scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEK TILINING CHET TILI SIFATIDA O'QITILISHI MUAMMOLARIGA DOIR

Qarayeva Beg'am Xolmanovna

Full text

285 O‘ZBEK TILINING CHET TILI SIFATIDA O‘QITILISHI MUAMMOLARIGA DOIR (Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tilining o‘qitilishi misolida) Qarayeva Beg‘am Xolmanovna pedagogika fanlari doktori (DSc) e-mail: [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17450727 Butun dunyo miqyosida iqtisodiy va madaniy aloqalarning tobora rivojlanib borayotganligi, mamlakatlar o‘rtasida integratsiya jarayonlarining tezkorlikda amalga oshayotganligi ta’lim jarayoniga, jumladan, til taraqqiyotiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. O‘zbek tili bayrami arafasida shuni faxr bilan, ishonch bilan aytishimiz mumkinki, bugungi kunda butun dunyoda o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bu ehtiyoj, ayniqsa AQSh, Yevropa va qator Sharq mamlakatlarida kuzatilmoqda. Masalan, Berlindagi Gumboldt universiteti Yevropada o‘zbek tilini o‘rganish marakazi hisoblanadi. AQShning o‘ndan oshiqroq hududlarida o‘zbek tili chet tili sifatida o‘rganiladi. MDH davlatlari, shuningdek Rossiya Federatsiyasida ham o‘zbek tilini o‘rganishga, uning o‘qitilishiga bo‘lgan e’tibor kuchayib bormoqda. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti qoshidagi Osiyo va Afrika mamlakatlari tarixi instituti, SanktPeterburg davlat universiteti, Rostov Dondagi Janubiy federal universitetlari va Moskvadagi bir necha harbiy oliy o‘quv yurtlarida ham o‘zbek tili chet tili sifatida o‘rganilmoqda. Moskva davlat lingvistika universitetida o‘zbek tili o‘quv dasturi asosida birinchi bosqichda chet tili va keyingi bosqichlarda ikkinchi chet tili sifatida o‘qitiladi. O‘zbek tili va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha 2010-yildan boshlab besh yillik va to‘rt yillik (bakalavriat) bo‘limlarida, 2015-yildan boshlab magistratura bo‘limlarida mashg‘ulotlar olib borish uchun o‘quv dasturlari ishlab chiqilgan. O‘zbek tili xorijiy til va ikkinchi chet tili sifatida xalqaro munosabatlar va ijtimoiysiyosiy fanlar institutining siyosatshunoslik, mintaqashunoslik bo‘yicha mutaxassisliklar yo‘nalishlarida o‘rganiladi. Oliy ta’lim tizimida ikkinchi chet tilini o‘rganish an’anasi bugungi MDH davlatlari hududida yigirmanchi asrning 50-60 yillaridayoq boshlangan. XX asrning oxiriga kelib, sobiq ittifoq hududida yangi davlatlarning tashkil topganligi bu 286 davlatlar o‘rtasida yangi munosabatlarning, siyosiy-iqtisodiy, madaniy va do‘stlik aloqalarining tezkorlik bilan o‘rnatilishiga olib keldi. MDH tashkilotining tashkil etilishi, 2002-yilda Moskva davlat lingvistika universitetida MDH a’zolari bo‘lgan davlatlarning tillari va madaniyatini o‘rganish bo‘yicha Tayanch tashkilotining tuzilishi Rossiya Federatsiyasida til o‘rganish tizimida yangi bir davrni ochib berdi. Moskva davlat lingvistika universitetida arman, gruzin, ozarbayjon, qirg‘iz, qozoq, ukrain, rumin, tojik va o‘zbek tillari o‘rganiladi, bu esa til o‘rganishda yangicha yondashuvlarning zarurligi, yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quvmetodik qo‘llanmalarning yaratilishiga asos bo‘ldi. Tillar bo‘yicha o‘quv darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, testlar to‘plamlari, o‘qituvchilar uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi. Shu