O'SMIR BOKSCHILARNING RINGDA HARAKATLANISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Abstract
Bokschilarni ringda manyovr qilishi har xil harakatlar va aldamchi harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, ularning yordamida bokschi o’z raqibin xatoliklarga yo’l qo’yishiga, o’ylamasdan qarorlar qabul qilishga majbur qiladi va shu tufayli, qulay pozitsiyani egallash, hujumlar, qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun ijobiy imkoniyatlar yaratishga erishadi va natijada, bu aniq zarba berishga va nishonni mo’ljalga olishga imkon beradi.
Full text
11 2025 - OKTABR O‘SMIR BOKSCHILARNING RINGDA HARAKATLANISH TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Muxtorov Abduraxim Abduxamid o‘g‘li Alfraganus universiteti “Sport faoliyati kafedrasi” 2-bosqich magistranti. Annotatsiya: Bokschilarni ringda manyovr qilishi har xil harakatlar va aldamchi harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, ularning yordamida bokschi o’z raqibin xatoliklarga yo’l qo’yishiga, o’ylamasdan qarorlar qabul qilishga majbur qiladi va shu tufayli, qulay pozitsiyani egallash, hujumlar, qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun ijobiy imkoniyatlar yaratishga erishadi va natijada, bu aniq zarba berishga va nishonni mo’ljalga olishga imkon beradi. Kalit so‘zlar: Texnik-taktik xarakatlar, xaftalik yuklama, umumiy jismoniy tayyorgarlik, maxsus jismoniy tayyorgarlik, mashg’ulot va musobaqa, maxsus tayyorgarlik, musobaqa oldi tayyorgarlik. Tadqiqotning dolzarbligi: Jahonda hozirgi vaqtda juda ham ommabop sport turiga aylanganboksda, barcha yosh guruhlari va vazn toifalaridagi bokschilarning trenirovka jarayonlarini, ularning tayyorgarliklarini turli tomonlarini baholash va nazorat qilish asosida boshqarish muammolariga katta e’tibor qaratilmoqda. Sportchilarni tayyorlashning asosiy tomonlaridan biri – bokschilarning musobaqa oldi bosqichidagi manyovr qilish texnikasini takomillashtirish hisoblanadi. Shuni ham aytish lozimki, o’smir bokschilarni tayyorlash amaliyotida manyovrli harakatlarni qo’llashga, ring bo’ylab manyovr texnikasini oshirishni hisobga olgan holda trenirovka qilish jarayonini boshqarishni tashkil qilishga bir xilda yondashish mavjud emas. Bokschilarni ringda manyovr qilishi har xil harakatlar va aldamchi harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, ularning yordamida bokschi o’z raqibin xatoliklarga yo’l qo’yishiga, o’ylamasdan qarorlar qabul qilishga majbur qiladi va shu tufayli, qulay pozitsiyani egallash, hujumlar, qarshi hujumlarni amalga oshirish uchun ijobiy imkoniyatlar yaratishga erishadi va natijada, bu aniq zarba berishga va nishonni mo’ljalga olishga imkon beradi. Keltirilgan muammo tadqiqotning - “O’smir bokschilarning ringda harakatlanish texnikasini takomillashtirish” mavzusini tanlashga asos bo’ldi.
