deb nomlanib, unda shoirning taxallusi keladi. Masalan, 7 baytli g‘azalning qofiyalanishi quyidagicha bo‘ladi: a-a, b-a, d-a, e-a, f-a, g-a, h-a. Aksariyat hollarda, matla’ bitta bo‘ladi, ammo ayrim g‘azallar qo‘sh matlali bo‘lib, ular g‘azali husni matla’(g‘azali zebi matla’) deb ataladi. Matla’ asosan g‘azalning asosiy mazmun-mohiyatini anglatib, undan keyin keladigan baytlar matla’da aytilgan fikrni to‘ldiradi, boyitadi, izohlaydi va kengaytiradi. Shu sababli, barcha shoirlar matla’ning keng ma’noli, go‘zal va betakror hamda badiiy jihatdan barkamol bo‘lishiga harakat qilganlar. Maqta’ g‘azalda aytilgan fikrga yakun yasaydi. Matla’ bilan maqta’ orasida doimo uzviy g‘oyaviy-badiy aloqa bo‘lishi lozim. Matla’da biror mavzu aytilsa, maqtada oldingi baytlardagi fikrlar umumlashtirilib, yakunlanadi va lirik falsafiy xotima yasaladi. Ba’zi hollarda g‘azal qanday boshlansa, shunday tamomlanishi mumkin. Bu ham g‘azalning g‘oyaviy-badiy monolitligini anglatadi. Bunday g‘azal turlarini Alisher Navoiyning “Xazoyinul-maoniy” devonida 32tasini ko’rishimiz mumkin. G‘azalning kimga tegishli ekanligini bilish uchun maqta’da shoirning ismi yoki taxallusi keltiriladi. 2 Nosirov O., Jamolov S., Ziyoviddinov M. O‘zbek klassik she’riyati janrlari. Toshkent. “O‘qituvchi”.1979-y, 15-bet.
231 Qo‘shimcha manbalarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, taxallusning paydo bo‘lishida quyidagi farazlar sabab bo‘lishi mumkin: O‘tmishda oddiy xalq o‘qish va yozishdan xabardor bo‘lmagan. Ular g‘azallarni tinglay yoki kuylay olar edilar. Qo‘shiq matni muallifini faqatgina taxallusdan bilishlari mumkin edi. Buni anglagan shoirlar yozgan g‘azallariga taxallus qo‘llay boshlaganlar. G‘azallar ba’zi hollarda o‘z vazni, mavzusi, mazmuni, qofiyasi yoki radifi bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Shunday hollarda, taxallusiga qarab ajratib olingan. Albatta, boshqa omillar ham taxallusning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin, ammo yuqorida sanab o‘tilganlarning o‘ziyoq taxallusni qo‘llash ma’lum ijtimoiy, hayotiy sabablar tufayli yoki bo‘lmasa, hayot va turmush talablari natijasida paydo bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. Ma’lumot sifatida ayta olamizki, g‘azallar taxalluslarsiz ham kela oladi. G‘azaliyotning dastlabki namunalarida ham, keyingi davr g‘azallarida ham yoki bo‘lmasa, bizning zamonamiz g‘azallarining ko‘pchiligida ham buni guvohi bo‘lishimiz mumkin. Misol uchun, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida bitilgan 12ta g‘azalning 10tasida, Alisher Navoiy devonidagi g‘azallarning 27 tasida taxallus qo‘llanilmagan. Zamonamiz shoirlaridan Habibiy, Oraziy, Charxiy, Sobir Abdulla, Erkin Vohidov, Saida Zunnunova va boshqalarda taxallusni uchrata olamiz, ammo ayrim shoirlarda bundan foydalanmaganliklarini ham ko‘ramiz. Mening fikri ojizimcha, taxallus qo‘llash an’anasini davom ettirish lozim. Chunki taxallus ishlatilishi o‘ziga xos adabiy targ‘ibot vazifasini bajaradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Is’hoqov Y, “So‘z san’ati so‘zligi”. Toshkent “O‘zbekiston” 2014-y 2. Mardonova X. A. Navoiy g‘azallarida ma’naviy san’atlarning qo‘llanishi.— 2021. — № 11 (353). — S. 262-264. 3. Nosirov O., Jamolov S., Ziyoviddinov M. O‘zbek klassik she’riyati janrlari. Toshkent. “O‘qituvchi”.1979-y, 15-bet 4. Rustamov A., A. Navoiyning badiiy mahorati. Toshkent: “Adabiyot va san’at”, 1979-y. 69-bet 5. Sirojiddinov.Sh, Yusupova.D, Davlatov.O. Navoiyshunoslik.Toshkent: “Tamaddun”, 2018-y.