jumladan, «Узбекский язык для стран СНГ» darsligi, o‘quv dasturlari, test majmualari yaratildi [1]. Dunyo mamlakatlarida o‘zbek tilining xorijiy til sifatida o‘qitilishi, bu borada qilinadigan ishlar bu katta yo‘nalishning tizimi, dasturlari, qo‘llanmalari, turli mavzularda lug‘atlarning ishlab chiqarilishini taqozo etadi. Ikkinchi chet tilini tanlashda quyidagi asosiy omillar hisobga olinadi: - chet tilining butun dunyoda tarqalganligi va ommabopligi darajasi; -jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi; -mintaqaga doir shart-sharoitlar va ehtiyojlar; -mutaxassislarni tayyorlash; -talabalarda kommunikativlik va anglash ehtiyoji va qaiziqishlarining mavjudligi. Chet tilini o‘rganishning bosh maqsadi – til tizimini o‘rganishdan ham ko‘ra (ingvistik layoqatlar),balki ko‘proq muloqot layoqatiga ega bo‘lishdir, ya’ni insonning o‘rganilayotgan til vositalari asosida y yoki bu faoliyat doirasida nutqiy muloqotni olib borishga tayyorlgidir. Muloqotga kirisha olish layoqati asosida tilga doir bilimlar, nutqiy ko‘nikma va malakalar yig‘indisi turadi, bularning barchasi darslar jarayonida shakllantiriladi va o‘rganiladi [2]. O‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganishda quyidagi omillarni hisobga olish kerak: - ikkinchi chet tiliga o‘qitishning psixolingvistik qonuniyatlari; -ikkinchi chet tiliga o‘qitishning didaktik-uslubiy asoslari. Keyingi yillarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘p tilli o‘qitish nihoyatda murakkab, jumladan, ikkinchi chet tilini o‘qitishning bir qator o‘ziga xos qiyinchiliklari bor, ikkinchi chet tilini egallash eng kamida ikki qonuniyatni yuzaga keltiradi: a) interferensiya muammolari nafaqat ona tili, balki birinchi chet tili tomondan ham yuzaga keladi; 287 b) shuning bilan bir qatorda, aytilayotgan fikr yoki jumlalarni bir tildan ikkinchi ijobiy ko‘chirish uchun ham katta imkoniyatlar ochiladi. Shu sababli, ikkinchi chet tiliga o‘rgatishda samaradorlikka erishish uchun zarur bo‘lgan talablardan biri qiyosiy jihatdan yondashuvni amalga oshirish hisoblanadi. O‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganish jarayonida uning o‘ziga xos tomonlari, qiyinchiliklari borligini ham hisobga olish zarur bo‘ladi. O‘zbek tilini chet tili sifatida, ikkinchi chet tili sifatida o‘qitishning mukammal metodikasi ishlab chiqilmaganligi esa bu borada har bir guruh, yo‘nalish uchun talabalarning tanlangan kasblaridan kelib chiqqan holda yondashuvni talab qiladi. Bu ayniqsa, Moskva davlat lingvistika universitetida ijtimoiy-siyosiy fanlar yo‘nalsishida tahsil olayotgan talabalar bilan ishlash jarayonida kuzatildi, mashg‘ulotlarda bunday yondashuvlarga amal qilishni, talabalarning tanlagan kasblari, yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda o‘zbek tilida muloqot qilishga o‘rgatisni talab qiladi. O‘zbek tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘qitish metodikasini yangilash, o‘quv mashg‘ulotlarida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va axborot informatsion vositalarining ma’lum bir me’yorda tatbiq qilinishiga erishish zarur. Til o‘rganishda eng samarali yo‘nalishlardan biri sifatida darslarda lingvomadaniyatshunoslik, lingvomamlakatshunoslikka doir matnlarni o‘ganish orqali tili o‘rganilayotgan mamlakat, davlatning tilini o‘rganishni aytishimiz mumkin. Ilmiy