12 2025 - OKTABR Shuni ham aytish lozimki, o’smir bokschilarni tayyorlash amaliyotida manyovrli harakatlarni qo’llashga, ring bo’ylab manyovr qilish texnikasini oshirishning hisobga olgan holda trenirovka jarayonini boshqarishni tashkil qilishga bir xilda yondashish mavjud emas degan fikr paydo bo’ldi. Tadqiqotning maqsadi: tajriba yo’li bilan o’quv-mashg’ulot jarayonida musobaqa oldi bosqichidagi o’smir bokschilarning texnik-taktik tayyorgarligida manyovrli harakatlarni qo’llash metodikasini ishlab chiqish va tekshirishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. 1. Texnik-taktik mahoratni takomillashtirish usullarini aniqlash va o’smir bokschilarning manyovrli harakatlari texnikasi samaradorligini o’sishiga ko’maklashadigan maxsus mashqlar majmuasini taklif qilish. 2. O’quv-mashg’ulot jarayoniga situativ modellarni joriy qilishning natijaviyligini tajribada aprobatsiya qilish va isbotlash. Tadqiqotning usullari. Ilmiy-metodik manbalarni (mamlakatimiz va xorijiy mualliflarning) mashg’ulot va musobaqa amaliyotining ilg’or tajribalarini tahlil qilish va umumlashtirish, o’smir bokschilarning trenirovka va musobaqa faoliyati ustidan pedagogik kuzatishlar, o’smir bokschilarning tayyorgarlik darajalarini aniqlash maqsadidagi pedagogik testlash, pedagogik tajriba, matematik statistika usullari. Tadqiqotning obyekti – o‘smir bokschilar tayyorgarligining musobaqa oldi bosqichidagi o‘quv-mashg‘ulot jarayoni. Tadqiqotning predmeti – texnik-taktik tayyorgarlikda o’smir bokschilarning musobaqa oldi bosqichida manyovrli harakatlarini qo’llash metodikasi. Tadqiqotning tashkil qilinishi. Toshkent shahri terma jamoasining o’quvmashg’ulot yig’inlarida o’tkazilgan dastlabki tajribada 15-16 yoshdagi 30 nafar sportchilar ishtirok etishdi. Ushbu o’smir bokschilar respublika birinchiliklarida munosib ishtirok etishgan, boks bo’yicha 1-razryadli malakaga ega bo’lishgan. Dastlabki tajriba paytida, o’smir bokschilarni texnik-taktik tayyorgarligining musobaqa oldi bosqichida ilgari ishlab chiqilgan manyovrli harakatlarni qo’llash metodikasi aprobatsiya qilindi. Mazkur metodika ijobiy natija berdi.
13 2025 - OKTABR Ishlab chiqilgan metodikaning samaradorligini tasdiqlash uchun asosiy pedagogik tajriba Toshkent shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport kolleji bazasida olti xafta davomida o’tkazildi. Pedagogik tajribani o’tkazish uchun o’smir bokschilarni ikkita guruhi shakllantirildi ular, jismoniy va texnik-taktik tayyrogarliklari bo’yicha tarjibani boshlanishida farq qilmadi. Tadqiqotlarning natijalari. Mavjud adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatdiki, manyovrli harakatlar bokschilarning texnik-taktik tayyorgarligining muhim elementlarini muhim elementi hisoblanadi. Shu vaqtning o’zida, ko’rib chiqilgan ishlarda manyovr qilish bo’yicha umumiy tavsiyalar berilgan xolos, manyovr qilish ko’nikmalarini shakllantirish metodikasi ochib berilmagan. Metodikani ishlab chiqish paytida biz, V.M.Romanov, G.O.Jeroyan, V.A.Oskolkov, V.I.Filimonov, V.A.Strelnikov, V.A.Gaskov kabi mutaxassislarning ishlariga asoslandik. Bundan tashqari, metodikaning mazmunini tanlash paytida L.P.Matveyev va V.N.Platonovlarning ishlarida bayon qilingan nazariy holatlar qo’llanildi. O’smir bokschilarni texnik-taktik tayyorgarligining musobaqa oldi bosqichida manyovrli harakatlarini qo’llash metodikasi quyidagiari o’z ichiga oladi: 1.O’smir bokschilarning jismoniy va spetsifik sifatlarini rivojlanishi darajasini dastlabki nazoratini. 