scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISPAN TILINING MAKTABLARDA OʻQITILISHI

Nizamov Bekzod Saidqulovich

Full text

247 ISPAN TILINING MAKTABLARDA OʻQITILISHI Nizamov Bekzod Saidqulovich Roman-german filologiyasi fakulteti talabasi Email: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450677 Annotatsiya :Maqola chet tillarini, xususan, ispan tilini o‘qitish metodikasi haqida bo‘lib, unda o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan foydalanish xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: metodika, innovatsiya, chet tili, kommunikatsiya, ko‘nikma, malaka, didaktika, madaniyatlararo muloqot. KIRISH. Mamlakatimizning Madridda joylashgan elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi va Ispaniya taʼlim va kasb-hunarga oʻqitish vazirligi vakillari oʻrtasida onlayn-muloqot tashkil etildi. Respublikadagi oʻrta taʼlim maktablari faoliyatini dunyo standartlari talablaridan kelib chiqib yanada takomillashtirish maqsadida Ispaniya taʼlim tizimi tajribasi, xususan, umumtaʼlim maktablarini boshqarish, oʻqituvchilarning malaka va bilim darajasini oshirish, baholash va sertifikatlash boʻyicha xorijiy ekspert va menejerlarni jalb qilish, maktablarda Ispan tilini xorijiy til sifatida oʻqitishni joriy qilish yuzasidan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish taklif etildi. Shunga ko‘ra, maqolada chet tillarini, xususan, Ispan tilini o‘qitish metodikasi haqida, o‘qitish metodikasida qo‘llanilayotgan zamonaviy metod turlari va ulardan keng qamrovda foydalanish va ulardan keying natijalardan yanada mukammalroq rejalar tuzish kabi bir qancha g‘oyalar ilgari surildi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlanib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Ilm dunyoyimizga ilg‘or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Til o‘rganish kishilar jamiyatida bag‘oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo‘lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko‘p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda G‘arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis hamda faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy va hind) tillari o‘qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassasalarining o‘quv rejalaridan o‘rin olib kelmoqda. Chet tilidagi muloqot, asosan, darsda muallim boshchiligida kechadi. Chet tili muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchitalabaning to‘plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtirishga erishadi. Chet tillarini samarali o‘rgatish, uning metodikasini 248 bilishni taqozo qiladi. Chet tillarini o‘rganish va o‘rgatish ko‘p jihatdan chet tilini o‘qitish metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo‘llanilishiga bog‘liqdir. Chet tillarini o‘rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas balki o‘zga madaniyat, ta’limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o‘z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi. Har bir fanda o‘z tushunchalar yig‘indisi mavjud. Chet tilini o‘qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’lim sistemasi, ta’lim metodi, ta’lim prinsipi, ta’lim vositasi va metodik usul. Chet tilining o‘qitish metodi - deyilganda chet tilini o‘rgatishning amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvini ta’minlovchi muallim va o‘quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Birinchisi ta’lim nazariyasida jarayon metodlari ma’nosida ishlatilsa, ikkinchi ma’noda uni o‘qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. MUHOKAMA VA NATIJALAR Tabiat va jamiyat hodisalari o‘zaro bog‘langan va bir biri bilan uzluksiz aloqada rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech biri boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbai bo‘la oladi, misol uchun, “Til” ijtimoiy hodisasini o‘z nuqtayi nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik (psixologiya), ta’limshunoslik (didaktika) o‘rganadi. “Chet til metodikasi” atamasi kishi ongida quyidagicha, ya’ni assotsatsiya “bog‘lanish” uyg‘otadi: avvalambor, tilni o‘rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig‘indisi tushuniladi yoki o‘qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil pedagogik fan ko‘z