anjumanlar, madaniy tadbirlar davomida esa talabalar ularni tayyorlash jarayonida faol qatnashadilar, ularda ishtirok etadilar, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi mehmonlar bilan o‘zbek tilida muloqot qiladilar. Bu esa til o‘qitish metodikasida, jumladan o‘zbek tilini o‘qitishda ham eng samarali jihatlardan biri deyishimiz mumkin. Yana bir muhim jihatlardan biri, darslar davomida so‘zlarning etimologiyasi bilan tanishtirib borish, ya’ni so‘zlarning kelib chiqish tarixi bilan tanishish, tahlillar, misollar orqali ularni eslab qolish ham talabalar so‘z boyligini oshirishda yordam beradi. Bu borada nafaqat o‘zbek tilining etimologik lug‘atlari, balki rus tilining etimologik lug‘atlaridan ham foydalanish mumkin. Shu tariqa talabalar ular uchun ona tili bo‘lgan rus tiliga turkiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarni farqlay boshlaydilar va umumturkiy so‘zlar yoki o‘zbek tilidan rus tiliga o‘zlashgan so‘zlarni ajrata oladilar va eslab qoladilar. Nikоlаy Аleksandrovich Baskakovning «Русские фамилии тюркского происхождения» deb nomlangan monografiyasida 300 dan ortiq tyrkiy tillardan kelib chiqqan familiyalar tahlil qilinadi[4]. 288 Shunisi qiziqarliki, ularning ko‘pchilik qismi aslzoda dvoryanlarga tegishli bo‘lganligi va ular podshoh xizmatida bo‘lganliklari ham talabalarni juda qiziqtiradi. Mashshur rus harbiy sarkardalari Suvorov va Kutuzov, yoki deylik, Rossiya tarixida mashhur bo‘lgan tarixiy shaxslardan Karamzin, Bulgakov, Yusupov, Bazarov, Raxmaninov kabi fan, adabiyot, san’at vakillarining ismi shariflarini tahlil qilgan holda, kelib chiqishi turkiy bo‘lgan so‘zlarni eslab qoladilar. Birgina Moskva shahrida ko‘plab ko‘chalar, joy nomlari turkiy tillarga borib taqaladi. Katta va kichik Ordinka, Novobasmannaya, Arbat, Balchug, Kantemirovskaya kabi joy nomlarini o‘rganish orqali talabalar rus tiliga turkiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarning etimologik jihatdan kelib chiqishini o‘rganish yordamida o‘zbek tilida so‘z boyliklarini yanada oshirib boradilar. Shuningdek, quyidagi til sathlarida til o‘rganish talabalar uchun qiziqarli bo‘ladi va bu esa til o‘zlashtirishni yanada tezlashtiradi: -maqollar, farzeologizmlar, turg‘un birikmalar orqali o‘rganish; -sinonimlar va antonimlar yordamida o‘rganish; -badiiy tarjima yordamida til o‘rganish; -savol berishni o‘rganish va savollarga javob berishni o‘rganish; -kichik matnlar ustida ishlash; -qo‘shiqlar aytish va boshqa jihatlar. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, boshqa chet tillarini o‘rganishdagi kabi o‘zbek tilida ham nutq faoliyati turlarining tinglab tushunish, o‘qish, gapirish, yozuv yordamida va bundan tashqari tarjima faoliyatiga o‘rgatish asosida mashg‘ulotlar davomida nutqiy muloqotga o‘rgatish samarali usullardan bo‘lib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Бакиева Г.Х., Караева Б.Х., Коршунова Е.Н., Краева И.А., Тешабаева Д.М., Фролова Г.М. «Узбекский язык для стран СНГ» Учебник. –М: « Рема» ФГБОУ ВПО МГЛУ, 2012 -331с. 2. Щукин Н.А. Методика обучения речевому общению на иностранном языке. –М: Икар,2011.– С.154-157. 3. Щепилова А.В. Концепция обучения второму иностранному языку ( французскому на базе английского). –М: МИПКРО, 1999. 4. Баскаков Н.А. Русские фамилии тюркского происхождения. /Отв. ред. Тенишев Э. Р. . — М: Наука.1979. — 280 с.