2.Biz tomondan ishlab chiqilgan modellar bo’yicha o’quv-mashg’ulotlar. 3.O’smir bokschilar texnik-taktik tayyorgarliklarining yakuniy nazorati, shug’ullanuvchilarning konditsion va koordinatsion ko’rsatkichlari darajalarini, manyovrli harakatlarni egallaganlik darajalarini aniqlash uchun testlarni qo’llash bilan. 4.Asosiy musobaqalarga tayyorgarlikning barcha davrlari 3 ta bosqichga bo’lingan: birinchisi jismoniy tayyorgarlik (2 xafta); ikkinchisi – maxsus jismoniy tayyorgarlik (2 xafta); uchinchisi – maxsus tayyorgarlik (2 xafta) 1-jadval Mash’gulotning 1 va 2 xaftasi 1-2-xatfa Dushanba Seshanba Chorshanba Payshanba Juma Shanba Yakshanba
14 2025 - OKTABR Ertalabki qizib olish mashqi (7:308:00) Yugurish, URM, boks maktabi, aerobika) Yugurish, URM, boks maktabi, aerobika Yugurish, URM, boks maktabi, aerobika Yugurish, URM, boks maktabi, aerobika Yugurish, URM boks maktabi, aerobika Mustaqil qizish mashqi, aerobika Dam olish Ertalab (11:0013:00) 1mashg’ulo t (harakatlar , sakrash, URM, aerobika) 2mashg’ulo t (harakatlanishlar zarba berish bilan), aerobika 1mashg’ulot (harakatlar, sakrash, URM), aerobika 1 soat davomida o’rta tezlikda kross yugurish Stol tennis 1,5-2 soat davomida Kross 1-1,5 soat davomida (8-10km) Dam olish Kechqur un (17:0019:00) 4mashg’ulo t (harakatlar to’p bilan), aerobika O’yinnli mashg’ulo t (futbol), aerobika 6mashg’ulot Toshlar (tezor kuchni rivojlantiruv -chi mashqlar aerobika Sauna 11,5 soat UJT (aylanma mashg’ulot: shtanga, gantellar va h.k.) aerobika 5mashg’ulot basseynda zarba berish texnikasini takolmillash -tirish Dam olish Ertalab (11:0013:00) Kross (5-6 km) yugurish paytida zarbalar berish, boks maktabi 6mashg’ulo t turli xil toshlar bilan tezkor kuch, aerobika Juftliklarda MTTM (har xil raqiblar modeli bilan ishlash ) 7mashg’ulot 4mashg’ulo t To’p bilan turli xil mashqlar bajarish Kross 1-1,5 soat davomida (8-10 km masofaga) 5mashg’ulot basseynda zarba berish texnikasini takolmillash -tirish Dam olish Kechqu run (17:0019:00) Juftliklard a MTTM (har xil raqiblar modeli bilan ishlash) 7mashg’ulo t 9mashg’ulo t Snaryadlar da MTTM, vazifani modellasht i-rish bilan ishlash (1 soat) 2mashg’ulot zarba berish texnikasini takomillashtirish O’yinli trenirovka (basketbol, regbi) 1,5 soat, aerobika Snaryadlard a MMTTM vazifani modellashtirish bilan ishlash (1,5 soat) 9mashg’ulot Sauna 1-1,5 soat Dam olish Taklif etilgan metodika bo’yicha bokschilarni tayyorlash paytida asosiy e’tibor “boks maktabi” mashqlariga, aynan, hujum yoki ximoya uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida ring bo’ylab to’g’ri va eng samarali harakatlanishlariga qaratildi. Bu, qadam bosishlarni, chidamlilikni, qo’llar, oyoqlar va tananing kuch koordinatsiyasini talab qiladi.
15 2025 - OKTABR Mashqlar tarkibiga quyidagilar kiradi: oldinga sakrashlar, chapga, o’ngga, oldingaorqaga bir-birini kesib o’tgan holda bilan oyoqlarda harakatlanishlar: 90, 180, 360 gradusga burilishlar bilan yuqoriga sakrashlar bilan hamda berilgan zarba kombinatsiyasini harakatlanishlarning ma’lum bir sikldan keyin murabbiyning buyrug’i bo’yicha bajarish bilan. Bokschilar tomonidan barcha harakatlanishlar oyoqlarga og’irliklarni (1-1,5 kg) boglash bilan bajarildi, bu, oyoqlarning mushaklariga tushadigan yuklamani oshirdi va shu tufayli, harakatlanishlar paytida