oldimizga keladi. Chet til o‘qitish metodikasi didaktika bilan uyg‘un va o‘zaro bog‘langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o‘quv fanlarining o‘qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma’lum. Chet til o‘qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta’limining umumiy nazariyasi, metodika muayyan o‘quv predmetini o‘qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o‘qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o‘qitish ilmi sifatida qaraladi. “Metod” atamasi bilim, malaka, ko‘nikmani egallash, o‘quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo‘lidagi o‘qituvchi - pedagog va talabaning ish usuli ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son - sanoqsiz ta’riflarga ega. Chet tillar o‘qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to‘rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “Tarjima”, “To‘g‘ri”, “Qiyosiy”, “Aralash” deb atash qabul qilingan. Metodlar tarixi atoqli metodist prof. I.V. Raxmanov tomonidan 249 chuqur o‘rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko‘rinishda bo‘lib, gramatika - tarjima va matn - tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Tarjimasiz metod. Mazkur metodni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va to‘g‘ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilini o‘rganish, ona tilini egallash sharoitiga monand bo‘lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o‘rganish orqali o‘qish va yozishni o‘rganib olishga imkoniyat yaratiladi degan g‘oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi til muhitini yaratishdir. Olg‘a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo‘llash bobida turli yondashuvlar paydo bo‘lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin. Kommunikativ didaktika tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy vaziyatdan foydalanishni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Chet tili o‘qitish metodikasida hozirda madaniyatalararo muloqot iborasi keng qo‘llanib kelmoqda. Aynan bu tushunchani biz turli xildagi kontekstlarda qo‘llashimiz mumkin. Aslida esa: Madaniyatlararo muloqot - turli madaniyat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, urfodatlari, qadriyatlari sistemasi va boshqalar to‘g‘risidagi muloqot ma’lumotidir. Mazkur jarayonda o‘quvchi-talabalarni o‘rganilayotgan mamlakat madaniyatiga nisbatan hurmat, sabr-toqat qilish va o‘zga mamlakat madaniyatini to‘g‘ri tushunish ruhida tarbiyalab, rivojlantirib borish lozim. Har bir chet tili darsi madaniyat chorrahasi, madaniyatlararo muloqot amaliyoti hisoblanadi. Chunki mazkur jarayondagi har bir chet tilidagi so‘z chet el hayotini va madaniyatini o‘zida aks ettiradi. O‘qituvchilar oldidagi vazifa o‘quvchi va talabalarning kommunikativlik, muloqotga kirisha olish qobilyatini o‘stirishdan iborat. Buning uchun kishilarni samarali muloqot qilishiga o‘rgatuvchi o‘quv qo‘llanmalar va chet tilidagi to‘rtta nutq faoliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’limning yangi metodlarini o‘zlashtirish zarurdir. O‘qituvchi-muallimning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun nafaqat predmetli, pedagogik va psixologik bilimlar balki yana boshqa alohida xususiyatmuloqot qila olish ko‘nikma va malakalari ham, albatta, zarur hisoblanadi. Pedagogik muloqot - bu o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining o‘zaro hamkorligi bo‘lib, u o‘zaro axborot, eng avvalo o‘quv axboroti almashinishiga asoslanadi, pedagogik muloqot sherigini anglashga, shuningdek, o‘zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi. Bunda axborot ham verbal, ya’ni nutq orqali, ham noverbal vositalar orqali yetkaziladi. Pedagogik muloqot jarayonida o‘qituvchi asosiy rolni o‘ynashi va o‘quvchilar uchun namuna bo‘lishi lozim. Bu uning kommunikativ madaniyati bilan baholanadi. O‘qituvchining kommunikativ madaniyati - bu uning o‘quv-tarbiya jarayoni subyektlari bilan professional-pedagogik muloqot. Kommunikativ madaniyatning 250 zaruriy darajasi sifatida shuni belgilash mumkinki, bunda o‘qituvchi o‘z tarbiyalanuvchilari va hamkasblarini ijobiy qabul qila oladi hamda ta’lim va tarbiya maqsadlariga erishishni so‘zsiz ta’minlay oladi. Kommunikativ madaniyatning ijtimoiy ahamiyati shundaki, uni egallagan o‘qituvchi ta’lim jarayoni barcha subyektlari o‘zaro munosabatlarida ijobiy psixologik iqlimni yarata oladi, ta’limni modernizatsiyalashning muhim prinsiplari bo‘lmish - insonparvarlik va demokratlashtirishni amalga oshiradi. O‘qituvchi kommunikativ madaniyati tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Kommunikativ ko‘nikmalar. 