scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISPAN VA O'ZBEK TILLARIDAGI TANA AZOLARI ORQALI IFODALANGAN IDIOMATIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI

Jurakhonov Azamat Azamkhon o'g'li; Nishanova Zulayxo

Full text

276 ISPAN VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TANA AZOLARI ORQALI IFODALANGAN IDIOMATIK BIRLIKLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI Jurakhonov Azamat Azamkhon o‘g‘li O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Scientific adviser: Nishanova Zulayxo O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’qituvchisi DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450715 Annotatsiya: Maqolada o‘zbek va ispan tili idiomalarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligi va farqi, ularni tarjima qilish shakllari komporativ jihatdan tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: frazeologizm, frazeologik birliklar sinonimiyasi, idioma, maqol. Til - jamiyat hayotidagi muhim o’rin tutuvchi omillardan biri hisoblanadi. Aloqa-aralashuv hodisasi deya ta’rif olgan tilning bugungi kunga kelib butun dunyo bo’yicha 7139 xil turi tarqalgan (Albatta bu sonlar orasida bugungi kunda eng ko’p foydalanuvchiga ega ingliz (1.456 million) , xitoy (1,138 million) va ispan (559.1 milion) tillaridan tortib, Yaponiyaning faqatgina ayrim yoshi katta insonlari tomonidan foydalaniladigan Ainu tili ham bor. Har bir tilning undan foydalanadigan xalq yoki odamlar jamoasiga tegishli bo’lgan o’ziga xos tarixi va madaniyati mavjud. Aynan shu tarix va madaniyat jamiyatda muomalada bo’lgan tilning rivojlanishidagi asosiy omil sanaladi. Shu bilan birga deyarli har bir tilning ko’pincha so’zlashuvga oid bo’lgan idioma, ibora yoki frazeologizm nomlari bilan ifodalanuvchi birliklar ham asosiy ahamiyat kasb etadi. Ho’sh, idioma nima? Maqolada so’z borayotgan idioma ispan tilida modismos, o’zbek tilida esa frazeologik birlik, ibora, ko’chma ma’nodagi ibora va ba’zan qotma ibora deb ataladi. Modismos (iboralar) tarkibiy qismlarining to’g’ridan-to’g’ri ma’nosidan farqli, ko’chma ma’noni ifodalovchi frazeologik birliklardir. Bunday birliklar tildagi qotgan birikma hisoblanib, asosiy tushuncha uni tashkil etgan so’zlarning alohida lug’aviy ma’nolaridan kelib chiqmaydi. Ya’ni bu ko’chma ma’noga ega bo’lgan fraza, frazeologik birlik. Masalan, ispan tilidagi Ser pan comido iborasi so’zma-so’z tatjima qilinganda non yemoq ko’rinishida tarjima qilinsa, undan anglashiladigan asosiy ma’no biror ishning oson ekanligi, qiyin bitmasligini ifodalash uchun qo’llaniladi. O’zbek tilida ushbu iboraning ma’nosiga mos tushuvchi Hamirdan qil sug’irgandek iborasini misol keltirish mumkin: Pablo, va a ser pan comido, ¿de acuerdo? Umuman, Zayniddin barisi hamirdan qil sug’irgandek kechishiga umid bog’ladi. (Asad Dilmurod, Kunsuluv ) 277 Ushbu maqola orqali Ispan tilidagi ayrim tana azolariga doir frazeologik birlkiklar va ularning o’zbek tilidagi alternativlarini yoki ularning m’nolariga yaqin bo’lgan iboralarrni leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi. “No tener pelos en la lengua” Ushbu frazeologik birlikdagi ispan tili lug’atidan joy olgan no-inkorni anglatuvchi so’z, tenerega bo’lmoq, pelostuklar, sochlar, en la lengua-tilida so’zlari yordamida , asosan, tilida gap turmaydigan, doim ochiqchasiga so’zlashadigan, har qanday gapni ochiq-oydin aytadigan kishilarning xarakterlarini ifodalash uchun qo’llaniladigan