mushaklarning chidamliligini va ringda manyovr qilish tezligini rivojlantirdi. O’smir bokschilar o’quv-mashg’uloti jarayonining dastlabki 2 xaftasida, biz tomondan umumiy rivojlanishga yo’nalgan mashqlar qo’llanilgan edi. Ularning tarkibiga, biz tomondan ring bo’ylab harakatlanishlar uchun tanlangan mashg’ulotlar modeli - № 1, 2, 3, 4,5, 6, kiritildi. Musoboqa oldi bosqichining dastlabki, 6 xaftalik bo’laklariga ring bo’ylab harakatlanishni yanada samaraliroq takomillashtirish uchun tajriba guruhi bokschilariga har bir trenirovkaning qizib olish qismiga, tezkor sur’atda bajariladigan aerob harakterdagi mashqlar taklif qilindi. Musobaqa oldi bosqichining keyingi 2 xaftalik bo’lagiga tajriba guruhi bokschilariga ixtisoslashgan harakterga ega bo’lgan mashqlar taklif qilindi, unda № 2, 4, 5, 7, 9 – mashqlarning modeli qo’llanildi. Tayyorgarlikning yakuniy 2 xaftalik bosqichida № 5, 7, 9, mashg’ulotlarning modellari qo’llanildi. Gap bohsqariladigan o’quv-mashg’ulot jarayoni to’g’risida borayotganligi tufayli, uni modellashtirish vs strukturasini aniqlash masalasini bilishimiz talab qilindi.V.N. Platonovning aytishicha, modellashtirilayotgan mezosiklning strukturasi quyidagicha tavsiflanishi mumkin. sport mashg’ulotining har xil tomonlarini o’zaro bog’liqligi nisbati bilan (UJT, MJT, texnik-taktik harakatlar) Mashg’ulot va musobaqa yuklamalarining parametrlari bilan (ishning hajmi va jadalligi, ishning summar hajmidagi musobaqa musobaqa yuklamalarining ulushi) Pedagogik tajriba tugagandan keying nazorat va tajriba guruhlari o’smir bokschilarining jismoniy tayyorgarligi
16 2025 - OKTABR Tavsiflanuvchi jismoniy sifat Harakat testining nomi Tajriba guruhi n=15 Nazorat guruhi n=15 Har bir ajratmadagi o’. a. q. ning farqlari (%) t student me’zoni Farqlarning ishonchliligi P Kuch sifatini oshirish uchun berilgan mashq Yakkacho’pda tortilish 18,4±1,5 16,2±1,1 10,5 4,2 <0,001 Kuch sifatini oshirish uchun berilgan mashq O’z vazniga teng shtangani dast ko’tarish (marta) 10,2±0,9 8,4±0,7 11,6 2,4 <0,05 Tezkorlik sifatini oshirish uchun berilgan mashq Yugurish 100 metrga 13,1±0,2 13,1±0,2 0,0 0,3 >0,05 Portlovchi kuch sifatini oshirish uchun berilgan mashq Joyidan turib uzunlikka sakrash 152,3±6,5 146,4±0,8 3,6 2,8 <0,05 Chidamlilik sifatini oshirish uchun berilgan mashq Yugurish 3000 metrga 673±13,4 698±10,6 2,3 4,3 <0,05 Pedagogik tajriba tugagandan keying tajriba guruhi jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichini nazorat guruhi bilan taqqoslaganda o’rtacha statistik o’sishi (%) 5,8 Yakuniy testlash, yakkacho’pda tortilishda tajriba guruhi o’smir bokschilar, o’zlarining nazorat guruhidagi tengdoshlarinikiga nisbatan eng yaxshi ko’rsatkichlariga ega bo’lishdi.Bunda, farqlar statistik ishonchli bo’ldi. Bu, tajriba guruhida texnik tayyorgarlik parallel ravishda, katta miqdordagi kuch mashqlari bajarilganligi bilan bog’liq. O’z vazniga teng shtangani dast ko’tarish, tajriba guruhi o’smir bokschilari ushbu mashqni o’rtacha hisobda 10 marta, nazorat guruhi bokschilari esa 8 marta bajarganligi ko’rsatdi. Bu, yelkani rostlovchi mushaklarning ancha kuchsiz rivojlanganligini ko’rsatdi, taxmin qilinadiki, bunday holat qo’llar bilan to’g’ridan beriladigan zarbalarning kuchiga ta’sir qiladi. Styudent mezoni 2,2 ni tashkil qildi, bu shtangani yotgan holatda dast ko’tarishda ikkala guruhning natijalaridagi farqlarning statistik ishonchliligini ko’rsatdi.