2. Pedagogning muloqotga kirishuvchanligi. 3. Pedagogning muloqot madaniyati. 4. Pedagogik muloqot metodlari. Pedagogik muloqot madaniyati uchun zarur bo‘lgan qator shaxsiy sifatlarhaqqoniylik, ochiqlik, o‘z-o‘zini boshqara olish, talabchanlik, samimiylik, sabrtoqatlilik, chidamlilik, taktika kabilarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchi faqat o‘z kommunikativ mahoratini emas, balki o‘quvchilarning ham madaniyatlararo muloqotini shakllantirishi lozim. O‘qituvchi o‘quvchi-yoshlar psixologiyasini yaxshi bilishi, ularning ijtimoiy qarashlarini, ijtimoiylashuv jarayonlarini puxta bilishi talab etiladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, pedagogik, madaniyatlararo muloqot yakuniy natijaga ko‘ra muaffaqiyatga erishishi yoki muaffaqiyatsizlikka uchrashi bu pedagog-muallimning qanday muomala metodini tanlashi va uni qanday amalda qo‘llay olishiga bog‘liqdir. Pedagog dars mobaynida nafaqat o‘zi ishlashi balki o‘quvchilarni ham dars jarayoniga qiziqtira olishi, o‘z fikrini erkin bayon etishga o‘rgatishi lozim. Albatta, bu natijaga faqatgina, darsni to‘g‘ri tashkil etish, ilg‘or, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng amalda foydalanish orqaligina erishish mumkin. Pedagogning innovatsion faoliyati o‘z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, amalga oshirish va tahlil qilish, samaradorlikka baho berishni ham qamrab oladi. Yuqoridagi barcha fikr va mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, bunday ijobiy natijalarga erishish uchun pedagog chet til o‘qitishda keyingi qadam, ya’ni "mashq texnologiyasi"ga murojat etishi lozim va uni amalda qo‘llash bilim olishdagi ko‘nikma va malaka sari yetaklaydi. XULOSA Chet tilini o‘rganish ko‘p qirrali ta’limot bo‘lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o‘zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o‘rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida 251 chet tili bilan ona tilini taqqoslab o‘rgatish samarali natija beradi. Chet tilini o‘rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud. Chet til o‘qitish metodikasida keng qo‘llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Uchala metod bir biri bilan chambarchas bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. Metodika fani didaktika fani bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, chet tilini o‘rganish mobaynida kommunikativlikka asoslaniladi va kommunikativ didaktika metodi yuzaga keladi. Barcha bilimlarni o‘zlashtirish uchun mashq eng yaxshi usul hisoblanadi. Mashq nafaqat chet til ta’limida balki barcha soha bilimlarini o‘zlashtirishda ham ijobiy natija beradi. Darsni samarali tashkil etish, unda pedagog faoliyati va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir. Chet tilini o‘rganish jarayonini kommunikativlikka yondashgan holda tashkil qilish, keyingi bosqich madaniyatlararo muloqot darajasiga yetkazish, bunday natijalarga erishish uchun esa, so‘ngi qadam, “mashq texnologiyasi”ga e’tibor qaratish muhim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Axmedova S. R. Ta`lim jarayonlarini integratsiyalash samaradorligi 2. Axmedova S.R. va Masofaviy ta`lim va uning chet tilidagi o`qitish o`rni Fan va ta'lim. - 2021. - 2-jild. –N: 10. - S. 608-612. 3. Juraboyev, В. B. (2020). Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv. Science and Education, 7(7), 215-220. 4. Juraboyev, B. B. U. (2021). Problems and solutions for online teaching and learning of foreign languages. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 2). 5. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O 'zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o 'mi va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3). 6. Samarova, S. (2018). Forming Creative Vision of Person as Universal Method Enhancing Creativity. Eastern European Scientific Journal, (6).