ibora hosil qilingan. So‘zma-so‘z tarjima qilinganda: “Tilida tuklar yo‘q” degan ma’noni anglatadi. Mantiqan, tilda tukning bo’lmasligi to’g’ri, ammo, iboralarda mana shu kabi real hayotga mos kelmaydigan o’xshatishlarning ishtiroki tabiiy hol. Shu nuqtai nazardan, ularni to’g’ridan-to’gri tarjima qilish maqsadga muvofiq emas. Keltirilgan frazeologik birlikda “tuk” so‘zi metafora sifatida ishlatilgan,ya’ni: kishining tilida tuklar bo‘lsa, bu uning gapirishga to‘sqinlik qilishi mumkin degan tasavvurga asoslangan. “Estar hasta las narices” keltirilgan iborada ispan tilidagi estar-bo’lmoq (bu yerda ma’lum bir holatda bo’lish), hasta-gacha yetib borish (miqdor yoki chegara) las narices-burunlar (burunning ko’plik shakli) so’zlar yordamida so’zma-so’z “Burungacha to‘lgan bo‘lish” deb tarjima qilinuvchi ibora shakllantirilgan. Usbu frazeologik birlikdagi las narices - burunlar so’zi metafora yordamida ifodalangan. Undan anglashiladigan ma’no esa biror ishdan, biror narsadan to’yib ketish, bezor bo’lish, uni bajarishdan charchash hisoblanadi. “Costar un ojo de la cara” iborasida esa ispan tilidagi costar-narx turmoq, un ojo bitta ko’z, de la clara yuzning kabi so’zlardan foylanilgan. So’zma-so’z tarjima qilingandagi natija esa quyidagicha: “Yuzdagi bitta ko’zga tushmoq”. Yani ushbu ibora ma’lum bir buyumni sotib olish kishi uchun juda qimmatga tushgani, narhning haddan ziyod baland ekanini va bu bilan kishi o’zini huddi bir ko’zini yo’qotgan his qilishini ifodalaydi. “Meter la pata” idiomasi tarkibidagi meter-tiqmoq, joylashtirmoq, solmoq, la pata-(hayvonning) oyog’i, ba’zan oyoq so’zining og’zaki nutqqa xos shakli kabi so’zlar to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilinaganda frazeologik birlikdan oyog’ini tiqib qo’moq ma’nosi anglashiladi. Aslida esa, xatoga yo’l qo’ymoq, ojo’ya ish qilib qo’ymoq kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hamda ko’pincha bilmasdan qilib qo’yilgan xatolar haqida gapirilganda qo’llaniladi. “Tener la cabeza en las nubes” iborasi tarkibidagi “cabeza” bosh va “nubes” bulutlar kabi tarjima qilinadi. To’g’ridan-to’g’ri tarjimada boshi bulutlrda bo’lish ma’nosi anglashiladi, ammo ushbu idiomani tushunib olish unchalik katta muammo tug’dirmaydi. Chunki o’zbek tilida ham huddi shunday mazmundagi Hayoli 278 osmonda bo’lmoq iborasi mavjud. Ushbu ikki ibora ham so’zlovchi nutq jarayonida kimningdir hayollarini chalkashligi, e’tiborsizligi va befarqligini bildirish uchun foydalaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Spanish Idioms in Pracice, Javier Munoz Basols, Yolanda Perez Sinusia, Marianne David 2. ANORBOYEVA, S. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 2(3), 9–12. Retrieved from https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/1263 3. ANORBOYEVA, S. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 2(3), 9–12. Retrieved from https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/1263 4. https://www.ethnologue.com/insights/how-many-languages 5. https://www.bbc.co.uk/languages/guide/languages.shtml 6. https://www.statista.com/statistics/266808/the-most-spoken-languages-worldwide/ 7. https://vasco-translator.com/articles/languages/least-spoken-language-in-the-world/ 8. https://dle.rae.es/modismo 9. https://www.spanishdict.com/examples/ser%20pan%20comido?utm_source=chatgpt.com 10. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/asad-dilmurod-1947/asad-dilmurodkunsuluv-hikoya