17 2025 - OKTABR 100 metrga yugurish ko’rsatkichlarida ishonchli farqlar aniqlanmadi. Bu, harakatlarning tezkorligini trenirovka qilish qiyinligi bilan bog’liq va sportchi organizmining genetik xususiyatlari bilan ko’proq belgilanadi. Masalan, tajriba va nazorat guruhlarida o’rtacha natija 13,1 soniyani tashkil qildi. Bizning nazarimizda 15-16 yoshda harakatlarning tezkorligini rivojlanishining ancha yuqori ko’rsatkichi. Joyidan turib uzunlikka sakrash oyoqlar mushaklarining portlovchi kuchini tavsiflaydi. Ushbu testda, tajriba guruhining o’smir bokschilari nazorat guruhidagi tengdoshlaridan o’zib ketganini ko’rishimiz mumkin. O’rtacha olganda, tajriba guruhining bokschilarning ushbu sakrashni 152 sm ga bajardi, nazorat guruhidagi bokschilar – 146 sm, student me’zoni ikkala guruh bokschilari ko’rsatkichlaridagi farqlarning ishonchliligini ko’rsatdi. Tajriba guruhining jismoniy tayyorgarligi ko’rsatkichlari o’rtacha statistik o’sishi, nazorat guruhiniki bilan pedagogik tajriba yakunida taqqoslaganida 5,8% tashkil qildi. XULOSALAR 1. Ilmiy-metodik adabiyotlarni va ilg’or tajribani tahlil qilish asosida, o’smir bokschilar texnik-taktik tayyorgarligining musobaqa oldi bosqichidagi o’quv-mashg’ulot jarayonida tajribada asoslangan manyovrli harakatlarni qo’llash metodikasining mavjud emasligi aniqlandi. Ushbu metodikani qo’llash – o’smir bokschilar texnik-taktik tayyorgarligining sifatini oshirish muammosini yechish usullaridan biri hisoblanadi. Boks nazriyasi va uslubiyati sohasidagi mutaxssislarning ilmiy va metodik ishlarini o’rganib biz, bokschilarni musobaqalarga tayyorlashda ikkita usul mavjudligini aniqladik: 1 – musobaqa faoliyatini modellashtirish; 2 – “ideal bokschi” modelini yaratish. Ikkala yondashuvlar ham to’g’ri deb hisoblaymiz, bizning nazarimizda ikkala usulni o’quv-mashg’ulot jarayonida uyg’unlikda qo’llash maqsadga muvofiq. Biz, boksning rivojlanishini zamonaviy bosqichida o’smir bokschilar o’quv-mashg’ulot jarayonini miqdoriy, strukturaviy tarkibiy tuzilmalariga nisbatan yagona fikr mulohaza mavjud emas. Sportchilarni tayyorlash murabbiy va pedagoglarning shaxsiy tajribasi asosida amalga oshirilmoqda. 2. O’smir bokschilar musobaqa oldi tayyorgarliklari bosqichining mazmuniga manyovrli harakatlantirishga qaratilgan katta miqdordagi mashqlarni kiritish zarur (jismoniy mashqlarning umumiy miqdorini 25-35%). O’smir bokschilarda hali texnik
18 2025 - OKTABR maxoratining shakllanishi sodir bo’layotganligi tufayli, bu sportchi katta yoshdagi bokschilarning musobaqalarida ishtirok etganida, uning taktik tayyorgarligini bazaviy asosini yaratishga imkon beradi. 3.O’smir bokschilar tayyorgarligining musobaqa oldi bosqichida, biz ishlab chiqgan manyovrli harakatlarni qo’llash metodikasi, pedagogik tajriba tugaganda bokschilarning tayyorgarlik ko’rsatkichlarini quyidagi chegaralarda oshirish imkonini berdi: jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasi – 25% gacha, texnik-taktik tayyorgarligi darajasi – 21% gacha. 4.O’smir bokschilarni asosiy musobaqalarga bevosita tayyorgarlik bosqichidagi sport mashg’uloti muammolari bo’yicha ilmiy-metodik va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish va umumlashtirish shuni ko’rsatdiki: mavaffaqiyat qozonish uchun bokschilar xilma-xil texnik-taktik usullarga, barcha maxsus va psixik sifatlarning yuqori darajada rivojlanagnligiga ega bo’lsihi kerak, ya’ni u universal bokschi bo’lishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Islomov, M. – Boks asoslari va texnikasi. Toshkent: Sport, 2017. (O‘smirlar uchun boks texnikasining asosiy qoidalari va harakatlanish asoslari.) 2. Karimov, S. – Ringda harakatlanish va jang usullari. Toshkent, 2019. (Boksda samarali harakatlanish va ringda pozitsiyani saqlash bo‘yicha metodik qo‘llanma.) 3. Smith, J. – Boxing: Techniques and Training. New York: Sports Publishing, 2015. (Boksning texnik harakatlari va ringdagi harakatlarni rivojlantirish usullari haqida ingliz tilidagi kitob.) 4. Jones, T. – The Footwork of Boxing. London: Fighting Arts Press, 2018. (Boksda oyoq harakatlari va ringda pozitsiyani o‘zgartirish texnikasi.) 5. Isroilov, D. – Yosh bokschilar uchun harakatlanish texnikasi. Toshkent, 2021. (O‘smir bokschilar uchun maxsus mashqlar va ringda harakatlanish texnikasi.) 6. Avakyan, A. – Boks texnikasi va jang usullari. Moskva: Fizkultura i sport, 2016. (Boksda jang harakatlari va ringdagi strategiya bo‘yicha rus tilidagi qo‘llanma.)